Yoshlik
Ortda qoldi kunlar va yillar,
Ortda qoldi kecha-kunduzlar.
Ortda qoldi eh, beboshligim,
Ortda qoldi shoʻx, bolaligim.
Erkalanib shoshib yurardim,
Tashvish bilmay toshib yurardim.
Ne boʻlsa ham magʻrur turardim,
Ortda qoldi shoʻx bolaligim.
Sevinch SULTONOVA,
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi
125-maktabning 9-sinf oʻquvchisi