Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

2020-yil 6-son

  • Bolalarga bering dunyoni

    Bolalikning bagʻri keng, toza,

    Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.

    Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,

    Jilovlasin ikki daryoni,

    Bolalarga bering dunyoni.

     

    Pur hikmatni oʻrganar sizdan,

    Odati shu – yuradi izdan.

    Goho kuchli, zehnli bizdan,

    Tanib olsin ilm-u ziyoni,

    Bolalarga bering

    ...
  • Favqulodda holatlarda

    Hayotda suv bilan bogʻliq koʻp tasodifiy hodisalar uchrab turadi. Bunga misol qilib yaqindagina Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida sodir boʻlgan voqealarni olishimiz mumkin. Sardoba suv omborining nurashi, soʻngra esa yorilishi natijasida erta tongda bir necha qishloqlarni suv yuvib ketdi. Qishloq aholisi egnidagi bitta koʻylagida arang qochib qutulishga muvaffaq boʻlishdi. Nafaqat

    ...
  • Millat manfaatini oʻylagan zotlar, sizni unutmaydi aslo avlodlar

    Abdurahmon, Mahmudjon bobosi yodlashga bergan Muhammad Yusufning “Ulugʻimsan, vatanim”, Abdulla Oripovning “Oʻzbekiston – Vatanim manim”, Erkin Vohidovning “Oʻzbegim” sheʼrlarini, Firdavs esa Boburning ruboiylarini uydagilarga chiroyli, bexato qilib yodlab berishdi.

    – Barakalla, – dedi togʻasi xursand boʻlib, – sheʼrni yaxshi koʻrganingiz, taʼtilda ham kitob oʻqiyotganingiz uchun

    ...
  • “Quyoshim bor tongimda”

    Men Vatanning ertasi

     

    Bolaligim xuddi bol,

    Menga hamroh baxt-iqbol.

    Yoʻllarim chaman gulzor,

    Bolaligim – poshsholigim,

    Hur Vatanda borligim.

     

    Har bir fanga tashnaman,

    Koʻp hunarga oshnaman.

    Koʻplab dovon oshaman,

    Olgan bilmim ongimda,

    Quyoshim bor

    ...
  • Oq ranglarga oshnoligim

    Aslida bugungi sahifamiz mehmoni Dilshod Rajabni sizga tanishtirib oʻtirishga hojat yoʻq. Chunki boshlangʻich sinf darsliklarining (matematikadan tashqari) deyarli hammasida shoirning shoʻx va ravon, yodlash juda oson, goʻzal sheʼrlari bor. Siz ularni mazza qilib oʻqiysiz, sharillatib yodlab ustozdan maqtov eshitasiz. “Besh” baho olib quvongansiz. Shoirning “Otamning

    ...
  • “Ona yerning vaqti chogʻ...”

    Qoʻqon arava

     

    Qoʻqondagi muzeyda

    Turar “Qoʻqon arava”.

    Bir qarich ham jilmaydi,

    Boʻlmang kutib ovora.

    Tor koʻchani toʻldirib,

    Bir vaqtlar yurgan u.

    Yuk yetkazib manzilga,

    Rosa davron surgan u.

    Gʻildiragi tushovda,

    Yulduz sanar shotisi,

    Sogʻinsa ham yoshligin,

    Kelmas

    ...
  • Alvon rang koʻylak siri

    Davomi. Boshlanishi bu yerda.

    Zamonaviy ertak-qissa

     

    Kumush Zumradbibining gaplaridan hammasini tushunibdi va bu muammodan qanday xalos boʻlish yoʻlini soʻrabdi.

    – Asl holingga qaytish va qolgan odamlarning yoshligini saqlab

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Aziz bolajonlar, xabaringiz bor, dunyo mamlakatlaridan, jumladan yurtimizdan ham koronavirus pandemiyasi butunlay chekingani yoʻq. Bunday vaziyatda tanasining immun tizimi past kishilarda ehtiyotsizlik tufayli virus yuqtirish xavfi yuqoriroq boʻladi. Afsuski, bu holat bolalarda ham uchrashi mumkin. Bu xatarning oldini olish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

    Sir emas,

    ...
  • Sheʼriyat saboqlari

    Koʻplab jurnalxonlarimizning iltimoslarini inobatga olib jurnalimizning ushbu sonidan “Ijod hayratlari” nomli rukn tashkil etdik. Sheʼr, hikoya yozishga qiziqadigan, ammo bu janrlar haqida toʻla tasavvurga ega boʻlmagan, sheʼriyat qoidalarini yaxshi oʻzlashtirmagan havaskor bolalar ushbu rukn orqali ruhiyat olami, adabiy janr sir-sinoatlaridan xabardor boʻladilar. Bu mashgʻulotlarni

    ...
  • Yoz madhi

    Koʻhna anhor suvi zilol,

    Bogʻlar aro mevalar bol,

    Taʼtillarda kular iqbol,

    Shu-da, yozgi moʻjiza.

