Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

Iste’dod – millat mulki

  • Lobarim, dilbarim, chevarim, qizlar!...

    Har yili ilk bahor – maysalar iliq tuproq bag‘rida nish otganda, “daraxtlar millionlab jajji fonuslar yoqqanda”, binafsha ming bir hadik bilan barglari orasidan mo‘ralab, nazokatli nargis quyoshdan rang olib, mayin yellar soziga raqs tushgan chog‘da zebolik va ezgulik ayyomi nishonlanadi. Nafosat bayrami sabab yurtimiz oqila, fozila, iste’dodli qizlarining ko‘ksiga Zulfiyaxonim izdoshi,

    ...
  • Orzular e’tirofi

    Shahodat qizaloqligidan qo‘g‘irchoqlarga taqinchoqlar yasab, ularga zeb berishni yaxshi ko‘rardi. Turli munchoqlar, keraksiz tugmalardan daraxt, gul yaproqlarini bezashga qiziqayotganini sezgan onasi uni “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Munchoqli bezak” to‘garagiga yetaklab kelganiga ham ikki yil bo‘ldi. Munchoqlardan ayollar zeb-ziynati, turfa gullar yasab,

    ...
  • Bobosining bolasi

    Behzod, Farhod, Sherzod uch og‘a-ini. Behzod 5-sinfda, Farhod 3-sinfda o‘qiydi. Sherzod hali maktabga bormagan. Lekin maktabda o‘qiganlar mehnati baho bilan belgilanishini biladi. Shuning uchun akalari maktabga ketayotganda “5 olib keling”, deb besh barmog‘ini ko‘rsatadi.

    – Buvijon, o‘qish, o‘zbek tili, matematikadan “5” oldim, – suyunchiladi maktabdan qaytib hali papkasini yelkasidan

    ...
  • Ilk sambochi champion

    Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilib o‘sgan Jahonoy Turkmanova 9 yoshidan sport bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Hozirda Samarqand oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jahonoy o‘tgan yili Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi sambo bo‘yicha jahon chempionatida o‘z vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, oltin medalni

    ...
  • Yutuqlarning adog‘i yo‘q

    – Sport tufayli o‘zimga bo‘lgan ishonch yana-da mustahkamlandi, – deydi buxorolik Gulnoza Aliyeva. – Har safar xalqaro musobaqalarga yo‘l olar ekanman, o‘z oldimga ulkan maqsadlarni qo‘yaman. Men albatta, g‘olib bo‘lishim, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, xalqimiz ishonchini oqlashim shart, deya niyat qilaman. Har bir musobaqa oldidan ana shu o‘ylar og‘ushida maydonga

    ...
  • Qorako‘llik bilimdonlar

    Buxorolik o‘quvchilar “Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi. Ushbu jamoa a’zosi, Qorako‘l tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Jalolbek Boboqulov chuqur tarixiy bilimi bilan talabchan hay’at a’zolarini qoyil qoldirib, oltin medal va 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi.

    Tarixni bilmasdan turib vatanni sevish mumkin emas. Jalolbek nafaqat

    ...
  • Qat’iy maqsad ortidan

    Rustambek Temirboyev va Ilhomjon Umarboyevlar Zangiota tumanidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining eng iqtidorli va izlanuvchan o‘quvchilaridan. Yillar davomidagi tinimsiz mashqlar, ustozlar sabog‘i bu bolalarni maktabning faxriga aylantirdi.

    Rustambek kichikligidan tog‘asinikiga borishni, uning do‘mbirasida kuy chalishni yaxshi ko‘rardi. Bir

    ...
  • Tengdoshlari ichra tengsiz

    “Kamalak yulduzlari” Respublika tanlovi Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichi. Zal tomoshabinlar bilan liq to‘lgan. Boshlovchi navbatdagi ishtirokchi nomini e’lon qildi. “Xorazm lazgisi” yangradi. Sahnada o‘ynayotgan jajji raqqosa qizning kuyga mos harakatlari yig‘ilganlarni hayratga soldi. Raqs davomida zalda qarsak tinmadi.

    Iste’dodli qahramonimiz Aselya Tastanova bilan tanishuvimiz shu

    ...
  • Yurtimizning ikki faxri

    Shamsiddin shaxmatga qachon qiziqib qolganini eslay olmaydi. Balki ota-onasining atrofida tetapoya qilib yurganida ularning shaxmat bo‘yicha o‘zaro bahslarini go‘dak shuuri bilan his qila boshlagandir. Balki endi-endi teleekran lavhalarini anglay boshlaganida chempion aka-opalarining g‘urur bilan so‘zlashlaridan, ularning shaxmat taxtasi qoshida uzoq o‘yga tolishlaridan zavq

    ...
  • Orzular izidan

    Jurnalni varaqlayotgan aziz o‘quvchim, ushbu sahifadagi kichik aktyor suratini ko‘riboq darrov tanidingiz-a? Ha, u – “Opa-singillar” teleserialining eng kichik qahramoni – Ozodbek. Yana “Zarb” nomli badiiy filmda bosh qahramon – doira cholg‘usi ustasi Sharif akaning shogirdi – Ilhomjon rolining ijrochisi Muhammad Ali Ibrohimov bo‘ladi.

    Muhammad Ali “Zarb” filmidagi o‘zi yaratgan

    ...
  • Bir onning bahosi

    yoxud vaqtni qadrlaydign yigit

    Toshket shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Farida opa uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida ko‘plab iqtidorli bolalarga saboq bergan edi. Ularning aksariyati bir-biriga o‘xshardi: fizika, matematika fanlarini yaxshi o‘zlashtirgani, negadir, ona tili, adabiyot,

    ...
  • Istiqlolning iste’dodli farzandlari

    Xorazm – osmonida ma’naviyat yulduzlari porlagan diyorimizning ko‘hna maskanlaridan biri. Bu zamindan Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Munis, Ogahiy, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk ajdodlarimiz yetishib chiqqan. Birgina “algoritm” nomi bilan dunyo tamadduniga abadiy muhrlangan olim, algebra fani asoschisi al-Xorazmiyni yaxshi bilasiz. Ajoyib yosh matematik

    ...
  • Tafakkur elementi

    Kasbimiz shunaqa, qayerda milt etgan uchqun ko‘rinsa, ibrat qilib ko‘rsatgimiz, yutuqlarini yozib, maqtangimiz keladi. Chunki biz e’tirof etayotgan iste’dodlar yana yangi “buloqlar ko‘z ochishi”ga turtki bo‘ladi.

     

    “Mangu yoshli moddasi”

    Farrux fanlardan yaxshi

    ...
  • Orzular ostonasida

    Toshkentdagi 300-IDUM–ning iqtidorli o‘quvchisi Ozoda Bozorboyeva bugun maktabni bitirayapti. Mehr bilan qarab turgan ustozlariga bir-bir minnatdor boqadi. Nigohi ona-tili va adabiyot muallimi Dilorom opa Haydarova bilan to‘qnashganda entikib ketdi. Ko‘z oldidan yillar davomida erishgan yutuqlari o‘ta boshladi.

    Ozoda maktabda o‘tiladigan

    ...
  • Mohir qo‘llar mo‘jizasi

    Har safar erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarni uchratganimda, keng imkoniyatlar davrida yashayotgan yoshlarga havasim keladi.

    Tengdoshlaringiz Jonibek Shokirov va Zarnigor Yusufjonovalar maktabdagi darslar, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlardan ortib, hunarmandchilik bilan

    ...
  • G‘ijduvonning yosh kulollari

    Asqarjon ixtirochi bola. U besh yoshidan yog‘ochdan mashina, loy yoki plastilindan kema, odam, hayvon va turli-tuman buyumlar shaklini yasardi. Ikki yildirki, qo‘shnisi Bahrillo To‘yevga shogird tushgan. Bahrillo aka quruvchi – usta bo‘lib, kulolchilik bilan ham shug‘ullanadi. Asqarjon esa G‘ijduvon tumanidagi 18-maktabning 8-sinf o‘quvchisi,

    ...
  • Iste’dodning turfa jarangi

    Tanishing, tengdoshingiz – Barno Mamajonova.

