Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 12-son

  • Ortda qolgan savollar

    Mana jurnalimizning so‘nggi – dekabr soni qo‘lingizga yetib bordi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf “Yurtimizning bayramlari ko‘p” deb yozgan edi she’rlaridan birida. Darhaqiqat,  bu oyda 8-dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni, 10-dekabr – O‘zbekiston Davlat  madhiyasi qabul qilingan kun va yana bir qancha muhim sanalar nishonlanadi. Ayniqsa, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar

    ...
  • Dunyolarni zabt etgan ovoz

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi, dramatik tenor ovoz sohibiIsmoil JALILOV. U Italiya musiqa Akademiyasining faxriy professori. Ayni paytda O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining badiiy rahbari. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida talabalarga opera sirlaridan ta’lim bermoqda. O‘zbek va Yevropa operalarida

    ...
  • “Qutadg‘u blig”ni o‘rgana boshladim

    Men Uchtepa tuma­nidagi 283-maktabning 5-sinfida o‘qiyman. Badiiy adabiyotga juda qiziqaman. Mak­tabimizdagi “Tug‘yon” ijodiy to‘garagiga a’zo­­­man. To‘garak rah­bari, maktabimiz targ‘ibotchisi Xursandoy Otaboyeva bizni ko‘plab ijodiy maskanlarga, teatr va muzeylarga olib boradilar.    Adiblar xiyobonida juma kunlari tashkil etiladigan “Xiyobon

    ...
  • Sarhisob (yosh ijodkorlar mashqlarini o‘qib)

    Salom-salom bolajonlar, tili burro bilimdonlar! Bu yil sizlardan shu qadar ko‘p maktublar keldiki, tahririyat xodimlari shoshib qoldi. Xatni o‘qidik – bari go‘zal, bari samimiy. Lekin “Gulxan”ning vazifasi – sizga eng saralarini ulashmoq, badiiy didingizni oshirmoq. Ko‘pchilik jurnalxonlarimiz buvi­jonisi, ota-onasiga bag‘ishlangan she’rlarini yuborishni yaxshi ko‘rishadi. Jurnalda

    ...
  • Vaqt

    Vaqt o‘ziga abadiy

    Dvigatel o‘rnatgan.

    To‘xtayman, u to‘xtamas

    Qaysarlikka o‘rgatgan.

     

    Dadam avtosin har kun

    Zap qarovdan o‘tkazar.

    Moy kamaysa – moy quyar,

    Yuvar, gardin ketkazar.

     

    Har kun xarj etar aql

    Idrok, bilim, ko‘z nurin.

    Shu zayl sog‘ motorning

    Uzaytiradi

    ...
  • Ibrat

    Shunday ko‘chaga chiqsam

    Qalbimda qoldirar iz.

    Ko‘zim oldida qator

    Avtolar oqar viz-viz.

     

    Qing‘ir ko‘z “Lasetti”lar

    Ovoz yo‘q, o‘qdek uchar.

    Nimaning hisobiga

    Yaralgan olov kuchlar?

     

    Avtolar odam tashir,

    Biri esa oq moshin.

    Traktorlar tarillar

    Uni qotirar

    ...
  • Oqqush qayg‘usi

    Kimsasiz sovuq bog‘da,

    Muzparchalar har yoqda.

    Qishlar bir o‘zi oqqush,

    O, bechora boyaqish.

     

    Qanotlari singandir,

    Balki, shikastlangandir?

    Eh, qanday bu ko‘rgilik,

    Nahot, ucholmas sho‘rlik?

     

    Turibman qush oldida,

    Ne qilsin shu holida?

    Bilaman oilasin,

    Ko‘rganman qushlar

    ...
  • Shum bola o‘zga sayyorada

    (Boshi o‘tgan sonda)

    Qoravoy: – Raketadan tusharkan. Venera va yer Quyoshdan deyarli bir xil miqdorda issiqlik olarkan.

    Omon: – U yerda qanday yuramiz? Qanday nafas olamiz, o‘lib qolmaymizmi?

    Qoravoy: – Qo‘rqma, o‘lmaymiz. U yerda maxsus kiyimda yuramiz. Chunki  tuprog‘i g‘oyat

    ...
  • Noo‘rin shikoyat

    Madina maktabdan kayfiyatsiz ahvolda keldi-yu, onasiga matematika o‘qituvchisini yomonlay ketdi:

    – Men uyga vazifani yaxshi bajargan bo‘lsam ham “3”, boshqalarga esa “4”, “5” baho qo‘ydilar. Endi matematikadan vazifalarni qilmayman, baribir “3” baho olarkanman,– dedi u qizarib.

    – Mayli qizishma, ertaga hal qilamiz, – dedi oyisi.

    Ertasi kuni Omina opa qizi bilan

    ...
  • Bilmasangiz bilib oling!

    XATOLARDAN SABOQ OLING

    Tomas Edison lampochka uchun tola izlab ikki ming xil materialni sinab ko‘radi. Ammo ularning hech biri qoniqarli ishlamagach, uning yordamchisi shikoyat qiladi: “Eh-h, shuncha vaqtimiz, mehnatimiz behuda ketdi va eng  achinarlisi, biz hech nima o‘rganmadik”. Shunda  Edison qat’iy ishonch bilan shunday deydi: “Biz uzoq yo‘lni bosib

    ...
  • Tilak

    Ko‘chadi tug‘yonlarim

    Tillarga bo‘lib tilak.

    Ona yurt omon bo‘lsin,

    Yor bo‘lsin zo‘r kelajak!

     

    Oftob nur sochsin doim,

    Mahallam obod bo‘lsin.

    Ekaylik dov-u daraxt,

    Har bir uy gulga to‘lsin.

     

    Ota-onam farzandlar

    Iqbolini ko‘rsinlar.

    Dunyo turguncha turib,

    Davr-u davron

    ...
  • Vatan va biz

    Ko‘rkam dunyoda

    Vatan ulug‘dir.

    Issiq quchog‘i

    Nurga to‘liqdir.

    Ona zaminda

    Yashab erkin, shod

    Aziz diyorni

    Qilamiz obod.

    Yurtga madadmiz

    Doim biz yoshlar.

    Yuragimizda

    Yorug‘ ishonchlar.

     

    Xumora Abduqahhorova,

    Samarqand viloyati

    Qo‘shrabot

    ...
  • Fanlar shohi

    Fanlar ko‘p bu olamda,

    Lekin ayni shu damda

    Aytayin sizga bir sir,

    Boshqa fanlardan uzr!

     

    Kaliti karra jadval

    Muammoni qilar hal.

    Barcha fan bordir unda

    Jozibasi ham shunda.

     

    Ko‘p muammo bo‘lar hal,

    O‘rgansak gar mukammal!

    Fanlar shohi bu tilsim,

    Qani, toping, bilar

    ...
  • Singlimga

    Kulging bilan aylagin shod,

    Shodligingdan yorug‘ ko‘nglim.

    Sening bilan dilim obod,

    Erkatoyim,  jonim singlim.

     

    Baxt tomonga odimlaymiz,

    Biz sifatli ta’lim olib.

    Yurt ishonchin oqlagaymiz,

    Bobolardan duo olib.

     

    Jonim singlim, mehribonim,

    Vatan ishqin saqla dilda.

    Rozi bo‘lsin gul

    ...
  • Yomon odat

    Yugurib-yelib Quyon

    Yerga yiqildi yomon.

    Ilon xaxolab kuldi,

    Buni xo‘p qiziq bildi.

    O‘rnidan turgach quyon,

    Yuz burdi ilon tomon.

    Va gap boshladi sekin:

    – Xunuk ish qilding lekin.

    Axir, senda yo‘q oyoq,

    Yurolmaysan-ku mutloq!

    Yurish zavqin bilmaysan,

    Hattoki his qilmaysan.

    Iz solib

    ...
  •   Ustozim

    Ilmning go‘zal bog‘i,

    Mehr chashma bulog‘i.

    Kuy-u g‘azal, mumtozim,

    Sizga ta’zim, ustozim.

     

    Kulib turguvchi ko‘zlar,

    Shirindan shakar so‘zlar.

    Ezguliklar tilagan,

    Ta’zim sizga, ustozim.

     

    To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagan,

    Bizni doim qo‘llagan.

    Sizni qutlar zamonim,

    Sizga ta’zim,

    ...
  • Vatanim

    Tug‘ilib o‘sdim senda,

    Jondek azizsan menga.

    Hech to‘ymayman husningga,

    Jonajonim Vatanim.

     

    Ko‘zlarimning nurisan,

    Sen qalbimning qo‘risan.

    Hayotim  sururisan,

    Onajonim, Vatanim!

     

    Jasmina SALOHIDDINOVA,

    Toshkent shahar

    154-maktab 7-sinf o‘quvchisi

  • Uyqu

    Ko‘rinmaydi ko‘zimga,

    Zinhor kirmas so‘zimga.

    Ko‘z yumganda bilaman,

    Zo‘r xayollar suraman:

    Dengizdagi baliqman,

    Qo‘ychi, cho‘pon-cho‘liqman,

    Orzulari osmonman,

    Shukrki, sog‘-omonman.

    Olislarga ketsam men,

    Samolarga yetsam men.

    Zuhro yulduzin quchsam,

    So‘ngra Mirrixga uchsam.

    O‘-o‘-o‘, xayollar,

    ...
  • Mehmondo‘st olmaxon

    Ayozli tongda uyqudan uyg‘ongan Qarg‘a qora qayin shoxidagi inida shumshayib o‘tirardi. Uning judayam qorni ochgan edi. Biroq tuni bo‘yi yoqqan qalin qor ostidan biron bir meva yoki o‘simlik urug‘larini topish amrimahol. Shuning uchun ham Qarg‘aning ochlikdan qag‘illashga ham holi kelmay o‘tirarkan, to‘satdan sal nariroqda o‘sgan eman daraxti shox­larida qorayib turgan

    ...
  • Yaxshi bola

    Farhodning oyisi yangi qurilgan tandirda yog‘li patirga qo‘shib shirin kulchalar yopdi. Tandirdan qaynoq nonlarni uzib, savatga soldi. Keyin biroz hovuri bosilgan kulchalardan birini olib kosadagi muzday suvga botirdi-da, boyadan beri tandir atrofida o‘ralashib yurgan o‘g‘liga tutqazdi. Yana bir qip-qizil bo‘lib pishgan kulchani sochiqqa o‘rashga tutindi.

    – Bu kimga, oyi? – hayron

    ...
  • Kichkina demang bizni...

    14 yashar maktab o‘quvchisining oyiga 5000 dollar pul ishlab topishiga ishonasizmi?!

    Menimcha, tasavvurga sig‘dirish juda qiyin. Xoh ishoning, xoh ishonmang, yosh bo‘lishiga qaramay, ikkita xalqaro patent sohibasiga aylangan Munirabonu G‘afurova mana shunday ishbilarmon qizlardan. Qanday qilib deysizmi? Buning siri, o‘yinchoqlar yasab, ularga bezak berayotgan mohir qo‘llarda. Uning

    ...
  • Istak

    Iskandar sinfdoshi Olim bilan hech chiqisha olmaydi. Iskandar ancha qitmir. Darsdami, tanaffusdami – farqi yo‘q, kimgadir tegajog‘liq qiladi, kimgadir turtinadi. Shu sabab goh o‘qituvchilardan, goh sinfdoshlaridan tanbeh eshitadi. Shundanmi beozor, xushmuomala,  hamisha xushbichim kiyinib yuradigan Olimni ko‘rsa negadir g‘ashi kelar, “Hmm, qizbola!” deb g‘ijinib qo‘yardi.

    Olim

    ...
  • “Open Asia” iste’dodlilarni chorlaydi

    O‘zida iste’dod borligini sezganlar uni san’at darajasiga yetkazishga tirishadilar va bu qobiliyatni dunyo tan olishini orzu qilishadi.

