Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2024-yil 6-son

  • Bolalarga maktub

    Adabiyot maydoniga o‘ziga xos ovoz bilan kirib kelganMarina Svetayeva ijodi rus she’riyatining o‘lmas xazinasidan munosib o‘rin olgan.“Oqshom albomi”  (1910) va “Sehrli fonar” (1912) uning dastlabki she’riy to‘plamlaridir. Keyinchalik “Blokka atalgan she’rlar”, “Hijron” (1922), “Hunar” (1923) kabi she’riy kitoblari hamda “Barakalla”

    ...
  • Tut

    Bobom ekkan keksa tut –

    Ko‘p tarixning guvohi.

    Necha yilki bu tutning

    Ko‘pga tushgan nigohi.

     

    Umri bo‘yi mevasin

    Insonlarga ulashgan.

    Shifo topib dardiga,

    Bemorlar dovon oshgan.

     

    Shuning uchun bu tutning

    Qadri baland biz uchun.

    Ta’rifiga she’r bitib,

    Maqtanmay men ne

    ...
  • Qafasdagi qush

    Qush parvozni o‘ylardi tinmay,

    Yuragini chulg‘ab olar g‘am.

    Uni chorlar edi faqat nay,

    Bechoraga endi o‘lim kam.

     

    Qush talpinar erkinlik sari,

    Giryon bo‘lar, kezar sarsari.

    Goh umidi uzilar bir-bir,

    Kuzgi xazonrezgi singari.

     

    Silkitgan chog‘ qafasni shamol,

    Yashnab ketdi umid

    ...
  • Ogahiyning izlrin izlab

    Qiyot tuprog‘iga qo‘ysam gar qadam,

    Bobom izlarini izlayveraman.

    Ular ekkan tutni ziyorat qilib,

    Atrofin aylanib bo‘zlayveraman.

     

    Ruhimga ruhlari ko‘chib boradi,

    Vujudim oralab shirin bir titroq.

    Bobom hayotidan shivirlab so‘zlar,

    Oqtut butog‘ida har bitta yaproq.

     

    Uy muzeyi tomon buraman

    ...
  • Ona Vatan

    Yurtim ona tuprog‘i tabarruk, aziz,

    Ne-ne buyuk zotlar yotgan qadamjo.

    Tarix bu o‘zlikdir deyilmas bejiz,

    Moziylardan bizga beradi sado.

     

    Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sinolar,

    Bunday ulug’ zotlar, ayting, qayda bor.

    Ulug‘bek Uvaysiy, Boburmirzolar,

    Buyuk O‘zbekiston degan joyda bor.

     

    Temur bobom ruhi

    ...
  • Singlim

    Kelgin, singlim, sochingni

    Men avaylab tarayman.

    Husn qo‘shib husningga,

    Qirqta kokil o‘raman.

     

    Mehrim bir olam senga,

    Balki buni bilmassan.

    Yodingda tut, sen doim,

    Har on menga keraksan.

     

    Hattoki qizg‘onmaysan

    Qo‘ldagi noningni ham.

    Yolg‘iz tashlab qo‘ymagin

    Eng qiyin onimda

    ...
  • Kichkina demang uni

    Do‘stim bilan bir kuni

    Kelishdik qush tutishga.

    Rosa kutdik o‘ljani,

    Shoshilmadik ketishga.

     

    Har qayoqqa pirillab,

    Uchishardi chumchuqlar.

    Biz sochgan don-dunlardan

    Qochishardi chumchuqlar.

     

    Shovvozlarni kechgacha

    Poylab-poylab tolmadik.

    Urinsak-da harchand biz

    Chumchuq ovlay

    ...
  • Ona tilim

    Dilda surur, tilda shukrona,

    Yashayapmiz qarang, shohona.

    Har kun bayram, zo‘r shodiyona,

    Sen tufayli, Onajon tilim.

     

    Navoiy va Bobur misli sher,

    Yozdi doston, yozdi g‘azal she’r.

    O‘zing menga o‘tkir qalam ber,

    Shirin so‘zim, jonajon tilim.

     

    Shevasida jilolari bor,

    Zo‘r ohangi, imlosi

    ...
  • Koʻrshapalak

    Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Juda qadim zamonda ulkan tog‘lar orasida bir go‘zal bog‘ bo‘lgan ekan. Shu bog‘da qushlar, gullar, daraxtlar – barchasi bir-birlari bilan ahil, mehribon yashar ekanlar. Ular jam bo‘lib “Mehmon-mehmon” o‘ynamoqchi bo‘lishibdi. O‘yinni xonqizi boshlab beribdi. U gullar orasiga, asalari tog‘ guliga, qaldirg‘och tog‘ bag‘riga mehmon bo‘libdi.

