Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

2019-yil 6-son

  • Oʻzbegim farzandlari

    Oʻsaver, Oʻzbekning asl farzandi,

    Purviqor togʻlarga tenglashsin boʻying.

    Sozingni qoʻlingdan tushirma zinhor,

    Dunyolarni tutsin dilrabo kuying.

     

    Sen qalblar mashʼali, umid chirogʻi,

    Bogʻlarda sayragan xandon bulbulsan.

    Ertangi kunimiz ishonch chirogʻi,

    Chamanda ochilgan bezavol gulsan.

     

    Sen baxtli

    ...
  • Obodlik koʻngildan boshlansa

    Yurtimiz rahbarining Toshkent viloyati Boʻka tumaniga tashrifidan axborot vositalari orqali xabar topgach, koʻnglimizda tezroq borib shu obod manzillarni oʻz koʻzimiz bilan koʻrib kelish istagi tugʻildi. Har doimgidek boʻlim boshligʻi, jonkuyar jurnalist opamiz Muhabbat Hamidova bilan Boʻkaga qarab yoʻl oldik.

    Shamoldek yelib ketayotgan yengil mashinada borar ekanmiz katta yoʻllarning

    ...
  • Hayotning saodatli lahzalari

    Bundan bir necha yil avval “Gulxan” jurnalida yozuvchi Shoyim Boʻtayevning “Narvon” nomli jajji qissasi eʼlon qilindi. Ana shu qissa sabab jurnalxonlarimizdan qarama-qarshi fikrlar bildirilgan, bahs-munozaralarga sabab boʻluvchi koʻplab maktublar olgandik.

    Shoyim Boʻtayev ana shunaqa – qanday asar yozmasin, xoh u kichik hikoya boʻlsin, xoh qissa oʻquvchini chuqur

    ...
  • Besh tashabbus

    Besh tashabbus kashf etildi,

    Yaratildi, yetildi.

    Oʻqildi Gulistonda,

    Ish boshlandi Boʻstonda.

     

    1. Bizda teatr, sanʼat,

    Koʻp asrlik madaniyat.

    Musiqa hamda rasm

    Xalqimiz qilar taʼzim.

    Adabiyot bosh mavzu

    Bobolar qilgan orzu.

    Ular qoni bor tanda,

    Sheʼr yozaman shu

    ...
  • Dala-qirlarga chiroy baxsh etgan senmi?

    Muzqaymoqqa bitik

    Bunchalar lazzatlisan,

    Muzday boʻlsang ham.

    Toychoqday irgʻishlaymiz

    Seni koʻrgan dam.

     

    Hammaga zavq ulashish –

    Maqsading tayin.

    Kelaqol, peshonangdan

    Oʻpib qoʻyayin.

     

    Tilla qoshiqqa bitik

    Dimogʻdorsan atrofga

    Sal munday

    ...
  • Keling, sheʼrlar oʻqiylik

    Quyosh

    Men Quyoshman, Quyoshman,

    Hamisha sizdek yoshman.

     

    Zarrin nurlar sochaman,

    Hosilga yoʻl ochaman.

     

    Tinch boʻlsin osmonimiz,

    Tolmasin posbonimiz.

     

    Meni qutlagay har on

    Serquyosh Oʻzbekiston!

     

    Sheʼr degani

    Sheʼr degani

    ...
  • Oyim urishmasin deb...

    Buvijon

    – Buvijon, yuzingizda

    Nega buncha koʻp chiziq?

    Qanday paydo boʻlgan u,

    Sababi juda qiziq.

     

    – Bu chiziqmas, yoʻllardir,

    Lof qoʻshmadim soʻzimga.

    Bosgan barcha izlarim

    Koʻchib oʻtgan yuzimga.

