Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

2019-yil 5-son

  • Soʻnggi qoʻngʻiroq

    Egnimda chiroyli maktab libosi

    “Soʻnggi qoʻngʻiroq”qa yoʻl oldim bugun.

    Sevinaymi yoki xafa boʻlaymi,

    Boryapman negadir dilim gʻash, mahzun.

     

    Mana, qulogʻimga chalindi navo,

    Navoki nazdimda “haydalish kuyi”.

    Yelkamda bosh emas, koʻtarib toshni

    Keldim, bunda goʻyo maktabim toʻyi.

     

    Qadrdon maskanim –

    ...
  • Mangu xotiralar

    Shu kunlarda koʻpmillatli xalqimiz Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 74 yilligini nishonlamoqda. Besh yil davom etgan mashʼum urushda bir yarim milliondan ziyod Oʻzbekiston fuqarosi qatnashgan ekan. Ularning yarim milliondan ortigʻi halok boʻlgan. 133 ming nafarga yaqini bedarak yoʻqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron boʻlib qaytgan.

    Prezidentimiz

    ...
  • Soʻroqlaydi shoirni sheʼrim

    Gʻayratiyga

    Gʻayratiy bobo boʻldingiz,

    Gʻayratli bobo boʻldingiz.

    Bolalar koʻnglida qolgan,

    Qimmatli bobo boʻldingiz.

     

    Istiqlolni uzoq kutgan,

    Vohidovga qalam tutgan.

    Sayyor, Toʻlqin, Saloh kabi

    Shogirdlarin toʻrga eltgan.

     

    Hamon darsliklarda jodir

    Siz bitgan qissalar,

    ...
  • Tuproq koʻchalarda ulgʻaygan mehr

    Taniqli oʻzbek shoirasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sharifa SALIMOVA1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining xushmanzara Parkent tumanida tugʻilgan.

    Sharifa opaning “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulogʻi”, “Tongga qasam”, “Vatan suvrati” kitoblari sheʼriyat muxlislari, adabiyot ixlosmandlarining sevimli asarlari qatoridan

    ...
  • Quddus bobomni eslab

    Oʻquvchiga esdalik

    Yozgandi Quddus bobom,

    Oʻtsa hamki qancha yil

    Yod olish etar davom.

     

    Bobom yozgan sheʼrining

    Dilga yaqin har satri.

    Qancha oʻqib yod olsak

    Shuncha oshardi qadri.

     

    Axir bobom oʻgiti

    Satrlarda jamlanib,

    Singib olib qalbingga

    Borarding hayot

    ...
  • Oʻquvchiga esdalik

    Boʻlay desang bogʻbon,

    Yo Vatanga posbon,

    Yo osmonda uchuvchi,

    Yo dengizda suzuvchi,

    Nimaki qilsang tilak

    Bariga oʻqish kerak.

    Oʻquvchi sendan talab:

    Maktabga bor ertalab,

    Oʻqi, berib mehringni,

    Qoʻyib koʻngil, zehningni.

    Direktor – komandir, bosh,

    Muallim – rahbar yoʻldosh,

    Chiqma ular

    ...
  • Aybdor telefonmi?

    Jasur 12 yoshga toʻldi. Bobosi nabirasining muchal yoshini qutlab unga qoʻltelefoni sovgʻa qildi.

    – Bir kecha-kunduz quvvatlantirdim, ijtimoiy tarmoqqa ham ulangan. Ikkalamizning telefon raqamlarimiz juda oʻxshash. Ichida senga yoqqan qoʻshiqlar, oʻyinlar ham bor, – jilmaydi bobosi. – Agar xohlasang, hoziroq oʻyin oʻynashing mumkin.

    – Telefon bobongning sovgʻasi boʻlgani uchun

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Toshkent viloyati Qibray tumani Chinobod qishlogʻidagi 27-maktabda “Bolaga kitob bering” nomli katta bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu bayram tashkilotchilari Sanobar Majidova rahbarligidagi 4-”A” sinf oʻquvchilari.