    Sergeli tumani Madaniyat markazining “Yangi-avlod Erkatoy-Elnur” namunali bolalar vokal va raqs jamoasi ham kichik ko‘nglida katta maqsadlarni tugib, ko‘plab xalqaro tanlov va festivallarda iste’dodini olamga tarannum etmoqda. Bugungi kunda san’atga

    ...
  • Kim maymun?

    Buvim bilan o‘tirib bemalol nonushta qilgach dasturxonni yig‘ishtirgach qoqqani  hovliga chiqdim. Havo aynibdi. Oftob kulrang bulutlar  orasiga kirib ketibdi. Buni ko‘rib dilim xira tortdi. Qiziq, ob-havo nega odamning kayfiyatiga ta’sir qilar ekan-a, o‘yladim ichkariga kirayotib. Ko‘zim beixtiyor devordagi soatga tushdi. “Obbo, darrov 12 bo‘libdi-ya, maktabga ketish kerak”. Kiyinib

    ...
  • Vatan qadri

    Tong. Tog‘ ortidan erinibgina bosh ko‘ta­rayotgan quyoshning zarrin nurlari butun  borliqqa tarqala boshladi. Shunday damlarda kishilar  qalbidan ajoyib  hislar o‘tadi. Buni  so‘z bilan ta’riflash  qiyin. Mehriniso ham hozir ana shunday ismsiz  tuyg‘ularni  ko‘nglidan  kechirardi. U ta’tilda bo‘lgani uchun bugun  dadasi  bilan 

    ...
  • Hayotingizni portlatmang!

    Yangi yil – bayramlar a’losi. Eng yuqori kayfiyat, eng go‘zal onlar, eng go‘zal qutlovlar, shubhasiz, yangi yilda bo‘ladi. Ammo, men bayram yaqinlashsa qo‘rqaman. Bayram nishonlayman, o‘ynayman, xursandchilik qilaman, deb o‘z boshiga balo orttirgan bolalar haqida eshitish, ko‘rish og‘ir. Menimcha, angladingiz, aynan pirotexnika balosi haqida gapiryapman.

    Pirotexnika so‘zi

    ...
  • G‘alabaga boshlagan orzu

    –   Rayxona, qayerdan kelyapsan? – qo­rong‘ida shoshib-pishib kelayotgan qo‘sh­nisidan so‘radi  Mushtariy.

    –   Sport zaldan, bugun mash­g‘ulo­tim bor edi.

    –   Voy, shunaqa kech chiqasanmi, qayerda shug‘ullanasan?

    –   Yangioboddagi maktabda. Vaqtli chiq­qandim, avtobus kutib kech qoldim, – dedi

    ...
  • Matonat bilan uchrashuv

    Yashnobod tumanidagi 255-maktabda  3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” mu­nosabati bilan O‘zbekiston milliy  parolimpiada qo‘mitasi 5X5 ko‘zi ojizlar terma jamoasi  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Abror Abdullayev jamoa qo‘lga kiritgan  yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida  batafsil gapirib berdi.  Terma jamoa a’zolari  mohir

    ...
  • Pazanda

    TOVUQLI SALAT

    Kerakli mahsulotlar:

    Tovuq filesi, bodring – 1kg, konservalangan jo‘xori, pishloq – 200 gramm, salat bargi, mayonez.

    Tayyorlanishi: Pishirilgan tovuq go‘shti, bodring, pishloq yo‘g‘on somoncha shaklida to‘g‘raladi. Unga jo‘xori, to‘g‘ralgan salat bargini qo‘shib ta’bga ko‘ra mayonez, tuz solib

    ...
  • Xudoyberdi To‘xtaboyev

    Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Tarjimai holimdan lavhalar”ida shunday yozilgan: “Men 1932-yilning 17-dekabrida Farg‘ona viloyatidagi Katta Tagob qishlog‘ida tug‘ilgan ekanman. Otam To‘xtavoy 21 yoshida quloq qilingan,  Tojikistonning Chorku degan joyida vafot etgan.

    Men bobom – Erkavoy, enam – Robiyabibi qaramog‘ida qolganman.

    1949-yili Qo‘qon davlat pedagogika institutini,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.