Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Muharrir suhbati

  • Saodat maskani

    Yaqinda Toshkent viloyatining soʻlim goʻshalaridan birida yashaydigan qarindoshimiznikiga mehmonga bordim. Buni qarangki, keksalar va kichkintoylar uyda qolishgan, boshqalar esa uzumzorga chiqib ketishgan ekan. Men ham uzumzorga borib ularning mehnatini koʻrgim, uzum uzishga koʻmaklashgim keldi, lekin keksa buvijon uzumzor bu yerdan ancha olisda ekanini aytdilar. U kishi hovlidagi anjir

    ...
  • Ozodlik uchun kurashganlar

    Aziz muxlislar, barchamizga maʼlumki 2001-yildan buyon 31-avgust sanasi mamlakatimizda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadi. Shoʻro davrida yurtimizda minglab begunoh insonlarning umri xazon boʻlgani, qancha-qancha oilalar parokanda va xonavayron boʻlib, bolalar yetim qolganini tarix va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

    Xalqimizning fidoyi va matonatli

    ...
  • Tarixiy voqea

    Oʻzbek tilining tarixi bilan siz maktab darsliklari orqali tanishsiz. Mahmud Qoshgʻariyning “Devoni lugʻotit-turk” asari qadimdan turkiy xalqlar tillari orasida koʻplab sinovlardan oʻtib bizgacha yetib kelgan. Bugun esa tilshunos olimlarimiz, shu sohaning yirik mutaxassislari ona tilimizni toza holda meros qilib keyingi avlodlarga yetkaza olamizmi, yoʻqmi degan savol qarshisida

    ...
  • Tenglar ichra teng boʻlmoq

    Buyuk davlat barpo etish, tenglar ichra teng yashash – xalqimizning azaliy orzusi boʻlgan. Bu orzular soʻnmas qadriyatlar, eng avvalo, davlat ramzlarida oʻz ifodasini topadi. Ramzlar, timsollar nihoyatda qadrlidir. Bobolarimiz kerak boʻlsa uning uchun jon fido etishgacha borishgan.

    Xorijdan kelgan mehmonlardan biri ibratli voqeani hikoya qilib bergandi. Vatanimiz BMTga aʼzo boʻlgach,

    ...
  • Istiqbol hujjati

    Dekabr oyida xalqimiz va Vatanimiz uchun ahamiyatli boʻlgan bir necha muhim sanalar nishonlanadi. 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligini bayram qildik. Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, siz – bolalar va oʻsmirlarning, yoshlarning yoʻlini yoritib

    ...
  • Istiqlol mashʼali

    1992-yil 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

    Qonunda ham madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burxonov bilan ijodiy hamkorlikda

    ...
  • Yangi yil ostonasida

    Qadrli muxlislar, siz bilan jurnalimizning 2020-yilning soʻnggi – 12-sonida uchrashib turibmiz.

    Garchi karantin kunlarini oʻtkazgan boʻlsak-da, tahririyatimiz jamoasi siz oʻquvchilar oldidagi burch va masʼuliyatini unutgani yoʻq. “Gulxan”ning barcha sonlarini rang-barang, qiziqarli va mazmunli qilib sizlarga yetkazdik. Fursatdan foydalanib, yil davomida biz bilan hamkorlik qilgan

    ...
  • Assalom, Yangi yil

    Assalomu alaykum, “Gulxan”ning aziz va qadrdon muxlislari! Sizlar bilan Yangi yilning ilk sonida uchrashib turganimizdan behad xursandmiz. 2021-yil barcha-barchaga quvonch va shodlik olib kelsin, kutilmagan muvaffaqiyatlar yili boʻlsin. Mushtariylar qatoriga bu yil kelib qoʻshilgan jurnalxonlarni esa alohida tabriklaymiz. Sababi, siz jurnalga obuna boʻlib juda toʻgʻri qildingiz. Buning chin

