- Rukn: Sheʼrlar
- 2915 marta ko‘rilgan
Nabira
O‘xshar ekan nabira,
Misoli sho‘x uloqqa,
Chiqaradi jahlingni,
So‘zing olmay quloqqa.
Uning jajji ko‘zlari,
O‘xshar qaynoq buloqqa.
Sabringni to‘ldiradi,
Tutaverib so‘roqqa.
Ayb ustida ko‘rsang ham,
Tushmas aslo tuzoqqa.
Koyimoqchi bo‘lsang gar,
Qochib ketar uzoqqa.
“Bobojon” deb aytguvchi
Tillari shirin biram.
Sho‘x bo‘lsa ham har doim,
Sog‘lom bo‘lsin nabiram.
Abduolim MUSTAFOYEV,
Qashqadaryo viloyati
Chiroqchi tumani 130-maktab