Quyoncham
Biram qulogʻing uzun,
Nega buncha oppoqsan?!
Dikirlaysan tun-u kun
Asli oʻzi qoʻrqoqsan.
Bor-yoʻgʻi ikki tishing,
Sabzi yeb, hech toʻymaysan.
Atrof bilan yoʻq ishing,
Lekin sira oʻsmaysan.
Firdavs SANAQULOV,
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi
“Ziyo-zukko” umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi