- Rukn: Sheʼrlar
- 2143 marta ko‘rilgan
Beshigim
Momolardan qolgan meros,
Qo‘ydim senga mehr, ixlos.
Onam kabi bag‘ring issiq,
Yangraganda alla-qo‘shiq.
Tebranarding asta-asta,
Uxlab qolardim birpasda.
Alla – beshik ekan asli,
Insonning ulg‘ayish fasli.
Dilga mehr jo bo‘larkan,
Nomi-chi, Vatan bo‘larkan.
Imomnazar MAMAJONOV,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
faxriy o‘qituvchi