Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ehtirom

Qadim Ellikqal’a bog‘-bo‘stonida,

Ustozga ehtirom ramzini ko‘rdik.

Shaharning markaziy xiyobonida

Barchamiz sevinib, hayratda turdik.

 

Ustozning qo‘lida durdona kitob,

Yoshlarni o‘qishga chorlab turibdi.

Uni ardoqlagan maskani maktab,

Ko‘ngilga soladi ma’rifat – oftob.

 

Oddiy, salobatli bu ko‘rkam haykal,

Ko‘rganning ko‘ngliga g‘urur soladi.

Atrofiga gullar qo‘yib har mahal,

Yosh avlodlar ibrat, surur oladi.

 

Sa’dulla OLLOMOV,

Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.