    Toshkentdagi 59-maktabning 8-sinfida o‘qiydi. Ilk bora raqs maktabiga borganida 4 yoshda edi, hali “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qilolmasdi. “Yulduz” folklor dastasida ustozi Malika Po‘latovadan ilk raqs harakatlarini o‘rgana boshladi. Keyinchalik O‘zbekistonda xizmat

    ...
  • Zukko bolalar davrasida

    Aziz bolajonlar! Sevimli nashringizning iyul oyi sonida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” oromgohida hordiq chiqarayotgan tengdoshlaringiz va u yerda yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritgandik. Albatta, oromgoh tarbiyalanuvchilariga chinakamiga havas qilish mumkin. So‘lim bog‘ quchog‘ida o‘tkazilayotgan davra

    ...
  • Termizlik chempionlar

    – Shahrimizdagi 13-maktabda o‘nlab sport chempionlari o‘qiydi. Maktabdagi salkam 2000 ta o‘quvchining barchasi sportning bir necha turi bilan shug‘ullanadi, – dedi Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimi Ochiloy opa Xudoynazarova g‘urur bilan.

    – Sportga ixtisoslashgan maktabmi? – so‘raymiz qiziqish

    ...
  • Isfandiyorning qat’iy maqsadi

    Isfandiyor ikkinchi sinfga o‘tganida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga qabul qilindi.

    Bu yerda u gitara sinfining tayyorlov guruhida mashg‘ulot o‘tay boshladi. Undagi iqtidorni sezgan muallim Igor Budnokov bolakayga notalar joylashuvi, kuy chalish sirlarini o‘rgatishga kirishdi. Isfandiyor u yerdagi

    ...
  • Har sohada yetakchi

    “Bugun har bir yosh yigit-qizning ko‘zlarida kelajakka ishonch, dilida quvonch, shuurida esa butun bir olamga sig‘maydigan sevinch bor. Mustaqil Vatan quchog‘ida yayrab, unib o‘sayotgan kelajak avlod yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodining rang-barang qirralarini bor bo‘yi bilan namoyish qilayapti”,

    ...
  • Bilimlar bellashuvining bilimdoni

    Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarayotgan tengdoshlarimizdan biri Boyovut tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ominabonu Ibodullayeva joriy yilda bo‘lib o‘tgan “Bilimlar

    ...
  • Barakalla singlim

    Singlim Qodirqulova Madina 6-sinfda o‘qiydi. U 2014-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2015-yil diplom olib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

    Madina yaqinda “Bolalar qo‘shiqlari, she’rlar va hisob she’rlari”ni yaratish bo‘yicha Respublika ijodiy

    ...
  • Bundan ortiq iftixor bormi?!

    2016-yil 23-avgust. Toshkent xalqaro aeroporti. Atrofni tun pardasi qoplagan bo‘lsa-da, terminal va samolyot yo‘laklari yuzlab chiroqlar nuridan charog‘onlashgan. Bu yerda O‘zbekiston iftixorlari – Olimpiya chempion va sovrindorlarini kutib olish uchun yuzlab yurtdoshlarimiz to‘planishgan. Nihoyat, ko‘ksiga “Uzbekistan” yozuvini

    ...
  • Tafakkur qanotlari

    Olimlarning olib borgan so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, XXI asrda yashayotgan odamlarning miyasiga ilgari taxmin qilingan hajmdan 10 barobar ko‘p miqdorda ma’lumot sig‘ar ekan. Ularning ta’kidlashicha, miyamiz 1 petobayt, ya’ni 1 mln gigobayt ma’lumotni joylashtira olishi mumkin. Bu degani, eng so‘nggi, zamonaviy 100 ta kompyuter xotirasi

    ...
  • Marrani yuksak olib...

    Dinora Umarqulova hur O‘zbekistonimizning umidli yoshlaridan biri. Buxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda a’lo baholarga o‘qimoqda. O‘tgan yillar davomida “Yurt kelajagi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Orasta qizlar” respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, o‘z iqtidorini

    ...
  • Ixtirolar olamiga sayohat

    Texnik ixtirolar tarixi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? Ularning dastlabki sodda ko‘rinishi ko‘pincha bolalikdan qiziquvchan, xayolparast, tinib-tinchimas insonlar tomonidan yaratilgan. Kashfiyotchilar ilk bor 1783-yilda ko‘kda parvoz qilish uchun havo shari, salkam (1882) bir asrdan so‘ng esa samolyotni yaratishdi. Bugungi kunga kelib bu ixtirolarning soni

    ...
  • Qat’iy maqsad sari

    O‘z bilim va iqtidoriga ishongan bugungi yoshlar mustaqil yurtimizda munosib farzand bo‘lib kamol topayapti. Ularning ilmga chanqoq, bilimdon, zukko va tirishqoqligini ko‘rib chin dildan havasing keladi, mehring ortadi.

