Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 9-son

  • Ishonchga munosib bo‘lish

    Mustaqillikning 31 yillik to‘yini “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ajoyib g‘oya bilan tantana qildik.  Bayram shukuhi maktablardagi “Bilimlar kuni”ga ulanib ketdi. Yangi 2022-2023-o‘quv yilidan darak beruvchi birinchi qo‘ng‘iroq sadolari maktabni, sinfdoshlari, ustozlarini  sog‘ingan dillarga malham bo‘ldi. Har biringiz bir yoshga ulg‘ayib, bir sinf yuqorilab,

    ...
  • Shoir deganlari haqgo‘y bo‘ladi

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda va qator xorijiy mamlakatlar adabiy jamoatchiligi orasida alohida obro‘-e’tibor qozongan, mashhur tarjimon sifatida ham e’tirof etilgan Jamol Kamol bo‘ladilar. Shoir Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” durdona asarini, Shayx Farididdin Attorning – “Mantiq ut-tayr”, “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Pandnoma”, “Bulbulnoma”.

    ...
  • Tabrik

    “Gulxan”, sen meni “katta” hayotga yo‘llagan jonkuyar ustozim, jonajon do‘stimsan.

    Zahmatli, ammo ajoyib bolalikning poyonsiz dalalarida hamrohim bo‘lgansan, kech kuz tumanlari tushganida yoqilgan g‘o‘zapoya taftini birga his qilgansan, shu bilan birga, g‘aroyib olamlardan xabar bergansan, bu ulug‘ mamlakatimizning turli hududlaridagi o‘quvchilar, adiblar bilan yuzlashtirgansan.

    ...
  • Donolar deydilarki…

    Aqlga ilm birla bergil ko‘mak,

    Aql – bu ilmga xaridor demak.

     

    Nosir XISRAV

     ***

    Hayotni o‘tkazsa o‘rganib saboq,

    Ustoz ham, shogird ham hech bo‘lmas no‘noq.

    To‘qish-yigirish ham bilim birladir.

    Dunyoni topish ham bilim birladir.

     

    Abdushukur

    ...
  • Mikrob, virus va salomat qiz haqida ertak

    Bor ekan-u, yo‘q ekan,

    Och ekan-u , to‘q ekan,

    Ota-ona yolg‘izi

    Bor ekan bitta qizi.

    Ismi ekan Salomat,

    Chiroyli va xushqomat,

    Xo‘p orasta yurarkan,

    Jismoniy mashq qilarkan.

    Kerak bo‘lganda har dam

    Berarkan zarur yordam.

    Bir kun ko‘ribdi u tush:

    Kichik odamlar xomush

    Yoniga kelgan

    ...
  • Yoshlar ovozi

    Yodingizda bo‘lsa, jurnalimizning 2022-yil 6-sonida maktab o‘quvchilari uchun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari hamkorligida “Yozgi ta’tilni milliy tiklanish bilan” loyihasi doirasida insholar tanlovini e’lon qilgan edik.O‘tgan vaqt mobaynida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining elektron manziliga 8 mingdan

    ...
  • Quvvat

    Otam daraxt ko‘pligidan deyarli bog‘ga aylanib bo‘lgan tomorqamizda o‘t  o‘rayotgandi. Men otamning harakatini zavq bilan kuzatardim. Shu lahzalarda onam ish buyurib takror-takror chaqirsalar ham  bog‘dan jilgim kelmasdi. Buni payqagan otam menga kulimsiragancha onam tomonga ovoz berdi: – Qo‘yaver, bolang menga qarashyapti. Aslida, esa otam har safar dam olishga o‘tirganida o‘roqqa

    ...
  • Kitob

    Ma’rifatga u limmo-lim,

    O‘qi deya qilar xitob.

    Undan o‘qib oldim bilim,

    Ustozlarning zo‘ri kitob.

     

    Dilga ziyo nurin sochdi –

    Yo‘limizda bo‘ldi oftob.

    Ezgulikka eshik ochdi,

    Qadrdonim bo‘ldi kitob.

     

    Bilim bilan qalbni bezar,  

    Bildirmas kam-u ko‘stimni.

    U o‘zidan sochadi

    ...
  • Otajonim

    Dilga payvand qildim har bir so‘zingizni,

    Xotirjamman, yuragimda halovat bor,

    Hech ham yerga qaratmasman yuzingizni,

    Ota, desam hayotimda tarovat bor.

    Bergan non-u tuzingizni oqlagayman,

    Bu hayotda orzularim juda bisyor.

    Onam bilan qo‘sha qaring! Alqagayman!

    Kelajagim ro‘yobida o‘rningiz bor.

    Otajonim, duo qiling

    ...
  • Va’da

    O‘zbekiston, onamsan,

    Boshimda parvonamsan.

    Mehring misoli oftob,

    Bolam, deb qilib xitob

    Tilaysan menga omad,

    Niyating ezgu albat.

    Oqlay, deb ishonchingni

    Ko‘ray, deb quvonchingni

    Tinmay olyapman bilim,

    Bilim yoritar yo‘lim.

    Bo‘laman komil inson

    Vatanim, menga

    ...
  • Shamol

    Jahling chiqib, shamoljon,

    G‘azabingni sochdingmi?

    Sendan qochib odamlar

    Uylariga qochdimi?

     

    Insonlarni shoshirma,

    Sekin esgin shamoljon.

    Behudaga qo‘zg‘alma, 

    Holimiz etma yomon.

     

    Dianabonu   Baxtiyorova,

    Buxoro viloyati  G‘ijduvon tumanidagi

    5-

    ...
  • Zomin qaldirg‘ochlari

    Bu yil birinchi marta Yoshlar seminarida bolalar adabiyoti bo‘yicha hujjat topshirgan ijodkorlarga  rahbarlik qildim. Menga yoshlarimizning intiluvchanligi, tashabbuskorligi, seminarda  o‘zining o‘sishi, ijodiy ravnaqi uchun sidqidildan harakat qilishgani yoqdi.Biri biridan beg‘ubor bu yoshlar aynan bolalar uchun ijod qiluvchilar bo‘lib tug‘ilgandek. Biz tahlillar

    ...
  • Qimmatli sovg‘a

    Gulnoza juda tortinchoq, muomalaga tez kirisholmaydi. Ammo Nasiba samimiy, ko‘ngli ochiq bo‘lgani uchunmi, ularning sinfiga yaqinda kelgan bo‘lsa-da, Gulnoza bilan tez til topishdi. Yaqinda Nasibaning tug‘ilgan kuni. Gulnoza ham barcha sinfdoshlari qatori tug‘ilgan kunga taklif qilingan.

    Darsdan so‘ng ikki dugona maktab darvozasi yonida biroz suhbatlashib turishdi. Nasiba sal nariga

    ...
  • Quyon keldi maktabga

    Qurdosh Odinayevning ushbu to‘plamidan joy olgan qirqdan ortq she’rlari mavzu jihatdan rang-barang.Ularda ona Vatanga muhabbat, ustozlarga ehtirom bilan birga bolalarning sho‘xliklarga to‘la dunyosi ufurib turadi. Shuningdek, bu kitobga ijodkorning  ikkita ertagi ham kiritilgan. Ular o‘quvchilarning fikr doirasini kengaytirishga, o‘ylantirishga

    ...
  • Tabrik

    Aziz  bolajonlar!

    Sizlarni boshlanayotgan yangi – 2022-2023-o‘quv yili   bilan  chin  qalbimdan   muborakbod  etaman!

    Yozgi  ta’tilda maroqli  hordiq  chiqarib, sentyabrni, maktab boshlanishini, qadrdon  do‘st-u dugonalar bilan uchrashishni in­tiq­lik  bilan  kutganingiz aniq. Sevimli  va 

    ...
  • Dillar shodlikka to‘ldi

    Oltin fasl tarovati, birinchi qo‘ng‘iroq  zavqi bir olam sog‘inch bilan jonajon maktabga oshiqayotgan o‘g‘il-qizla­rimizning quvonchi bilan  yanada maroqli.

    Poytaxtimizning Uchtepa  tumanidagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 199-sonli davlat  ta’lim maktabi ham mazkur o‘quv yilida 330 nafar bolani o‘z bag‘riga

    ...
  • Shaxmat kamtarlikka chorlaydi

    Shaxmat – san’at, falsafa, mantiq, hisob ilmlarini o‘zida jamlagan sport turi. U intellektual o‘yinlar ichida eng mukammali va murakkabi hisoblanadi.      

    Xabaringiz bor, avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz Olimpiada chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishdi.

    ...
  • Tabrik

    Men Yangi  O‘zbekistonning  baxtiyor farzandiman. Iqtidorli o‘g‘il-qizlarini e’zozlab, ularning kamoli  uchun yelkasini tutib turgan  Vatanimiz,  fidoyi, mehribon  Yurtboshimiz bor ekan, O‘zbekiston  yoshlari  vatanimiz  dong‘ini  dunyolarga taratadi,  Vatanimizning  buyuk kelajagini  yaratishga   munosib  ulush

    ...
  • Mashhurlik mashaqqatlari

    Faraz qiling! Akangiz yoki ukangiz universitet imtihonlaridan o‘tolmadi. Shu bois uning kayfiyati tushkun holatda. Shunda otangiz uning yoniga borib, “Tik tur! Qadding bukilmasin. Inson har qanday vaziyatda sinovlarga bardosh berishi kerak. O‘qishga kirolmasang nima bo‘libdi? Bu yil o‘xshamagan bo‘lsa, kelasi yili harakat qilsang, albatta talaba bo‘lasan, yo‘qsa, peshonangdan ko‘rasan.

    ...
  • Qiziqarli faktlar

    1.  Dunyodagi eng baland Anxel shar­sharasi Venesuela davlatida joylashgan. Uning balandligi 979 metrga teng. E’tiborlisi, sharshara suvining aksariyat qismi yerga yetib bormasdan bug‘ga aylanadi.

    2.  Sayyoramizdagi eng keksa daraxt Shvetsiyaning g‘arbiy qismida o‘sadi, uning yoshi 9550 da.

    3.  Jako

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    – O‘g‘lingiz yaxshi o‘qiydimi? –  so‘radi ayol qo‘shnisidan.

    – Ha, – javob berdi qo‘shni, – u fanlarni yanada chuqur o‘rganish uchun bir sinfda ikki yildan o‘qiyapti.

    ***

    Maktabga otlanayotgan Farhod sing­lisidan so‘radi:

    – Ko‘ylagimni daz­­mollab qo‘y­dingmi?

    – Chiroq yo‘q-ku, aka.

    – Tavba,

    ...
  • Jamol Kamol

    Jamol Kamol 1938-yili Buxoro viloyatining, Shofirkon tumanidagi Chit­karon qishlog‘ida tavallud topdi. O‘rta maktabni tugatgach, Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetida tah­sil oldi. O‘qishni bitirib, shu yerda o‘qi­tuvchilik qiladi.

    “Buxoro haqiqati” viloyat gazetasida (1965-1969) ishladi. O‘zbekiston Respub­likasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.