Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2023-yil 8-son

  • Vatan

    Gar sendan nolisam uvoldir umrim,

    Sen bilan paydodir qudratim, qurbim,

    Har qarich xokingni ko‘zimga surtdim,

    G‘ubor-gardlaringni sevaman, Vatan!

     

    Toza tuprog‘ingga yo‘lamas xatar,

    Ozod osmoningda porlagay qamar,

    Navoiydan Orif Abdullo qadar,

    Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan!

     

    Bobolardan meros — nomus,

    ...
  • Imkoniyatlar eshigi

    Yozgi ta’tilning so‘nggi kunlarida mazza qilib dam olayotgan aziz muxlislar. Mana, yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. “Yaxshi dam, mehnatga hamdam”, deydi donolarimiz. O‘ylaymanki, ta’tilning har bir kunini mazmunli o‘tkazyapsiz.

    Jannatmakon yurtimizni yoshlar mam­lakati deyishadi. Bu bejiz emas, albatta O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlarning, aka va

    ...
  • Men – oʻsha qovoqvoyman

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, yosh tomoshabinlarning sevimli aktyori Abdusamad Joraboyev. Aktyor “Shum bola”, “Besh bolali yigitcha”, “Qovoqvoy va Chanoqvoy” kabi bir qator spektakllarda, “Jiblajibon” teleserialida, teleminiatyuralarda yaratgan o‘ziga xos rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Ibrat namunasi sifatida

    ...
  • Adabiyot va sheʼriyat bayrami

    Yaqinda Jizzax viloyatida respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari bo‘lib o‘tdi. Uch kun davom etgan ushbu anjumanda adabiy muloqotlar, ijodiy suhbatlar, mahorat darslari, kitob taqdimotlari, mushoiralar, she’riyat oqshomlari bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari Zominning betakror tabiati bag‘riga sayohat qildilar.  Yosh ijodkorlar ustozlarning saboqlaridan bahramand

    ...
  • Barcha gʻolib Oʻzbekistondan

    Esingizda bo‘lsa, “Gulxan” jurnalining 2022-yil 11-sonida “Tabiiy fanlar toshdek og‘ir...mi? (Yoxud mashaqqatni nazarga ilmagan kichkina buyuklar)” nomli maqolamiz e’lon qilingandi. Unda bo‘lg‘usi o‘zbek “Mendeleyev”lari – Azizbek Nazarov, Shahzoda Hakimovalar kelajakdagi rejalari, orzulari haqida sizlarga so‘zlab berishgandi. Bugun o‘sha orzular birin-ketin amalga oshganini ko‘rib, dildan

    ...
  • Kitob javoningizga

    Kitobsevar  bolalar,  eshitmadim de­manglar.  Siz  “Gulxan”, “G‘uncha”  jur­nal­larida,  boshlang‘ich  sinf  darsliklarida  she’rlarini  mazza  qilib  o‘qigan,  oson­gina  yodlab  olgan  sevimli  shoiringizAza­mat Xudoyberganov o‘quvchilarga 

    ...
  • “Chotqol”dagi taʼtil taassurotlari

    Bolalar, siz qaysi faslni yoqtirasiz? Aytmasangiz ham may­li, chunki o‘zim bilaman. Albatta, yozni-da! Sababi, unda ta’til uzoq davom etadi. G‘arq pishgan shaftoli-yu o‘riklar sizga kuch-quvvat beradi. Anhor-u ariqlarda, soy va daryolarda cho‘milasiz. Oromgohlar bag‘rida mazza qi­lib dam olasiz. Do‘stlar orttirasiz, turli chiniqtiruvchi sport mashg‘ulotlarida,“Kim epchil-u kim

    ...
  • Bolalik tarovati

    Quyoshdek olov, yorqin,

    Nurga o‘xshar bolalik.

    Go‘yo noyob marvarid,

    Durga o‘xshar bolalik.

     

    Quvnaymiz shodon sakrab,

    Hech kim xafa qilolmas.

    Orzular osmonida

    Bizga birov yetolmas.

     

    She’rim kuylar bulbullar,

    Jo‘shib ketar yuragim.

    Baxtli bo‘lsin bolalar –

    Shudir ezgu

    ...
  • Nihol

    Ulg‘ayasan kundan-kun,

    Bo‘ying ko‘kka cho‘zilib.

    Cho‘qqilarni quchsang ham,

    Qolma yerdan uzilib.

     

    Ba’zida shod, baxtiyor,

    Ba’zan o‘ychan turasan.

    Do‘stlar bilan sirlashib,

    Shirin suhbat qurasan.

     

    Juda yoshsan, murg‘aksan,

    Nurli bo‘lsin hayoting.

    Bo‘ylayvergin samoga,

    Qayrilmasin

    ...
  • Ukajonim

    Yozning uchinchi oyi,

    Suzar osmonda oyi.

    Chigirtka qilib chir-chir,

    Buzar sokin oqshomni.

     

    Tunda bedorlar qancha,

    Oilamdagi barcha.

    Kutishar yangi mehmon,

    Unga intiq bo‘lgancha.

     

    Tug‘ildi shu tun ukam,

    Quvonchga to‘ldi olam.

    Qarindoshlar duoda:

    “Qutlug‘ kelsin ilk

    ...
  • Doʻst

    Ba’zan ko‘zlar bo‘lganida nam,

    Ma’yuslikni aritar shu dam,

    Ko‘ngillarga bo‘lguchi malham,

    Sodiq do‘stlar misoli qalqon,

    Ular bilan olam charog‘on.

     

    Or-nomusi metindek, mag‘rur,

    Hamrohidir mardlik va g‘urur,

    Yigit shunday bo‘lmog‘i zarur,

    Sodiq do‘stlar misoli qalqon,

    Ular bilan olam

    ...
  • Shoir boʻlganmish

    Miraziz juda ko‘p badiiy kitob o‘qiydi. Shundanmi,  gohida  she’r  mashq qilib turardi. Biroq negadir yozganlarini sinfdoshlariga emas, menga ko‘rsatardi. Unga havas  qilib men  ham  she’r, hikoyalar  yoza boshladim.  Qishki  ta’tildan so‘ng  maktabga  kelgan zahotim e’lonlar taxtasidan maktabimizda  adabiyotga, ijodga qiziqqan

    ...
  • Samarqand sayqali

    Jannatmakon yurtimizda muqaddas qadamjolar, sayyohlik hududlari, yam-yashil bog‘lar, muhtasham binolar juda ko‘p. Ayniqsa, ro‘yi zamin sayqali qadim Samarqand shahrining tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan bugungi ko‘rki minglab vatandoshlarimizni, xorijlik sayyohlarni o‘ziga ohangrabodek tortadi.

    “Boqiy shahar” degan nom bilan Sharq gavhariga,  jahon ahli albatta kelib ko‘rishi

    ...
  • Tikanvoy va koʻk qurbaqa

    Bahor o‘tib, issiq yoz kelibdi. Kunlar uzayib, tunlar qisqaribdi. Kirpi xola bilan Tikanvoy kunduzi uxlab, kechki salqinda ovga chiqar ekan. Tongda xo‘rozlarning “Qu-qu-ra-qu” degan jarangdor qichqiriqlari eshitilayotgan paytda esa inlariga qaytib kelishar ekan.

    Ularning bugungi ovi juda zo‘r bo‘libdi. Tikanvoy ovchilikda onasidan ham chaqqon ekan. U ellik beshta chivin, o‘n ikkita

    ...
  • Tabiat tabib ekan…

    Men tabiat qo‘ynida rasm chizishni yoq­tiraman. Ayniqsa, bahorda dala-qirlarda yash­nagan ko‘m-ko‘k maysalarni ayt­may­sizmi...

    Birsam, maysalar shitir-shitir qildi. Qarab tursam, bir mushuk bazo‘r sudralganicha maysalarni saralab-saralab, hidlab yeyapti. “Axir, mushuklar go‘shtxo‘r hayvon-ku”, deb hayron bo‘ldim. “Balki, qorni ochib, majburligidan

    ...
  • Samo bilan sirlashmoq uchun

    Chingiz Aytmatovning otasi “Xalq dushmani” degan tuhmat bilan hibsga olingach, bo‘lajak daho yozuvchini yolg‘iz onasi voyaga yetkazgan.

    Hamid Olimjon esa onasi Komila aya  aytib bergan dostonlar, xalq qo‘shiqlari ta’sirida ulg‘ayib, shoir bo‘lgan.

