Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sogʻinch

Bilim oʻchogʻi boʻlgan,

Maktabimni sogʻindim.

Bagʻri bolaga toʻlgan,

Maskanimni sogʻindim!

 

Onlayn dars baribir,

Yoqmas ekan hammaga.

Oflayn dars oldida,

Oʻxshar fonogrammaga.

 

Karantin tugar qachon,

Maktabga shoshayapman.

Qadrdon doʻstlarimni,

Sogʻinib yashayapman.

 

Saboq boʻldi bu kunlar,

Qismatda bor, netamiz,

Ustozlarning qadriga

Endi koʻproq yetamiz!

 

Ruxshona ALIMJONOVA,

73-ixtisoslashtirilgan

maktab-internatning 5-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.