    Yaqinda Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasida

    ...
  • Orzular izidan

    Eldorning matematikaga mehr qo‘yishida oiladagi muhitning o‘rni katta. Ota-onasi matematika o‘qituvchisi bo‘lgani bois, uyda fanga doir qiziqarli kitoblar, ko‘rgazmali qurollar ko‘p. O‘zidan katta opasi maktabga borganda, unga qo‘shilib kitob o‘qishni, yozishni o‘rgangan Eldor yuzgacha sanashni, ko‘paytirish jadvalini ham

    ...
  • “Oyqiz” haqida bilganlarim

    Tengdoshingiz Feruza Yusupovani teleekran orqali ko‘p bora ko‘rgansiz. U bilan bir necha yillar oldin “Xazon” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganmiz. Avvaliga uni erkatoy, tantiq qiz deb o‘ylaganman. Ammo yaqindan bilgach, jasoratli, sabrli, tirishqoq qiz ekanligiga amin bo‘ldim. Ayniqsa, “Oyqiz ertagi” filmi ikkimizning ham matonatimizni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda sal keyinroq

    ...
  • Mukammallik sari

    Diyorimizning har bir go‘shasida nodir iste’dodga ega bolalar voyaga yetmoqda. “Kimyogarlar shahri”, deb ataluvchi Chirchiq shahrida ana shunday qobiliyatli bolalar bilan yuzlashdik. Shulardan biri Muhammadjon Rofiyevdir. U ushbu mo‘jaz shahardagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinfida tahsil olmoqda. Bizni o‘ziga tortgan jihati uning ingliz tilida qiynalmay, bemalol so‘zlasha

    ...
  • Metin iroda bilan

    Yaqinda “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik-ijodiyot markazida imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning “Mo‘jizalar olami” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘ldi. O‘quvchilar texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi “Boshlang‘ich texnik modellashtirish” mashg‘ulotlarida qog‘ozdan tayyorlangan eng sodda shablonlarni yelimlash orqali modellar yasadilar.

    ...
  • Nufuzli tanlovlarda

    Buxorolik yoshlarning musiqa san’ati bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari haqidagi xushxabardan darak topdig-u, safarga otlandik. Maqsadimizni anglagan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimi Jo‘raqul aka Jumaqulov Buxoro yoshlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib gapirib berdi. Va bizni shahardagi 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabi sari

    ...
  • Namanganning polvoni

    Adhamjon bolaligidan bir so‘zli va dovyurak bo‘lib o‘sdi. Aytganidan qaytmas, oldiga qo‘ygan maqsadi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan o‘g‘lidagi bu ishtiyoqni ota-onasi o‘z vaqtida payqab, uni sportga oshno qildi. Aniqrog‘i, bo‘lajak polvonni og‘ir atlet qilish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sport maktabiga berdi. Bu yerda unga o‘z kasbining fidoyilari Boris Semyonovich, Sunnat

    ...
  • G‘oliblik yarashgan qiz

    Qizaloqlik paytlarida radio, televideniye orqali yangraydigan qo‘shiqlar ohangiga monand tebranib, o‘z holicha nimalarnidir xirgoyi qilib yuradigan Mohichehradagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqni, eng avvalo, buvisi payqadi. Nabirasi biroz ulg‘aygach, uning maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarga qiziqishini sezib quvondi. “Nasib bo‘lsa, qizalog‘im xonanda bo‘ladi”, degan ezgu niyatni ko‘ngliga tugib,