     

    Toshbaqa

    – Erinchoqmi bilmadim,

    Javob

    ...
  • Qatimlari tillodan

    Mehrimni qoʻshib tikdim

    Madaniy merosimiz boʻlgan xalq amaliy sanʼati uzoq oʻtmishga, betakror anʼanalariga ega. Zardoʻzlik ham ana shunday qadimiy sanʼat turlaridan biri hisoblanadi. Buxoro XVI asrda zardoʻzlik markaziga aylangan. Sababi, barcha zarur xom ashyolar shu yerning oʻzida tayyorlangan. Tilla suvi yuritilgan iplar, zar tikiladigan matolar, toʻqilgan

    ...
  • Uy vazifasi berilmaydigan maktablar

    Aziz bolalar! Niderland qirolligi maktablaridagi taʼlim tizimining oʻziga xos jihatlarini bilasizmi?! Gollandiyada yashovchi bolalarning nega dunyodagi eng baxtli bolalar deb atalishini-chi? Bilmasangiz, mazkur sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing. Barcha savollaringizga javobni esa koʻp yillardan buyon oilasi bilan Gollandiyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz

    ...
  • “Gulxan”da bugun bayram, davraga keling siz ham

    Esingizdami, Gulxanjon Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil qilingan bayramda sizlar bilan mazza qilib oʻynagandi. Qarang, birpasda Gulxanjonning ham bayrami boshlanib qolibdi. Qanaqa bayram deysizmi? Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu kun jurnalistlar oʻz bayramlarini nishonlar ekan, gazeta-jurnallarini oʻqishli boʻlishida tahririyatga chin yurakdan yordam berayotgan

    ...
  • Gʻaroyib pazanda

    Pazandalik qilay deb,

    Ovqat boshladim bir kun.

    Sabzi va sholgʻom soldim,

    Xushxoʻr boʻlmogʻi uchun.

     

    Vaqt ham oʻtdi, erinmay,

    Shoʻrva uzoq qaynadi.

    Mehr qoʻshdim chin dildan,

    Kartoshkalar oʻynadi.

     

    Taomni tatib koʻrib,

    Hayrat ichra qolibman –

    Tuz oʻrniga shoʻrvaga

    Bilmay shakar

    ...
  • Yomgʻirdan oldin

    Osmon qora bulutni

    Toʻn kabi kiyib oldi.

    Jahli chiqqanmi bilmam,

    Qovogʻin uyib oldi.

     

    Gulsanam QARSHIBOYEVA,

    Toshkent shahar 244-maktab 7-sinf

  • Multifilm

    Ukam koʻrar multfilm,

    Sira yummay koʻzini.

    Undagi qahramon deb,

    Oʻylayapti oʻzini.

     

    – Tur, ukajon, qani yur,

    Darslaringni qilaqol.

    Qahramon boʻlmasang ham

    Zoʻr kitobxon boʻlaqol.

     

    Fazilat ORIFBOYEVA,

    Toshkent viloyati Qibray tumani

    26-maktab 6-sinf

  • Lola

    Necha kun yashnab turdi,

    Koʻzlarimiz quvnatib.

    Umri qisqa ekan ketdi

    Gulzorni huvillatib.

     

    Yaprogʻin bir-bir tashlab,

    Taqdirga koʻndi nochor.

    Hatto soʻlishi goʻzal,

    Ketishi ham beozor.

     

    Intizor FARHODOVA,

    Xlebushkina nomidagi

    22-Mehribonlik uyi

    ...
  • Svetofor

    Men azamat yoʻlchiroq,

    Soʻzlarimga sol quloq:

    – Yoʻlda ogoh, sergak boʻl,

    Keksalarga tirgak boʻl.

     

    Beparvo yursang agar,

    Taʼqib etar xavf-xatar.

    Sariq yonsa, tayyor tur,

    Yashil yonsa, shoshmay yur.

     

    Sumbulxon ROʻZIMBOYEVA,

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Toʻrtkoʻl tumani

    ...
  • Soʻlim yoz

    Kirib keldi soʻlim yoz,

    Borliq nurga choʻmildi.

    Suvda oqqan olmalar

    Marjonlarga koʻmildi.

     

    Quchoq ochar oromgoh,

    Shoshamiz bogʻlar tomon.

    Ulgʻaymoqqa, oʻsmoqqa

    Dam olish ajib imkon.

     

    Nozima NORMATOVA,

    Surxondaryo viloyati

    Sherobod tumani

    42-maktab 8-sinf

  • Sinfdoshlarimga

    Bunchalar olovsiz,

    Bunchalar otash,

    Bunchalar quvnoqlik

    Har biringizda.

    Baʼzan oʻyinqaroq,

    Baʼzida dilkash,

    Mehr mujassamdir

    Koʻzlaringizda.