    ...
  • Yangi Oʻzbekistonda yangi imkoniyatlar

    Jurnalimizning aziz muxlislari. Shu kunlarda siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Sizning boʻsh vaqtingizni mazmunli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatiga eʼtibor qaratdilar va viloyat, tuman, shahar hokimlari zimmasiga bir qator vazifalarni yukladilar. Qisqa muddatda “Barkamol avlod” markazlarida zamonaviy toʻgaraklar ochish va har

    ...
  • Yaqin kelajakni oʻylab

    Assalomu alaykum, jurnalimizning aziz muxlislari. “Gulxan”ning yangi soni qoʻlingizga yetib bordimi? Demak, biz ijodkorlarning istagi amalga oshibdi. Ishonasizmi-yoʻqmi, jurnal jamoasining yagona orzusi – qiziqarli va mazmunli jurnal tayyorlab, sizga bekam-u koʻst qilib yetkazish. Jurnal atrofiga oʻqiydigan, fikrlaydigan, yangilikka intiluvchan, izlanuvchan oʻquvchilarni yana-da koʻproq

    ...
  • Shohsupada turgan Oʻzbekistonim

    Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiada oʻyinlarini katta-yu kichik, yosh-u qari cheksiz hayajon va duolar bilan kuzatib bordi. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishga otlangan sportchilarimizning har bir gʻalabasi, har bir zafari, Vatan sharafi himoyasi butun Oʻzbekistonni bir bayroq ostida birlashtirdi.

    Yozgi olimpiada 200 dan ortiq mamlakat

    ...
  • Ulugʻ saodat yoʻlida

    Shu kunlarda jonajon Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik toʻyini keng nishonlayapmiz. Yurtimizning qay goʻshasiga qaramaylik, bayramga qizgʻin tayyorgarliklarga koʻzimiz tushadi. Yangi uylar, yangi yoʻllar, sayilgohlar, katta korxona va oliygohlar, maktab va bogʻchalar... Ularni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. 1991-yilda tugʻilgan bolalar bu yil 30 yoshga toʻlishdi. 30 yosh bu

    ...
  • Isteʼdodlar beshigi

    Minglab oʻquvchilarning haqiqiy sir­doshi, maʼnaviy doʻstiga aylangan Gulxanjon  yoʻl yurishdan, yoʻl yursa ham moʻl yurishdan hech qachon erinmagan. Negaki, u oʻz muxlislarini juda yaxshi koʻradi, ularning yutuq va natijalaridan quvonadi. Zaruriyat tugʻilganda ularga yordam qoʻlini uzatadi. Isteʼdod uchqunini payqasa, uni tarbiyalab, parvarishlab respublikaga koʻz-koʻz qilishga

    ...
  • Uzoq kelajakni oʻylab

    Aziz muxlislar, ikkinchi chorak ta’tili hamda unga ulanib ketgan karantin kunlaridan so‘ng sinfdosh va ustozlarni sog‘inib, qadrdon maktabingiz quchog‘iga qaytganingizdan xursandmiz. Albatta, onlayn darslar davom etdi. Lekin internet imkoniyatlari yetib bormagan chekka tuman va qishloqlarda o‘qishlar deyarli bo‘lmadi. Bunday paytlarda o‘qishga, o‘rganishga, badiiy adabiyotlarga qiziqqan

    ...
  • Prezident sovgʻasi sohibasi

    Kitob o‘qigan bolalarga “Spark” avtomashinasi sovg‘a qilinyapti. Bunday e’tibor va bu kabi katta sovg‘a, iste’dodli, intiluvchan bolalarga, kelajak avlodga bo‘lgan ulkan e’tibor, g‘amxo‘rlikni ko‘rib quvonamiz. Shu bois ham kitob bilan bog‘liq tanlov va tadbirlarning sanog‘i ko‘p. Bular  qatorida “Yosh kitobxon” tanlovi alohida  o‘rin tutadi.

    Bugungi

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.