Mehr
Bahorimda otgan kurtaksan,
Chamanlarga chiroy qoʻshguvchi.
Tonggi nafis, sof hislarimni
Quchogʻingga olib suyguvchi.
Ilk bor ochib yumuq koʻzimni,
Seni tuydim onam bagʻrida.
Erkalatib, oʻpib yuzimni,
Qoʻllarimdan tutganlarida.
Oʻzingdirsan eng yaxshi darmon,
Madadkorsan betob koʻnglimga.
Sen borsanki qaygʻular armon
Quvonchlardan kulgan yuzimga.
Sen quyoshsan, nurlaring ila
Yer-u koʻkka ohor berasan,
Barcha tirik mavjudotlarga
Samimiyat boʻlib kirasan.
Abdulloh ABDUHAMIDOV,
Fargʻona viliyati Toshloq tumanidagi
45-maktabning 10-sinf oʻquvchisi