    Bunchalar beozor

    Shoʻxliklaringiz,

    Mehrni tuyaman

    Koʻzlaringizda.

    Quvnoqlik, shoʻxlikning

    Boʻlib bir aksi,

    Mudom barq

    ...
  • Yomgʻir

    Yomgʻir, yomgʻir, yomgʻirjon

    Tomchilaring dur, marjon.

    Gohi sel, goh jalasan,

    Goʻyoki yosh bolasan.

    Madorsan daryo, soyga,

    Armonsan sahro joyga.

    Quvvatsan gul-giyohga,

    Farroshsan dov-daraxtga.

    Changdan xalos etasan,

    Yaraqlatib ketasan.

    Tom-tarnovdan oqasan,

    Menga juda

    ...
  • Olmaxon va bo‘ri

    Olmaxon

    Menman chaqqon Olmaxon,

    Taniydi butun jahon.

    Yashayman koʻk oʻrmonda,

    Juda yongʻoqxoʻrman-da!

     

    Boʻri

    Meni deydilar Boʻri,

    Hayvonlarning eng zoʻri.

    Juda oʻtkir tishlarim,

    Lek yurishmas ishlarim.

     

    Muhayyo

    ...
  • Tong otishi

    Tong otar, zulmatning pardasin ochib,

    Yashirar yulduzni oftob nurlari.

    Chapaklar chalmoqda barglar shod, xurram,

    Maysalar yuzida inju, durlari.

     

    Mehrning taftiga yoʻgʻrilgan shamol

    Sochlarim silaydi, kulib birma-bir.

    Quyoshning ziyosi yuzlarim oʻpar,

    Men unga shaydoman, men unga asir.

     

    Gulsanam

    ...
  • Turfa gullar

    Anhor qirgʻogʻida atirgul

    Erta tongda shabnam ichadi.

    Kapalaklar yuzlarin oʻpar,

    Mayin sabo giryon uchadi.

     

    Rayhon hidi atrofni olar,

    Gulzor toʻla qizil lolalar.

    Har boqqanda koʻzlarim quvnar,

    Qoʻshiq aytar shoʻx shalolalar.

     

    Dunyo toʻlsin turfa gullarga,

    Iforlarga toʻlsin yer

    ...
  • Quyun

    Fantastik qissa

    Daraxt shoxlarida maymunga oʻxshab osilib oʻtirish va yotish juda noqulay. Akbar shoxlardan daraxt tepasida qoʻlbola oʻrindiq yasadi. Oʻzi yaratgan “ixtiro”dan koʻngli taskin topib, yengil nafas oldi. Endi bu joydan atrofni bemalol kuzatib oʻtirsa boʻladi, u joylashgan daraxtning soyasida ola-bula chiroyli maxluqcha oʻzini oftobga toblab yotardi. U bir

    ...
  • Отдых в Дурмене

    Вот и закончилась учёба в школе. Гульшода вместе с бабушкой поехали отдыхать в творческий дом Дурмень. Сначалa ей от нечего делать даже скучно стало. Вышла во двор, собрала сосновые шишки, ловила бабочек. Именно здесь она встретила мальчика, который отдыхал вместе со своим дедом. Мальчишка специально для неё изловил стрекозу. Потом они вместе дули на белоснежные шапочки одуванчиков, которые

    ...
  • Xoʻrozning toji

    Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, shunday zamonlar boʻlgan ekanki, Burgutlar va Lochinlar Xoʻrozdan qoʻrqishgan ekan. Xoʻrozning qizil tojini juda xatarli deb hisoblasharkan. Oʻzlarining ichida eng kichigi boʻlgan Burgutga buni aniqlashni buyurishibdi. Kenja Burgut elchi sifatida yerga qoʻnibdi va Xoʻrozni kuzatibdi. U joʻjalari bilan atrofni aylanib yurgan ekan. Burgut ochiq yuz bilan Xoʻrozga

    ...
  • Topishmoqlar

    Guli mayda, sargʻimtir,

    Hidi oʻzgacha oʻtkir.

    Mevali daraxt oʻzi,

    Yil boʻyi yumshoq yuzi.

