Men kitob do‘konlariga kirsam, kutubxonalarga borsam, u yerdan chiqib ketgim kelmaydi. Qator taxlangan kitoblarni ko‘zdan kechiraman, yangi nomdagilarini qo‘limga olib varaqlayman. Qani endi shu yerda qolsam-u, eng yaxshilarini o‘qib chiqsam, sotib olsam, deyman.
Kim konsertga, turli tantanalarga borishga qiziqadi, kimdir mehmondorchilikka – tug‘ilgan kunlar, to‘ylarga oshiqadi.
...