Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Orzuga to‘la yurak

Tug‘ilding obod yurtda,

Har tong baxtiyor uyg‘on.

Ilm olgin, kuchga to‘l,

Ko‘ksingda tol’e – unvon.

 

Kutar nurli manzillar,

Orzuga to‘lar yurak.

Sog‘lom bola – boy bola

Vatanga zarur, kerak.

 

 

Kamronbek TURDIQULOV,

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

3-maktab 9-sinf

To‘liq...

Tilak

Sho‘xliklari soy bola,

Quvnoq, erkatoy bola.

Otasiga yo‘ldosh u,

Onasiga oy bola.

 

U sportchi, pahlavon,

Baho olmaydi yomon.

Ona yurti baxtiga

Har doim bo‘lsin omon.

 

Mahmud PARDABOYEV,

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani

42-maktab 6-sinf

To‘liq...

Qat’iy maqsad ortidan

Rustambek Temirboyev va Ilhomjon Umarboyevlar Zangiota tumanidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining eng iqtidorli va izlanuvchan o‘quvchilaridan. Yillar davomidagi tinimsiz mashqlar, ustozlar sabog‘i bu bolalarni maktabning faxriga aylantirdi.

Rustambek kichikligidan tog‘asinikiga borishni, uning do‘mbirasida kuy chalishni yaxshi…

To‘liq...

Qorako‘llik bilimdonlar

Buxorolik o‘quvchilar “Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi. Ushbu jamoa a’zosi, Qorako‘l tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Jalolbek Boboqulov chuqur tarixiy bilimi bilan talabchan hay’at a’zolarini qoyil qoldirib, oltin medal va 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi.

Tarixni bilmasdan turib vatanni sevish…

To‘liq...

Bolalikning oydin xayollari

Bahor fasli haqida gap borganda she’r, she’riyat yodga tushadi. O‘lkamizda bahor O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kundan boshlanadi. Buni qarangki, xalqimizning yana bir zabardast ijodkori, Zulfiyaxonimning suyukli, iste’dodli shogirdi, O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva ham avji bahor pallasida tug‘ilgan. Shu boisdanmi Oydin opa…

To‘liq...

Sog‘lom yurtning sog‘lom farzandlari

Bolalar, Gulxanjon hamisha siz bolalar davrasiga, siz bilan bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga borishdan erinmasligidan, birgalikda qo‘shiq kuylab, she’rlar aytishidan xabaringiz bor. Yaqinda ana shunday bayramlardan biri Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktabda “Sog‘lom ona va bola yili” hamda Amir Temur tug‘ilgan kunning 680 yilligiga…

To‘liq...

Sohibqiron o‘gitlari

Tarix hamda adabiyot darslari, badiiy asarlar va filmlar orqali buyuk bobokalonimiz Amir Temurning insoniyat oldidagi beqiyos xizmatlari, Vatanimiz tinchligi va ozodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlaridan yaxshi xabardorsiz. Biroq Sohibqirondek ulug‘ zotlar hayoti va faoliyatini o‘rgangan kishi, ularning avlodlarga o‘rnak…

To‘liq...

Oftob porlagan uyda

Tibbiyot ilmining dahosi, buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning mashhur gapini tez-tez yodga olaman: “Quyosh kirmagan uyga kasallik kiradi”. Ya’ni, biz yashayotgan uyimizning eshik va derazalarini tez-tez ochib, uning havosini tozalab, yangilab turmasak, yorug‘lik va quyosh nuridan unumli foydalanmasak, xonadagi kichik bakteriyalar jonlanib ko‘payadi…

To‘liq...

Tanlov – aldov emas

Dilnoza 8-sinfda, Komila esa 7-sinfda o‘qiydi. Ular yaqin dugona, maktabning a’lochi o‘quvchilari. Dilnoza mehnat fanini juda yaxshi ko‘radi. Har xil kiyimlar tikish, to‘qishni, taqinchoqlar yasashni yoqtiradi. Komila esa bu fanni unchalik xushlamaydi. Chunki kiyim tikish yoki to‘qishga uquvi yo‘qroq. Bu yil 7-sinfga mehnat fanidan yangi o‘qituvchi…

To‘liq...

Yutuqlarning adog‘i yo‘q

– Sport tufayli o‘zimga bo‘lgan ishonch yana-da mustahkamlandi, – deydi buxorolik Gulnoza Aliyeva. – Har safar xalqaro musobaqalarga yo‘l olar ekanman, o‘z oldimga ulkan maqsadlarni qo‘yaman. Men albatta, g‘olib bo‘lishim, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, xalqimiz ishonchini oqlashim shart, deya niyat qilaman. Har bir musobaqa oldidan ana…

To‘liq...