    Maktab zaliga ota-onalar, oʻqituvchilar va barcha kitobsevar bolalar yigʻilishdi. Adabiy kechani maktab direktori Shahnoza Joʻrayeva ochdi. Zalda 4-sinf oʻquvchilari

    ...
  • Sakura soyasidagi suhbat

    Aziz bolalar! Bilamiz har biringiz chet mamlakatlardagi tengdoshlaringiz hayoti, u yerdagi taʼlim tizimi, maktab, oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar, ularning burch va vazifalari haqida bilishni istaysiz. Ana shularni inobatga olib, jurnalning ushbu sonidan boshlab “Dunyo maktablari” ruknini tashkil qildik.

    Ilk suhbatni noyob isteʼdodlar vatani Yaponiya maktablaridan

    ...
  • Aql baxt keltirar

    Bor ekan-u yoʻq ekan, och ekan-u toʻq ekan. Qadim zamonda bir zukko yigit boʻlgan ekan. Uning otasi ogʻir betob boʻlib, oʻgʻil unga yegulik va dori-darmon olish uchun ertadan kechgacha shoh saroyida xizmatkorlik qilar ekan. Shohning bir vaziri boʻlib, u yigitni yomon koʻrar, unga atayin bajarilishi qiyin boʻlgan yumushlarni topshirarkan. Kunlardan bir kuni u yigitni yoniga

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 326-maktabda “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlab “Inson – aziz, xotira – muqaddas” shiori ostida oʻtkazilgan adabiy kechaga maktabning faxriy oʻqituvchilari, mahalla faollari taklif qilindi. Maktab asoschisi Tinchivoy Poʻlatov bu taʼlim muassasasining tarixi haqida qiziqarli voqealarni soʻzlab berdi. Marhum ustozlar xotirasi yod etildi. Kecha

    ...
  • Sinfdoshlar

    Ahil, totuv oiladek

    Bir sinfda oʻqiymiz.

    Nogoh tortishib qolsak,

    Bahonalar toʻqiymiz.

     

    Oʻgʻil bolalar shoʻxroq,

    Qizlar-chi inoq biram.

    Aʼlo baholar olsak,

    Shu kun sinfda bayram.

     

    Toʻrt tomonga uchsak-da,

    Qalbda choʻgʻ porlab turar.

    Sinfdoshlik rishtasi

    Maktabga bogʻlab

    ...
  • Kitobni doʻst bilgin

    Ongingni yoritar maʼrifat nuri,

    Tun-u kun oʻchmagay qalbingda chiroq.

    Hayotdan maqsading anglamoq uchun

    Kitobni doʻst bilgin, kitob chin oʻrtoq.

     

    “Qora qozon”lardan yurasan nari,

    Olamni quchasan oʻqigan sari,

    Omad yoʻldosh boʻlar baxt, shodlik bari,

    Kitobni doʻst bilgin, kitob chin oʻrtoq.

     

    Oʻqimoq

    ...
  • Ona

    Yuzingizda nuroniylik,

    Qalbingizda bahor yashnar.

    Qadamingiz fidoyilik,

    Ezgulikning yoʻlin boshlar.

     

    Soʻzlaringiz solar hayrat:

    – Yomon boʻlma, dunyo koʻrgin.

    El-u xalqning har kuniga

    Yaraydigan inson boʻlgin!

     

    Shohrux QODIROV,

    Surxondaryo viloyati Oltinsoy

    ...
  • Buvijonim

    Buvijonim oʻzingiz,

    Nurlar sochar yuzingiz.

    Bunchalar ham yoqimli,

    Har bir aytgan soʻzingiz.

     

    Oyim uchun onasiz,

    Biz uchun yagonasiz.

    Nabirangiz bir talay,

    Deysiz doim “aylanay”!

     

    Malika QODIROVA,

    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani

    45-maktab 2-sinf

  • Suhbat

    – Kel, singiljon, birgalashib,

    Yordamlashib, gurunglashib,

    “Sen qila qol”, “Men qilmay”, deb

    Oʻtirmaylik, gap talashib.

     

    Axir oyim shoshib kelar,

    Ishdan horib-tolib kelar.

    Uy ishlarin qilib qoʻysak,

    Chehrasida quyosh kular.

     

    Barno ROʻZIYEVA,

    Buxoro viloyati Gʻijduvon

    ...
  • Qushlarning doʻsti

    Anvar qoʻlga mix oldi

    Va yana ombir, taxta.

    Barmoqqa mix sanchildi,

    Yaraga qoʻydi paxta.

     

    Ishni tugatdi oxir –

    Yasadi mitti uycha.

