Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Sarhisob

Ayni shu kunlarda ota-onalaringiz, aka-opalaringiz va saylash huquqiga ega barcha fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti saylovi kunida faol qatnashib, farovon kelajak uchun ovoz berdik. Tadbirkorlar va ish­bilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘r­satilgan Shavkat Miromonovich Mir­ziyoyev 15…

To‘liq...

Mukammallik sari

Diyorimizning har bir go‘shasida nodir iste’dodga ega bolalar voyaga yetmoqda. “Kimyogarlar shahri”, deb ataluvchi Chirchiq shahrida ana shunday qobiliyatli bolalar bilan yuzlashdik. Shulardan biri Muhammadjon Rofiyevdir. U ushbu mo‘jaz shahardagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinfida tahsil olmoqda. Bizni o‘ziga tortgan jihati uning…

To‘liq...

Qiz bolaning ziynati

Omina maktabdagi eng jamoatchi, a’lochi qiz. Ammo uyda onasi unga umuman ish buyurmaydi. “Sening asosiy vazifang yaxshi o‘qish, uy yumushlarini katta bo‘lsang o‘rganib olasan”, deydi.

Onasi har tong hovli supurayotganda Omina yugurib borib, oyijon, men supura qolay, desa onasi, sen maktabga tayyorlan, nonushtang tayyor, tag‘in darsga kech qolma,…

To‘liq...

Hayotimda matematika

Jajji qizaloq edim. Bog‘chada o‘rtoqlarim bilan bog‘cha opamizning qo‘lidan ushlab sayrga chiqqanlarimiz, ertak qahramonlari rolini o‘ynaganlarimiz, bayram tadbirlarida raqsga tushib qo‘shiqlar kuylaganimiz men uchun go‘zal olam edi. Bog‘cha opamning soch turmaklari, rasm chizganda, harflar yozayotgandagi qo‘llarining chiroyli harakatlari, ayniqsa,…

To‘liq...

Sug‘urlar oilasi

Daryo qirg‘oqlari, tog‘ oralig‘i va yonbag‘irlarida uchrab turuvchi kemiruvchilar sinfiga mansub sug‘urlarning bir nechta oilasi guruh-guruh bo‘lib hamjihatlikda yashab “shaharcha” hosil qiladi. To‘dadagilarning barchasi opa-singil, og‘a-inilardan iborat, oila birdamligi saqlanadi. Ularni biror narsa cho‘chitadigan bo‘lsa, qattiq chiyillab inlariga…

To‘liq...

Ey, o‘rtoq, do‘st, dugona, “Gulxan”ga bo‘l obuna!

Shu kunlarda tahririyatimizga kelayotgan maktublar va elektron manzilimizga yo‘llanayotgan obuna bilan bog‘liq xushxabarlar bizni juda quvontirmoqda. Quyida ularning bir nechtasi bilan tanishasiz.

 

 

Toshkent shahar Yashnobod

tumanidagi 206-maktab direktori Mahzuna HAMDAMOVA:

 

“Gulxan” jurnalini nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz balki…

To‘liq...

Tuzatilgan xato

Go‘zal maktabga chiroyli sochto‘g‘nog‘ich taqib keldi. U dugonalariga judayam yoqdi.

– Vuy, Go‘zal, buncha chiroyli. Qayerdan olding, bizni bozorda bunaqasi yo‘q edi-ku, – biri olib-biri chug‘urladi qizlar.

– Oyim shahardan singlim ikkimizga, deb anchagina olib kelibdilar, – jilmaydi Go‘zal.

Ularning shovqin-suroniga norozi bo‘lib qarab turgan sinf…

To‘liq...

Pul sarflashni bilasizmi?

Ota-ona farzandiga nega pul beradi-yu, o‘quvchi uni nimalarga sarflaydi?

Shu savol bilan o‘quvchilar olamiga sayohat qildik. Bu iqtisodiy masalada ayrim o‘quvchilar sarflaydigan transport yo‘l haqlarini hisobga olmadik.

Ustoz, Nargizaning ikkita xatosi bo‘lsa ham “5” qo‘yibsiz, menga esa “4”.

Qizcha yozma ish daftarini topshirdi-da, yig‘lagudek…

To‘liq...

Shirinxo‘rlar kasalligi

“Dunyodagi eng boy odamlar kim?” deb so‘rashsa, shubhasiz, “qandolatchi amakilar”, deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, chupa-chups, shokolad, konfet, muzqaymoqni ko‘rganda ko‘zlari chaqnab, qo‘li beixtiyor cho‘ntagi tomon shoshadigan siz – bolalarni, bekorga shirinxo‘rlar, deb atashmaydi. To‘g‘ri, shirinlik sizni benihoya shodlantirishi mumkin,…

To‘liq...

Bayrog‘imiz tug‘ilgan kuni

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

 

Dilshod bugun negadir juda erta uyg‘ondi. Yopishqoq kipriklarini yarim bukilgan mushtlari bilan ishqalarkan, hali tong yorishmaganini sezdi. Shu bahona bo‘ldi-yu, yana biroz mizg‘ish niyatida o‘ringa cho‘zildi. Ammo tashqaridagi deraza oynalaridan bobosi uni kuzatib…

To‘liq...

Mo‘jiza yaratgan ustoz

– Ozodaxon, ustozing aytdi, harf yozishni bilmayotgan emishsan, – dedi Nazira opa qo‘lida qalam bilan “Alifbe” kitobiga tikilib qolgan qiziga.

