Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2016-yil sonlari

2016-yil 5-son

  • Manguga muhrlanganlar yodi

    Uzoq emas, yaqin 20-25 yil avval ota-onalarimiz, yoshi ulug‘ keksalarimiz qo‘llarini duoga ochib yuzlariga fotiha tortishganda, “Biz ko‘rgan urushni, ochlik, yo‘qchilik, qahatchilik kunlarini sizlar ko‘rmanglar. Yaratganning o‘zi balo-qazolardan asrasin”, deyishardi. Hozir esa ular “Tinchlik va xotirjamligimizga ko‘z tegmasin, hech kimdan kam bo‘lmaylik, farzandlarimizning kamolini ko‘raylik,

    ...
  • Rauf Tolib she’rlaridan

    Biz, o‘tgan asrning 70-yillar bolalari taniqli shoir Rauf Tolibning o‘ynoqi, quvnoq, biroq falsafaga boy she’rlarini o‘qib ulg‘ayganmiz. Ochig‘i, uning har bir she’rida biz o‘zimizni ko‘rardik. Chunki Rauf aka bolalar hayotini, ularning o‘y-xayolini, fe’l-atvorini, xatti-harakatini xuddi ko‘rib turgandek, aniq-tiniq tasvirlab berardi. Katta tanaffusdagi ur-yiqitlar, yozma ish

    ...
  • Ahmadjonning kitobxonligi

    Bobo-buvilaringiz, ota-onalaringiz she’rlarini o‘qib ulg‘aygan O‘zbekiston xalq shoiri Quddus Muhammadiy nomi sizga ham tanish. Chunki maktab darsliklarining deyarli barchasida shoirning ko‘plab she’rlari joy olgan. Shoir boboning besh kitobdan iborat “Tabiat alifbosi” nomli to‘plami, “O‘quvchiga esdalik”, “Tanlangan asarlar”i hali-hamon sevib

    ...
  • Orden va medallar kimlarga beriladi?

    5-may – “O‘zbekiston qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz”medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun

     

    O‘zbekiston Respublikasi parlamentining 1994-yil 5-6-may kunlari bo‘lib o‘tgan sessiyasida yuqorida sanab o‘tilgan unvon, orden va medallarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunlar qabul

    ...
  • Bir onning bahosi

    yoxud vaqtni qadrlaydign yigit

    Toshket shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Farida opa uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida ko‘plab iqtidorli bolalarga saboq bergan edi. Ularning aksariyati bir-biriga o‘xshardi: fizika, matematika fanlarini yaxshi o‘zlashtirgani, negadir, ona tili, adabiyot,

    ...
  • “Qizil kitob” sahifalaridan

    SIRKA DARAXTI

    Bu daraxt Hisor tog‘ tizmasi va G‘arbiy Tyan-Shanda o‘sadi. Uning odatdagi bo‘yi 3-4 metr, ayrim joylarda 10 metrga yetib, buta shaklida o‘sadi.

    Sirka daraxti yomg‘irni yaxshi ko‘radi. U dengiz sathidan 1200–1400 metr balandlikda, quruq tepalik va toshli yonbag‘irlarda yakka holda uchraydi.

    Sirka daraxtining mevasi qizil, g‘ujum-g‘ujum va

    ...
  • Narimon Orifjonov she’rlaridan

    Narimon Orifjonov hayot bo‘lganida 84 yoshga to‘lardi... Narimon akaning o‘nlab she’rlari qo‘shiqqa aylangan. Shermat Yormatov rahbarligidagi “Bulbulcha” ashula va raqs ansanbli hozir ham bu qo‘shiqlarni o‘z repertuaridan tushirgani yo‘q. Biz esa ularni hanuzgacha miriqib tinglaymiz. Narimon aka uzoq yillar “Gulxan” jurnaliga masul kotiblik qilganlar. “Gulxan”ning

    ...
  • Oyni ko‘zlagan bola

    Berdaq, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Oyimxon Shomurotova, Otajon Xudoyshukurov... Qoraqalpoq zamini azaldan betakror iste’dodlar vatani bo‘lib kelgan.

    Oqqan daryo oqaveradi, deydi xalqimiz. Ushbu mashhur san’atkorlar ro‘yxati yoniga yana bir yosh iste’dod nomi qo‘shildi. U bugun dunyo opera san’ati osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlayotgan Jenisbek

    ...
  • “Qizil kitob” – qiziq kitob… mi?

    Turfa gullar chamandek ochilib yotgan gulzorda qanotlari qip-qizil kapalak u guldan bu gulga, bu guldan u gulga uchib o‘ynardi.

    – Akajon, iltimos, uni tutib bering, judayam chiroyli ekan, – dedi buvisi va akasi bilan bog‘da sayr qilib yurgan Firdavs, kapalakni zavqlanib tomosha qilarkan.

    – Qo‘y, tegma, bemalol uchaversin, balki bu “Qizil kitob”ga kirgan oxirgi kapalakdir, –

    ...
  • Istiqlolning iste’dodli farzandlari

    Xorazm – osmonida ma’naviyat yulduzlari porlagan diyorimizning ko‘hna maskanlaridan biri. Bu zamindan Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Munis, Ogahiy, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk ajdodlarimiz yetishib chiqqan. Birgina “algoritm” nomi bilan dunyo tamadduniga abadiy muhrlangan olim, algebra fani asoschisi al-Xorazmiyni yaxshi bilasiz. Ajoyib yosh matematik

    ...
  • “Unutmas meni bog‘im”

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-maktabda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan shoir Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha ana shunday nomlandi. Tadbir avvalida maktab axborot-resurs markazi rahbari Sanoat opa Mirdadayeva rahbarligidagi bir guruh o‘quvchilar Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida juda boy, qiziqarli ma’lumotlar to‘plashdi. Ular asosida bir

    ...
  • “Temir dugona” qismati

    Durdona bu yil bahorda o‘n uch yoshga to‘ldi. Ota-onasi uning tinimsiz xarxashalaridan so‘ng tug‘ilgan kunida opalarinikiga o‘xshagan katta ekranli (sensorli) telefon sovg‘a qilishdi. Opalarining katta ekranli telefoniga havasi kelgan Durdona “menga ham olib berasizlar”, deb turib olgan edi-da.

    Tug‘ilgan kunining ertasiga maktabga oshiqdi, chunki qo‘lida orzusidagi telefon bor edi.

    ...
  • Ikki yo‘l

    “Hayot” deb atalmish so‘qmoqda ikki yo‘l bor. Birinchisi – mashaqqatlar, kurashlar bilan to‘la yo‘l. Ikkinchisi esa – “osoyishta ko‘lmak”.

    “Siz qaysi biridan yurgan bo‘lardingiz?” – deb so‘rashsa, hech ikkilanmay “Birinchi yo‘ldan”, – deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, osonlikcha baxtga erishib bo‘lmaydi. “Tekin pishloq faqat qopqonda bor”, – degan hikmatli iborani eshitganman. Men

    ...
  • Uyg‘unlik

    Ona-bolaning salomatligi bu nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, ichki olamning ham tetikligi demakdir. Sog‘lom turmush tarzini tanlagan oila farzandlari bilimli, salohiyatli bo‘lib ulg‘ayadilar. Ruhiyati musaffo, tani sog‘, odob-axloqi barchaga ibrat bo‘lib kamolga yetayotgan bolani – sog‘lom bola deyishimiz mumkin.

    Bu masalaga davlat siyosati darajasida qaralayotganining o‘zi ham

    ...
  • Ona haykali

    Ko‘zlaringga olmagin hech yosh,

    Bunga ko‘nglim berolmas bardosh,

    Yomonlarga egmagansan bosh,

    Ma’yus turgan ona haykali.

     

    Intilarsan yaxshilik sari,

    Bag‘ring kengdir dunyolar kabi,

    Hijron qiynar o‘tsa ham yillar,

    O‘g‘lin kutgan ona haykali.

     

    Madinabonu ERGASHEVA,

    2-Toshkent yuridik

    ...
  • Binafshjon

    Binafshajon, binafsha,

    O‘zing juda erkasan.

    Lekin nega doimo

    Yerga boshing egasan?

     

    – To‘g‘ri aytding, o‘rtoqjon,

    Erkaligim bilaman.

    Go‘zal qilib yaratgan,

    Yerga ta’zim qilaman.

     

    Nasiba HAYITBOYEVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 13-maktab 7-sinf

  • Tushim ekan

    Men va Nurbekjon ukam

    Oldik zo‘r velosiped.

    Hech qayeri emas kam,

    Haydadik biz ketma-ket.

     

    Lek rul ketdi qiyshayib,

    Egari tushdi sinib.

    Attang, dedik shumshayib,

    Endi bo‘lmaydi minib.

     

    So‘ng chiroq qoldi o‘chib,

    O‘zimga keldi hushim,

    Birdan uyg‘ondim cho‘chib –

    Yaxshiyam ekan

    ...
  • Muhammad Yusuf xotirasiga

    Sokin ummonlarning bag‘ridanmi yo,

    Olis samolardan tushganmi Pushkin?!

    Bedapoyalarga bo‘lib mahliyo

    O‘sgan Muhammadning she’rlari jo‘shqin.

     

    Uning jayronlari endi yig‘lamas,

    Ko‘klamoy ko‘ksiga yomg‘irlar yog‘di.

