Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

Sog‘lomjon

  • Uzoqni ko‘ray desang

    O‘g‘lim Ismoil oxirgi paytlarda old qator partada o‘tirsa ham ko‘zi sinf taxtasidagi yozuvlarni yaxshi ko‘rolmayotganidan shikoyat qildi. Uni zudlik bilan ko‘z shifokoriga olib bordim. Shifokor ko‘rigiga navbatda turganlarning ko‘pchiligi bolalar va o‘smirlar ekanligi meni ham taajjubga soldi. Shifokordan ham keyingi vaqtlarda ko‘rish qobiliyati pasayib ketgan bolalarning soni ortib

    ...
  • Pari momom

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi va YUNISEF hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorlikda 2008-yil 15-oktabr kunini “Xalqaro toza qo‘llar kuni” – “Global Handwashing Day” deb e’lon qildi. Chunki notoza qo‘llar va tirnoqlar turli kasalliklar ichburug‘ (dizenteriya), gepatit (sariq), gijjalar, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar), ko‘z kasalliklari, pnevmoniya

    ...
  • Shirinxo‘rlar kasalligi

    “Dunyodagi eng boy odamlar kim?” deb so‘rashsa, shubhasiz, “qandolatchi amakilar”, deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, chupa-chups, shokolad, konfet, muzqaymoqni ko‘rganda ko‘zlari chaqnab, qo‘li beixtiyor cho‘ntagi tomon shoshadigan siz – bolalarni, bekorga shirinxo‘rlar, deb atashmaydi. To‘g‘ri, shirinlik sizni benihoya shodlantirishi mumkin, ammo u tishlaringizning “birinchi raqamli

    ...
  • Qomatingni tik tut, bolajon

    Diyorbek 2-sinfda o‘qiydi. Oxirgi vaqtlarda darslarga bo‘lgan qiziqishi sustlashgani, qaddini tik tutishga qiynalayotgani, tez charchab qolayotganini payqagan onasi uni shifokor ko‘rigiga olib bordi. Barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tgan Diyorbekda shifokorlar umurtqa pog‘onasi qiyshayishi (skalioz) kasalligi alomatlari boshlanganini aniqlashdi. Tezlik bilan kerakli muolajalarni olish zarurligini

    ...
  • Vitaminjon – sog‘liqqa kon

    Bir kuni Avitamini yo‘lga chiqibdi. Uzoq yo‘l yuribdi. Uni avval muzlatkichda yaxlatishibdi, keyin mayda bo‘laklarga ajratishibdi. Qozonda yog‘ga solib qovurishibdi. Yarimjon vitaminni likopchaga solib, ko‘katlar bilan bezatib, Olimjonning oldiga qo‘yishibdi. Ammo Olimjon A vitaminiga burilib ham qaramabdi. Chunki uni tanimas ekan-da. Aksincha, qo‘llari

    ...
  • Turar go‘yo “do‘st”, “o‘rtoq”

    – Buvijon, hali hammayoq yorug‘ ekan-ku, men negadir allaqachon kech kirib, qorong‘i bo‘lgan deb o‘ylabman, – dedi ichkaridan chiqib kelgan Jasur ko‘zlarini ishqalab.

    – Iye, bolam, sen uydamiding, nima qilding shu paytgacha, – Mukarram aya nabirasiga tashvishli qaradi. – Ranging ham oqarib ketibdi. Choy-poy ichganmisan ishqilib?

    – Nonushtadan keyin kirdim-ku. Kecha dadam yangi

    ...
  • O‘smirlik – nihol demak

    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 13-sonli oilaviy poliklinika binosiga kirar ekanman, odam eng ko‘p to‘planib turgan eshik qarshisiga borib to‘xtadim. Eshikka “jarroh” deb yozib qo‘yilgan ekan. Shifokor qabuliga kirish uchun navbat kutayotganlarning aksariyati o‘smir bolalar edi. Birining qo‘li, ikkinchisining oyog‘i, yana boshqasining boshi bog‘langan. Ular qanday qilib bunday ahvolga

    ...
  • Salom, musaffo olam

    Har bitta odamning organizmi alohida bir mamlakat. Uning o‘ziga xos tuzilishi, ichki qoidalari, ish tartibi bor. Ba’zan uning chegaralarini buzib o‘tadigan, sarhadlariga tahdid soladigan “dushmanlari” bo‘ladi. Eng yomoni bu “yovlar” ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmas, maxfiy tarzda hujumga o‘tishadi. G‘aflatda “uxlab yotgan” yoki kamchilikni tashkil qiluvchi “askarlarimiz” ya’ni immunitetimiz