Ozoda bir cho‘chib tushdi, keyin onasiga yuzlanib dedi: – Oyijon, menmas, aslida Huri ustozning o‘zi harflarni tanimaydi. Harflarni hammamizga bir-bir ko‘rsatib, “Bu qaysi harf, bu qaysi harf”, deb so‘rab…

To‘liq...

Sog‘lom bola kim o‘zi?

Sog‘lom bola kim o‘zi,

Qandaydir gapi, so‘zi?

Uch dugona, uch o‘rtoq

Bahsga kirishdi quvnoq.

 

Lola boshladi bahsni,

Diliga tugib ahdni.

– Bilimli bola sog‘lom

Bahsga o‘rin yo‘q tamom.

 

– Bilim emas yo‘q-yo‘q-yo‘q

Sog‘ jismimdan ko‘nglim to‘q.

Shudir mening boyligim,

Shundandir chiroyligim.

 

– So‘zlar rost, – dedi Ra’no,

Har birida bor ma’no.

Lek…

To‘liq...

Ko‘ngil tarbiyachisi

Ustozim Mariya Chernova, musiqa odamning ichki dunyosini ulg‘aytiradi, didini tarbiyalaydi, deydilar. Buni qalbdan his qilgan ota-onam, akalarim, men va singlimni musiqa maktabiga o‘qishga berishgan. Jasur akam va singlim Xonzoda pianino bo‘yicha, Javohir akam baraban va childirma bo‘yicha tahsil olishmoqda. Men esa Respublika ixtisoslashtirilgan…

To‘liq...

Faxr

Bizning oilada san’at va adabiyotga qiziqish juda katta. Bobom va buvijonim, ota-onam ham qiziqishlarimizni, qobilyatimizni befarq qoldirmaydilar.

O‘tgan yilning oxirlari edi. Dadam uyga xush kayfiyatda kirib keldilar va biz uchun poytaxtdagi yirik konsert dasturiga chipta olganlarini aytdilar. Quvonchimiz ichimizga sig‘masdi. Pespublikamizning…

To‘liq...

Sog‘ bolalar – badavlat

Sog‘lom ona va bola,

Go‘yoki – bog‘ va lola.

Sog‘ qurilsa kelajak,

Ular baxtli bo‘lajak.

 

Ruhi tetik, tani sog‘

Ilm-fandan ham ogoh.

Ma’naviy olami keng,

Odobi oltinga teng.

 

Sog‘lik o‘zi bir davlat,

Sog‘ bolalar badavlat.

Pok niyatli oy bola,

Sog‘lom bola – boy bola!

 

Yulduzxon ABDULLAYEVA,

Navoiy viloyati Xatirchi tumani

Zarafshon mahallasi

To‘liq...

Ustoz – millat kelajagi

O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, taniqli adabiyotshunos olim, “Do‘stlik” ordeni sohibi Omonulla Madayev mana qariyb 57 yildirki “muallim”, “murabbiy”, “ustoz” degan unvonni sharaf bilan oqlab kelmoqdalar. Omonulla ustoz nafaqat ibratli olim va pedagog, xalq og‘zaki ijodining chinakam fidoyisi, ya’ni folklorshunos olim. U kishi televideniyeda…

To‘liq...

Kuzgi uchrashuvlar

Mana, kuz faslining so‘nggi oyida siz jurnalxonlar bilan yana uchrashib turibmiz. Shu kunlarda barcha ta’lim maskanlarida respublika gazeta va jurnallariga obuna qilish ishlari avj olgan. Bizning ijodiy jamoamiz ham targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hamda shu bahona muxlislarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Xalq ta’limining viloyat va…

To‘liq...

Sevimli jurnalingizning 2016-yil 11-soni nashrdan chiqdi

Jurnalning ushbu sonida “Muharrir suhbati” ruknida “Kuzgi uchrashuvlar”, “Mashhurlar bolaligi” ruknida “Ustoz – millat kelajagi”, “E’tirof” ruknida “Mo‘jiza yaratgan ustoz”, “Mulohaza uchun mavzu” ruknida “Pul sarflashni bilasizmi?”, “Iste’dod – millat mulki” ruknida “Tanlovlarda tanilib” maqolalari bilan tanishasiz. Shuningdek, maroqli ertak va…

To‘liq...

Pari momom

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi va YUNISEF hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorlikda 2008-yil 15-oktabr kunini “Xalqaro toza qo‘llar kuni” – “Global Handwashing Day” deb e’lon qildi. Chunki notoza qo‘llar va tirnoqlar turli kasalliklar ichburug‘ (dizenteriya), gepatit (sariq), gijjalar, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli…

To‘liq...

“Oyqiz” haqida bilganlarim

Tengdoshingiz Feruza Yusupovani teleekran orqali ko‘p bora ko‘rgansiz. U bilan bir necha yillar oldin “Xazon” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganmiz. Avvaliga uni erkatoy, tantiq qiz deb o‘ylaganman. Ammo yaqindan bilgach, jasoratli, sabrli, tirishqoq qiz ekanligiga amin bo‘ldim. Ayniqsa, “Oyqiz ertagi” filmi ikkimizning ham…

To‘liq...

