Bilim bog‘i
Bilim bog‘i cheksiz mevaga to‘la,
Sarhadi bepoyon, shunchalar ham keng.
Insoniyat anglagan bilimlar esa
Bu bog‘ning bir shingil mevasiga teng.
Uning chin bog‘boni donolar erur,
Ma’rifat peshvosi – qalbi go‘zallar.
Bu boqqa kirdimi bir iz qoldirur –
Asrlar oshguvchi she’r, bayt, g‘azallar.
Baxtimni, taxtimni shu bog‘da ko‘rdim,
Ko‘rdim ezgulikning eng cho‘qqisini.
Shodlanib zo‘r, shirin xayollar surdim,
Qog‘ozga tushirdim qalbim aksini.
Rahmat G‘OFUROV,
O‘zDJTU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi