Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2016-yil sonlari

2016-yil 12-son

  • Davlatimiz ramzlari

    Davlatimiz ramzlaridir u –

    Bayrog‘i, gerbi, madhiyasi.

    Bu muqaddas timsollarimiz

    E’zozlar yurt yosh, qariyasi.

     

    Ular erur tinchlik belgisi,

    Yurtimiz hurlik belgisi.

    Unga munosib-la yuraylik,

    Tinchlik uchun hushyor turaylik.

     

    Kimlar orzu qilmadi uni,

    Usmon Nosir ko‘rmadi uni.

    Unga jodir ajdodlar

    ...
  • Sarhisob

    Ayni shu kunlarda ota-onalaringiz, aka-opalaringiz va saylash huquqiga ega barcha fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti saylovi kunida faol qatnashib, farovon kelajak uchun ovoz berdik. Tadbirkorlar va ish­bilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘r­satilgan Shavkat Miromonovich Mir­ziyoyev 15 million 906 ming 724 ovoz bilan mamlakatimiz

    ...
  • To tirikdirki tabiat…

    Shu kunlarda xalqimiz o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlamoqda. Garchi bugun ardoqli shoirimizning o‘zlari oramizda bo‘lmasalar ham u kishidan qolgan ulkan adabiy meros, go‘zal she’rlari hamisha biz

    ...
  • “Ardoqli shoir”

    Quyidagi topqirlik mashqlarini hal etish bilan Erkin Vohidov hayoti va faoliyati borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring.

    AYLANMA KROSSVORD: Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofiga soat mili yo‘nalishida: 1. Shoir o‘zining asarlariga atab yozgan she’ri. 2. “Bog‘laringni sayr

    ...
  • Mangulik

    Ustoz Abdulla Oripovni xotirlab

    O‘ylab ko‘rsam, ko‘pchilikka nasib etavermaydigan baxt menga berilgan ekan. Minglab odamlar bir bor yuzlashishni orzu qilgan, adabiyotimizning muazzam ustunlari bo‘lgan, hayotligidayoq mumtozlik maqomiga erishgan buyuk ijodkorlar bilan bir jamoada, yelkama – yelka mehnat qilgan ekanman.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Oripov, Oydin

    ...
  • Mashinani kim ixtiro qilgan?

    Bolalar, siz darslik va turli ensiklopedik adabiyotlarda yevropalik va amerikalik olimlarning olamshumul ixtirolari haqida o‘qigansiz. Ochig‘i, men ham shu paytga qadar bugun bizga beminnat xizmat qilayotgan barcha texnika vositalarini g‘arblik olimlar kashf etgan, degan xayolda yurar edim. Chunki kitoblarda 1452–1519-yillarda yashab o‘tgan italiyalik Leonardo da Vinchining o‘zi uchadigan

    ...
  • Round the year

    On December 22, we have the shortest day and the longest night of the year. On that day winter begins.

    On March 21, when the day is as long as the night, spring begins.

    On June 22 we have the longest day and the shortest night of the year and summer begins.

    On September 23, the day is as long as night. On that day autumn begins.

  • Riddles

    What can you see with your eyes shut?

    (A dream)

     

    My father’s son is not my brother. Who is he?

    (It is me)

     

    I have three eyes, all in a row.

    When the red one opens, all freeze.

    (traffic light)

  • Jokes

    A little boy was in the garden and he saw a snake for the first time. He ran to his mother and said:

    – Come quick, mummy. There is a tail without a body in the garden.

     

    Prepared by Sh. KARIMOVA

  • Aytar ko‘hna qish ertak

    Qish ertagi

    Kapalakqor pirpiroq,

    Shamollarga bir ermak.

    Uchar to‘zg‘ib parquday,

    Aytar ko‘hna qish ertak.

     

    Tegram to‘lar oqlikka,

    Bunday baxt yo‘q otliqqa.

    Yo‘lim oppoq marvarid,

    Qalb limmo-lim shodlikka.

     

     

    Qarg‘a bilan Sa’va

    Deraza tokchasida –

    ...
  • Tinch bo‘lsin osmonimiz

    O‘rtahol po‘rtaxol

    Yetti iqlimdan kelgan

    Mevalar navi har xil.

    Ular biri biridan

    Shirin, chiroyli, sarxil.