Quvnoq uchrashuv

Jurnalni varaqlayotgan qadrdonlarim. Bilaman, “Gulxan”ni qo‘lingizga olar ekansiz, eng avval sahifalardagi rang-barang rasmlarni ko‘zdan kechirasiz. So‘ng qayta varaqlab mutolaa qilishni boshlaysiz. Sizni jalb qilgan o‘sha jilvakor rasmlar mahoratli rassomlarning ijod mahsulidir. Har bir sahifadagi sermazmun va qiziqarli she’r, hikoya, ertag-u…

To‘liq...

Mag‘ribda yodlangan “Yurakning shakli”

Ona tilimizning jarangi, jozibasi onamizning bizga o‘rgatgan ilk so‘zlari orqali qulog‘imizga singgan, yuragimizga yetib borgan. Shuning uchun ham uni onaga qiyoslaymiz. Tilimizning boyligi, imkoniyatlari haqida so‘z borganda, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini e’tirof etmay ilojimiz yo‘q. Bugun dunyoda…

To‘liq...

Senga ishonaman

Salom, “Gulxanjon”!

Sening har bir yangi soningni orziqib kutaman. Sahifalaringda tengdoshlarim erishayotgan muvaffaqiyatlarni o‘qib, ularga havasim keladi. Bu yil maktabni imtiyozli tamomladim va hozirda o‘zim orzu qilgan akademik litseyda o‘qishni davom ettiryapman. Senga o‘z yutuqlarim haqida yozmoqchiman.…

To‘liq...

Mo‘jiza ro‘y bergan kun

yoxud XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga bir nazar

“Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek sportchilari uchun dasturulamal bo‘lgan mazkur iborani bejizga tez-tez ta’kidlab o‘tmaganligini bugun davrning…

To‘liq...

O‘quvchining yomoni bo‘lmaydi

– deydi poytaxtimizdagi 206-maktab o‘qituvchisi Dilorom BOYMATOVA

Men ustoz Dilorom Boymatova bilan, aniqrog‘i, uning o‘quvchilari bilan bahorda – “Gulxan” jurnali poytaxt maktablari o‘quvchilari bilan Botanika bog‘ida o‘tkazgan “Yashil olamga sayohat” tadbirida tanishdim.…

To‘liq...

Qalbni quvontirgan maktub

Jurnalimizning qadrli muxlislari!

Tahririyatimizga har kuni respublikamizning turli burchaklaridan o‘nlab maktublar keladi. Muxlislarimiz bu maktublar orqali nafaqat o‘z ijod namunalari, balki shaxsiy yutuq va natijalari haqida ham yozib biz bilan o‘rtoqlashadilar. Ana shulardan biri Qarshi tumanidagi 43-maktabning oliy toifali…

To‘liq...

Yurtim ertasi

Sog‘lom bola – boy bola,

Misli ko‘kda oy bola.

Sen yurtimiz ertasi,

Iqbol senga, toy bola!

 

Pahlavonsan, botirsan,

Yuksalmoqqa qodirsan,

Har hunarda mohirsan,

Sog‘lom bola – boy bola!

 

Otabek ISROILOV,

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq

Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji

To‘liq...

Alpomishning vorisi

Yurt uchun – Vatan uchun,

Gulzor-u chaman uchun,

Qo‘shadi hissa-kuchin,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Sog‘ aql, sog‘lom tanda,

Sportni qilmas kanda,

O‘zbekiston vatanda,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Polvon bo‘ladi hali,

Alpomishlar singari,

Omon bo‘lsinlar bari,…

To‘liq...

Ravshanning “3”lari yo‘q

Ravshan injiq, loqayd, qaysar bola bo‘lib qoldi. Sababi, u har kuni yarim tungacha televizor tomosha qiladi. Ertalab esa barvaqt uyg‘onishni istamaydi. Bazo‘r o‘rnidan turib, apil-tapil yuvinadi. Ba’zan nonushta qilishga ham ulgurmaydi, och-nahor maktabga jo‘naydi. Darslarda esnab, lanj holatda o‘tiradi.…

To‘liq...

Muhabbatli muallim

Birgina harf o‘rgatishning ming mashaqqatini totib, bundan qalbi cheksiz g‘urur va faxrga to‘lib yurgan Muhabbat Sharapova tajribali ustozlardan biri. U Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi. Muhabbat opa hayotini yosh avlodga ilm o‘rgatishga…

To‘liq...

Ustoz Bobur sabog‘i

“Boburnoma”ni mutolaa qilgan bo‘lsangiz, uning “To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi (1528–1529) yil voqealari” bobida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyun Mirzoga yozgan bir maktub bor. Xat o‘sha paytda farzand ko‘rgan o‘g‘ilga tabrik bilan boshlanadi.

Shukr, bermish…

To‘liq...

Maktublarda ustozlar madhi

Aziz jurnalxonlar, siz bilan yaqindagina O‘qituvchi va murabbiylar kunini bayram qildik. Ayni kunlarda esa O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani nishonlayapmiz. Shu munosabat bilan respublikamiz o‘quv maskanlarida an’anaga aylanib qolgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizda qanday muhim sanani…

To‘liq...

Xushxabar

Sevimli jurnalingizning navbatdagi sonini bosmaxonaga topshirish arafasida Surxondaryodan quvonchli xabar oldik. Viloyatning Boysun tumanidagi 4-maktab 3-4-sinf o‘quvchilari “Gulxan”ga 2017-yil uchun 100 dona obuna bo‘lishibdi.

Biz bu qadrdon mushtariylarimizga minnatdorlik bildirgan holda boshqa o‘quvchilarni ham…

To‘liq...