    Kech kuzga borib pishar,

    Yesang, nondek toʻq tutar.

    Baliq emas suzadi,

    Keng samoni kezadi.

    Goh yomgʻir boʻlar, goh doʻl,

    Javobini oʻylab koʻr.

     

    Zahro HASANOVA

  • Togʻ tulkisi

    Togʻoldi va togʻlarda hayot kechiruvchi tulkilar asosan tunda, qish faslida esa kunduzi ham faol boʻladi. Ayyorlik, tezlik, epchillik ularga xos. Har qanday tovushni, hatto yer ostidagi mayda sutemizuvchilarning shitirlashini ham eshitadi.

    Tulki oilasi qurib qolgan daryo oʻzanlarida, tepalik va chakalakzor chekkalaridagi boshqa jonivorlar qazib ketgan joylarni kengaytirib in qilib

    ...
  • Orzuning chegarasi

    Bir necha yildan buyon “Gulxan” sahifalarida Hidoyat OLIMOVAning ertaklarini oʻqib bormoqdasiz. Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti adibaning “Bukri shahzoda” deb nomlangan kitobini chop etdi. Kitobga 80 dan ortiq ertaklar jamlangan. Quyida ushbu kitobdan joy olgan ertaklardan birini eʼtiboringizga havola etamiz.

     

    Kunlarning birida yosh tuyaqush kattalarning

    ...
  • Shoʻx-u shodon bolalar

    Ildizi mustahkam yurt

    Kuchli boʻron vo ajab,

    Yerga qilar tajovuz.

    Boʻron kuchi daraxt-la

    Bunda keldi yuzma-yuz.

     

    Mana havo, bu tuproq

    Janggohga aylanmoqda.

    Har bir yaproq, har meva

    Jang uchun shaylanmoqda.

     

    Nega meva-yu barglar

    Jonini qildi fido?

    Shoxlar sindi

    ...
  • Men ham askar boʻlaman

    Bugun Dilshod akasi armiyadan keladi. Ziyodilla bu xushxabarni oyisidan eshitgan zahoti koʻchaga otildi.

    – Ur-a-a! Akam kelyaptilar!!!

    – Hovliqma, bolam, hali kelsin! Keyin suyunchilaysan...

    – Bilib qoʻyinglar, askar akamni men birinchi koʻraman!

    U koʻcha muyulishidan oʻzlari tomonga burilgan mashinalarni sinchiklab kuzatdi. Ammo, hali-beri akasi

    ...
  • Yoʻqolmas boylik

    Bilim olish dunyodagi eng xosiyatli, eng tabarruk ishlardan biri. Chunki bilimli odam xor boʻlmaydi. Hayotda qoqilmaydi, har xil buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tura oladi.

    Odam umr boʻyi toʻplagan mol-dunyosidan bir kunda, bir zumda ajralib qolishi mumkin. Lekin egallagan bilimini hech kim tortib ololmaydi.

    Olgan bilimlarimiz bizning yoʻqolmas boyligimizdir. Zero Mamlakatimiz

    ...
  • English time

    Hello, my dear friends! You know, we are born three times in a year, The First is in our birthday, the second is in a New Year and the third is in the first June – Childrenʼs day. Happy Childrenʼs day!

     

    If your hope is strong,

    If your dreams are come true,

    You can achieve

    ...
  • Boshqotirma

    1. “Obid...”(asar). 2. Topishmoq (sinonim). 3. Navoiyning shoh doʻsti. 4.Oʻrtadagi masofa. 5. Oʻrta Osiyodagi qadimgi yozuv. 6. Ohanrabo (ruscha). 7. “Sohibjamol va...” (multfilm). 8. Olifta. 9. Rivojlanish. 10. “Vatanimga... qilaman!”
    ...
  • Shoyim Boʻtayev

    Shoyim Boʻtayev 1959-yil 20-iyunda Tojikiston Respublikasining Oʻratepa tumanidagi Maydoncha qishlogʻida tugʻildi.

    Leninobod (hozirgi Xoʻjand) davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

    Mehnat faoliyatini “Guliston” jurnalida boshlagan adib, keyinchalik Respublika bolalar gazetasida boʻlim mudiri, “Choʻlpon” nashriyotida muharrir boʻlib ishladi.

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.