    ...
  • O‘n yoshli champion

    Nafisa kichkinaligidan sportga havas qilib ulg‘aydi. Yon qo‘shnisi – Feruza opasining xalqaro musobaqalar, respublika chempionatlarida 3 marotaba 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani haqidagi xabar uning mitti yuragida ham sportga qiziqish uyg‘otdi. Chempion opasining shoda-shoda medallarini qo‘liga olib ko‘rarkan, ich-ichidan “Men ham sport bilan shug‘ullanib, yuksak marralarni qo‘lga kiritaman”, deb

    ...
  • Fan yulduzlari

    Abdumalikning dadasi Nizom aka farzandini go‘dakligidan ilmga do‘st qildi. Hali tili biyron bo‘lmasdan sanashni, maktabga chiqmasdan boshlang‘ich hisob-kitob mashqlarini o‘rgatdi. O‘g‘lining teran aqlli, zukko va tirishqoqligini o‘z vaqtida payqab uning har bir savoliga erinmasdan javob qaytarar, imkon qadar o‘g‘liga masalaning mantiqiy yechimini topishni o‘rgatardi. Bir so‘z bilan aytganda,

    ...
  • Dorboz bolalar

    Gulnora Yerjanova rahbarlik qilayotgan 54-maktab nomi nafaqat Beruniy tumanida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mashhur.

    Chunki bu maktabda mohir sportchi bolalar, Qoraqalpog‘istonning eng kichik dorbozlari – Hasan-Husan To‘liyevlar ta’lim olishadi.

    Ular hali maktabga bormasdanoq, televizorda namoyish qilinadigan karate mashqlarini mustaqil o‘rganib olishdi.

    ...
  • Sumalakguzar – har nedan o‘zar

    Sumalakguzar nafaqat Namangan shahri, balki butun viloyatning ko‘zga ko‘ringan mahallalaridan. Bu zaminning kuragi yerga tegmagan polvonlari-yu el olqishiga sazovor sportchilari azaldan qo‘shni davlat hududlariga qadar dovrug‘ qozonib kelgan. Mahallaning bugungi qat’iyatli va bir so‘zli yoshlari ham ota-bobolarining ana shu mashhurligini yanada ko‘tarish harakatida. Eng quvonarlisi,

    ...
  • “Aqlli” do‘ppi

    Dunyoda yon-atrofidagi yordamga muhtoj insonlar taqdiriga befarq qaray olmaydigan tengqurlaringiz ko‘p. Ular imkon qadar imkoniyati cheklangan odamlar og‘irini yengil qilish uchun izlanishadi. Turmush tarzida foydalanadigan yordamchi qurilmalar ixtiro qilishga harakat qilishadi.

    Sattigali Jo‘ldasboy ana shunday izlanuvchan tengdoshlaringizdan biri. U Aktaudagi (Qozog‘iston) Nazarboyev

    ...
  • Ulug‘bek avlodlari

    ...Navbatdagi katta muhoraba (jang)dan oldin Sohibqiron Ulug‘bekni huzuriga chorladi. Bobosi yonida mudom jang-u jadallar guvohiga aylangan bo‘lajak hukmdor Temurning odatini bilardi. Bilgani sabab uning so‘roviga tayyor turar, shatranj taxtasida kechar bo‘lmish bugungi bahs rejalarini xayolan puxtalardi.

    – Mirzo!!! – Bobosi – dunyoning yarmini o‘z adolati bilan

    ...
  • Dilda istak so‘nmasa

    E’zoza Baxtiyorova Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida o‘qiydi. Pianinoda kuy chalish sirlarini diqqat bilan o‘rganmoqda.

    – Chalayotgan musiqangni yaxshi, toza chiqishini istasang, notalarni sinchiklab o‘rgan. Pianino chalishda oyoq, qo‘l, ko‘z birdek harakatlanadi va sendan tezkorlik talab qilinadi, – ustozi Jamila Aliboyevaning bu o‘gitlariga quloq

    ...
  • Gimnastikachi qiz

    Marg‘iyona Sotimboyeva Pop tumanidagi 25-maktabning 3-sinfida o‘qiydi. Bir necha yildan beri u tumandagi BO‘SMning badiiy gimnastika guruhida murabbiy Munisa Sultonovadan sportning ushbu eng nafis turi sirlarini chuqur o‘rganmoqda. Qiyinchiliklardan cho‘chimagan qizaloq salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Tuman miqyosidagi qator musobaqalar g‘olibasi bo‘lgan Marg‘iyona, kuni kecha Buxoroda