Orzular izidan

Eldorning matematikaga mehr qo‘yishida oiladagi muhitning o‘rni katta. Ota-onasi matematika o‘qituvchisi bo‘lgani bois, uyda fanga doir qiziqarli kitoblar, ko‘rgazmali qurollar ko‘p. O‘zidan katta opasi maktabga borganda, unga qo‘shilib kitob o‘qishni, yozishni o‘rgangan Eldor yuzgacha…

To‘liq...

Qat’iy maqsad sari

O‘z bilim va iqtidoriga ishongan bugungi yoshlar mustaqil yurtimizda munosib farzand bo‘lib kamol topayapti. Ularning ilmga chanqoq, bilimdon, zukko va tirishqoqligini ko‘rib chin dildan havasing keladi, mehring ortadi.

Yaqinda Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro…

To‘liq...

Ularni o‘quvchi deb bo‘ladimi?

Saida o‘quv yili boshlanganidan quvonib, kitob-daftarini taxt qilish harakatiga tushdi. U bu yil 7-sinfga ko‘chdi. “Qanday yaxshi, katta sinflar qatoriga kirib qoldim, endi yanada yaxshi o‘qishim kerak”, – ahd qildi u. Ro‘yxat asosida maktab kutubxonasidan barcha darslik kitoblarni oldi. Uyga kelgach,…

To‘liq...

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Sog‘ vujudsiz tasavvur

Qilib bo‘lmas aqlni.

Ikki so‘z uyg‘unlikda

Tuzishar bir naqlni.

 

Xalqimiz suyanchidan

Minnatdordir yosh avlod.

Yurtim tinchligi uchun

Bo‘lar har biri qanot.

 

Chunki yoshlar qo‘lida

O‘zbekiston ertasi.

Sog‘lom bolalar bo‘lar

Shu zaminning egasi.…

To‘liq...

Yuksakdagi bayrog‘im

Biz qachon tamoman sog‘lom bo‘lamiz? Albatta jismonan va aqlan uyg‘un rivojlanganimizda. Shuning uchun ham maktab o‘quv rejasiga jismoniy tarbiya darslari kiritilgan. Bola jismonan sog‘lom bo‘lsa-yu, ammo bilim olishda, fikr yuritishda adashib, boshqa ko‘chalarga kirib qolsa, biz uni sog‘lom deb…

To‘liq...

Beqasam to‘nli bokschi

“Sog‘lom ona va bola” yilida o‘n uch yoshga to‘ldim, lekin o‘zimni katta odamlardek his qilyapman. Oilada uch farzandmiz: ikki o‘g‘il va bir qiz. Ota-onam sog‘lom o‘sishimiz uchun mahallamizdagi “Olg‘ir” sport markazining boks to‘garagiga berdilar. Ukam bilan…

To‘liq...

Bayramga sovg‘a

Biz bayramlarda sovg‘a olishni yaxshi ko‘ramiz. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Bag‘dod tumanidagi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari sovg‘aning eng kattasini oldi. Maktabimizda barcha qulayliklarga ega zamonaviy, biz orziqib kutgan sport zali ishga tushirildi. Safimizda sport bilan do‘stlashgan…

To‘liq...

Xushxabar

Shu yilning 14–20-avgust kunlari Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. 31 davlatning 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchisi qatnashgan nufuzli tanlovda mamlakatimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Buxoro…

To‘liq...

Ixtirolar olamiga sayohat

Texnik ixtirolar tarixi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? Ularning dastlabki sodda ko‘rinishi ko‘pincha bolalikdan qiziquvchan, xayolparast, tinib-tinchimas insonlar tomonidan yaratilgan. Kashfiyotchilar ilk bor 1783-yilda ko‘kda parvoz qilish uchun havo shari, salkam (1882) bir asrdan so‘ng esa samolyotni yaratishdi.…

To‘liq...

Nurli manzillar

Har kuni necha bor ostona hatlab ko‘chaga chiqasiz. Shunda kundan-kunga, yildan-yilga mahallangizdagi, ko‘changizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, atrofga hayrat va faxr bilan boqasiz. Bir necha yil oldin shu ko‘chalarda yalangoyoq chopib yurgansiz. Tengqurlaringiz bilan ariq bo‘ylarida shodon o‘ynagansiz. Endi…

To‘liq...

Orzularidek ulug‘ shoir

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg va jamoat arbobi Erkin Vohidovni o‘zbek xalqining katta-yu kichigi juda yaxshi biladi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Erkin Vohidov garchi bugun jisman oramizda bo‘lmasa ham yaratgan…

To‘liq...

Dunyoni o‘zgartirgan raqamlar

800-yillarning boshlari, Xiva. O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi madrasa talabasi Muhammad darsxonasida arab tilida bitilgan “Sindihind” nomli kitobni mutolaa qilib o‘tirardi. Bolaligidan o‘tkir zehnli, matematika, geografiya, tarix fanlariga o‘zgacha mehr qo‘ygan bu yigit astronomiyaga ham befarq…

To‘liq...

Marrani yuksak olib...

Dinora Umarqulova hur O‘zbekistonimizning umidli yoshlaridan biri. Buxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda a’lo baholarga o‘qimoqda. O‘tgan yillar davomida “Yurt kelajagi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Orasta qizlar” respublika…

To‘liq...

Tafakkur qanotlari

Olimlarning olib borgan so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, XXI asrda yashayotgan odamlarning miyasiga ilgari taxmin qilingan hajmdan 10 barobar ko‘p miqdorda ma’lumot sig‘ar ekan. Ularning ta’kidlashicha, miyamiz 1 petobayt, ya’ni 1 mln gigobayt ma’lumotni joylashtira olishi mumkin. Bu degani, eng…

To‘liq...