    Shubhasiz, sizning qo‘lingizga ham daftar-qalamni onangiz tutgan.  Maktab uy vazifalarini

    ...
  • Vatan sari bir qadam

    “Bolaligimda dadam yangi yil arafasi Germaniyaga xizmat safariga borar, har gal bir chemodan shokolad olib kelardi. O‘shanda Germaniyanikidek shokolad boshqa joyda bo‘lmasa kerak, deb o‘ylardim. Shu bois, bu davlat bola ko‘nglimda g‘oyat shirin shokoladlar vatani sifatida taassurot qoldirgan. O‘quvchiligimda esa uning eng rivojlangan davlatlardan biri ekanini bilgach, dadam bilan yanada

    ...
  • Taʼtilda kitob mutolaasi

    Yozgi  ta’tilni  ba’zilar  bog‘ va tog‘larda  sayr   qilish, anhor-u  soylarda quloch otib cho‘milish, turli ko‘ngilochar o‘yinlarni tomosha qilish, mehmondorchilikka borish, oila-a’zolari bilan sayohatlarga chiqish deb tushunadi. Balki, bu ham to‘g‘ridir. Ammo, men ta’tilni fikrni  boyitishga,  o‘z  ustida  ishlashga berilgan 

    ...
  • Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 53-maktab o‘quvchilari ijodidan

    “Bizning to‘garak” sahifasi mehmoni – Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 53-maktab o‘quvchilari. Jajji o‘rtoqlaringiz endigina 4-sinf bo‘lishiga qaramay, hayratlarini she’riy misralarda ifodalashga juda qiziqadilar. Biri o‘z ertagi orqali ishonch har nega qodirligi haqida falsafiy gap aytmoqchi bo‘lsa, biri gullarning rango-rang liboslariga hayratlanib qaraydi. Toshbaqa misolida o‘z

    ...
  • Egizaklar

    Arofat xola oshxonaga kirdi-yu, kechki ovqatdan so‘ng yig‘ishtirib olingan idish-tovoqlarning haligacha yuvilmaganini ko‘rib, jahli chiqdi.

    – Zuhra-yu, – deb chaqirdi nevara qi­zi­ni. Zuhra eshitmadi chog‘i, hadeganda kela­ver­madi.

    Arofat xola nevara qizlari – Fotima va Zuhraning xonasi tomon yurdi. Xona eshigini asta ochib, ichkariga razm tashladi. Fotima

    ...
  • Ro‘zimurod Bolqiyev sheʼrlari

    ECHKI SUZDI

    Hoy, do‘stim Turdi,

    Seni kim urdi?

    – Urmadi hech kim,

    Suzdi-da, echkim.

     

    ***

    QISQA JAVOB

    Isming nima?

    – Sherali.

    – Tiling buncha

    Shirali?

    – Ko‘p bo‘lmadi,

    Bo‘ldi sal.

    Yegan

    ...
  • Birgalikda men, sen, biz – tabiatni asraymiz

    Qizaloq:

    – Oyijon, dadajon, kasal emish tabiat.

    Oyisi:

     – Xavotir olma qizim, davolaymiz biz albat.

    Qizaloq:

    – Rostdanmi? Qanday qilib?

    Oyisi:

    – Hozir olasan bilib.

    Oyisi:

    – Zarur bo‘lmasa chiroq,

    O‘chirib qo‘ying shu

    ...
  • Baxtli avlod

    Dunyoning bor baxt-quvonchi

    Bizlar uchun.

    Vatanini sevgan o‘g‘il-

    Qizlar uchun.

    Boshimizdan nurin sochar

    Oftob, oylar,

    Suv yetkazib, toshib kelar

    Daryo, soylar.

     

    Bobo tog‘lar, momo bog‘lar

    Suyar bizni,

    Keng dalalar bag‘rin ochib,

    Kutar bizni.

    Kengliklarda  sho‘x

    ...
  • Begali Qosimov

    Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1984), professor (1986), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999) Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan.

    Toshkent davlat uni­versitetining (hozirgi O‘zMU)filologiya fakul­tetini tugatgan (1963). Shu yerda o‘qituvchi (1966-67), katta o‘qituvchi (1968-70), dotsent (1971-85),

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.