Vatan
Chaman-chaman gulzor kezib,
Quvnaylik, kutar bog‘lar.
Bobolarning sabotiday
Qara, mag‘rurdir tog‘lar.
Otamning umididay,
Mehri yanglig‘ onamning.
Yur, ko‘raylik, ey do‘stim,
Yashnaganin dalamning.
Aziz bizga shu ko‘chalar,
Yotsak, ko‘ngil g‘ashlanar.
Ostonadan tinch, osuda,
Ozod Vatan boshlanar.
Rustamjon RAVSHANOV,
Buxoro viloyati Shofirkon tumani
4-maktab 5-sinf