Ilk sambochi champion

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilib o‘sgan Jahonoy Turkmanova 9 yoshidan sport bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Hozirda Samarqand oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jahonoy o‘tgan yili Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi sambo bo‘yicha jahon chempionatida o‘z vazn toifasida…

To‘liq...

Maktab sahnasi repertuari – u qanday bo‘lishi kerak?

Bilamizki, har qanday bayram yoki biror sanaga bag‘ishlangan tadbir badiiy qismsiz o‘tmaydi. Ana shunday musiqiy chiqishlarni tomosha qilib, qalbingiz zavqqa to‘ladi. O‘quvchilarda, ommaning aksariyat qismida musiqa madaniyati va tarbiyasi haqida yangicha qarash va tasavvur paydo bo‘lmoqda. O‘sib kelayotgan siz kabi navqiron yoshlarni sadoqat,…

To‘liq...

Bobosining bolasi

Behzod, Farhod, Sherzod uch og‘a-ini. Behzod 5-sinfda, Farhod 3-sinfda o‘qiydi. Sherzod hali maktabga bormagan. Lekin maktabda o‘qiganlar mehnati baho bilan belgilanishini biladi. Shuning uchun akalari maktabga ketayotganda “5 olib keling”, deb besh barmog‘ini ko‘rsatadi.

– Buvijon, o‘qish, o‘zbek tili, matematikadan “5” oldim, – suyunchiladi…

To‘liq...

Ota-ona tilagi bu...

Ota-ona tilagi bu –

Farzandlari kamoli.

Shodon, quvnoq yurishlari

Yurtning ko‘rki jamoli.

 

Sog‘lom bola, sog‘lom ona,

Kelajak poydevori.

O‘zbekiston degan yurtda,

Yorug‘ tole iqboli.

 

Madinabonu NOZIMQULOVA,

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

3-maktab 4-sinf

To‘liq...

Sog‘lom bola – boy bola

E’zozda har bir inson

Onalar-u – bolajon.

Qonunlar bizga qalqon

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Bo‘lsin omon Yurtboshim,

Nur sochib kul, quyoshim,

To‘kilmasin ko‘z yoshim,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Gulbahor HAMZAYEVA,

Buxoro viloyati Shofirkon tumani

48-maktab 2-sinf

To‘liq...

“Sog‘lom ona va bola yili”

Sog‘lom ona go‘yoki quyosh,

Nurlaridir mehr kokili.

Qoyil qolar keksalar-u yosh –

“Sog‘lom ona va bola yili!”

 

Farzandlari sog‘ yurtdir baxtli,

Shod bo‘lmoqda barchaning dili.

Mard farzandlar bir so‘zli, ahdli –

“Sog‘lom ona va bola yili!” –

 

Yurtboshimdir xo‘p shijoatli,

Oqil insonlarning oqili.

Ushbu yilda siz bo‘ling baxtli,

“Sog‘lom ona va…

To‘liq...

Orzular e’tirofi

Shahodat qizaloqligidan qo‘g‘irchoqlarga taqinchoqlar yasab, ularga zeb berishni yaxshi ko‘rardi. Turli munchoqlar, keraksiz tugmalardan daraxt, gul yaproqlarini bezashga qiziqayotganini sezgan onasi uni “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Munchoqli bezak” to‘garagiga yetaklab kelganiga ham ikki yil bo‘ldi.…

To‘liq...

Nuktadon olim

1394-yilning erta bahor kunlarining birida choparlar (xat-xabar yetkazuvchi maxsus otliq mulozimlar) Sohibqironga sevinchli xabar olib keladilar. Navro‘zning ikkinchi kuni, ya’ni 1394-yilning 22-martida Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruh Mirzo oilasida to‘ng‘ich farzand dunyoga kelgan edi.

– Alloh nasib etsa, nevarangiz kelajakda ham olim, ham…

To‘liq...

Lobarim, dilbarim, chevarim, qizlar!...

Har yili ilk bahor – maysalar iliq tuproq bag‘rida nish otganda, “daraxtlar millionlab jajji fonuslar yoqqanda”, binafsha ming bir hadik bilan barglari orasidan mo‘ralab, nazokatli nargis quyoshdan rang olib, mayin yellar soziga raqs tushgan chog‘da zebolik va ezgulik ayyomi nishonlanadi. Nafosat bayrami sabab yurtimiz oqila, fozila, iste’dodli…

To‘liq...

Har bahorda

Bu yil qish fasli o‘z taxtini yengilgina – ortiqcha qahr-u g‘azab va injiqliklarsiz bahorga bo‘shatib berdi. Lekin biz har faslni o‘z xislati va fazilati bilan qabul qilishga o‘rganganmiz. Shuning uchun fevralning so‘nggi kunigacha qorga, qishga bo‘lgan tashna dillarimiz intiqlikdan tolmadi, qor yog‘ib berishini, yog‘ganda ham atrofni oq ko‘rpasiga…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.