Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mulohaza uchun mavzu

  • Oddiygina savol

    “Gulxan” jurnali ijodkorlarini hamisha yurtimizdagi kutubxona, maktablar hamda litseylarda bo‘lib o‘tadigan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarga taklif etishadi. Bunday uchrashuvlar turli mavzularda, turli muhim sanalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Yaqinda poytaxtimizning ko‘zga ko‘ringan, namunali maktablaridan birida mana shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maktab zaliga yig‘ilgan 7-8-9-sinf o‘quvchilari

    ...
  • O‘qituvchi ham ota-ona

    So‘nggi paytlarda ijtimoiy tar­moqlarda dars vaqtida o‘qituv­chining o‘quvchini urayotgani tasvirga olingan turli videolar tez-tez aylanmoqda. Unga bo‘layotgan munosabatlarda holatning asl mo­hiyatini tushunmay turib, o‘qi­tuvchini qoralashadi, “Birovning bolasini urishga nima haqqi bor, qonun bo‘yicha mumkin emas”,  – deya e’tiroz bildirishadi.

    O‘quvchilik

    ...
  • Maktab hayoti

    O‘zim o‘qigan maktabga tez-tez borib turaman. Ustozlar, o‘quvchilar, darslar – barchasi qadrli va kishiga o‘zgacha xotiralarni eslatadi. Oxirgi paytlar ayniqsa, psixolog opa bilan ko‘p suhbatlashadigan bo‘lib qoldim. Bolalar olamiga qiziqqanim bois ularning ruhiyatidagi holatlar meni o‘ziga jalb etdi. Ya­qinda ko‘rishganimizda 4-sinfda o‘qiydigan qizaloq haqida gapirib qoldilar. Suhbatni

    ...
  • Buyuk ixtirolar zamini

    Aziz o‘quvchim! Ayting-chi, kattalar ko‘nglini xira qiladigan odatlaringiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

    Quyida bu kabi holatlardan misollar keltiramiz:

    –   Ingliz tilidan lug‘at yodlash ke­rak. – Ertaga yodlasam ham bo‘ladi.

    –   Hovlidagi shag‘alni dadam kelguncha tashib qo‘yishim kerak. – Dadam kelishlariga hali 3 soat

    ...
  • O‘zgarishni o‘zingdan boshla

    Oilada ikki farzandmiz: opam va men. Ba’zan bolalik xotiralarimni eslasam, opam ko‘z o‘ngimda gavdalanadi. Biz doim birga o‘ynardik va hech kimga bir-birimizni xafa qildirib qo‘ymasdik. Biroq, barcha opa-singillar kabi bizda ham kelishmovchilik bo‘lib turardi. Ayniqsa, uy yumushlarini bajarishga kelganda doim janjal chiqardi. Shu sababdan ham onam uydagi barcha yumushlarga ikkimizni birdek

    ...
  • Bu qanday zo‘ravonlik?

    Gap jamiyatimiz uchun yangi so‘z, yangi odat bo‘lgan “bulling” (bullying) haqida ketayapti. “Bullying” – inglizcha so‘z bo‘lib, “ta’qib, zo‘ravonlik” ma’nosini bildiradi. Bunga tahqirlash, ustidan kulish, ataylab e’tibor bermaslik, kamsitish va kaltaklash kabi holatlar kiradi. Ushbu vaziyat qatnashchilari o‘rtacha 13-14 yoshlilardir. Hozirda yoshlarning 50 foizi turli ko‘rinishdagi ta’qibga

    ...
  • Agar biz do‘st bo‘lsak…

    Shoshib-pishib ish tomon yugurib ketayotgandim. Bir noxush manzarani ko‘rib, to‘xtab qoldim. Axlatxona yonida yotgan itning og‘zidan qon tirqirab oqar, og‘riqdan bo‘lsa kerak, behuzur g‘ingshibgina qo‘yardi. Yaqinroq borib qaradim, kimdir ovqat qoldiqlari bilan singan shisha bo‘laklarini qo‘shib, sellofan paketda chiqindixonaga tashlab ketibdi. Chamasi, ko‘chada qolgan bechora it ovqat

    ...
  • “5” baho emas, 100 ball

    O‘zbekiston maktablarida yangicha ba­holash tizimiga o‘tilayotgani haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak? Bu avvalo Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda tajriba si­fatida joriy etilgandi. Uning umumta’lim maktablarida qanchalik samarali ekanligini bilish maqsadida 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab yurtimizdagi 1500 ta maktabda o‘quvchilar sinov tariqasida yangicha baholash tizimiga

    ...
  • Ustozini hurmat qilmagan…

    Sirdaryoda bir ayol maktabga kelib o‘qi­tuv­chi­ga qo‘l ko‘­ta­rib­di. O‘quv­chi­lar ustoz­larni hurmat qilmay qo‘yishdi, deymiz. Aslida, o‘quv­chilar emas, balki ularning ota-onalari ustozlarni hurmat qilmay qo‘ygan. Ustozni og‘rintirishdan qo‘rqqan insonlar farzandlariga, birinchi navbatda, ustozni hurmat qilishni, uning ko‘zlariga tik qaramaslikni,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.