Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil sonlari

2017-yil 12-son

  • Qomusim

    Kunduz – quyosh, tunlari

    Nur sochar oy fonusim.

    Sening bilan charog‘on

    Hayotim, Bosh Qomusim!

     

    Jajji qalbda orzular

    Ushaladi sen sabab.

    Sening o‘zing zo‘r muallim,

    Sening o‘zing zo‘r maktab.

     

    Huquq nima, burch nima

    Bilib oldim o‘zingdan.

    Sen azizsan men uchun

    “Mustaqillik”

    ...
  • Farovon yashash kafolati

    Har yili jurnalning dekabr sonini tayyorlar ekanmiz, Yangi yil ostonasida turganimizni his etamiz. O‘zimizga yil boshida rejalashtirgan ishlarimizning barchasiga ulgurdikmi, jurnal eng avvalo, bolalarga, ularning ota-onalari, ustozlariga ma’qul bo‘ldimi, ular kelgusi yilda ham “Gulxan”ni yaxshi ko‘rib o‘qisharmikan, deb savol beramiz: Zero 2017-yilda ham ijodiy jamoamiz siz aziz muxlislar

    ...
  • Sog‘inchli kunlar

    Teatr va kino san’atining yorqin namoyondasi, san’at arbobi, betakror iste’dod sohibi, ajoyib inson, talabchan ustoz O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov O‘zbek Milliy teatrida aktyor sifatida umrining oxiriga qadar samarali faoliyat ko‘rsatdi. “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Kuzning birinchi kuni”,

    ...
  • “Gulxan” atrofida suhbatlar

    Kuz oxirlab borayotgan kunlarda viloyatlardagi jurnalxonlar, o‘qituvchi-ustozlar bilan yuzma-yuz ko‘rishish, dildan suhbatlashish, jurnalning kelgusi yil rejalarini birgalikda tuzish maqsadida safarga otlandik. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilinib, “Matbuot kunlari” deb atalgan ushbu safar ishtirokchilari safida sevimli nashrlaringiz “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari, “Tong yulduzi”,

    ...
  • Ibrat maktabi

    Adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan haqiqiy iste’dod egasi borki, o‘zidan mazmunli va ibratli izlar qoldirishga astoydil intiladi. Bu mashaqqatli yo‘lda tinim bilmay ijod qiladi, tun-u kun izlanadi. Adabiyotimizning ana shunday zahmatkash, fidoyi va jonbaxsh ijodkorlaridan biri shubhasiz, ustoz Ibrohim G‘ofurov bo‘ladilar.

    Bugun Ibrohim aka – mashhur salaflari Mirkarim Osim, Mirtemir,

    ...
  • Oq tulpor

    (hikoya)

     

    Yodimda... bobom bolaligimda o‘zining oq tulporiga mingazib uzoq-uzoqlarga olib borar, bu tulpor ularga qadrli, ota merosligini bot-bot takrorlar edi.

    Bobom otni shunchalik mehr bilan parvarishlar ediki, ko‘rgan kishining havasi kelardi. Kunlarning birida tulporning jilovidan tutib, birgalashib toqqa yo‘l

    ...
  • O‘rmondagi e’lon

    “Yaqindan boshlab sport –

    Seksiyasi ish boshlar.

    Trener – quzg‘un, uni

    Taniydi qari-yoshlar.

     

    Xohlagan olib kelsin

    Bolasini o‘qishga.

    O‘rgatilar raqibni

    Bunda qanday cho‘qishga”.

     

    Misi chiqdi

     

    – Bedovni yuvib, o‘g‘lim,

    Yag‘rinin qashladingmi?

    – Ha,

    ...
  • Quvonchli onlar

    Orzular dunyosi

     

    Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan bolalar ta’lim oladi. O‘quvchilar 4 mahal issiq ovqat, 250 o‘rinli yotoqxona bilan ta’minlangan. Maktab direktori O‘tkir aka Qurbonov meni faollar zaliga boshladi. Bu yerda bir guruh o‘quvchilarga “G‘uncha”

    ...
  • Chempionning chempion shogirdlari

    12-maktab Buxoro shahridagi eng namunali maskanlardan biri. Yaqinda to‘liq ta’mirdan chiqqan maktabda 1007 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Jurnalimizga ham shu maktabdan tez-tez xatlar kelib turadi. Buxorolik o‘quvchilar bilan uchrashuvga borgan Gulxanjon safarini shu maktab faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

    – Maqtanyapti demagin-u, maktabimiz, bu yerda tashkil qilingan qirqqa yaqin

    ...
  • Osmondan yog‘ilgan yong‘oqlar

    (hikoya)

     

    Sardor osmonni tomosha qilishni juda yaxshi ko‘radi. Qushlarning to‘p-to‘p, gohi guldasta, gohi bir qator bo‘lib uchishini zavq bilan tomosha qiladi. Rasm daftariga chizganlarining ko‘pi qushlarning surati... Bir kuni Sardor hovlida o‘ynab yurgandi. Shu payt kutilmaganda oyog‘i tagiga osmondan uch-to‘rtta yong‘oq

    ...
  • Aqliy “yurish”lar san’ati

    Oq va qora kataklar dunyosida hech sayohat qilganmisiz? Atrofingizda fil, vazir, to‘ra, farzin otli sipohlaringiz bo‘lsa. Aqliy sayohatga chiqqan “piyoda” zehn kuchi bilan yakunda “vazir”ga aylanishi mumkin. Xuddi biz namunali o‘qishimiz bilan “a’lochilar taxtasi”dan o‘rin olganimiz kabi. Ha, adashmadingiz, gap shaxmat sport turi haqida bormoqda. Yurtimizda shunday yosh shaxmatchilar

    ...
  • Qish

    Qarang, keldi qish,

    Tindi ish, yumush.

    Dalalar oppoq,

    Zavq olgin o‘rtoq.

    To‘planib yana,

    Uchaylik chana.

    Qorbo‘ron o‘ynab,

    Yuraylik quvnab.

    O‘yinning sozi –

    Qishning ayozi.

     

    Nozima DAVLETOVA,

    Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 1-maktab

  • Yomg‘ir

    Ko‘kdan asta taralib,

    Shitir-shitir yog‘asan.

    Qarindoshsan qor bilan,

    Sirligina boqasan.

     

    Bulut bilan og‘asan,

    Shudringvoyga tog‘asan.

    Xursand qilib dehqonni,

    Dalalarga yoqasan.

     

    Sevinch AHMADJONOVA,

    Toshkent viloyati Chinoz tumani

    1-maktab 6-sinf

  • Tandir

    Lovullagan tandirda

    Yopar shirmoy patirlar.

    Mehridan topar kamol

    Alp qomatli botirlar.

     

    Mayin shamol erkalab,

    Sochlarini silaydi.

    Munisa onajonlar

    Yurtga tinchlik tilaydi.

     

    Gulshan JABBOROVA,

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 167-maktab 9-sinf

  • Kitob – do‘st

    Kitob mening sirdoshim,

    Suhbatdoshim hamisha.

    Goho uzun tunlarda,

    Maslahatchimdir o‘sha.

     

    “Odobnoma” qalblarni

    Yaxshilikka yo‘llaydi.

    Aritadi dardlarni

    Odob sari chorlaydi.

     

    Mehnat fani o‘zgacha,

    Hunar sirin o‘rgatar.

    Chunki ishlagan sari,

    Yashashga shavqing

    ...
  • Quvnoq mushukcham

    O‘qishdan kelsam uyga

    Yugurishib o‘ynaydi.

    To‘s-to‘polon qilishda,

    Bir-biridan qolmaydi.

     

    Dars qilsam miyovlashib,

    Ruchka, daftarim tortar.

    Kitob o‘qib o‘tirsam,

    Tizzamga chiqib yotar.

     

    Ona mushuk ba’zida,

    Tutib kelar kalamush.

    Uchta mitti mushukka,

    Topilar ancha

    ...
  • Vatan

    Bugun har bir xonadon

    Tinch, xotirjam, farovon.

    Vatanimiz bayrog‘in

    Tan oldi butun jahon.

     

    Yurtimiz madhiyasi

    Bobolarim yodidir,

    Keng dunyoga taralgan

    Baxtiyor ovozimdir.

     

    Nodirabegim QO‘SHAQBOYEVA,

    Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 28-maktab 9-sinf

  • Do‘st

    Robiya menga do‘st edi,

    Har bir so‘zi rost edi.

    Bir xil orzu va tilak,

    Ko‘plar derdi: – egizak!

     

    Bo‘lib qoldim men kasal,

    Aslo undan yo‘q xabar.

    Sog‘inib kutsam uni

    Eslamabdi u meni.

     

    Dilnoza NIG‘MATOVA,

    Toshkent shahar Olmazor tumani 11-maktab 7-sinf

  • Yangi yil archasi

    Archamiz baland bo‘yli,

    Zar-u marjonlar taqqan.

    O‘zi biram chiroyli,

    Barcha-barchaga yoqqan.

     

    Archajon uyimizga,

    Quvonch olib keladi.

    Men orziqib kutgan bu,

    Yangi yil zo‘r bo‘ladi.

     

    Yoqutxon AZIMOVA,

    Toshkent shahar Yunusobod tumani

    21-maktab 6-sinf

  • Bulutcham

    Go‘yo erka yostiqcham

    Keng osmonda suzadi.

    Unga qo‘lim silkitsam

    Bo‘ychasini cho‘zadi.

     

    Shamol sochini tarab,

    Sho‘xligini boshlaydi.

    Salgina qovoq uysam,

    Darrov ko‘zin yoshlaydi.

     

    Qaysarligi o‘zimdek,

    Sho‘xligi ham o‘xshaydi.

    Bulutchamning qalbida

    Mening orzum

    ...
  • Qor

    Yog‘ar edi oppoq qor,

    Go‘zal tarovati bor.

    Xushnud etib dillarni,

    Oqqa ko‘mar yerlarni.

     

    Go‘zal yoqqan qorparcha,

    Kiyinar yashil archa.

    Hayvonlar orom olar,

    Bolalar o‘ynab tolar.

     

    Lobarxon MAMUDJONOVA,

    Toshkent viloyati Bekobod tumani

    12-maktab 8-sinf

  • Orzu yulduzi

    Bilmam nega boqsam samoga,

    Yulduzlar ko‘p, to‘lib turadi.

    Sog‘inch bilan qarayman unga,

    Dilga jo‘shqin ilhom beradi.

     

    Samo uzra charaqlab turgin,

    Sen bilanman doimo o‘zim.

    Qalbim osmonida uy qurgin,

    So‘nma aslo – “Orzu yulduzim”.

     

    Mavludaxon O‘RMONOVA,

    Farg‘ona viloyati

    ...
  • Qomatingni tik tut, bolajon

    Diyorbek 2-sinfda o‘qiydi. Oxirgi vaqtlarda darslarga bo‘lgan qiziqishi sustlashgani, qaddini tik tutishga qiynalayotgani, tez charchab qolayotganini payqagan onasi uni shifokor ko‘rigiga olib bordi. Barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tgan Diyorbekda shifokorlar umurtqa pog‘onasi qiyshayishi (skalioz) kasalligi alomatlari boshlanganini aniqlashdi. Tezlik bilan kerakli muolajalarni olish zarurligini

    ...
  • Vatan – ko‘zim qarog‘i

    Vatan – ona tuprog‘i,

    Vatan – ko‘zim qarog‘i.

    Vatan – jannatlarga teng,

    Vatan – bag‘ri biram keng.

    Vatan – birinchi qadam,

    Vatan – tubsiz sanasam.

    Vatan – tog‘da lolalar,

    Vatan – bizning bolalar.

    Vatan – tundagi alla,

    Vatan – to‘ydagi yalla.

    Vatan – chaqnoq kunduzlar,

    Vatan – yorqin

    ...
  • Muzlar “mamlakati”

    Xitoy haqida ko‘p eshitgansiz va “Gulxan” sahifalarida u yerga xayolan “sayohat” ham qilgansiz. Ammo qishda Xitoyga sayohat qilishga hali ulgurmagansiz. U yerda o‘tkaziladigan Xarbin festivali haqida eshitgandirsiz? Eshitmagan bo‘lsangiz, unda eshiting.

    Yangi yil bayrami kunlarida Xarbin shahri muzdan yasalgan haykallar saltanatiga aylanadi. Xarbin shahri – Xeylunszyan viloyatining

    ...
  • Ikki to‘ti

    (ertak)

     

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Hozirgi zamonda, Amudaryo bo‘ylaridagi go‘zal qishloqda Anvar degan bola yashar ekan. Ularning hovlisida anvoyi gulzor bor ekan. Ana shu gulzor yonidagi daraxtda kattakon qafas osilgan bo‘lib, unda ikkita chiroyli to‘tiqush yashar ekan. Bir kuni Anvar qafas yonidan o‘tayotib ularning

    ...
  • Chumoli

    (hikoya)

     

    – Mirfayz, boyadan beri chumolilarni yoningga yig‘ib olib, nima qilyapsan, – nabirasining yoniga keldi Saida buvi. – Uychani kimga yasading?

    – Boya onam hovli supurayotib chumolilarning inini buzib yubordi. Ular qiynalmasin, deb chiroyli uycha yasadim. Don ham sepdim. Lekin chumolilar donga ham qaramay, o‘z

    ...
  • “Gulxan” – ibrat olamiz sendan

    Assalomu alaykum Gulxanjon. Avvalo, jurnalda she’rlarimni chop etganing uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Hikoya, ertak, rivoyatlaringni o‘qib saboq olaman, zavqlanaman. Ayniqsa, boshqotirmalaringni yechishni yaxshi ko‘raman. She’rlaringni o‘qib, yod olaman. Bular meni yaxshi she’r va hikoyalar yozishga undaydi. Kollejimizda kichik kutubxonamiz bor. Dugonalarim bilan jurnalning