     

    Go‘yo yovvoyi “ekin”

    Banan, kokos, ananas...

    Tekin emas-u lekin

    Hamma qiladi havas.

     

    Apelsin, funduk, xurmo,

    Kivi, limon, mandarin...

    Bizga sal “o‘gay”,

    ...
  • Matonatdan yaralgan san’at

    Mashaqqatli yo‘l

    Buyuk kompozitor Ludvig Van Betxoven 1770-yil dekabr oyida Bonn shahrida dunyoga kelgan. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi bo‘lgan. Otasi Iogann Van Betxoven – saroy xonandasi (tenori) bo‘lib, ashula, musiqa nazariyasi va klavesin (fortopianoga o‘xshash qadimiy cholg‘u asbobi)dan dars berardi.

    Ludvigning oilasi kichikkina uyda

    ...
  • Metin iroda bilan

    Yaqinda “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik-ijodiyot markazida imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning “Mo‘jizalar olami” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘ldi. O‘quvchilar texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi “Boshlang‘ich texnik modellashtirish” mashg‘ulotlarida qog‘ozdan tayyorlangan eng sodda shablonlarni yelimlash orqali modellar yasadilar.

    ...
  • To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa

    Tani sog‘lik – tuman boylik, deydi xalqimiz. Buning ma’nosi – tanasi sog‘lom odam mingta boylikka ega degani. Chindan ham sog‘lom odam o‘z orzusi yo‘lida bemalol harakat qiladi, bemalol hunar o‘rganadi, bemalol sport bilan shug‘ullanadi. Bu jismoniy sog‘liq beradigan boylik.

    Endi o‘sha sog‘lom bola ruhiy-ma’naviy sog‘lomlikka ham harakat qiladi. Ya’ni kimning avlodi ekanini,

    ...
  • Yurtning egasi

    Ko‘zi baxtdan kulgan o‘zbek farzandlari

    Dili shaxdga to‘lgan o‘zbek dilbandlari.

    O‘z xalqining shodon, quvnoq, erkalari –

    O‘zbekiston degan yurtning egalari.

     

    Sog‘lom bola – vatanining suyanchidir,

    Sog‘lom bola – ota-ona quvonchidir.

    Bilim oling, komil bo‘lib toping kamol,

    Shunda sizga peshvoz chiqar baxt-u

    ...
  • G‘oliblarni yangi yilda e’lon qilamiz

    Shu kungacha “Sog‘lom bola – boy bola” tanloviga 150ga yaqin she’r, maqola, rasm keldi. Biz ularning eng yaxshilarini saralab e’lon qilyapmiz. Ammo e’lon qilinmagan maktublarni ham tanlov hay’ati a’zolariga berganmiz. G‘oliblarni yangi yilda e’lon qilamiz.

     

    Tahririyat

  • Har satrga zeb berib

    Havaskorlar she’rlarini o‘qib

    Tahririyatimizga kelgan xatlarni saralab, mavzularga ajratar ekanmiz, ularning aksariyati Vatan haqidagi she’rlar bo‘lganidan quvonaman. Demak, vatanini jon-dilidan sevadigan bolalar ko‘p. Undan keyin qalamga olingan mavzular ona, ustoz, do‘stlik haqida bo‘ladi. Ularning eng yaxshilarini “Nishona” sahifasiga tanlab olamiz-da, qolganlarini siz

    ...
  • Qor ilhomi

    Qor yog‘adi, yog‘ar oppoq qor,

    Yer yuziga to‘shalib.

    Qor yog‘adi, buncha maftunkor,

    Orzularim ushalib.

     

    Ushlay desam, erib ketadi,

    Qotar qo‘llarim.

    Menga ilhom berib ketadi,

    Oppoq yo‘llarim.

     

    Gulira’no ANVAROVA,

    Farg‘ona viloyati Furqat tumani 26-maktab o‘quvchisi

  • Qahramonim

    Qahramonim yetaklar

    Meni og‘ir safarga.

    U bilan birga bo‘lib,

    Ko‘p uchradim xatarga.

     

    U yig‘lasa, yig‘ladim,

    Kulganida bo‘ldim xush.

    Birga maqsadga yetdik,

    Do‘stlik ekan buyuk kuch.

     

    Sadoqat RAZZOQOVA,

    Andijon viloyati Buloqboshi tumani 31-maktab 7-sinf

  • Kumush qish

    Kirib keldi kumush qish,

    Muz chanasin yetaklab.

    Par misoli yog‘di qor,

    Ko‘kdan etak-etaklab.

     

    Bolalar o‘ynashar qor,

    Uchishar chang‘i, chana.

    Qishning ajib zavqi bor,

    O‘lkamga keldi yana.

     

    Sarvar BAHODIROV,

    Toshkent shahridagi 193-maktab 7-sinf

  • Vatanim

    Har go‘shasi gulga o‘ralgan,

    Madhi olam uzra taralgan,

    Tuprog‘i jannatdan yaralgan

    Olam uzra tengsiz, Vatanim.

     

    Tinchlik nurin sochar quyoshim,

    Baxtdan masrur har bir yurtdoshim,

    Bugun ko‘kka yetgudek boshim

    Senga mehrim cheksiz, Vatanim.

     

    Islom XOLMURODOV,

    Surxondaryo viloyati Sherobod

    ...
  • Xoinlik

    Qora bo‘lib yuzingiz

    Yot bo‘ldingiz Vatanga.

    Yuragingiz bir umr

    Tirnar azob, alanga.

     

    O‘z vaqtida tuzoqdan

    Bo‘lganingizda ogoh.

    Zoye ketmasdi umr,

    Chekmasdingiz so‘ngsiz oh.

     

    Aziza ASADOVA,

    Buxoro viloyati Kogon tumani 7-maktab 6-sinf

  • Kitob o‘qigan bola

    Bilim berar kitob,

    Qilar shunday xitob:

    Gar o‘qisang meni

    Yuzing bo‘lar oftob!

     

    Har satri ma’noga

    To‘la bir jahon.

    O‘qigan bolaning

    Ko‘ksi bo‘lar osmon.

     

    Hulkar ABDULLAYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 33-maktab 5-sinf

  • Qish

    Pag‘a-pag‘a yog‘ar qor,

    Turfa shakl-naqshinkor.

    Raqs tushib tegramda,

    Jilolanar maftunkor.

     

    Goho ma’sum, goh shodon,

    Talpinadi biz tomon.

    Yer yuziga ko‘rpasin

    To‘shab qo‘yadi osmon.

     

    Maftuna RAJABOVA,

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 31-maktab 6-sinf

  • Olapar

    Tiya olmay nafsini,

    Uchib ho-yu havasga.

    Suyak, deb daydi itim

    Tushib qoldi qafasga.

     

    Chiqaman, deb tuzoqdan,

    Tilindi hamma yog‘i,

    Urib yordi boshini,

    Og‘rib ketdi oyog‘i.

     

    Endi bildi olapar,

    Also bo‘lmaydi daydi.

    Ne bo‘lsa ham hech qachon

    Uydan uzoq

    ...
  • “Bemor “ayiqcha

    – Oyi, oyi, oyijon,

    Olib bering qand, asal.

    Momiqqina ayiqcham

    Bo‘lib qolibdi kasal.

     

    Shunday deya Nodira

    Momiqni qo‘lga oldi.

    So‘ng asalni o‘zining

    Og‘izchasiga soldi.

     

    Ziynat SAYFIDDINOVA,

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumani 19-maktab 5-sinf

  • Archa

    Shoxlarini yashnatdi,

    Zarparchalar elanib.

    Qorbo‘ron o‘ynab keldik

    Oppoq qorga belanib.

     

    Uyimizning to‘rida

    Bayram qilmoqda birga,

    Yangi yilning kelganin,

    Bildirib turar archa.

     

    Iroda AMIRDINOVA,

    Navoiy viloyati Nurota tumani 42-maktab 7-sinf

  • Qo‘g‘irchoq

    Qo‘g‘irchog‘im, qo‘g‘irchoq

    Kiyimlari chiroyli.

    Orqada kokilining

    O‘rimlari chiroyli.

     

    Uxlasin, deb yotqizsam

    Sira yumilmas ko‘zi.

    Bir nimalar desa ham

    Eshitilmaydi so‘zi.