    Tanish teraklari bag‘rin tig‘lamas,

    Shoir qo‘shiqlari bedordir endi.

     

    Behro‘z

    ...
  • Ahd

    Ayam betob bo‘lib qoldilar,

    “Ko‘rpa-to‘shak qilib oldilar”.

    Kuymalanib, ayamay o‘zin

    Va oxiri horib-toldilar.

     

    Aka-uka aybdormiz bizlar,

    Yordamlashmay qo‘ydik – esiz-a.

    Onalarga qiyin bo‘larkan,

    Xonadonda bo‘lmagach qizlar.

     

    Tez sog‘ayib qaytsa ayajon,

    Biror yumush aytsa ayajon,

    Gapin ikki qilmay

    ...
  • Futbol to‘pi

    Meni tepsang uchaman,

    Darvozani quchaman.

    Futbolchiga og‘aman,

    Pufaklarga tog‘aman.

     

    Mo‘ljalni ol,

    Zo‘r bo‘ladi.

    Hisob bir-u

    No‘l bo‘ladi.

     

    Asadbek BERDIYOROV,

    Yunusobod tumani 220-maktab 5-sinf

  • Tong chog‘i

    Mahalla terakzori

    Erta tong shovullaydi.

    Majnuntollar bosh egib,

    Yangi kunga chorlaydi.

     

    Quyosh asta mo‘ralab,

    Kulib boqar gullarga.

    O‘ynab oqar jo‘shqin soy

    Zavq ulashib dillarga.

     

    Mohiniso BOBOQULOVA,

    Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman18-maktab 9-sinf

  • Yomg‘ir

    Mayin sabo kimdandir qochib,

    Kirib kelar deraza ochib.

    Subhidamda uyg‘ongan oftob

    Yaproqlarni oladi quchib.

     

    Birdan qora bulut saf tortar,

    Chaqmoqning xo‘p g‘azabi ortar.

    Bu holatdan qo‘rqibmi osmon

    Yum-yum yig‘lab, ko‘zyoshi to‘kar.

     

    Akromjon OBIDJONOV,

    Yashnobod tumani

    ...
  • Barkamol avlod

    Biz istiqlol farzandlari,

    O‘samiz ozod.

    Chunki bizning vatanimiz,

    Mustaqil, obod.

     

    Kutar bizni oldimizda

    Yorug‘ kelajak.

    O‘zbekiston farzandlari

    Baxtli bo‘lajak.

     

    E’zozaxon XOLMIRZAYEVA,

    Toshkent viloyati Bekobod tumani 21-maktab 6-sinf

  • ‘‘Gulxan’’ ga

    Bilimlarning makoni,

    Ma’lumotlarning koni,

    Ma’noga boy har soni,

    Gulxanjonim, “gulxan”im.

     

    She’r hamda hikoyasi,

    Qiziqdir nihoyasi.

    Bordir yangi g‘oyasi

    Gulxanjonim, “gulxan”im.

     

    “Gulxan” asli bir kitob,

    Har sahfada bir xitob,

    U porlayotgan oftob,

    Gulxanjonim,

    ...
  • Shuningdek...

    Shuningdek, “Nishona” sahifasiga Xorazm viloyati Hazorasp tumani 48-maktab 9-sinf o‘quvchisi Hanifa Yunusova, Qoraqalpog‘iston Pespublikasi Amudaryo tumani 59-maktab 4-sinf o‘quvchisi Xolida Qurbonboyeva, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 40-maktab 5-sinf o‘quvchisi Sardor Xurramov, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 8-maktab 4-sinf

    ...
  • “Xazinalar oroli”ga sayohat

    Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi kitob javonlarida bugungi kunda asrlar nafasi ufurib turgan bir-biridan qadrli kitoblarni ko‘plab uchratasiz. Ularni ko‘rib chindan hayratlanasiz. O‘zingizni xuddiki xazinalar oroliga tushib qolgandek his qilasiz. Eh-he, bu kitoblar nimalar haqida hikoya qilmaydi, deysiz. Ilmiy tafakkuringizni, dunyoviy bilimingizni oshiribgina qolmay, tarix

    ...
  • Intelektual test

    1. Yerdagi eng sayoz dengiz:

    A) Qizil dengiz B) Qora dengiz S) Azov dengizi D) Marmar dengizi

    1. Maydoni eng katta davlat:

    A) AQSH B) Kanada S) Rossiya D) Xitoy

    1. Maydoni eng katta davlat:

    A) AQSH B) Kanada S) Rossiya D)

    ...
  • Xo‘roz mingan bola

    Bo‘rivoy hovliga chiqib, u yoq-bu yoqqa qaradi. Don cho‘qilayotgan xo‘rozni bir tepib, qoqolatdi-yu, ko‘chaga oshiqdi. Kechqurun hovli chetidagi tovuqxonada tepki yegan xo‘roz yig‘lamsirab, hasrat qila boshladi:

    – Men hovlini begona xo‘rozlardan himoya qilib, o‘g‘ri hakkani quvsam, shumi oqibat?

    – Shuni

    ...
  • Rassomlik tabiiylikdan boshlanadi

    (havaskorlar ijodiga bir nazar)

    “Assalomu alaykum, hurmatli “Gulxan” jurnali tahririyati! Biz, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 1-maktabning 3-“B” sinf o‘quvchilari, ishlaringizda omad, jurnal sahifalarini rang-barang, qiziqarli hamda mazmunli tayyorlashingizda kuch-g‘ayrat tilaymiz. Biz jurnal o‘quvchilarining soni

    ...
  • “Kitobxon”

    “... Oilamiz bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdik. Endi 7-sinfni yangi maktabda davom ettirishimga to‘g‘ri keladi...”, deb Maftuna kundaligiga yozib qo‘ydi.

    – Qizim, maktab yoqdimi? Yangi sinfdoshlaring yaxshi kutib olishdimi? – so‘radi oyisi Maftuna darsdan qaytgach.

    – Yaxshi, shekilli, –

    ...
  • Ertasi bor bolalar

    Bizning har tomonlama yetuk bo‘lib kamolga yetishimiz uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ustozlarimiz ham biz o‘quvchilarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli tadbirlar uyushtirmoqdalar. Ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish, g‘olib bo‘lish boshqa tengdoshlarim qatori mening ham qobiliyatlarimni

    ...
  • “Orasta qizlar” to‘garagi bor, lekin…

    Barcha ta’lim muassasalarida qizlarni hayotga, oilaga qo‘li gul, pazanda, chevar qilib tayyorlaydigan to‘garaklar mavjud. Ammo nega yigitlar uchun shunday to‘garaklar tashkil etilmagan? Axir, ular kelajakda oila boshlig‘i, farzandlar otasi bo‘lishadi. Bunday ko‘nikma o‘zlarida bo‘lmasa, qanday qilib ular oilani boshqarishadi, farzand

    ...
  • Tafakkur elementi

    Kasbimiz shunaqa, qayerda milt etgan uchqun ko‘rinsa, ibrat qilib ko‘rsatgimiz, yutuqlarini yozib, maqtangimiz keladi. Chunki biz e’tirof etayotgan iste’dodlar yana yangi “buloqlar ko‘z ochishi”ga turtki bo‘ladi.

     

    “Mangu yoshli moddasi”

    Farrux fanlardan yaxshi

    ...
  • Oqsroyning favvoralari

    Elchini katta e’zoz bilan Oqsaroyga olib kirishdi. Ulkan ko‘shkli saroy darvozasidan kirib borar ekan, Klavixo bu shohona koshonaning har burchiga yosh boladek intiq boqar, o‘zgacha nur taralib turgan devorlarning mahobati va bejirim naqshlaridan ko‘zi qamashardi. Oyog‘i ostidagi marmarda mavjlanayotgan o‘z aksini ko‘rib turgan mehmon qadamini

    ...
  • Lanka – dunyo bolalari nigohida

    Yaqinda bolaligimda eng sevib o‘ynaydiganimiz – lanka o‘yini haqidagi bir xushxabarni eshitdim-u, beixtiyor o‘sha shodumon kunlarni yodga oldim. Beg‘ubor xotiralar meni momomning eski po‘stagiga olib ketdi...

    ...Kuz kelishi bilan qishlog‘imizda bolalarning lanka o‘yini boshlanadi. G‘urjobtepaga mol boqishga chiqqan tengqurlar

    ...
  • Hayrat eksponatlari

    Muzey – jamiyat, odamlar, san’at, madaniyat, narsa va buyumlar hatto oziq-ovqatlar haqida qadim va yangi tarix yashaydigan ajoyibxona. Odatda muzeyga kirishingiz bilan sizni ko‘hna xotiralar og‘ushiga oladi. Shubhasiz, ustozingiz ota-onangiz yordamida yurtimizdagi ko‘plab muzeylar tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarni bilib olgansiz. Bugun siz bilan

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    – O‘qituvchi Begzodni doskaga chaqirdi.

    U indamay turaverdi.

    – Seni eshityapman, – dedi o‘qituvchi.

    – Qanday qilib, axir men gapirmayapman-ku, – ajablandi Begzod.

    ***

    O‘qituvchi so‘radi:

    – Bolalar, qaysi qush in qurmaydi.

    Bolalar:

    – Kakku.

    – Nega?

    – Chunki u soat ichida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.