    Endi uchib keladi,

    Yashaydi unda qushcha.

     

    Iqbolxon MUHAMMEDOVA,

    Toshkent shahar Yakkasaroy tumani

    144-maktab 7-sinf

  • Sichqon

    Pitir-pitir pitirlab,

    Yurishadi qitirlab.

    Odam hidini sezsa,

    Qochib qolar zirillab.

     

    Don tashiydi uyiga

    Bolalarim boqay, deb,

    Mushukka ham chap berar,

    Bexavotir yashay, deb.

     

    Ey, pishloqxoʻr sichqonvoy,

    Oʻgʻirlikni bas qilgin.

    Noyob isteʼdodingni

    Yaxshi ishga sarf

    ...
  • Izhor

    Oilamiz quyoshi,

    Davralarda ishboshi,

    Saksondan oshgan yoshi,

    Serhimmat bobojonim.

     

    Chehrasi misli oftob,

    Har bir soʻzi bir kitob.

    Har savolga bor javob,

    Serhikmat momojonim.

     

    Mehri misoli ummon,

    Bagʻrida yayraydi jon.

    Duo qilishar har on

    Bobom-momom –

    ...
  • Orzularim

    Men buyuk orzularga,

    Yetmoq uchun yashayman.

    Va qalbimni munavvar

    Etmoq uchun yashayman.

     

    Shovullagan daryoman,

    Lovullagan oʻtdirman.

    Yurtimni men dunyoga,

    Mashhur qilib yashayman.

     

    Mayli, qochib yursin baxt,

    Oʻzgalarga yuz burib.

    Bir kuni baxt yuzidan,

    Oʻpmoq uchun

    ...
  • Qaragim kelmas

    Hayot yoʻllaridan ketdik izma-iz,

    Umrni toʻxtatib boʻlmaydi hargiz.

    Bir ovoz chaqirar ortimdan unsiz,

    Negadir ortimga qaragim kelmas.

     

    Mayliga, men haqda gap tarqalsa ham,

    Mayliga, deyishsa dangasa, begʻam.

    Hatto bitta joyda depsib qolsam ham,

    Negadir ortimga qaragim kelmas.

     

    Asli nima bordir mening

    ...
  • Maktabim

    Berding “Alifbo”ni mening qoʻlimga,

    Tutqazding sen qalam, tutqazding kitob.

    Qorongʻu tun ichra boʻlib bir yogʻdu

    Yoʻllarim yoritding bamisli oftob.

     

    Bilimlarga qondim sening bagʻringda,

    Maʼnaviy boyligim, gʻururim mening.

    Ziyo urugʻini sochding qalbimga

    Iftixorim mening, maktabim

    ...
  • Bolalar koʻnglini topib aytilgan soʻz

    “Quyun” qissasi ustoz gapiga kirmay shoʻxlik qilgan bolakayning quyun girdobida oʻzga sayyoraga kelib qolishi haqidagi qiziqarli syujet bilan boshlanadi. Oʻquvchi “oʻzga sayyorada bolakayni nimalar kutmoqda, u yoqda hayot qanday ekan?” kabi savollarga javob izlab qissani oʻqiy boshlaydi.

    Sarguzasht – shunchaki koʻngil ochar oʻyin yoki tomosha emas, bu qissa qahramoni

    ...
  • Quyun

    Fantastik qissa

     

    Choʻl oʻsimliklari haqidagi mavzu oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Guli muallima soʻzlarini tugatar-tugatmas savollar yogʻila boshladi.

    – Bolajonlar, choʻl haqidagi tasavvurni yana-da boyitish va savollaringizga batafsil javob topish uchun ertaga darsdan keyin dalaga sayohat uyushtiramiz. – Muallimaning gapi tugashi bilan

    ...
  • Jasoratning tirik timsoli

    9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida II jahon urushi qatnashchisi Otaboy bobo Omonov ham bir guruh faxriylarimiz qatorida Gʻallaorol tumanidagi 45-maktab oʻquvchilarining aziz mehmoni boʻldi. Sobiq jangchi yoshlarga urush xotiralaridan soʻzlab berarkan ularni ona-Vatanni sevishga, qiyinchiliklarni mardona yengishga, jasur va qoʻrqmas boʻlishga daʼvat etdi.