     

    Nurzoda IKROMJONOVA,

    Toshkent shahar Chilonzor tumani 270-maktab 4-sinf

  • Shuningdek... (2016-yil 12-son)

    Shuningdek, sahifamizga Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 29-maktab o‘quvchisi Muxtaramxon Hasanova, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 85-maktab 6-sinf o‘quvchisi Ma’ruf Boymatov, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 3-maktab 8-sinf o‘quvchisi Shahzoda Umarova, Xorazm viloyati Gurlan tumani 1-maktab 7-sinf o‘quvchisi Maftuna

    ...
  • Dariya va turfa rang baliqchalar

    Gulchehra ABDUQAHHOR qizi

     

    Qachonlardir ko‘m-ko‘k tubsiz dengiz va qalin zumrad o‘rmon oralig‘idagi kichkina qishloqda baliqchilar oilasi yashagan ekan. Xonadon sohibi Kali, mehribon beka Dilda, o‘g‘li Mansur va sohibjamol qizaloq Dariyadan iborat bu uyda barchaning o‘z yumushi bor edi. Kali baliq tutib kelar, Mansur parranda va

    ...
  • Nufuzli tanlovlarda

    Buxorolik yoshlarning musiqa san’ati bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari haqidagi xushxabardan darak topdig-u, safarga otlandik. Maqsadimizni anglagan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimi Jo‘raqul aka Jumaqulov Buxoro yoshlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib gapirib berdi. Va bizni shahardagi 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabi sari

    ...
  • Hammasi yangi yil haqida

    Yangi yil bolalar qatori kattalar ham intiqlik bilan kutadigan bayram. Chunki bu bayramda hamma sovg‘a oladi.

    *Yangi yil kuni archa bezatish an’anasi XVII asrning boshida Fransiyaning Elzas shahridan boshlangan. Archa o‘yinchoqlari esa qog‘ozdan yasalgan.

    *XIX asrda Saksoniyada archa o‘yinchoqlari – har xil “qushlar va hayvonlar” shishadan yasalib,

    ...
  • Yangi yil hangomasi yoki “qovun tushirgan” bolalar

    Bu voqea o‘tgan yili yangi yil kuni sodir bo‘lgan edi. O‘sha kunni eslasam, haligacha uyalib ketaman. O‘zi ham tinib-tinchimagan bolaman-da. Rejalashtirgan ishim amalga oshmaguncha qo‘ymayman, biroq o‘xshata olmasam, ancha vaqtgacha o‘zimni koyib yuraman.

    Hammasi boloxonani tozalagan kunimdan boshlandi. Oyimning topshirig‘i bilan anchadan beri hech kim chiqmagan katalak xonani

    ...
  • Obuna davom etmoqda

    Maktabimiz o‘quvchilari “Gulxan” jurnalini o‘zlariga do‘st deb bilishadi. Uning har bir sonini, undagi maqola, she’r, ertaklarni birgalashib o‘qib muhokama qilishadi.

    Jurnal bilan do‘stlikni davom ettirishni niyat qilgan 91 o‘quvchi “Gulxan”ning 2017-yilgi nashri uchun obuna bo‘lishdi. Obuna hali davom etmoqda.

     

    Mohigul

    ...
  • Orzu sari ilk qadam

    Gulxanjon! Men ulkan yutuqni qo‘lga kiritdim va sevinchimni sen bilan baham ko‘rgim keldi. Men Dehqonobod tumanidagi 71-maktabda o‘qiyman. Ingliz tili, matematika, kimyo, fizika fanlarini juda yaxshi ko‘raman, a’lo baholarga o‘zlashtiraman.

    Lekin sevimli mashg‘ulotim tikuvchilik. Kelajakda liboslar dizayneri bo‘lmoqchiman. Buning uchun hozirdanoq harakat qilyapman. Yangicha bichimdagi

    ...
  • Shlyapa kiygan haykallar

    Yapon ertagi

    Tog‘dagi bir qishloqda nihoyatda kambag‘al chol bilan kampir yashar edi. Er-xotin poxoldan shlyapa to‘qishar, chol ularni shaharga sotgani olib borardi. Savdosi yurishsa, biror yegulik olib qaytardi. Shlyapa sotilmagan kuni qariyalar och-nahor uxlashga majbur bo‘lishardi.