     

    Tabiat bagʻrin ochdi,

    Gullar iforin sochdi,

    Arining tinchi qochdi,

    Shu-da yozgi moʻjiza.

     

    Quyosh qizdirdi rosa,

    Oʻrik gʻarq pishdi, mazza,

    Hamma yoqda ovoza –

    Shu-da, yozgi

    ...
  • Koronavirus, seni yengamiz

    Yurtimizning boshiga

    Tushdi ogʻir bir sinov,

    Lek bu ofat bizlarga

    Aslo boʻlolmagay gʻov.

     

    Aziz yurtdoshlarimiz,

    Vahimaga tushmang hech.

    Bizlar qalban birgamiz,

    Kurashamiz erta-kech.

     

    Karantinga rioya

    Qilishimiz kifoya.

    Togʻdek metin iroda

    Bizning oʻzbeklarga

    ...
  • Zulfiyaxonimga

    Sheʼrida mujassam hayot tasviri,

    Tiniq anhor kabi tuygʻular zilol.

    Ilk bor kurtak ochgan novdadan tortib,

    Tabiat, qushlar ham sheʼr oldida lol.

     

    Ayol qalbi ila zahmatlar chekib,

    Nazm gulshanida vafodan soʻzlar.

    Sheʼriyat va turmush yukini ortib,

    Hayotdan ezgulik, goʻzallik izlar.

     

    Siz – vafo timsoli,

    ...
  • Bolalik

    Ulgʻaytirding meni bolalik,

    Yetaklarding bogʻcha, maktabga.

    Tashvish bilmay oʻtardi kunim,

    Katta hayot keldi, qoshimga.

     

    Qay yoʻl eltar sen tomon, aytgin,

    Sogʻinch toʻldi shirin jonimga.

    Dard chekmoqdan dars oldim bugun,

    Qani endi, qaytsang yonimga.

     

    Diyora OʻTKUROVA,

    Toshkent

    ...
  • Mehr

    Yuragim mehrga toʻlsin limmo-lim,

    Koʻnglimda qolmasin zarracha alam.

    Faqat yaxshilikni yozsin qalamim,

    Mehrga yoʻgʻrilsin bu yorugʻ olam.

     

    Har tongda har kimning tolei uzra

    Mehrning nurlari charaqlab tursin.

    Siz ham imkon qadar mehr ulashing,

    Mehringizdan barcha bahramand boʻlsin.

     

    Zarina

    ...
  • “Parvoz” toʻgaragi aʼzolarining sheʼriy mashqlaridan

    Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan “Parvoz” toʻgaragi rahbari Nargiza ASADOVAbir guruh shogirdlarining sheʼriy mashqlarini jamlab jurnalning telegramm kanaliga yoʻllabdi. Ular garchi tahrirtalab boʻlsa-da, mavzu va gʻoya jihatdan bolalik va yoshlikka xos begʻubor tuygʻularga yoʻgʻrilganligi bilan eʼtiborimizni tortdi.

    Bu

    ...
  • Kasb tanlashda adashmang

    Maktabni bitiruvchi doʻstlarim! Orangizda 6-7-sinfda oʻqiyotganidayoq oldiga aniq maqsad qoʻyib, shu yoʻlda repetitor yoki toʻgaraklarga qatnab, bilimini mustahkamlab yurgan bolalar bor. Ota-onasi, aka-opasidan hunar oʻrganib, unga mehr qoʻyib, kelgusida shu hunarni davom ettiraman, deb niyat qilganlar ham anchagina. Qishloq sharoitida bogʻ va dala ishlarini oʻrganib, ota-onasiga chorvalarga

    ...
  • Qalb istagi

    Har bir kasbning oʻz bayrami, unitilmas ayyomi bor. Yozning eng qaynoq kunlarida nishonlanadigan shodiyona – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni ham ana shunday qutlugʻ sanalardan biri. Katta-yu kichik jurnalistlar, butun ijod ahli bu kunni oʻzgacha bir zavq-u shavq bilan kutishadi.

    Bu bayram nafaqat nashr xodimlari, balki, jurnal yoki gazetani tayyorlashda oʻz ijodi

    ...
  • Arslon

    Yozgi taʼtilda dadam meni Yangiqoʻrgʻonga – amakimnikiga olib bordilar. Darvozadan ichkariga kirishim bilan kichkinagina it gavdasiga nisbatan ikki barobar yoʻgʻon ovozda akillab qarshi oldi. Qoʻrqqanimdan dadamga yopishdim. Ichkaridan chiqib kelgan amakimning toʻngʻich oʻgʻli Bahodir aka kulib:

    – Arslon, boʻldi, uyinga bor! – degan zahoti kuchukcha indamay nari ketdi. Kechki payt

    ...
  • Sport bilan doʻstlashing

    Terlab sovuq suv ichdim,

    Oldi darhol tomoqdan.

