Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2024-yil 1-son

  • Musiqa – qalb tarbiyachisi

    Men 2014-yildan buyon o‘zim ta’lim olgan V.A.Uspenskiy nomli Respublika ixti­soslashtirilgan musiqa maktabi (RIMM)da bolalarga goboy cholg‘usidan dars berib kelmoqdaman. Mutaxassis sifatida shuni aytamanki, bu sohada uzluksiz ta’lim juda zarur. Musiqa o‘rganishni bejiz “Igna bilan quduq qazish bilan barobar”, deyishmaydi. Bir kuyni o‘rganish o‘quvchidan qunt va sabrni, tinimsiz mehnat va

    ...
  • Gaplar “mixdek” bo‘lsin

    Va nihoyat, yana dushanba!  Bugun maktab, bugun bayram! Ammo bayram kuni yoqimsiz ishlar ham bo‘lib turarkan: matematikadan nazorat ishi. Va nihoyat, yana dushanba!  Bugun maktab, bugun bayram! Ammo bayram kuni yoqimsiz ishlar ham bo‘lib turarkan: matematikadan nazorat ishi. Muhammaddiyor ko‘ngli bo‘sh bola. Iltimos qilsangiz, “yo‘q” demaydi. Lekin shu xislati unga

    ...
  • Ertaknamo bug‘ilar fermasi

    Yurtimizda sayyohlar e’tiborini tortuvchi qiziqarli maskanlar ko‘p ekanligini bilasiz. Ulardan biri – bug‘ular fermasi. Ferma Toshkentning Bo‘stonliq tumanidagi  180 gektarlik hududda joy­lashgan. U yerda bolajonlarning sevimli Disney multfilmlaridagi kiyikcha Bembiga o‘xshash ertaknamo jonivorlar oilasi bor.

    Eng qizig‘i, siz kiyiklarni nafaqat ko‘rish, kuzatish, balki

    ...
  • Zodagon yetim bola yohud…

    Salom, qadrli mushtariy­lar. Sevimli jurnalimiz “Gulxan”ning yangi yildagi birinchi sonida diydor­lashib turganimizdan juda xursandmiz. Yil davomida siz bilan birgalikda 12 ta kitobni mu­tolaa qi­lamiz, fikr alma­shamiz va savollarga javob topamiz. G‘olib bo‘lgan va faol ishtirokchilarimizni mukofotlar kutib turibdi. 2024-yilda yangi kitoblar bilan tanishib,

    ...
  • O‘ylashga undagan “Gulxan”

    Eng sevimli jurnalim “Gulxan”jon, sen bilan bir yil davomida birga bo‘ldim. Hayotimning eng yaxshi kunlari sen bilan o‘tdi. Hatto, erta tongni sen bilan qarshi oldim, kechki mutolaamni ham sen bilan yakunladim.

    Bilasanmi, 2023-yil men uchun mu­vaffaqiyatlarga boy, sermazmun bo‘ldi.

    Negaki Buyuk Britaniya va Amerikada 10 dan ortiq antologiyalarda ijodiy ishlarim chop

    ...
  • Nomi xunuk dengiz

    Iordaniya va Isroil chegarasida  joylashgan O‘lik dengiz har yili ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Ushbu dengizda cho‘kishning iloji yo‘q. Savol tug‘iladi. Nega bo‘lmasa unga bunday qo‘rqinchli nom berilgan? O‘lik dengiz dunyodagi eng sho‘r dengiz hisoblanadi. Aslini olganda, u dengiz ham emas, balki juda katta tuzli ko‘ldir, shu sababli ajdodlarimiz yanglishib unga shunday nom

    ...
  • Suv parilari mavjudmi?

    Deyarli barcha xalqlarning ertak va afsonalarida  suv parilari – boshi va gavdasi ayolniki, oyoqlari o‘rniga baliqning dumi bo‘lgan sirli dengiz mavjudotlari haqida voqealarni kuzatish mumkin. Ularni sirenalar, tritonlar, undinalar, nayada va nimfalar deb ham atashadi. Nomi va kelib chiqishidan qat’iy nazar suv parisi yosh, uzun sochli va multfilmdagidek chiroyli bo‘lishi lozim

    ...
  • Eng ilg‘or jangchi

    Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ulg‘aygan Azamat Kenjayev bolaligidayoq askar bo‘lishni orzu qilgan ekan. Ana shu orzularda katta bo‘lgan Azamat sport bilan astoydil shug‘ullana boshlaydi. Avval maktabni, so‘ngra kollejni tamomlab, yigitlik burchini ado etish uchun muddatli harbiy xizmatga otlandi. Orzulari ushalib, askar bo‘ldi. U armiya safida harbiy xizmat burchini bajarish

    ...
  • Qulog‘imda qolgan o‘git

    To‘g‘risini aytaman,  unchalik a’lochi qiz emasman.  Maktabda  o‘zimni a’lochiday ko‘rsataman. Bilmaydigan savolim tushib qolsa,  gapni olib qochishga harakat qilaman, lekin o‘qituvchilarimiz darrov bilib olishadi. “Mayli,  harakating uchun” deb, “4” baho qo‘yib berishadi. Maktabda yaqin dugonam yo‘q, desa ham bo‘ladi, chunki dilimdagi doim tilimda. Bu xislatim

    ...
  • PISA – tafakkur sinovi

    Ilgari PISA ha­qi­da biror joyda eshit­ganmisiz? Yo‘q bo‘lsa, sizlar uchun yangi bo‘l­gan bu atama ma’nosini tushun­tiray.

    PISA (The Programme for International Student Assessment) – xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi degani. Bu dastur dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi 15 yoshli o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish bilan shug‘ullanadi. PISAda

    ...
  • Shodmonqul Salom

    Shodmonqul SALOM – shoir, publitsist, nosir.  “Do‘stlik” ordeni sohibi.

    Shodmonqul Salom 1980-yil 23-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Ketmonchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 2003-yil Termiz davlat universitetining Kimyo fakultetini tugatgan.  2003-2005-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan.

    “Turkiston”,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.