    – 1943-yilning kech

    ...
  • “Gulxan”ning masʼul rassomi

    Mirvosil koʻrinishidan toʻladan kelgan, xotirjam, kamgap odamga oʻxshardi. Lekin tabiatan oʻzgacha edi. Suhbatlashsangiz, nimalarnidir tashvishida yurganini sezib qolardingiz. Tashvishki, oila, uy-roʻzgʻor tashvishi emas, gazeta-jurnallarda chop etilayotgan rasmlar, bezaklar va ramkalarning beoʻxshovligi haqida boʻlardi. U ham rassom, ham professional matbaachi edi. “Gulxan”ning bosh

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 39-maktabda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “Bir farzandga uch kitob” nomli adabiy tadbir nihoyatda koʻtarinki ruhda oʻtdi. Kechani viloyat “Navroʻz” nashriyoti direktori Ilhom Halilov ochib, oʻquvchilarga kitobning, badiiy asarlarning inson hayotidagi oʻrni haqidagi juda qiziqarli maʼlumotlarni

    ...
  • Лекарство для сердца

    – Что-то у меня сердце болит, – пожаловалась мама Акбаршоха соседке, – надо бы купить таблеток.

    – Вы принимаете слишком много таблеток, а ведь лучшее лекарство для сердца – абрикос. Я его ем постоянно. Из засушенных делаю компот. А сейчас он как раз поспел.

    Акбаршоха, который стал невольным свидетелем этого полезного разговора, вдруг осенила замечательная идея: собрать маме

    ...
  • Ota meros izidan

    Chor atrofni turfa axborotlar, intelllektual texnologiyalar qamrab olgan bir davrda kunning issigʻiga qaramay, qoʻliga bolgʻa olib, choʻgʻda temirni toblab turli buyumlar yasayotgan yosh hunarmandlarimiz mahorati bu galgi maqolamizga mavzu boʻldi.

    Shamsiddin va Qamariddin Kamolovlar Buxoro shahridagi 35-maktabda tahsil olishadi. Yigit kishi sogʻlom boʻlishi shart, degan qoidaga amal

    ...
  • Xayr, maktabim

    25-may kuni respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglaydi. Bu qoʻngʻiroq ovozi ayniqsa, maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan oʻquvchilar qalbiga oʻzgacha hayajon soladi. Soʻz bitiruvchilarga:

     

    Mayli, jaranglayver soʻnggi qoʻngʻiroq

    Orzuim – bank sohasida ishlash. Buning uchun matematika

    ...
  • Yosh kimyogarlar bellashuvi

    Mana bir necha yildirki, yurtimizning oʻsmir yoshlari Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasida ishtirok etib, qator medallarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Aprelning soʻnggi kunlarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ham ular oʻz salohiyatlarini koʻrsatib, mamlakatimizga 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan qaytdilar. Gʻoliblar –

    ...
  • Unutishga haqqimiz yoʻq

    Yaqinda oilamiz bilan birgalikda ona shahrim – Buxoroning koʻhna va betakror obidalari, soʻlim goʻshalarini tomosha qilgani bordik. Istiqlol tufayli qaddini ham, qadrini ham qayta tiklagan, kundan-kunga chiroy ochib, yasharib borayotgan Buxoroni sogʻinch va mehr bilan aylandik. Ulugʻ pirlar kindik qoni toʻkilgan, oʻtmishi va buguni birday aks etgan muqaddas shahrimning har bir goʻshasi, har

    ...
  • “Gulxan”da xanda

  • Ajdodlar ehtiromi

    Aylanma krossvord. Javoblarni shaklda belgilangan xonadan soat mili yoʻnalishida raqam atrofiga yozing. 1. Ikkinchi jahon urushi sarkardalaridan biri, birinchi oʻzbek generali. 2. Millat va vatanni madh etgan oʻzbek shoiri, qatagʻon yillari qurboni. 3. Xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan ustoz, eʼzozli oʻzbek shoirasi.

    ...
  • Hamid Gʻulom

    Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Davlat mukofotlari laureati Hamid Gʻulom 1919-yil Toshkentda tugʻilgan.

    Maktabni bitirgach, Oʻrta Osiyo industrial instituti (1935–1937) va Toshkent pedagogika institutida (1938–1941) oʻqidi.

    1955–1956-yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot instituti qoshida tashkil etilgan Oliy Adabiyot

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.