    ...
  • Do‘stligimiz davom etadi

    Qarang, hash-pash deguncha 365 kun ham o‘tib ketibdi. Ostonada 2018-yil eshik qoqib turibdi. Hamma yerdagi kabi jurnalda ham ish qizg‘in. Gulxanjon yangi rejalari haqida bosh qotirmoqda. Yil davomida ijodkor, faol o‘quvchilardan kelgan xatlar sarhisobini qilmoqda. “Gulxan” sahifalarini mazmunan boy, qiziqarli bo‘lib chiqishida respublikamizning barcha viloyatlaridagi faol ijodkorlarimizning

    ...
  • Safimiz oshdi

    Gulxanjon bilan biz ancha yillardan beri yaqinmiz. Bu jurnal dastlab akam Temurbek, so‘ng men uchun qadrdon bo‘ldi. Shu bilan birga oilamizda ota-onam uchun ham eng sevimli nashr hisoblanadi. “Gulxan”da men yozgan she’rlar va akam chizgan rasmlarni ko‘rib maktabdoshlarimiz rosa sevinishdi. Maktabimizda tashkil etilayotgan tadbirlar mazmunan boyishida jurnaldagi maqola, she’r, topishmoq va

    ...
  • Archa bayram

    Ilya ILIN

    (rus adibi)

     

    Shahar madaniyat saroyida o‘tadigan archa bayramiga onam ikkita chipta sotib oldi. Qorbobo bilan qorqiz chanada uchib ketayotgan rasmli chiptalar juda chiroyli, yaltiroq.

    – Yaqin o‘rtoqlaringdan birini bayram tomoshasiga taklif qil, – dedi onam. Mening

    ...
  • Topqirtoylar bobosi

    Bolalar, siz jurnalimiz sahifasida beriladigan boshqotirmalarni, jumboqlarni qiziqib yechasiz-a? Har bir savolga javob topganingizda quvonib ketasiz. Chunki krossvord, skanvord chinakam aql qayrog‘i. U bilimingizni sinovdan o‘tkazib boradi. “Gulxan” jurnalida krossvordlar ilk bora bundan 50 yil muqaddam e’lon qilingan va o‘quvchilar tomonidan qizg‘in ma’qullangan. Bilasizmi, bu

    ...
  • Krossvord 2017-12-son

    000

    Krossvordning o‘zbekcha yangi usuli – Anvord javob so‘zlari raqamdan raqamgacha yoziladi, so‘z harflari akrobatika usulida, ya’ni sakragan holda kesishadi, so‘zlar majmuini hosil qiladi.

    1-3. Dunyoda eng uzun daryo. 4-6.Poytaxt shahar. 1-7. Suv guli. 6-8.

    ...
  • “Gulxan”da xanda (2017-yil 12-son)

    ***

    Bolalar qorbobodan so‘rashibdi:

    – Qorbobo, nega qorqizingiz yo‘q?

    – Eh, bolalarim, qorqizim sizlarning maqtov, shirin gaplaringizdan erib ketdi.

     

    ***

    Dilshod oyisiga dedi:

    – Oyi, mening dadam qorbobodan qo‘rqadilar-a?

    – Nega unday deyabsan? – so‘radi oyisi.

    – Chunki har yangi yil kechasida qorbobo kelsa dadam

    ...
  • Ma’naviyat ko‘prigi

    Ong va tafakkurimizni boyituvchi ne’mat bilim, ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan kitobdir. Kitobning buyukligini ustozim, yozuvchi To‘lqin Hayit “Biz bunday ulug‘ so‘zni jo‘ngina aytishimiz, kitob deganda so‘zlar bilan bezalgan bir shakldagi qog‘ozlar to‘plamini tushunishimiz tabiiy. Ammo bizning hayotimiz, undagi voqealar, hattoki bunyod qilingan inshootlarning o‘zi bir kitobdir”, – deb soddagina

    ...
  • Mehr

    (kichik badia)

     

    Men tug‘ilganimda baxt yo‘rgaklab oldi. Ko‘zimni ochsam boshimda bir chiroyli, munis ayol parvona bo‘lyapti. U meni bag‘riga bosdi.

    Farishtaday bir kampir meni beshikka belab alla aytdi:

    – Buvisining erka bolasi,

    Ko‘zining oqu-qorasi... – bu ovoz shu qadar yoqimli ediki ko‘zlarim yumilib

    ...
  • "Istiqlol qomusi" krossvordi

    000

     

    Shakl atrofidagi raqamlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning ibratli so‘zlari yashiringan. Uni quyidagi kalit so‘zlar javoblari orqali bilib oling.

    Bo‘yiga:1. XXIII bob nomidan: “...tizimi”. 2. Prezident tomonidan tayinlanadigan turli tarmoq

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.