Bundan ortiq iftixor bormi?!

2016-yil 23-avgust. Toshkent xalqaro aeroporti. Atrofni tun pardasi qoplagan bo‘lsa-da, terminal va samolyot yo‘laklari yuzlab chiroqlar nuridan charog‘onlashgan. Bu yerda O‘zbekiston iftixorlari – Olimpiya chempion va sovrindorlarini kutib olish uchun yuzlab yurtdoshlarimiz to‘planishgan. Nihoyat,…

To‘liq...

G‘oyalarga sodiqmiz

Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlayotgan kunlarimizda xalqimiz boshiga og‘ir musibat tushdi. Tayanchimiz, ishonchimiz, suyangan tog‘imiz, ma’naviy madadkorimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etdi.…

To‘liq...

Barakalla singlim

Singlim Qodirqulova Madina 6-sinfda o‘qiydi. U 2014-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2015-yil diplom olib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

Madina yaqinda “Bolalar qo‘shiqlari, she’rlar va hisob she’rlari”ni yaratish…

To‘liq...

Bilimlar bellashuvining bilimdoni

Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarayotgan tengdoshlarimizdan biri Boyovut tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ominabonu Ibodullayeva joriy yilda bo‘lib…

To‘liq...

Zavqli ta’til

Go‘zal tabiat quchog‘ida joylashgan oromgohlarda dam olayotgan bolalarning zavqli ta’til damlari haqida hikoya qilish maqsadida ijodiy guruhimiz bilan yana Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oldik. Bu galgi safarimiz Xondayliq qishlog‘idagi “Barkamol avlod” oromgohidan boshlandi. Ikki yarim gektardan ortiq…

To‘liq...

Har sohada yetakchi

“Bugun har bir yosh yigit-qizning ko‘zlarida kelajakka ishonch, dilida quvonch, shuurida esa butun bir olamga sig‘maydigan sevinch bor. Mustaqil Vatan quchog‘ida yayrab, unib o‘sayotgan kelajak avlod yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodining rang-barang qirralarini bor…

To‘liq...

Isfandiyorning qat’iy maqsadi

Isfandiyor ikkinchi sinfga o‘tganida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga qabul qilindi.

Bu yerda u gitara sinfining tayyorlov guruhida mashg‘ulot o‘tay boshladi. Undagi iqtidorni sezgan muallim Igor Budnokov bolakayga notalar joylashuvi, kuy chalish sirlarini…

To‘liq...

Termizlik chempionlar

– Shahrimizdagi 13-maktabda o‘nlab sport chempionlari o‘qiydi. Maktabdagi salkam 2000 ta o‘quvchining barchasi sportning bir necha turi bilan shug‘ullanadi, – dedi Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimi Ochiloy opa Xudoynazarova g‘urur bilan.

– Sportga ixtisoslashgan maktabmi? –…

To‘liq...

Ranglar ortidagi hayot

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal NUR (Nuriddinov) 1959-yil Namanganda tug‘ilgan. 1984-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. 1990-yildan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ijodkor uyushmasi a’zosi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Rassomning…

To‘liq...

Zukko bolalar davrasida

Aziz bolajonlar! Sevimli nashringizning iyul oyi sonida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” oromgohida hordiq chiqarayotgan tengdoshlaringiz va u yerda yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritgandik. Albatta, oromgoh tarbiyalanuvchilariga chinakamiga havas qilish mumkin. So‘lim bog‘…

To‘liq...

Sog‘lom bola – boy bola

Sog‘lom bola – boy bola,

O‘g‘il bola – toy bola.

Ota-onasi sevgan

Go‘yo toshqin soy bola.

 

Sog‘lom bola – boy bola,

Sportda g‘olib bola.

Yutuqlari birtalay,

Chin ilmi tolib bola.

 

Sog‘lom bola – boy bola,

Epchil va chaqqon bola,

Buvi, buvasi sevgan…

To‘liq...

Dillarga muhrlangan sayohat

Abdurahim bobo nevaralari Jasur, Shodiya va Shabnamni har yili yozgi ta’tilda sayohatga olib chiqadi. O‘tgan yili ular Samarqand va Buxoro shaharlaridagi obidalarni ziyorat qilishgan edi. Bu ikki azim shahar taassurotlari butun o‘quv yili davomida bolalarni tark etmadi. Odatda adabiyot fanidan ko‘pincha…

To‘liq...

Bolalarning samimiy do‘sti

Qadrli o‘quvchilar! Yozuvchi va publitsist Ashurali Jo‘rayev nomi sizga yaxshi tanish. Uning “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida, “Tong yulduzi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalarini o‘qigansiz. Adib o‘z ijodini bolalarga atalgan Toshbaqalar poygasi kitobi bilan…

To‘liq...

To‘yga to‘yona bilan

Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini katta yutuq va muvaffaqiyatlar bilan kutib olayapmiz. Bayram arafasida qurib bitkazilgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ishga tushirilishi mamlakatimiz hayotida ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

Bundan uch yil avval Yurtboshimiz ushbu yo‘l qurilishi…

To‘liq...

