Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maktab – hayot sabog‘i

  • Sog‘lom yurtning sog‘lom farzandlari

    Bolalar, Gulxanjon hamisha siz bolalar davrasiga, siz bilan bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga borishdan erinmasligidan, birgalikda qo‘shiq kuylab, she’rlar aytishidan xabaringiz bor. Yaqinda ana shunday bayramlardan biri Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktabda “Sog‘lom ona va bola yili” hamda Amir Temur tug‘ilgan kunning 680 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Bayramga 4-”A” sinf rahbari

    ...
  • Har satri asror – kitob

    Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi 292-maktabda bo‘lib o‘tgan “Kitob bayrami”i chin ma’noda tantana tusini oldi. Unda so‘z olganlar jonajon do‘stimiz – kitobning hayotimizda tutgan o‘rnini bir-biridan qiziq misollar bilan tushuntirib berishdi. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sayyora opa Polvonova shogirdlarini doimo kitobning qadriga yetishga, uni ko‘z

    ...
  • “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”

    Maktabimizda har yili 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitobi kuni” arafasida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkaziladi.

    Bolalarimizni kitobxon bo‘lishida maktabimiz joylashgan Beshqo‘rg‘on mahallasi oqsoqoli Qo‘zivoy aka Ortiqovning xizmatlari katta. Chunki u kishi tez-tez maktabimizda bo‘lib, kutubxonachi Latifa opa Ergasheva bilan birgalikda bolalarga ko‘proq qaysi janrdagi

    ...
  • “Unutmas meni bog‘im”

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-maktabda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan shoir Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha ana shunday nomlandi. Tadbir avvalida maktab axborot-resurs markazi rahbari Sanoat opa Mirdadayeva rahbarligidagi bir guruh o‘quvchilar Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida juda boy, qiziqarli ma’lumotlar to‘plashdi. Ular asosida bir

    ...
  • “Kitobxon”

    “... Oilamiz bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdik. Endi 7-sinfni yangi maktabda davom ettirishimga to‘g‘ri keladi...”, deb Maftuna kundaligiga yozib qo‘ydi.

    – Qizim, maktab yoqdimi? Yangi sinfdoshlaring yaxshi kutib olishdimi? – so‘radi oyisi Maftuna darsdan qaytgach.

    – Yaxshi, shekilli, –

    ...
  • Qalbni quvontirgan maktub

    Jurnalimizning qadrli muxlislari!

    Tahririyatimizga har kuni respublikamizning turli burchaklaridan o‘nlab maktublar keladi. Muxlislarimiz bu maktublar orqali nafaqat o‘z ijod namunalari, balki shaxsiy yutuq va natijalari haqida ham yozib biz bilan o‘rtoqlashadilar. Ana shulardan biri Qarshi tumanidagi 43-maktabning oliy toifali o‘qituvchisi

    ...
  • Tuzatilgan xato

    Go‘zal maktabga chiroyli sochto‘g‘nog‘ich taqib keldi. U dugonalariga judayam yoqdi.

    – Vuy, Go‘zal, buncha chiroyli. Qayerdan olding, bizni bozorda bunaqasi yo‘q edi-ku, – biri olib-biri chug‘urladi qizlar.

    – Oyim shahardan singlim ikkimizga, deb anchagina olib kelibdilar, – jilmaydi Go‘zal.

    Ularning shovqin-suroniga norozi bo‘lib qarab turgan sinf sardori Yulduz gapga

    ...
  • Kitob bilan do‘stlashib

    Gulxanjon! Senga shuni faxr bilan aytishim mumkinki, maktabimiz o‘quvchilarining barchasi kitobxon. Qachon kutubxonaga kirsam, u yer bolalar bilan gavjum bo‘ladi. Chunki kutubxona mudirasi Ro‘zibibi opa Fayziyeva bolalar bilan doim muloqotda.

    40 yillik tajribaga ega bo‘lgan kutubxonachimiz bolalarni kitobga qiziqtirish yo‘llarini juda yaxshi biladi. Kutubxonaga kelgan yangi kitoblar

    ...
  • Bobolar yodi

    Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 294-maktabda buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar mumtoz shoirlarning hayoti va ijodi haqida sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi. G‘azallaridan namunalar o‘qib berishdi. Maktabning 3-”A” va 3-”V” sinf

    ...
  • Go‘zallikka rag‘bat

    Maktabimizda bir necha yillardan beri boshlang‘ich sinflar uchun rassomlik, haykaltaroshlik, raqs, musiqa kabi o‘nga yaqin to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning har birida 16 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etadi. Men rassomlik to‘garagiga rahbarlik qilaman. To‘garakda bolalar bilan asosan qalamtasvir janrida shug‘ullanamiz. Bunda bolalar predmetning o‘ziga qarab chizish, ranglarni

    ...
  • Tengdoshimga maktub

    Otam harbiy bo‘lgani uchun turar joyimizni tez-tez o‘zgartirishimiz, ko‘chishimizga to‘g‘ri keladi. Har safar yangi maktab, yangi sinfdoshlar bilan do‘stlashish, borgan joyimizga moslashish biroz qiyin kechadi. Hozir 8-sinfda o‘qiyapman. Bu yil yana maktabimni o‘zgartirdik. Yangi maktab sari yo‘l olarkanman, kuchli hayajondan yuragim dukillab urardi. Sinfdoshlarim ko‘ngli ochiqlik bilan qabul

    ...
  • Payariqning obod maskani

    Tahririyatga kelayotgan maktublar orqali yurtimizning barcha tuman, qishloqlaridagi o‘quvchilar hayoti, iqtidorli bolalarning qo‘lga kiritmayotgan yutuqlari haqida muntazam xabardor bo‘lib turamiz. Yaqinda mana shunday bilimli, zukko o‘quvchilar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi 6-maktabga borganimda sport maydonchasida bir guruh o‘quvchilarni uchratdim. Ular

    ...
  • Siyohga tushgan qumursqalar

    Jamshid odobli, tirishqoq, izlanuvchan bola. Uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Har kuni “5” baho olib ularni xursand qilishni xohlaydi. Ishdan horib kelgan ota-onasiga a’lo baholarini faxr bilan ko‘rsatadi. Ular “Baholaringni ko‘rib charchog‘imizni ham esdan chiqardik, barakalla...” deganlarida ko‘ngli biram yayraydiki. Jamshid sinfida a’lochilar safida bo‘lishni xohlaydi, ammo negadir buning

    ...
  • Birovning she’ri

    Darsga qo‘ng‘iroq chalindi. O‘qituvchi hali sinfga kirmagani uchun g‘ala-g‘ovur avjida, hamma o‘z ishi bilan band. Shu payt Madina xonaga shoshib kirdi-da:

    – Suyunchi! Men tumandagi yosh qalamkashlar tanlovida qatnasharkanman! – dedi hayajonli, baland ovozda.

    – O‘, zo‘r-ku, tabriklaymiz...

    – Ofarin...

    – O‘zi allaqachon borishing kerak edi...

    – Albatta,

    ...
  • Tadbirkor

    O‘quv yilining to‘rtinchi choragi ham yakunlanishiga oz qoldi. Maktabning katta zalida bu yilgi bitiruvchilar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda maktab direktori, barcha fan o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Majlisda bir nechta fandan imtihon o‘tkazilishi va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozimligi uqtirildi. Ayniqsa, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga ancha qiyin

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.