Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻzbek

Tomirida oqar Temurning qoni,

Iymon-eʼtiqodga sodiqdir oʻzbek.

Mehr-muruvvatga chulgʻangan bori,

Oʻzini anglagan millatdir oʻzbek.

 

Bugʻdoy boshoqlari tinchlik ramzidir,

Oppoq paxtalarda oppoq orzular.

Tinchlikni tilaydi, tinchlik istaydi,

Oʻzini anglagan millatdir oʻzbek.

 

Navoiy hikmatin diliga oʻyib,

“Xamsa”ni bosh uzra koʻtarar oʻzbek.

Farzandin kamolin tilab yashaydi,

Oʻzini anglagan millatdir oʻzbek.

 

Javlonbek ABDUVALIYEV,

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi

85-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.