Tilak
Mening bobom va buvim
Biri oy, biri quyosh,
Umr kechirmoqdalar
Koʻp yillar boʻlib yoʻldosh.
Bobojonim yetdilar
Paygʻambarning yoshiga,
Barcha boʻldi jamuljam
Shukronalik oshiga.
Buvijonim shu kuni
Boshladilar sumalak,
Qoʻsha qarisinlar, deb
Barchamiz qildik tilak.
Ruxshonabonu RAHMATJONOVA,
8-maktabining 9-sinf oʻquvchisi