O‘zbekiston lochinlari

Aslida, istiqlolning ilk kunlari bizga, xalqimizga katta parvozlar uchun yo‘l ochib bergandi. Yurtimizdagi har bir inson bunday shukuhli lahzalarni olam-olam quvonch bilan yodga oladi. Biroz fursat o‘tib, mamlakatimiz va xorij davlatlari osmonida mustaqil O‘zbekiston samolyotlari parvoz qila boshlagach, chinakam ma’noda…

To‘liq...

Istiqlol shukuhi

Shu kunlarda ona Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlash arafasida turibmiz. Biz Vatan so‘zini hamisha Ona so‘zi bilan birga ifodalaganmiz. Sababi, Vatanimizni doimo onamizdek muqaddas va aziz deb bilamiz. Hamisha onamiz uchun qiyosi yo‘q ta’rifni izlaymiz, uni dunyodagi jamiki chiroyli so‘zlar…

To‘liq...

Sog‘lom bola

Avlodlarga mayoq, yurtimga qalqon,

Doimo bo‘laylik jasur, pahlavon,

Xalqimiz baxtiga o‘sib sog‘-omon,

Yurtning ertasini yorug‘ qilaylik.

 

Aziz Yurtboshimiz ishonchi bizlar,

O‘ktam o‘g‘lonlar-u ham zukko qizlar.

Vatan egasimiz biz – qaro ko‘zlar,

El baxtiga doim sog‘lom…

To‘liq...

Dilkash dugona

Ra’no Jamolova mening eng yaqin dugonam. Toshkentdagi 324-maktabda o‘qiydi. U juda chiroyli – ismi jismiga mos qiz. Sochlari uzun. Tunov kuni biznikiga kelib mehmon bo‘lib ketgandan so‘ng, onam, do‘st tanlashda adashmabsan, qizim, dedilar. Chunki Ra’no juda xushmuomala, bilimdon, chaqqon qiz. U zukko…

To‘liq...

Mehnatga “rahmat”

Malika aslida telefonda gaplashishni unchalik xush ko‘rmaydi. Undagi o‘yinlarga ham ko‘p qiziqmaydi. Ammo qachon qarama, qulog‘ida naushnik – qo‘shiq eshitgani-eshitgan. Qo‘yib bersang, kun bo‘yi qulog‘idan uzmaydi. Kimdir u-bu narsa so‘rasa ham, eshik qo‘ng‘irog‘i…

To‘liq...

Iste’dodning turfa jarangi

Tanishing, tengdoshingiz – Barno Mamajonova.

Toshkentdagi 59-maktabning 8-sinfida o‘qiydi. Ilk bora raqs maktabiga borganida 4 yoshda edi, hali “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qilolmasdi. “Yulduz” folklor dastasida ustozi Malika Po‘latovadan ilk raqs harakatlarini o‘rgana boshladi.…

To‘liq...

Yillar ortidagi quvonch

Iste’dodli san’atkor, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab nufuzli tadbirlar boshlovchisi Dilnoza KUBAYEVAni hammangiz yaxshi bilasiz. Uning nafaqat teatr sahnalarida, balki turli kinofilmlarda ijro etgan rang-barang rollarini ko‘rib ta’sirlangansiz,…

To‘liq...

Bilimdonlar maskani

Erta tongdan bobo quyosh darvozasi peshtog‘iga o‘z nomi tushirilgan “Quyoshli” uzra nur taratayotganda bu yerdagi bolajonlar birin-ketin uyqudan uyg‘ona boshlagandi. Qushlarning yoqimli “chug‘ur-chug‘ur”i jajji yuraklarning shodon kulgulariga ulanib ketgan. Toza va musaffo havo, sharqiroq zilol…

To‘liq...

Tinchlik va xavfsizigimiz yo‘lida

Xalqimiz azal-azaldan himmati va mehmondo‘stligi bilan nom chiqargan. Uyiga mehmon kelsa izzat-hurmatini joyiga qo‘yishga odatlangan. Shu yilning 23-24-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitiga kelgan mehmonlar ham mezbon xalqimizning bu boradagi tantiligiga tan berishdi.

Qadrli…

To‘liq...

Oftobga oshno maskanlar…

Multfilm qahramoni Kesha “O, yoz, sen kelsang bo‘lar juda soz, o yoz!...” deb kuylaganda ko‘z oldingizga poyonsiz bug‘doyzorlar, ta’til, muzqaymoq, mazza qilib cho‘milish, so‘lim oromgoh kelsa kerak-a?!

Darvoqe, ta’tilning birinchi oyidanoq oyingiz sochiq, shippak, kiyim-kechagingizni joylab…

To‘liq...

Oromgohga bormoqchimisiz

yoxud yozgi oromgohlar haqida nimalarni bilasiz?

Yozgi ta’tilga chiqib, uyidagilarni ikki kundan buyon so‘roqqa tutayotgan Dildorani ishdan qaytgan dadasi yoniga chaqirdi:

– Qizim, seni qiziqtirgan ma’lumotlarni olib keldim. Avval mana bu raqamlarga quloq tut. Bu yil yurtimizda 1 ming 204 ta oromgoh faoliyat…

To‘liq...

G‘ijduvonning yosh kulollari

Asqarjon ixtirochi bola. U besh yoshidan yog‘ochdan mashina, loy yoki plastilindan kema, odam, hayvon va turli-tuman buyumlar shaklini yasardi. Ikki yildirki, qo‘shnisi Bahrillo To‘yevga shogird tushgan. Bahrillo aka quruvchi – usta bo‘lib, kulolchilik bilan ham shug‘ullanadi. Asqarjon esa G‘ijduvon…

To‘liq...

