Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tadbirkor

Kecha-yu kunduz bedor,

Vaqtni o‘tkazmas bekor,

O‘z ishida fidokor

Bu ajoyib tadbirkor.

 

Biri ochar korxona,

Yurtdoshlarga ishxona,

Mehnatlari mardona,

Bu ajoyib tadbirkor.

 

Kezar Chinni, Ozorni,

Obod qilar bozorni,

To‘kin tutar ro‘zg‘orni,

Bu ajoyib tadbirkor.

 

Madina TO‘RAYEVA,

Toshkent shahar Shayxontohur tumani

262-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.