Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2016-yil sonlari

2016-yil 4-son

  • Sohibqiron yo‘li

    Yumaloq Yer shari yoyar qulochin –

    Koinot yuragi, insonning hoki.

    Zulmat to‘solmagay tinchlik quyoshin,

    Toki bardavomdir inson idroki.

     

    Ig‘volar olovin purkaydi ro‘yo,

    Qo‘zg‘aydi so‘ngan o‘t asoratini.

    Barqaror bo‘lardi yuqtirsa dunyo,

    Jahongir Temurning jasoratini.

     

    Jasorat bilakda bo‘lmaydi

    ...
  • Oftob porlagan uyda

    Tibbiyot ilmining dahosi, buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning mashhur gapini tez-tez yodga olaman: “Quyosh kirmagan uyga kasallik kiradi”. Ya’ni, biz yashayotgan uyimizning eshik va derazalarini tez-tez ochib, uning havosini tozalab, yangilab turmasak, yorug‘lik va quyosh nuridan unumli foydalanmasak, xonadagi kichik bakteriyalar jonlanib ko‘payadi va shu uyda yashovchilarning sog‘lig‘iga

    ...
  • Sohibqiron o‘gitlari

    Tarix hamda adabiyot darslari, badiiy asarlar va filmlar orqali buyuk bobokalonimiz Amir Temurning insoniyat oldidagi beqiyos xizmatlari, Vatanimiz tinchligi va ozodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlaridan yaxshi xabardorsiz. Biroq Sohibqirondek ulug‘ zotlar hayoti va faoliyatini o‘rgangan kishi, ularning avlodlarga o‘rnak bo‘lgulik fazilatlari hech bir kitob yoki badiiy

    ...
  • Sog‘lom yurtning sog‘lom farzandlari

    Bolalar, Gulxanjon hamisha siz bolalar davrasiga, siz bilan bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga borishdan erinmasligidan, birgalikda qo‘shiq kuylab, she’rlar aytishidan xabaringiz bor. Yaqinda ana shunday bayramlardan biri Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktabda “Sog‘lom ona va bola yili” hamda Amir Temur tug‘ilgan kunning 680 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Bayramga 4-”A” sinf rahbari

    ...
  • Bolalikning oydin xayollari

    Bahor fasli haqida gap borganda she’r, she’riyat yodga tushadi. O‘lkamizda bahor O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kundan boshlanadi. Buni qarangki, xalqimizning yana bir zabardast ijodkori, Zulfiyaxonimning suyukli, iste’dodli shogirdi, O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva ham avji bahor pallasida tug‘ilgan. Shu boisdanmi Oydin opa ijodining anchagina

    ...
  • Qorako‘llik bilimdonlar

    Buxorolik o‘quvchilar “Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi. Ushbu jamoa a’zosi, Qorako‘l tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Jalolbek Boboqulov chuqur tarixiy bilimi bilan talabchan hay’at a’zolarini qoyil qoldirib, oltin medal va 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi.

    Tarixni bilmasdan turib vatanni sevish mumkin emas. Jalolbek nafaqat

    ...
  • Yaxshisidan uyalaman

    – Dadasi, – dedi Kimyo opa xo‘jayinini ishga kuzatayotib, – o‘g‘lingizni etigi yirtilib qolibdi. Maktabga kiyib borishga oyog‘ida yo‘q.

    – Yo‘g‘-e, yaqinda chet eldan bitta etik, bitta krassovka olib keldim-ku.

    – Hayronman, yaxshisi o‘g‘lingizni o‘zi bilan gaplashing.

    Rustam aka soatiga norozi ko‘z tashlab qo‘ydi-da, oshxonaga qaytdi. – Islomjon, ayang nima deyapti?

