Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2018-yil 9-son

  • Arjumandim, fozil-u dono,

    Faxr etgil-u sen tug‘roga boq.

    Davlatimiz ramzidir Humo,

    Baxt senga yor, toleing porloq.

     

    Vatanni sev, ardoqla, bolam,

    Buyuk ne’mat erur Istiqlol.

    Elni sevgan inson mukarram,

    Yurt deganda kulgay baxt, iqbol!

     

    Orzuimning gulgun niholi,

    Iqbolimning ziyosi,

    ...
  • Shu kunlarda mamlakatimizning har bir go‘shasida Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami keng nishonlanmoqda. “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostidagi bu qutlug‘ bayram barchaga yuqori kayfiyat, ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.

    Har yili ulug‘ ayyom arafasida yangi bunyod etilgan bog‘cha, maktab, turar-joy binolari, uzoqni yaqin qiluvchi ko‘priklar va boshqa

    ...
  • Respublikamizdagi barcha maktablarda o‘zgacha quvonch, o‘zgacha g‘urur bilan o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligining vazirlik va idora rahbarlariga qilgan murojaatiga binoan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan, yuqori lavozimlarda ishlaydigan insonlar Birinchi qo‘ng‘iroq bayramini bir paytlar o‘zlari o‘qigan maktablarda kutib olishdi.

    Bayram Toshkent shahridagi 22-maktab o‘quvchilari yodida

    ...
  • O‘tmish sahifalariga ko‘z yugurtirsak, shaxmat buyuk bobolarimiz hayotida muhim o‘rin tutganligiga amin bo‘lamiz. Zero, aql charxiga mengzalgan shatranj (shaxmat) ularning nafaqat shuurini boyitgan, balki ko‘plab muhorabalarda asosiy dastur bo‘lib xizmat qilgan.

    Tarixchi Ibn Arabshoh o‘zining “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari) asarida bobomiz Amir

    ...
  • Surayyo barvaqt uyg‘onib, yangi maktab formasini kiydi. Yengilgina nonushta qilib olgach, kecha oyisi olib kelgan katta guldastani ko‘tarib maktab sari yo‘l oldi. Yangi sinfdosh, o‘zga ustozlarga ko‘nikish uni biroz hayajonga solsa-da, u endi yangi qad rostlagan, barcha sharoitlarga ega maktabda o‘qiydi. Maktab darvozasidan kirganida ko‘tarinki shiorlar va rang-barang sharlar bilan bezatilgan

    ...
  • “Mas’uliyat” so‘zini bilasizmi? Keling, uning lug‘aviy ma’nosini ko‘rib chiqamiz. Mas’ul so‘zi – javobgar degani. Mas’uliyat esa biror ish, xatti-harakatning oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlikdir. Masalan, sinfdoshingiz Jasur ertaga o‘tkaziladigan hasharga barcha bolalarni jamlab ishtirok etish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi. Yoki o‘qituvchingiz “Bu juda mas’uliyatli topshiriq, uni

    ...
  • Nafosat Zaripboyeva Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi. U joriy yilda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Ixtirochi ayollar” bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston ixtirochi ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

    – Ayting-chi, bu loyihada

    ...
  • Yurtim

    Tanti, bobodehqon yurt,

    Har uyda baraka, qut.

    Bunday diyor qayda bor?

    Tuprog‘in ko‘zingga surt.

     

    Tog‘-u toshi azizdir,

    Oy quyoshi azizdir.

    Kelajakka ko‘z tikkan,

    Mag‘rur boshi azizdir.

     

    Tangrim nazar solgan yurt,

    Baxt hadisin olgan yurt.

    G‘ururimiz,

    ...
  • Bolajon

    Rost so‘z bo‘lar ko‘pincha achchiq,

    Yolg‘on so‘zning tuzog‘idan chiq,

    Haq so‘z uchun mayliga tiz cho‘k,

    Hushyor bo‘lgin tilga, bolajon.

     

    Ko‘z ilg‘amas g‘ovlar bor qancha,

    Tubsiz o‘pqon, zovlar bor qancha,

    Tish qayragan yovlar bor qancha,

    Hushyor bo‘lgin yo‘lda,

    ...
  • Shu kunlarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Dog‘istonning mashhur shoiri Rasul Hamzatov tavalludining 95 yilligi keng nishonlanmoqda.

    Siz ham adabiyot darsliklari orqali Rasul Hamzatov shaxsi va ijodini yaxshi bilasiz. Suyukli shoirlarimiz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov hamda taniqli ijodkor Asror Mo‘min tarjimasidagi she’rlarini

    ...
  • – Javohir o‘rtoq, shuncha o‘ylanib qayoqqa boryapsan? – so‘radi Shahzod hech qayoqqa qaramay shoshilib ketayotgan o‘rtog‘ining yo‘lini to‘sib.

    – Kechirasan, ko‘rmabman, qayoqqa bo‘lardi, ingliz tilidan repetitorga-da. O‘zing nega xotirjam turibsan, bormaysanmi?

    – Men endi repetitorga bormayman.

    – Nega? – hayron qoldi Javohir.

    – Ukam ikkalamiz yangi o‘quv yilida

    ...
  • Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 70-maktabning O‘zbekqo‘rg‘on qishlog‘idagi filialida bo‘lib o‘tgan Birinchi qo‘ng‘iroq bayrami nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar uchun ham katta shodiyonaga aylandi. Gap shundaki, uzoq yillardan buyon o‘zbekqo‘rg‘onlik bolalar eski, o‘quv jihozlari yetishmaydigan, moslashtirilgan, omonat binoda 4-sinfni tugatgach, 5-sinfdan o‘qishni maktabning

    ...
  • Qiziq-qiziq hangomalari bilan barchani xandon otib kuldiruvchi qiziqchi Avaz OXUNni tanimagan, bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Uning qiziqchilik sohasidagi o‘ziga xos uslubi xalqimizning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan. Ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, hozirjavob so‘z ustasi Avaz Oxunning bolalik xotiralari bilan sizlarni

    ...
  • Bir so‘lim qishloqda juda odobli, barchaga birdek mehribon Zarina degan qizcha bor ekan. U oyisining dastyori ekan. Bir kuni Zarina idish-tovoqlarni yuvib bo‘lgach, o‘rtoqlari bilan o‘ynash uchun oyisidan ruxsat olibdi.

    Zarina hozirgina oyisi tandirdan uzgan issiq nondan ushatib olib ko‘chaga chiqibdi. Non kavshagancha o‘rtoqlari o‘ynayotgan maydonchaga ketayotib oyog‘i ostida yotgan

    ...
  • Fasllarning donishmandi kuz,

    Nega doim nigohing ma’yus?

    Qovoq uyar ko‘kda bulutlar,

    Nega siring ochmaysan hanuz?!

     

    Balki senga otishdi toshlar,

    Olibsan-ku ko‘zingga yoshlar.

    Sening so‘lg‘in bu nigohlaring

    Meni so‘ngsiz xayolga boshlar.

     

    Qahrabodek za’faron xazon,

    Shamol uni quvlaydi har

    ...
  • Gilos deydi Olmaga:

    – Senga mazza, g‘o‘rasan.

    Sekin pishsang mayliga,

    Kuz faslini ko‘rasan.

     

    Pishar vaqtim aniq – May,

    Iyun kelsa, ezildim.

    Kuz faslini ko‘rolmay,

    Chelak-chelak uzildim.

     

    Mo‘minabonu RIXSIBOYEVA,

    Toshkent tumani 12-maktab 4-sinf

  • Shirin alla aytgan onang so‘zida,

    Otang nasihati bo‘lar madadkor.

    Singling o‘sma qo‘ygan qosh-u ko‘zida,

    Iboli qarashda Vatan so‘zi bor.

     

    Sev, qirmiz lolali chaman, qirlarni,

    Boq, yalpiz barq urgan ariqlar bisyor.

    Jajji bolakayning varraklarida,

    Qalbining qo‘rida Vatan so‘zi bor.

     

    Ozodaxon

    ...
  • Mo‘l hosildan daraxtlar

    Shoxlari egiladi,

    Bog‘bonlarning savati

    Mevalarga to‘ladi.

     

    Bol ichibdi mevasi,

    Bolalar to‘yib yesin.

    Yil bo‘yi zahmat chekkan,

    Daraxtga rahmat, desin.

     

    Dilnoza HAYDAROVA,

    Qashqadaryo viloyati Kitob shahri

    1-maktab 7-sinf

  • Mutal qilar har kuni

    Odobsizning ishini.

    Nurmatni bir turtishda

    Og‘ritibdi tishini.

     

    Nurmat yig‘lar “voy-voy”lab,

    Rosa qo‘rqdi shum Mutal.

    Shu-shu bo‘ldi hech kimga

    Bermas behuda xalal.

     

    Madina SULAYMONOVA,

    Navoiy viloyati Nurota tumani 2-maktab

  • Har narsaning bo‘lganidek

    Yaxshi-yomon tomoni.

    Kompyuterning keldi davri,

    Keng tarqalgan zamoni.

     

    O‘ynamasman o‘yinlarin,

    Hikoyalar to‘qirman.

    Unda go‘zal she’rlarni men

    Mazza qilib o‘qirman.

     

    Fleshkaga yuklab olgan

    Kitoblarni ochaman.

    Elektron boshqotirma,

    Masalalar

    ...
  • Savatimni liq to‘ldirib,

    Sabzavotlar teraman.

    Sabzi va kartoshkani

    Juda yaxshi ko‘raman.

     

    Achchiq demang sarimsoqni,

    Piyozga bo‘ling o‘rtoq.

    Vitaminga do‘st bolalar

    Bo‘lmaydi o‘jar, qo‘rqoq.

     

    Sevinch ASADOVA,

    Qashqadaryo viloyati Koson tumani

    2-maktab 5-sinf

  • Mittigina marvarid tomchi

    Tovlanadi quyosh nurida.

    Gul, yaproqqa qo‘nib olib u

    Jilolanar bog‘ning to‘rida.

     

    Mittigina shu billur tomchi

    Olamni sig‘dirar bag‘riga.

    Qizdirganda borliqni oftob

    Singib ketdi gulning bargiga.

     

    Mahliyo HAMDAMOVA,

    Surxondaryo viloyati Sherobod

    ...
  • Yaxshilar-la go‘zal dunyo,

    Yaxshilar-la oboddir,

    Yaxshi inson quyosh go‘yo,

    Sabri unga sabotdir.

     

    Nur sochadi zulmatda ham

    G‘aflatdan etar forig‘.

    Bir tabassum, kulgu bilan

    Olamni qilar yorug‘.

     

    Yaxshi bo‘ling, yomongamas,

    Yondoshing siz ziyoga.

    Inson degan nomiga mos

    Chiroy

    ...
  • Har tongda talpinaman

    Shu dargoh tomon.

    Dunyoda eng qutlug‘ joy –

    Maktab begumon.

     

    Mehr-la boshim silab,

    Solar yo‘liga.

    Tarbiyalab topshirar

    Hayot qo‘liga.

     

    Ominaxon KARIMOVA,

    Toshkent shahar Shayxontohur tumani

    324-maktab 5-sinf

  • Shuningdek, sahifamizga Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 25-maktab 11-sinf o‘quvchisi Sevaraxon Mansurova, Xorazm viloyati Urganch shahar 13-maktab 4-sinf o‘quvchisi Dilshoda Baxtiyorova, Namangan viloyati Norin tumani 26-maktab 5-sinf o‘quvchisi Ziyovuddin Mo‘minov, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 54-maktab 8-sinf o‘quvchisi

    ...
  • Bugun mustaqil diyorimizga jahon ahli havas bilan ko‘z tikkan. Prezidentimiz doim xalqimiz, yoshlar manfaatini o‘ylab cheksiz imkoniyatlar yaratmoqda. Bu islohotlar Sirdaryo viloyatida ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda bu yerda 297 ta maktab – 7 tasi maxsus maktab va maktab-internat, 12 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi va bitta Bolalar shaharchasi o‘quvchilarga oshiyon

    ...
  • Bu yozgi ta’til har yilgidan ham maroqli o‘tdi. O‘quv yili so‘ngida ustozim bizga vaqtimizni mazmunli o‘tkazish, tafakkurimizni boyitish uchun ko‘proq badiiy kitob o‘qishimiz kerakligini ta’kidladi. O‘quv yili boshlanganda o‘qigan asarlarimiz yuzasidan munozaralar o‘tkazilishini aytdi. Bu men uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki kitob o‘qish jon-u dilim. Sinfdoshlarim oldida uyalib qolmaslik

    ...
  • Shoshib kelib o‘qishdan,

    Qornim ochib men shu choq.

    Tuxum qovuray desam,

    Idishda qolmabdi yog‘.

     

    Noiloj qaynatay deb,

    So‘ng qozonga suv soldim.

    Ularni sola turib,

    Vaqtni belgilab oldim.

    Biroz o‘tib soatga

    Qaray desam shu onda.

    Qo‘limda tuxumlar-u,

    Soat qaynar

    ...
  • Ular kuchli, matonatli, chaqqon va chayir. Maqsadlari sari kamondan otilgan o‘q kabi shiddat bilan intiladilar. Ular siz o‘ylagan baquvvat, azamat yigitlar emas, bilaklari yuzlab kilogramlik toshlarni bo‘ysundira olgan To‘maris izdoshlari – polvon qizlar. Ehtimol polvon degan sifat qizlarni ta’riflaganda biroz erish tuyular. Biroq, hikoyamiz qahramonlari Xalqaro sport ustasi, O‘zbekiston

    ...
  • Qizlarjon, mening asal qizlarim, rostini aytsam, sizga havasim keladi. Chiroyingizga, oyog‘ingizdan o‘t chaqnashiga, fikringiz teranligi-yu, hayotingiz hali oldinda ekaniga. Ko‘p pand-u nasihatlarni ota-onangiz, ustozlaringiz va uyingizdagi keksalardan eshitgansiz. Ularning gaplari oldida meniki biroz maydaroq tuyulishi mumkin. Lekin aytmoqchi bo‘lganlarim kundalik turmushning zarur

    ...
  • Nortoy qo‘shnisi Nabijon bilan sinfdosh. U matematikadan uyga berilgan vazifani yecha olmadi-da, darrov Nabijonni esladi.

    “O‘rtog‘im tayyorlab qo‘ygan bo‘lsa kerak, undan so‘ray-da, ko‘chirib qo‘ya qolay”.

    Shu xayol bilan Nabijonlarnikiga o‘tdi. U yo‘q, dalaga, dadasining oldiga ketibdi.

    – Men matematikadan berilgan vazifani ko‘rib olmoqchiydim, boya darsda yozishga

    ...
  • There was a little, but always cranky girl. Everything was bad for her. It wasn’t enough toys, the gifts that she was getting were wrong. She wished to meet an enchantress came to the little girl and said that she will fulfill one of her wishes. The girl became very happy at first, but then she thought: she had a lot of wishes and all of them were important for her. The girl thought for a

    ...
  • By Lenore Hetrick

     

    “Good morning!” said the busy bee.

    I bowed to him and he bowed to me.

    “I’d like to shake your hand!” said he –

    But before he could I turned to flee!

    I was rude perhaps, but won’t you agree

    It would have been sad to shake hands with

    ...
  • Подбери подходящее по смыслу слово

    1. Медведь осенью засыпает, а весной.....
    2. Пешеходы на красный свет стоят, а на зелёный.........
    3. Мы в метро сначала спускаемся, а потом.........
    4. Вечером солнце заходит, а утром.......
    5. Мальчик руковичку уронил, а по­том.......
    6. Птицы осенью улетают, а весной
    ...
  • Bariga sababchi – mening familiyam. Alifbo tartibi bo‘yicha men jurnalda eng birinchi bo‘lib turaman. Nima bo‘lsa, darrov meni chaqirishadi. Nazarimda, shuning uchun ham hammadan yomon o‘qiyman. Mana Vovka Yakulov – a’lochi. Chunki uning familiyasi jurnalda eng oxiri turadi. Uni doskaga chaqirishguncha eh-hey! Bemalol topshiriqni kitobdan o‘qib, yodlab olish ham mumkin. Men esa hech kimdan

    ...
  • Bugun maktabda omadim kelmadi. “Ikki” baho oldim. Buni ota-onamga bildirmaslik uchun uyda uyoqdan-buyoqqa goh hushtak chalib, goh ashula aytib yuraverdim. O‘qituvchimiz ota-onamni yana majlisga chaqirishini, ular oldida bo‘zarib turishni xohlamayman, axir. Ular nega xafasan, o‘qishlaring yaxshimi, qani kundaligingni olib kel-chi, deb so‘rab qolishmasin, dedim-da.

    Otam:

    ...
  • Endi rasm chizishni boshlagan shogird ustoziga:

    – Ustoz, men qora rangni yomon ko‘raman, bu rang qayg‘u, alam, xullas yomonlik ramzi. Mana ko‘rasiz, men o‘z asarlarimda bu rangdan sira foydalanmayman. Qolaversa, hayotda qora rangning umuman keragi yo‘q, deb hisoblayman.

    Shogirdidan bu so‘zlarni eshitgan keksa rassom unga hech narsa demabdi. Faqat shogirdi qo‘liga tutqazgan

    ...
  • Ona tili darsida

     

    ***

    O‘qituvchi: – Valiyev, gapning maqsadga ko‘ra turlari necha xil bo‘ladi?

    O‘quvchi: – Ikki xil.

    O‘qituvchi: – Ta’rifla-chi!

    O‘quvchi: – Rost gap va yolg‘on gap.

     

    ***

    O‘qituvchi:

    – Valiyev, qanday gapni “Ko‘chirma gap” deb ataymiz?

    O‘quvchi:

    ...
  • Valida UMAROVA bolalarni juda yaxshi ko‘radi. Shu bois u ko‘p yillardan buyon hayotda ko‘rgan, kuzatganlarini ertak va hikoyalarida aks ettirib keladi. Uning ijod namunalari muntazam ravishda “Maktabgacha ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida chop etilmoqda. Ushbu sahifada muqovasi aks etgan “Bog‘bonning pushaymoni” deb nomlangan yangi kitobi

    ...
  • KRIPTOGRAMMA. Shakl atrofidagi ra­­qamlarda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”da vata­ni­mizga berilgan ta’rif yashiringan. Uni quyidagi kalit so‘zlar javoblari orqali bilib oling:

    1. Vatanimiz bosh qomusining 4-mod­dasidan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat
    ...
  • O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sohibi, mohir tarjimon, munaqqid va publitsist Odil Yoqubov 1926-yil Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida tug‘ilgan.

    1951–1956-yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida o‘qidi. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida boshlagan yosh adib bir necha yil “Литературная газета”ning

    ...
  • odil yoqubov

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.