    ...
  • Oʻyinchoqlar yomgʻiri

    O‘yinchoqlar yomg‘iri – dunyodagi mashhur ak­­si­yalardan biri. Sport klublari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan ushbu tad­bir, ayniqsa, bolajonlar uchun taassurotlarga boy bo‘­ladi. Bolalar va ularning ota-onalari turli xil o‘yinchoqlar bilan tomoshaga kelishadi.  Xokkey o‘yini yakunlangach, to­mo­shabinlar muzga minglab o‘yinchoqlarni uloqtirishadi. Yig‘ilgan

    ...
  • Hindistondan maktublar

    E-he-heey, sizlarga qaynoq xushxabarim bor. Gulxanjoningiz 22-27-may kunlari Hindistonning Dehli, Agra va Jaypur shaharlarida bo‘ldi. Aslida, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Xalqaro press-klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan, “Yangi O‘zbekiston” va “Правда востока” gazetalari bilan “The New Indian Express” hamda “The Economic

    ...
  • Bir mikrob kundaligidan

    Do‘stlar, ana-mana deguncha yoz ham boshlandi. Ta’tilda miriqib dam olayotgan bo‘lsangiz kerak-a? Qaysidir sport turi bilan shug‘ullanayotgandirsiz, biror fan to‘garagiga qatnashayotgandirsiz, ehtimol o‘zingiz sevgan musiqa asbobini chalishni o‘rganayotgandirsiz. Balki sevimli yozuvchingizning kitoblarini mutolaa qila­yotgandirsiz. Qoyil, demak dam olish kunlaridan unumli foydalanyapsiz.

    ...
  • Global isish nima?

    Global isish — atmos­fe­radagi   o‘rtacha  haroratning oshib borishi natijasida  eko­tizimning buzilishi va ifloslanishidir.  So‘nggi 100 yil ichida o‘rtacha harorat 7-18C dan 30-33C ga ko‘tarildi.

    Global isish natijasida azon qat­lami yupqalashadi, muzliklar erib, yog‘in­gar­chiliklar ko‘payadi. Natijada

    ...
  • Xalqaro isteʼdodlar akademiyasi haqida bilasizmi?

    Mana, o‘quv yilini ham tugatib, yozgi ta’tilga chiqib oldingiz. Lekin qayerdadir bolalar hali ham o‘qishyapti, desam ishonasizmi? I-ye, axir hozir yozgi ta’til-ku, deysizmi? Ha, hozir davlat maktablari uchun yozgi ta’til. Ammo boshqa davlatlar va xalqaro maktablarda iyun yoki iyulda ham o‘quv jarayonlari davom etadi.E-e-e, bo‘lmabdi. Bolalar maza qilib dam olmay qolishar

    ...
  • Imkoniyat eshigi

    Keyingi yillarda turli yo‘nalishlarda natijalarga erishgan o‘quvchilar uchun  imkoniyat eshiklari ochilmoqda.  Bunga misol qilib Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 73-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Muzaffarov Ulug‘bekning qo‘lga kiritgan yutug‘ini aytishimiz mumkin. Ulug‘bek xalqaro hamkorlik doirasida Malayziya davlatidagi Sultan Idris ta’lim universiteti qoshida tashkil etilgan

    ...
  • Parvoz qilgan orzular

    “Ibrat farzandlari” loyihasi asoschisiRustam Qoriyev bilan suhbat

     

    SHARTNING MAQSADGA AYLANISHI

    Men yoshligimdan ingliz tilini o‘rganib, chet elda o‘qish va dunyo ko‘rishni juda orzu qilardim, lekin xohish bilan ish bitmas ekan. Bir qancha to‘siqlar va moliyaviy qiyinchiliklar sabab turli

    ...
  • Jazirama kunlarda

    Yoz fasli kirib kelishi bilan suyuqliklarga bo‘lgan ehtiyojimiz oshib boradi. Oddiygina suvdan ko‘ra, albatta, tabiiy va  mevali sharbatlar,  ayron,  kokteyllar, smuzi, yaxna choy, moxito kabi ichimliklar ham sog‘lig‘imiz uchun foydali va mazalidir. Ushbu sonda sizlarga  salqin ichimliklar retseptini tuhfa etamiz!

     

    YAXNA

    ...
  • “Ona zamin togʻlari” topqirlik mashqlari

    ona_zamin_toglari_krossvordi.PNG

    TOPSHIRIQ. Shakl aylanalaridagi ra­qam­larni alifbo tartibidagi harflar bilan almashtiring va O‘zbekistondagi eng baland tog‘ cho‘qqisini bilib oling.

    REBUSLAR. Shaklda sayyoramizdagi nomi bir xilda tugallanadigan sakkizta tog‘

    ...
  • Hamza Imonberdiyev

    Hamza Imonberdiyev 1954-yil 21-dekabrda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent vilo­ya­tiga qarashli Suzoq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan ta­mom­lagach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika insti­tutiga o‘qishga kirib, uni imtiyozli diplom bilan bitirdi.

    Shoir uzoq yillar “Tong yul­duzi” gazetasining

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.