Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

Shoirlar – bolalarga

  • Baxtli bolalik

    Ozod Vatan qoʻynida,

    Ochildi gul-lolalar.

    Madh etamiz shodlikni,

    Biz baxtiyor bolalar.

     

    Osmonimiz musaffo,

    Tiniq otar tongimiz.

    Kelajakka nur sochar –

    Shuurimiz, ongimiz.

     

    Bolalikning sofligin,

    Shalolaga qiyoslar.

    Yuqoridan kuzatib,

    Chaqnab ketar

    ...
  • Buzuq soat

    Buzuq soat devordan

    Bitta vaqtni ko‘rsatar.

    Go‘yoki berib yordam,

    Hammaga gap o‘rgatar:

     

    — Yurmayapman atayin,

    Soatlarga ibratman.

    Senlar — baring betayin,

    Men bir so‘zli soatman.

     

    Yana, kamgapman juda,

    Ko‘pincha jim yotaman.

    Bor-yo‘g‘i ikki marta,

    Vaqtni to‘g‘ri

    ...
  • Gurung

    – Osmon  to‘la  yulduzlar,

    Yashnab  turar  chamanday.

    Sanab  chiqdim  ko‘z  uzmay,

    Mingdan  ziyod  chamamda. –

     

    O‘zicha  so‘zlab  Omon,

    Yuzlanar  ammasiga:

    – Qachon  uchib  boraman

    Ularning 

    ...
  • Chumoli va chigirtka

    Chumolini Chigirtka

    Taklif qildi o‘yinga.

    Chumoli der: – Yumush ko‘p,

    Do‘stim, bu gal qo‘ying-a.

     

    – Yuring, jo‘ra, kuylaylik,–

    Keldi yana peshinda.

    – O‘rtoq, qishni o‘ylaylik,

    Xalal bermang ishimga.

     

    Subhidam kelgan vaqtda,

    Oy ohista botardi,

    Chumolivoy uvatda

    Xurrak otib

    ...
  • Hasharchiga mukofot

    Kecha echkim bog‘imda

    Ishni boplab qo‘yibdi.

    Daraxtlarni yo‘g‘imda,

    Oppoq “oqlab qo‘yibdi”.

     

    Shamol o‘tdi ichimdan,

    Yurakkinam to‘kildi.

    O‘ch olaymi echkimdan,

    Barmoqlarim bukildi...

     

    Bu o‘zimning xatoyim,

    Gunoh yo‘qdir echkimda.

    O‘zingdan o‘tsa doim,

    Aytolmaysan hech

    ...
  • Achchiq choy haqida achchiq gap

    Yaxshi udum, yaxshi kalom:

    “Choyga keling, choyga keling!”

    Lekin faqat dasturxonmas,

    Zo‘r dasturlar tuzing, bo‘ling.

     

    Shahd-shiddatda ilm-u fan ham,

    Tezkor, shoshqin zamon bu kun,

    Kimlar uchun oltin – har dam,

    Va bir qadam osmon bu kun!

     

    Chorlar ular ko‘k to‘ridan:

    “Oyga keling! Oyga

    ...
  • O‘rgimchak (odam)ga

    Xo‘b mehribonga o‘xshab

    Aylanasan o‘rgulib.

    To‘ringga tushar o‘lja,

    Mehring – tuzoq, ko‘rgulik.

    Ayyorliging ko‘p ko‘rdim,

    Bari ishing yolg‘ondan.

    E, bor, men ham o‘rguldim

    Sendaqa mehribondan!

     

    Dilshod RAJAB

  • Qora ko‘zoynak (hazil)

    Chiqib olib burunga

    “Hunar”ingni boshlaysan:

    Chor atrofni ko‘zimga

    “Qora” qilib tashlaysan.

     

    Qoralashdan nima naf,

    Kuya surkab bariga?

    Yaxshiyam, boramiz zap

    Oq-qoraning farqiga.

     

    Oynaksan. Shu fe’l bilan

    Odam bo‘lsang, (o‘ksima)

    Qorasini ko‘rsatmay

    Qochar edi do‘sting

    ...
  • Nohaq kesilgan daraxt

    Shoximdan qushlar uchdi,

    Boshimdan hushlar uchdi,

    Tanimga bolta tushdi,

    Qalqib tushdim zarbidan.

    Yerdan oyoq uzgan ko‘p,

    Lekin menda xohish yo‘q,

    Bo‘lar quruq yog‘och-cho‘p,

    Kim uzilsa bag‘ridan.

    Ey, soyamda yotgan zot,

    Mevalarim totgan zot,

    O‘tin qilib sotgan zot,

    O‘tib mening bahrimdan,

    Javobdan

    ...
  • Tarvuz va qovoq baxsi

    Yaxshi taniysan, oshna,

    Uchrashamiz har kuzda.

    Qovunxonga yon qo‘shni,

    Men Qo‘zivoy tarvuz-da.

    Bahslashdik qovoq-la,

    Endi maysa paytimiz:

    “Pishsak rosa yetilib,

    Shirinroqmiz qaysimiz?!”

    Emib Quyosh nuridan,

    Yerdan oziq simirdim.

    Pushta uzra yonboshlab,

    Kundan kunga semirdim.

    Qovoq bo‘lsa

    ...
  • Lolaxon va ari

    Uyin buzgan dushmanin

    Ari quvdi vizillab.

    Ta’qibidan raqibning

    Lola qochdi g‘izillab.

    Yetvoldi-ya, baribir,

    Ari chaqdi jizillab.

    Og‘rig‘iga chidolmay

    Lola yig‘lar izillab.

    Qora charos ko‘zidan

    Yoshlar oqar tizillab.

    Chopib qoldi onasi

    Oshxonaga tuz izlab.

    Dadasi ham kep qoldi,

    Qulupnayni

    ...
  • Qovun

    Tarvuzning yon qo‘shnisi,

    Poliz suygan qovunman.

    Shirinlikda asalga

    Eng birinchi m(u)ovinman.

    Men pishmasdan, desalar:

    “Handalak yeb, ovun, ma”,

    Tatib ko‘rib so‘ng uni,

    Qovun shu deb ovunma.

    So‘rab yurmay totimni

    G‘arazgo‘y-u xolisdan,

    Meni izlab yo‘lga chiq,

    Topajaksan polizdan.

    Dimog‘ingni

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.