    ...
  • Qo‘shiqlar yangrasa baralla

    “Do‘stlik” ordeni sohibi Haydar Muhammad nomi xalqimizga tanish. Kattalar u kishining qator dramalari yoki hofizlar ijrosidagi o‘nlab mashhur qo‘shiqlarini, bolalar esa “Baxti erkatoy”, “Taka-taka shumtaka”, “Toychog‘im” singari yuzdan ortiq bolalar qo‘shiqlari orqali biladilar. Ularni maktabdagi bayramlarda mazza qilib ijro etadilar. Ha, iste’dodli ijodkor Haydar Muhammad nafaqat

    ...
  • Gulbahor faslidan sen

    Palagi toza bola

     

    Shod bola, shodon bola,

    Yuzlari shirmon bola,

    Qalbi keng jahon bola,

    Xush kelding, qulluq, bola!

     

    Hur tanda ungan qonsan,

    Sog‘ tanda ungan jonsan,

    Pok vijdon, but imonsan,

    Qadami qutlug‘ bola!

     

    Alpomish kelbatlisan,

    Termiziy zuryodisan,

    ...
  • Yashnadi dala, bog‘lar

    Yomg‘ir

     

    Derazam asta chertib,

    Yomg‘ir yog‘ar shivalab.

    Bog‘-dalani yashnatib,

    Tabiatni erkalab.

     

    O‘zgachadir bu yomg‘ir,

    Unda ko‘klam bo‘yi bor.

    Zaminning uyg‘onishi,

    Maysalarning kuyi bor.

     

    Mayli, yog‘aver yomg‘ir,

    Bo‘yoqlaring ko‘k bo‘lsin.

    To‘yinsin ona

    ...
  • Qat’iy maqsad ortidan

    Rustambek Temirboyev va Ilhomjon Umarboyevlar Zangiota tumanidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining eng iqtidorli va izlanuvchan o‘quvchilaridan. Yillar davomidagi tinimsiz mashqlar, ustozlar sabog‘i bu bolalarni maktabning faxriga aylantirdi.

    Rustambek kichikligidan tog‘asinikiga borishni, uning do‘mbirasida kuy chalishni yaxshi ko‘rardi. Bir

    ...
  • Tilak

    Sho‘xliklari soy bola,

    Quvnoq, erkatoy bola.

    Otasiga yo‘ldosh u,

    Onasiga oy bola.

     

    U sportchi, pahlavon,

    Baho olmaydi yomon.

    Ona yurti baxtiga

    Har doim bo‘lsin omon.

     

    Mahmud PARDABOYEV,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani

    42-maktab 6-sinf

  • Orzuga to‘la yurak

    Tug‘ilding obod yurtda,

    Har tong baxtiyor uyg‘on.

    Ilm olgin, kuchga to‘l,

    Ko‘ksingda tol’e – unvon.

     

    Kutar nurli manzillar,

    Orzuga to‘lar yurak.

    Sog‘lom bola – boy bola

    Vatanga zarur, kerak.

     

     

    Kamronbek TURDIQULOV,

    Surxondaryo viloyati Sherobod

    ...
  • Eng oliy burch

    XXI asr axborot, globallashuv, yuksak texnologiyalar zamoni. Agarda biz ogoh va hushyor bo‘lmasak, qudratli axborot oqimidan ham, globallashuv jarayonlaridan ham, yuksak texnologiyalardan ham kattaroq xatarlar sodir bo‘lishi mumkin ekan.

    Prezidentimiz 1996-yildayoq “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida bejizga

    ...
  • Tengdoshlari ichra tengsiz

    “Kamalak yulduzlari” Respublika tanlovi Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichi. Zal tomoshabinlar bilan liq to‘lgan. Boshlovchi navbatdagi ishtirokchi nomini e’lon qildi. “Xorazm lazgisi” yangradi. Sahnada o‘ynayotgan jajji raqqosa qizning kuyga mos harakatlari yig‘ilganlarni hayratga soldi. Raqs davomida zalda qarsak tinmadi.

    Iste’dodli qahramonimiz Aselya Tastanova bilan tanishuvimiz shu

    ...
  • Velosiped

    Nurbek velosipedi bor o‘rtoqlariga havas qilardi. Ular kim o‘zarga poyga qilishib, velosiped uchib yurishganda “Qachon mening ham velosipedim bo‘larkin?” deya yuragi orziqib, ortlaridan uzoq termulib qolardi.

