Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tolmas nega qizardi?

Oilamiz o‘tgan kuni

Katta hashar o‘tkazdi.

Chala yotgan ishlarni

Poyoniga yetkazdi.

 

Dilbar opam gul ekdi,

Nargiza suv tashidi.

Dadam, oyim ikkisi,

Ishda bizga bosh edi.

 

O‘zim bog‘da ishladim,

Ariq ochdi Nor akam.

Faqat Tolmas ko‘rinmas,

Hashar bo‘ldi chinakam.

 

Ishlar yakun topganda

Yana barcha yig‘ildi.

Galma-galdan bahslashdik,

Kim qanaqa ish qildi?!

 

Navbat yetdi Tolmasga,

U biroz o‘yga toldi.

Javob berdi qizarib:

– Menga ish yetmay qoldi.

 

Xolboy SHERDONOV,

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

19-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.