Buyuklarga bag‘ishlov
Havas qil menga, falak,
Buyuklar naslidanman.
Hikmatlardan suv ichgan
Zaminman aslida man.
Quyosh, yulduz yorqindir,
Lek ularda bilim yo‘q.
Tafakkurim chirog‘i
Porlar – shundan ko‘nglim to‘q.
Nuriddin FATHULLAYEV,
Toshkent shahridagi 1-yuridik kolleji o‘quvchisi