    Bir kuni kechki ovqatdan keyin yana otasiga xarxasha qildi:

    – Hammaning velosipedi bor, faqat menda yo‘q. Tezroq olib bering.

    – Xo‘p, olib beraman. Ammo bitta

    ...
  • Mustaqillik

    Mustaqillik – bu quvonch,

    Niyatlarim bir jahon.

    Qunt bilan olay bilim,

    Yo‘llarim oydin, ravon.

     

    Mustaqillik – bu shodlik,

    Onam yopgan shirmoy non.

    Senga tayanch bo‘lgaymiz,

    Buyuk Vatanim, ishon.

     

    Nargiza HAYDARALIYEVA,

    Sirdaryo tumani 41-maktab 3-sinf

  • Bahor keldi

    Bahor keldi, Navro‘z keldi,

    Quchog‘ida rizq-ro‘z keldi.

    Bahor keldi, Navro‘z keldi,

    “Hayot”, degan bir so‘z keldi.

     

    Qo‘llarida qut-baraka,

    To‘kinchilik olib keldi.

    Oftob bilan o‘rtoqlashib,

    Ko‘ngilga nur solib keldi.

     

    Robiya HASANOVA,

    Toshkent shahar 270-maktab 9-sinf

  • O‘zbegimning qiziman

    Boshimda ipak do‘ppi,

    Egnimda-chi xonatlas.

    Oy yuzlarim bir lo‘ppi,

    Hamma qiladi havas.

     

    Shijoatda, mehnatda,

    Yashaymiz shod, baxtiyor.

    Bizning o‘zbek qizlarga

    To‘marisning ruhi yor.

     

    Nilufar XUSAINOVA,

    Xorazm viloyati Xiva tumani

    2-maktab 8-sinf

  • Bog‘bon va quyosh

    Uyimiz – mo‘jaz makon,

    Mehr-u muhabbatga kon.

    Otajon – siz quyoshsiz,

    Bog‘bonimiz – onajon.

     

    Zahmat chekkaningiz chin

    Vatan, farzandlar uchun.

    Qilgan mehnatlaringiz

    Ko‘rsatar bir kun kuchin.

     

    Olmaxon BESHIMOVA,

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumani

    1-maktab 9-sinf

  • Rahmdil chelak

    Kuchim hisobga olmay,

    Suv to‘ldirdim chelakka.

    Ko‘tarib kelayotib,

    To‘kib qo‘ydim yo‘lakka.

     

    Achingancha chelak der:

    “To‘g‘ri gapga quloq sol.

    Menga ko‘p suv to‘ldirsang,

    Shoshmagin-da, sal dam ol!

     

    Munisa ERGASHEVA,

    Jizzax viloyati Paxtakor tumani 17-maktab 6-sinf

  • Mitti she’r

    Juda o‘xshagim kelar

    Navoiy bobomlarga.

    She’r yozaman hamisha

    She’r suygan odamlarga.

     

    Meni qiziqtiradi

    Navoiyning o‘ylari.

    Mittigina she’rimning

    Qachon o‘sar bo‘ylari?

     

    Zuhra XOLDOROVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    161-maktab 5-sinf

  • Ibn Sino

    Mehr berib o‘simliklar dunyosiga,

    Aylandilar tibbiyotning siymosiga.

    Butun dunyo qayta-qayta bosh egadi

    Vatanimning buyuk Ibn Sinosiga.

     

    Kezib sahro, tog‘-u tosh-u qirlarini,

    Kashf etmishlar tabiatning sirlarini.

    Har giyohning so‘zlariga quloq tutgan

    Sino bobom tibbiyotga “qonun” bitgan.

     

    Diyoraxon

    ...
  • Baroqvoy

    Erta turib maktabga

    Otlangandi Anvarjon,

    Paypog‘ini topolmay

    Xunobi oshdi chunon.

     

    Ko‘rib qolib mushugin

    Bo‘lib qoldi hayron-da,

    Tishlab, tortib paypog‘in

    O‘ynar edi ayvonda.

     

    Gulnihol MUHAMMADJONOVA,

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani

    2-maktab 6-sinf

  • Xorazm yigitlari

    Najmiddin Kubro nasli,

    Pahlavon Mahmud asli.