    Oʻzim qildim oʻzimga,

    Jonim qoldi azobda.

     

    Koʻtarildi harorat,

    Loʻqillab ogʻrir boshim.

    Oʻtmas tomoqdan ovqat,

    Yonmoqda ich-u tashim.

     

    Bezovta ota-onam,

    Davo izlab chopishar,

    Tuzalsin terlab-terlab,

    Deb koʻrpalar

    ...
  • Gʻaroyib daraxtlar

    Aziz bolalar! Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 6-maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Ziyodulla aka ASTANAQULOV sizlar uchun dunyoning turli burchaklarida oʻsadigan bir-biridan hayratlanarli daraxtlar haqidagi qiziqarli maʼlumotlarniGulxanga taqdim etdilar. Bunday ajoyib suratlar va maʼlumotlarni eʼtibordan chetda qoldirishni

    ...
  • The boy who cried wof

    Once upon a time, there lived a shepherd boy who was bored watching his flock of sheep on the hill. To amuse himself, he shouted, “Wolf! Wolf! The sheep are being chased by the wolf!” The villagers came running to help the boy and save the sheep. They found nothing and the boy just laughed looking at their angry faces.

    “Donʼt cry “wolf” when thereʼs no wolf boy!”, they said angrily

    ...
  • The golden egg

    Once upon a time, a farmer had a goose that laid a golden egg every day. The egg provided enough money for the farmer and his wife for their day-to-day needs. The farmer and his wife were happy for a long time. But one day, the farmer got an idea and thought, “Why should I take just one egg a day? Why canʼt I take all of them at once and make a lot of money?”

    The foolish farmerʼs wife

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1. Ne qushdururki, uchar uch qanot bila, lekin

    Agar qoʻnar ham, ochiqdur qanotlari bori,

     

    Qanoti saridur ogʻzi valek doim ochuq,

    Bu turfaroqki, boʻlur quyrugʻida minqori.

     

    Erur aning kebi tuz koʻngli oshyonida oʻq,

    Sipehr jaʼbasidin istasang

    ...
  • Zerikishga vaqt yoʻq

    Mahallamizdagi barcha xonadonlar har bir parcha yerdan ikki-uch xil hosil olib, yaxshigina daromad qilishyapti. Eng muhimi, pomidor, bodring, kartoshka, sabzi-piyoz oʻzlaridan chiqqani sababli bozorga borish tashvishi yoʻq. Bu esa bozorlarda narx-navoning pasayishiga sabab boʻlmoqda.

    Yozgi taʼtilga chiqqan bolalar ham karantin tufayli uyda oʻtirganlari uchun hovli ishlarida

    ...
  • Suv keltirgan aziz

    “Bektemir shams” fermer xoʻjaligi rahbari Mansur Beknazarov maktabimizning sobiq oʻquvchisi. Bahor yakunida maktabga kelib bogʻni aylanganini, yangi oʻtqazilgan nihollar suvsizlikdan qovjirab qolganini achinib gapirdi.

    – “Lalmikor” mahallasi oqsoqoli bilan ham maslahatlashdim. Mahallaga va maktabga 85 metr chuqurlikdan quduq (sakvojina) qazib kelmoqchimiz. Harajatlarni hisoblab

    ...
  • Chanqovbosti shartbatlar

    Yozda tez-tez chanqaymiz. Muzday-muzday suv yoki mors, har xil sharbatlarni ichgimiz keladi. Kola, fanta, tarxun kabi chanqovbosdi ichimliklar sogʻligʻingizga yomon taʼsir qilishini oʻylab ham koʻrmaysiz. Bu ichimliklar tarkibida kofein va boshqa asabni qoʻzgʻatuvchi moddalar, baʼzilariga meʼyoridan oshiq shakar qoʻshilgan. “Bolalar uchun” deb belgilangan qimmatgina narxli yaxna

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    Oʻquvchilar tasviriy sanʼat darsida suhbatlashyapti:

    – Ofarin. Rasmni chiroyli chizibsan. Ishtaham ochilib ketdi.

    – Ishtaham ochilib ketdi deyapsanmi? Quyoshning rasmigami?

    – Bu quyoshmi? Men qovurilgan tuxum rasmi deb oʻylabman.

     

    – Toʻrayev, qani ayt-chi, suvda nimalar erimaydi?

    – Baliqlar!

     

    Biologiya

    ...
  • Habib Rahmat

    Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat 1941-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida tugʻildi. 1956-yilda oʻrta maktabni tugatgach, qurilishda ishchi boʻlib mehnat faoliyatini boshladi. Soʻngra podshivnik zavodida tokarlik qildi. 1962-yilda Toshkent madaniy oqartuv texnikumiga oʻqishga kirib kutubxonachilik sohasini egalladi. Shundan soʻng bir muddat “Gulxan” jurnalida, “Oʻzbekiston fizkulturachisi”

    ...

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.