Mohir qo‘llar mo‘jizasi

Har safar erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarni uchratganimda, keng imkoniyatlar davrida yashayotgan yoshlarga havasim keladi.

Tengdoshlaringiz Jonibek Shokirov va Zarnigor Yusufjonovalar maktabdagi darslar, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlardan ortib,…

To‘liq...

Bedorlik imzosi bilan

Mamlakatimizda mingdan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. O‘nlab teleradiokanallar, internet agentliklari va axborot xizmati, nodavlat radio va telekanallar, bosma nashrlar va agentliklar tarmog‘i kun sayin rivojlanmoqda.

Orangizda jurnalist bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa…

To‘liq...

Bir maqsad yo‘lida

Sport barkamollik kaliti, kishi qalbini yorug‘ xayollarga yetaklovchi kuch. Har bir inson sport bilan shug‘ullanar ekan, uning qadrdon do‘sti, hamqadamiga aylanishi shubhasiz. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari orasida sportga oshno qalblarning kundan-kun oshib borishiga sabab ham aslida mana shu. Shu istak va maqsadlar rivoji,…

To‘liq...

Sog‘lom bolaning ikki qanoti

Aykido sport turi bo‘yicha 2-DAN qora belbog‘ sohibi G‘ayrat aka To‘laganovdan sport sirlarini o‘rganyapman. Aykido bilan shug‘ullanishni boshlaganimda hammadan kuchli bo‘laman, kimki meni xafa qilsa, ta’zirini beraman, degan xayolda edim. Ammo mashg‘ulotlar jarayonida bu fikrim…

To‘liq...

Orzular ostonasida

Toshkentdagi 300-IDUM–ning iqtidorli o‘quvchisi Ozoda Bozorboyeva bugun maktabni bitirayapti. Mehr bilan qarab turgan ustozlariga bir-bir minnatdor boqadi. Nigohi ona-tili va adabiyot muallimi Dilorom opa Haydarova bilan to‘qnashganda entikib ketdi. Ko‘z oldidan yillar davomida erishgan yutuqlari o‘ta boshladi.

Ozoda…

To‘liq...

Buyuk poliglot

Dear children, do you speak in foreign languages?

Menimcha, bu savolga “yo‘q”, deb javob beradigan o‘quvchi orangizda bo‘lmasa kerak.

Aziz bolalar, ishonchimiz komilki, siz bir necha yildan beri, (ehtimol, birinchi sinfingizdan boshlab) xorijiy tillarni o‘rganmoqdasiz. Tengdoshlaringizdan kelayotgan…

To‘liq...

Yashil olamga sayohat

Tabiat deganda ko‘z oldimizga yer, suv, dov-daraxtlar, azim tog‘lar-u hayvonot va nabototning ajoyib olami keladi. Dunyoga kelganimizdan boshlab tabiatda yashaymiz, nafas olamiz, uning ne’matlaridan bahramand bo‘lamiz. Ana shu go‘zal olamga zahmat yetkazmaslik uchun uni yaxshilab o‘rganishimiz kerak…

To‘liq...

Eng yaxshi do‘st

Sevimli nashringiz – “Gulxan” jurnali yillar davomida iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqarib kelmoqda. Hozir xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan O‘zbekiston xalq shoiri, “Fidokorana xizmatlari uchun” ordeni sohibi Iqbol Mirzo ham “Gulxan”ning ana shunday kashfiyotlaridan. Chunki…

To‘liq...

Kitob – qalb kamoli

An’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan Respublika “Kitob bayrami” kitobxonlarning chinakam ma’nodagi o‘zaro do‘stlik shodiyonasiga aylanib bormoqda. 26–28-may kunlari poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan navbatdagi ijodiy…

To‘liq...

Yo‘li uzun manzillar

Aziz mushtariylar, “Sog‘lom ona va bola yili”dagi eng katta ta’til kunlarini boshlab yuborganingiz bilan tabriklayman. Bilasizmi, ikki son oralig‘ida sizga aytadigan gaplarim ko‘payib, o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan fikrlarim yig‘ilib qoladi, sizlarni sog‘inib ketaman. U oydan bu oygacha…

To‘liq...

Tafakkur elementi

Kasbimiz shunaqa, qayerda milt etgan uchqun ko‘rinsa, ibrat qilib ko‘rsatgimiz, yutuqlarini yozib, maqtangimiz keladi. Chunki biz e’tirof etayotgan iste’dodlar yana yangi “buloqlar ko‘z ochishi”ga turtki bo‘ladi.

 

“Mangu yoshli moddasi”

Farrux fanlardan yaxshi o‘qirdi,…

To‘liq...

“Kitobxon”

“... Oilamiz bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdik. Endi 7-sinfni yangi maktabda davom ettirishimga to‘g‘ri keladi...”, deb Maftuna kundaligiga yozib qo‘ydi.

– Qizim, maktab yoqdimi? Yangi sinfdoshlaring yaxshi kutib olishdimi? – so‘radi oyisi Maftuna darsdan qaytgach.

– Yaxshi,…

To‘liq...

“Xazinalar oroli”ga sayohat

Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi kitob javonlarida bugungi kunda asrlar nafasi ufurib turgan bir-biridan qadrli kitoblarni ko‘plab uchratasiz. Ularni ko‘rib chindan hayratlanasiz. O‘zingizni xuddiki xazinalar oroliga tushib qolgandek his qilasiz. Eh-he, bu kitoblar nimalar haqida hikoya qilmaydi, deysiz. Ilmiy tafakkuringizni,…

To‘liq...