    Beruniyga vatandosh,

    Manguberdiga yo‘ldosh.

    Har bir ishda bosh-u qosh

    Xorazm yigitlari.

     

    Ma’mun akademiyasi,

    Iftixordir Xivasi.

    O‘ziga xos shevasi

    Xorazm yigitlari.

     

    Sa’dulla ATABOYEV,

    Xorazm viloyati Hazorasp

    ...
  • Toshkent

    Toshdan ham mustahkamdir

    Ildizlari Toshkentning.

    Kecha-kunduz porlaydi

    Yulduzlari Toshkentning.

     

    Poytaxt – bu millat faxri,

    Tarixda u non shahri.

    Maqtab uni nomladik,

    U favvoralar shahri.

     

    Xadichabonu OQILJONOVA,

    Toshkent shahar Olmazor tumani

    298-maktab 4-sinf

  • Shuningdek...

    Shuningdek “Nishona” sahifasiga Andijon viloyati Buloqboshi tumani 13-maktab 3-sinf o‘quvchisi Xosiyatxon Jaloliddinova, Namangan shahridagi 18-maktab o‘quvchisi Robiyabonu Dadamirzayeva, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 2-IDUM o‘quvchisi Shahnoza Komilova, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 46-maktab 7-sinf o‘quvchisi G‘anisher

    ...
  • Kamarda o‘tgan tun

    (Voqeiy hikoya. Boshi o‘tgan sonda)

    Tashqarida sharros yomg‘ir yog‘ar, momaqaldiroq guldiragida dara aks-sado qaytarardi. Ayniqsa, zulmatni bir zum yoritgan chaqmoq yorug‘idan butun atrof afsonaviy tus olardi. Yomg‘irni kuzatish uchun Ergash kamardan tashqariga chiqmoqchi bo‘lgan edi, yashin paytida panada o‘tirgan ma’qul, deb Elbek qo‘ymadi. Orada yomg‘ir

    ...
  • Yurtimizning ikki faxri

    Shamsiddin shaxmatga qachon qiziqib qolganini eslay olmaydi. Balki ota-onasining atrofida tetapoya qilib yurganida ularning shaxmat bo‘yicha o‘zaro bahslarini go‘dak shuuri bilan his qila boshlagandir. Balki endi-endi teleekran lavhalarini anglay boshlaganida chempion aka-opalarining g‘urur bilan so‘zlashlaridan, ularning shaxmat taxtasi qoshida uzoq o‘yga tolishlaridan zavq

    ...
  • Orzular izidan

    Jurnalni varaqlayotgan aziz o‘quvchim, ushbu sahifadagi kichik aktyor suratini ko‘riboq darrov tanidingiz-a? Ha, u – “Opa-singillar” teleserialining eng kichik qahramoni – Ozodbek. Yana “Zarb” nomli badiiy filmda bosh qahramon – doira cholg‘usi ustasi Sharif akaning shogirdi – Ilhomjon rolining ijrochisi Muhammad Ali Ibrohimov bo‘ladi.

    Muhammad Ali “Zarb” filmidagi o‘zi yaratgan

    ...
  • Orasta qiz

    Ismim Tursunoy. Maktab “Orasta qizlar” to‘garagi raisi yordamchisiman.

    Men aslida yaxshigina erkatoy, maktab formasini kiyishni xush ko‘rmaydigan, taqinchoqlar taqishni yoqtiradigan, arang “3” va “4” baholarga o‘qiydigan injiqqina qiz edim. Hammasi “Orasta qizlar” to‘garagiga sardor saylashdan boshlandi. Sinfimizdagi qancha qizlar sardor bo‘lishni orzu qilib turgan bir paytda sinf

    ...
  • Tut daraxti

    Uy vazifalarini bajarib bo‘lib, kitob-daftarlarini sumkaga joylagan Dilmurod sovqotganidan xona ichida bo‘lishiga qaramay paltosini kiyib oldi. Aksiga olib ko‘mir ham tugagan. Pechkani yoqishga o‘tin kerak. Uning xayolini bo‘lib akasi chaqirdi.