    ...
  • Shijoat bayrog‘in tutib

    Tug‘ilganimizdan to yashayotgan lahzamizgacha hayotimiz qator raqamlar bilan bog‘liq ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Asr, yil, oy, hafta, kun, soat, daqiqa va soniya... Barchasi raqam va hisob-kitoblardan iborat. Bugun sizlarga ana shunday algoritmik funksiya va informatika dasturlariga qiziquvchi, bu borada yaxshigina yutuqlarga erishgan yoshlarni

    ...
  • Jarang sochgan marjonlar

    – Kutib oling, sahnada “Marvarid” bolalar guruhi!

    Boshlovchining jarangli xitobidan so‘ng sahnada bir xilda burmali ko‘ylakcha kiyib, sochpopuk taqqan qizaloqlar-u bayramona libosda bo‘yniga kapalaknusxa bo‘yinbog‘ qo‘ndirib olgan bolakaylar yugurib chiqib, sho‘x qo‘shiq kuylab, shodon raqs tusha boshlashadi...

    Ana, jurnalning navbatdagi soni uchun maqolaga mavzu...

    ...
  • Hunardan ungan zafarlar

    O‘tgan yili andijonlik hunarmand qiz Havasoy haqida maqola yozgandim. Uning Chamandagul, Iroqi do‘ppilariga havasim oshib, bichimlaridan andoza ham olgandim. Kuni kecha Havasoyning buvisi Hajalxon aya tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, do‘ppido‘z qiz bir necha yangi ishlarini yig‘ib, Toshkentga – Yosh hunarmandlar Respublika tanloviga yo‘l olganini aytib qoldi. Xursand bo‘lib ketdim. Bahonada

    ...
  • Tuyg‘ular tasviri

    Ahadjon Usmonaliyev Farg‘ona shahridagi 30-maktabning 9-sinf o‘quvchisi. U qo‘liga qalam olib rasm chiza boshlaganda hali yozishni ham bilmas edi. Ahadjon kichikligidan tabiat qo‘ynida sayr qilishni yoqtirgani uchun osmon, bulut va quyoshni, hovlisidagi gul, daraxtlarni tasvirlashga harakat qilardi. Ayniqsa, hovlidagi daraxtlarning har faslda turfa ranglarga kirganini ko‘rganda rasm chizishga

    ...
  • Ezgulikka esh maskan

    Toshkent shahrida tarixiy obidalar, madrasalar ko‘p. Mohir usta va me’morlar tomonidan yuz-uch yuz yil avval bunyod etilgan bu inshootlar hali ham o‘z ko‘rki va salobatini yo‘qotmagan. Eng muhimi, ular hanuz faoliyatini davom ettiryapti. Ana shunday nodir va tabarruk binolardan biri Milliy bog‘ to‘rida joylashgan Abulqosim madrasasi.

    Uzoq tarix lavhalarini bag‘rida asrayotgan

    ...
  • Katta ishtiyoq bilan

    Abdumalikning (u haqida jurnalimizning may oyi sonida qisqacha ma’lumot berilgan) bobosi matematikadan o‘qituvchi bo‘lib ishlar, har kuni o‘quvchilarining uy vazifalarini sinchiklab tekshirib chiqardi. Abdumalik esa bobosi yonida o‘tirib, bu jarayonni kuzatishni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni Abdumalik qator misollarni yechib o‘tirsa, bobosi, nabirasining nima bilan mashg‘ul ekanligini ko‘zdan

    ...
  • Kashfiyotlar olamida

    “Ta’til faqat dam olish emas. O‘z kuchini, bilimini sinash, uni namoyish qilish uchun yaxshigina imkoniyat ekan”, deyishdi Respublika “Barkamol avlod” texnik ijodiyot markazida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari. Men yosh iqtidorlar – “Yilning eng yosh ixtirochisi” respublika ko‘rik-tanlovida bir-biridan antiqa ixtirolar kashf qilgan o‘quvchilar bilan tanishgach, ularning yuqoridagi

    ...

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.