    Yangi yil bayrami arafasida chol kampiriga shunday dedi: – Onasi, uyda bir dona

    ...
  • Ustoz faxri

    7-”A” sinfining adabiyot fani darsidamiz. Bugungi mavzu O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Me’mor” romani. Noan’anaviy “ijodkorlik darsi”ni til va adabiyot o‘qituvchisi Muxtasar Umarova “Tafakkur va xayolot sehrgari” deb nomlabdi. Darsda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, yozuvchi ijodi va asar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Roman haqida olgan bilimlari, yozuvchining maqsadi-yu,

    ...
  • Nurli bo‘ston

    Ariqlarda oqar zilol suv,

    Har tomchida mehr bor qutlug‘,

    Ota makon ulug‘dan ulug‘.

    Quyoshli yurt – nurli bo‘stonda,

    Men yashayman O‘zbekistonda.

    Cho‘p qadasang gullagay albat,

    Tuprog‘i zar, mevasi sharbat,

    Oftob va oy do‘stidir abad,

    Quyoshli yurt – nurli bo‘stonda,

    Men yashayman

    ...
  • Namanganning polvoni

    Adhamjon bolaligidan bir so‘zli va dovyurak bo‘lib o‘sdi. Aytganidan qaytmas, oldiga qo‘ygan maqsadi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan o‘g‘lidagi bu ishtiyoqni ota-onasi o‘z vaqtida payqab, uni sportga oshno qildi. Aniqrog‘i, bo‘lajak polvonni og‘ir atlet qilish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sport maktabiga berdi. Bu yerda unga o‘z kasbining fidoyilari Boris Semyonovich, Sunnat

    ...
  • Eskivoy va yangivoy

    Soat millari tungi 23: 30. Devorda osig‘liq kalendar negadir xomushgina bo‘lib “31-dekabr” sanasini ko‘rsatib turibdi. Komilalarning uyi bayramona bezatilgan. Katta xona o‘rtasida savlat to‘kib turgan archa tevaragida hamma parvona. Go‘yo butun dunyo bezaklari shu archa gardaniga osilgan – mitti sharchalar-u bejirim o‘yinchoqlar, turfa ranglarga boy zarlar-u bir-birini quvib miltillayotgan

    ...
  • Qishloq odami

    Kuni tunga ulanib borar,

    Hordiq nima? Mehnat bayoti.

    Tong uyg‘onmay, tandir non yopar,

    Jo‘shqin, turfa qishloq hayoti.

     

    Boshlanadi shu shirin tashvish,

    Quyosh uxlar, bog‘da qaynar ish.

    Mehnat birdek etadi davom,

    Xoh yozmi u, xoh qahraton qish.

     

     

    Tuproq o‘pib dehqon bola der:

    “Yuragiman shu aziz

    ...
  • Beminnat do‘st

    Inson hayotida ko‘plab do‘st orttirishi mumkin, lekin kitobdan yaxshiroq beminnat do‘st bo‘lmaydi. Undan saboq olishdan tashqari hayot uchun kerakli yo‘lni tanlab olishni ham o‘rganamiz.

    Oq-qorani ajratishda, qanday inson bilan do‘st tutinish kerakligini o‘rgatuvchi ham kitobdir.

    Darhaqiqat, senga oq yo‘l tilagan, oydin hayot sari yo‘llagan kitobdan hamisha

    ...
  • Tanaffusdagi tabassum

  • Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

  • Sayohat

    Fantastik hikoya

    Bobur tarix fanini juda yaxshi ko‘radi. Yozgi ta’tilda u kutubxonadagi barcha tarixiy kitoblarni o‘qib chiqdi.

    – O‘g‘lim, otlan, oying bilan seni Samarqand ziyoratiga olib boraman, – dedi dadasi, ta’til tugashi arafasida.

    Samarqandga kelgach, mehmonxonaga joylashishdi. Bobur bilan oyisi tarixiy obidalarni tomosha

    ...
  • Bayram dasturxoniga

    Antiqa tovuq

    Kerakli masalliqlar: 4 dona tovuq oyog‘i, 1 bosh piyoz, 2 dona kartoshka, 1 dona pomidor, falga qog‘ozi, tuz, murch, zira.

    Tayyorlanishi: Kartoshkamizni to‘rtburchak shaklida, piyoz va pomidorimizni halqacha-halqacha qilib kesib olamiz. Keyin falga qog‘ozimizni kvadrat shaklida (15 santimetrga 15 santimetr) qilib

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.