    – Yur, o‘tin olib kelamiz.

    Sovuq jon-jonidan o‘tgan Dilmurod, qayoqqa, deb so‘ramasdan ham akasiga ergashdi.

    Kuzda

    ...
  • Har satri asror – kitob

    Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi 292-maktabda bo‘lib o‘tgan “Kitob bayrami”i chin ma’noda tantana tusini oldi. Unda so‘z olganlar jonajon do‘stimiz – kitobning hayotimizda tutgan o‘rnini bir-biridan qiziq misollar bilan tushuntirib berishdi. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sayyora opa Polvonova shogirdlarini doimo kitobning qadriga yetishga, uni ko‘z

    ...
  • “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”

    Maktabimizda har yili 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitobi kuni” arafasida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkaziladi.

    Bolalarimizni kitobxon bo‘lishida maktabimiz joylashgan Beshqo‘rg‘on mahallasi oqsoqoli Qo‘zivoy aka Ortiqovning xizmatlari katta. Chunki u kishi tez-tez maktabimizda bo‘lib, kutubxonachi Latifa opa Ergasheva bilan birgalikda bolalarga ko‘proq qaysi janrdagi

    ...
  • To‘ti

    Ukam ikkimiz jonivor va qushlarni yaxshi ko‘ramiz. Bu xislat bizga bobomdan o‘tgan bo‘lsa kerak. Chunki bobomni uyi xuddi hayvonot bog‘iga o‘xshaydi. Bobom hovlisining etagida jonivor va qushlar uchun maxsus xonalar qurganlar. U yerda quyon, tipratikan, qo‘zichoq, buzoq, tovuq, kurka, kaptar va kaklik bor. Bobom har bir jonivor qanday o‘t yeydi, qaysi qushga qaysi don ko‘proq yoqishini, hatto

    ...
  • Uzoqni ko‘ray desang

    O‘g‘lim Ismoil oxirgi paytlarda old qator partada o‘tirsa ham ko‘zi sinf taxtasidagi yozuvlarni yaxshi ko‘rolmayotganidan shikoyat qildi. Uni zudlik bilan ko‘z shifokoriga olib bordim. Shifokor ko‘rigiga navbatda turganlarning ko‘pchiligi bolalar va o‘smirlar ekanligi meni ham taajjubga soldi. Shifokordan ham keyingi vaqtlarda ko‘rish qobiliyati pasayib ketgan bolalarning soni ortib

    ...
  • Sichqonga aylangan yo‘lbars

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi.

    Sichqon kampirning non-tuzini yegach, uning uyida

    ...
  • Ukamga xatlar

    “Oltin tarvuzcha”

    Ukajon, esingdami, sen hali bog‘chaga boradigan paytlaring, o‘qishni bilmaganing uchun ertak kitobingni “o‘qib bering” deb, ketimdan yuraverarding. To yangi ertakni eshitmaguningcha holi-jonimga qo‘ymasding.

    Usti zangori tusli “Oltin tarvuz” nomli kitobchang hanuz ko‘z oldimda. Harflarni o‘rganib olgach esa, maktabga boraman deb, turib

    ...
  • Intellektual test

    1. Sayyoramizdagi eng sayoz dengiz:

    A) Qizil dengiz B) Qora dengiz S) Azov dengizi D) Marmar dengizi

     

    1. Maydoni eng katta davlat:

    A) AQSH B) Kanada S) Rossiya D) Xitoy

     

    1. Amerika qit’asini ochgan yevropalik sayyoh Xristofor Kolumb
    ...
  • Rassom tabassumi

  • Xandalar

    ***

    O‘qituvchi:

    – Jamshid, nega sen maktabga har kuni kechikib kelasan?

    Jamshid:

    – Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin har gal muyulishdagi “Maktab! Tezlikni sekinlat!” degan yozuvga ko‘zim tushib qoladi-da.

     

    ***

    Xola:

    – Begzod

    ...
  • “Sohibqiron asari va tanbehlari” boshqotirmasi

  • Logical questions

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.