Oʻzbekiston
Bepoyon dalalar, musaffo osmon!
Quyosh erkalatib, uygʻotar har tong.
Eng buyuk shoirlar qilganlar doston,
Goʻzalligin koʻrib, hayron qolar ong.
Shiroq, Manguberdi, Toʻmaris kabi
Ajdodlar haqida soʻzlaymiz burro.
Tugadi tarixning ayanchli bobi
Oʻtmishlarda qoldi zulmkor shoʻro.
Baxt qushi doimo senga boʻlar yor,
Oʻzbekning qaddini hech kim egmaydi!
Eh, qanchadan qancha polvonlaring bor,
Ularning kuragi yerga tegmaydi!
Zafarlar nomingga doimo payvand,
Gullab-yashna mening – Mustaqil Yurtim!
Vatanim bayrogʻin tutaman baland,
Nomingni dunyoga tanitay oʻzim!
Iqbolxon MUHAMMEDOVA,
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi
144-maktabning 9-sinf oʻquvchisi