Uyg‘unlik

Ona-bolaning salomatligi bu nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, ichki olamning ham tetikligi demakdir. Sog‘lom turmush tarzini tanlagan oila farzandlari bilimli, salohiyatli bo‘lib ulg‘ayadilar. Ruhiyati musaffo, tani sog‘, odob-axloqi barchaga ibrat bo‘lib kamolga yetayotgan bolani – sog‘lom bola deyishimiz mumkin.

Bu masalaga davlat siyosati…

To‘liq...

Ikki yo‘l

“Hayot” deb atalmish so‘qmoqda ikki yo‘l bor. Birinchisi – mashaqqatlar, kurashlar bilan to‘la yo‘l. Ikkinchisi esa – “osoyishta ko‘lmak”.

“Siz qaysi biridan yurgan bo‘lardingiz?” – deb so‘rashsa, hech ikkilanmay “Birinchi yo‘ldan”, – deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, osonlikcha baxtga erishib bo‘lmaydi. “Tekin pishloq faqat qopqonda bor”, –…

To‘liq...

“Temir dugona” qismati

Durdona bu yil bahorda o‘n uch yoshga to‘ldi. Ota-onasi uning tinimsiz xarxashalaridan so‘ng tug‘ilgan kunida opalarinikiga o‘xshagan katta ekranli (sensorli) telefon sovg‘a qilishdi. Opalarining katta ekranli telefoniga havasi kelgan Durdona “menga ham olib berasizlar”, deb turib olgan edi-da.

Tug‘ilgan kunining ertasiga maktabga oshiqdi, chunki…

To‘liq...

“Unutmas meni bog‘im”

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-maktabda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan shoir Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha ana shunday nomlandi. Tadbir avvalida maktab axborot-resurs markazi rahbari Sanoat opa Mirdadayeva rahbarligidagi bir guruh o‘quvchilar Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida juda boy,…

To‘liq...

Istiqlolning iste’dodli farzandlari

Xorazm – osmonida ma’naviyat yulduzlari porlagan diyorimizning ko‘hna maskanlaridan biri. Bu zamindan Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Munis, Ogahiy, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk ajdodlarimiz yetishib chiqqan. Birgina “algoritm” nomi bilan dunyo tamadduniga abadiy muhrlangan olim, algebra fani asoschisi…

To‘liq...

Oyni ko‘zlagan bola

Berdaq, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Oyimxon Shomurotova, Otajon Xudoyshukurov... Qoraqalpoq zamini azaldan betakror iste’dodlar vatani bo‘lib kelgan.

Oqqan daryo oqaveradi, deydi xalqimiz. Ushbu mashhur san’atkorlar ro‘yxati yoniga yana bir yosh iste’dod nomi qo‘shildi. U bugun dunyo opera san’ati osmonida yorqin yulduz bo‘lib…

To‘liq...

Bir onning bahosi

yoxud vaqtni qadrlaydign yigit

Toshket shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Farida opa uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida ko‘plab iqtidorli bolalarga saboq bergan edi. Ularning aksariyati bir-biriga o‘xshardi: fizika, matematika fanlarini yaxshi o‘zlashtirgani, negadir, ona tili, adabiyot, tarixga unchalik…

To‘liq...

Manguga muhrlanganlar yodi

Uzoq emas, yaqin 20-25 yil avval ota-onalarimiz, yoshi ulug‘ keksalarimiz qo‘llarini duoga ochib yuzlariga fotiha tortishganda, “Biz ko‘rgan urushni, ochlik, yo‘qchilik, qahatchilik kunlarini sizlar ko‘rmanglar. Yaratganning o‘zi balo-qazolardan asrasin”, deyishardi. Hozir esa ular “Tinchlik va xotirjamligimizga ko‘z tegmasin, hech kimdan kam…

To‘liq...

Ukamga xatlar

“Oltin tarvuzcha”

Ukajon, esingdami, sen hali bog‘chaga boradigan paytlaring, o‘qishni bilmaganing uchun ertak kitobingni “o‘qib bering” deb, ketimdan yuraverarding. To yangi ertakni eshitmaguningcha holi-jonimga qo‘ymasding.

Usti zangori tusli “Oltin tarvuz” nomli kitobchang hanuz ko‘z oldimda. Harflarni o‘rganib olgach esa, maktabga boraman deb,…

To‘liq...

Uzoqni ko‘ray desang

O‘g‘lim Ismoil oxirgi paytlarda old qator partada o‘tirsa ham ko‘zi sinf taxtasidagi yozuvlarni yaxshi ko‘rolmayotganidan shikoyat qildi. Uni zudlik bilan ko‘z shifokoriga olib bordim. Shifokor ko‘rigiga navbatda turganlarning ko‘pchiligi bolalar va o‘smirlar ekanligi meni ham taajjubga soldi. Shifokordan ham keyingi vaqtlarda ko‘rish qobiliyati…

To‘liq...

“Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”

Maktabimizda har yili 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitobi kuni” arafasida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkaziladi.

Bolalarimizni kitobxon bo‘lishida maktabimiz joylashgan Beshqo‘rg‘on mahallasi oqsoqoli Qo‘zivoy aka Ortiqovning xizmatlari katta. Chunki u kishi tez-tez maktabimizda bo‘lib, kutubxonachi Latifa opa Ergasheva bilan…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.