Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Shunday edi doim bilim tavozu,

Ustoz ta’limidan yashnadi orzu.

Bir kishi dedi-ki: “Bunda ne sir bor

Otadek ustozga ta’ziming bisyor?”

Dedi: u qormishdi suv bilan loyim,

Bunisi jon-dilim o‘stirdi doim.

Bundan tanam bo‘ldi jonimga mezbon,

Undan abadiylik topdi ushbu jon.

 

Abdurahmon JOMIY

 

Shoirga dedilar: – Siz – baxtli inson,

El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.

Shoir javob berdi: – Menda bir armon,

Muallim desalar meni, qaniydi.

 

Abdulla ORIPOV,

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

 

Qadri bilinadi endi menga goh,

Oddiy maktabimning o‘sha behasham.

Navoiy-ku bizga ustozdir biroq,

Kimdir o‘qitgan-ku Alisherni ham.

Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?

Oddiy muallim-da, oddiy muallim!..

 

Muhammad YUSUF,

O‘zbekiston xalq shoiri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.