    ...
  • Yoz soz oʻtmogʻi uchun

    Yoz – quvnoq oromgoh, totli muzqaymoq va zavqli favvoralar fasli. Uch oy taʼtilda miriqib dam olish, sayohatlarga chiqish, istalgan toʻgarakka qatnashish bir olam taassurotlar qoldiradi. Afsuski, serquyosh oʻlkamizning tarovatli, qaynoqqina yozi maroqli hordiq va qiziq oʻyinlar orasida salomatligingizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ayrim kasalliklarni chetlab oʻtolmaydi. Bunday

    ...
  • Qoʻrqamiz, boʻsh kelmaymiz

    Xabaringiz bor, bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlari aholisi Xitoyda tarqalgan koronavirus kasalligidan aziyat chekmoqda. Hududi tobora kengayib borayotgan bu kasallikning alomatlari nimalarda namoyon boʻladi? Undan qanday himoyalanish mumkin? Quyida shular haqida maʼlumot beramiz.

    Shamollaganingizda tumov va balgʻam koʻchishi kuzatilsa, siz koronavirus bilan ogʻrimagansiz.

    ...
  • Tishingiz ogʻrimasin

    Islombekning dadasi bozordan bir xalta bodom, xandon pista olib keldi.

    – Bolalar sogʻligʻiga juda foydali, immunitetini koʻtarar ekan, shifokor aytdi, – dedi Farhod aka xaltani Aziza opaga tutqazayotib. – Tagʻin, mehmonga deb yashirib qoʻyma, bolalarga ber.

    Islombek judayam suyinib ketdi. Axir u yongʻoq, xandon pista, gʻalvirak bodomni juda yaxshi koʻradi-da. Pistalarni

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Aziz bolajonlar, xabaringiz bor, dunyo mamlakatlaridan, jumladan yurtimizdan ham koronavirus pandemiyasi butunlay chekingani yoʻq. Bunday vaziyatda tanasining immun tizimi past kishilarda ehtiyotsizlik tufayli virus yuqtirish xavfi yuqoriroq boʻladi. Afsuski, bu holat bolalarda ham uchrashi mumkin. Bu xatarning oldini olish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

    Sir emas,

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Togʻjambil

    Togʻjambil (ruschada chabrets) xushboʻy oʻsimlik, uning tarkibidagi efir moyida mikrobga qarshi moddalar – timol, shuningdek achchiq, boʻyovchi va oshlovchi moddalar, smolalar, mineral tuzlar bor. Togʻjambil oʻti mikroblarga qarshi va tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

    Aziz bolajonlar, togʻjambil qaynatmasi va suyuq ekstraktini yuqori nafas yoʻllari

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Bargizub – koni foyda

    Bargizubning bir necha xillari boʻladi, uning zubturum degan ikkinchi nomi ham bor. Katta bargizubni yoʻl yoqalarida, boʻsh yotgan yerlarda, ariq, daryolar boʻyida koʻp uchratgansiz.

    Bilsangiz, bu beozor oʻsimlikning barglari vitaminlarning haqiqiy koni, unda ayniqsa karotin (A provitamini), vitamin S koʻp. Bulardan tashqari, limon

    ...
  • Allergiya – yot taʼsir

    Sobirjon ertalab uyqudan turib, bilaklaridagi kichik qizil nuqtalarni qashlarkan, “kechasi bilan chivinlar mazza qipti-da” deb oʻyladi. Lekin bu “chivin chaqishlari”ga beparvo yuraverdi. Bora-bora uning tanasining har yerida qichishish, qizarish alomatlari kuchaya boshladi. Sobirjon esa televizor tomosha qilayotganda ham, dasturxon boshida ham qornini, bilaklarini beixtiyor qashlab yuraverdi.

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Bolajonlar, vujudingiz sogʻlom va baquvvat boʻlishi uchun, avvalo, u vitaminlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Shunda immun tizimingiz mustahkam, turli xastaliklarni yengishingiz oson boʻladi. Bunda sizga turli dorilardan koʻra koʻproq sabzavotlar yaqin koʻmakchi boʻla oladi. Sholgʻom, sabzi va turp kabi shunday shifobaxsh sabzavotlar tarkibidagi bir necha vitaminlar salomatligingiz uchun koni

    ...
  • Shifobaxsh sharbatlar

    Bolajonlar, meva va sabzavotlar foydali elementlarga qanchalik boy boʻlsa, ularning sharbatlari ham vitaminlarning koni hisoblanadi. Ayniqsa, ularni nahorda ichsangiz, darmondorilar ichaklarda oson soʻriladi.

    Uzum sharbati – kamqonlik, oʻpka kasalliklari, kam quvvatlikni davolashda va oʻt qopidagi toshlarni tushirishda yordam

    ...
  • Tanaga temir kerak

    Temir moddasi yetishmaydigan bolalar rangpar boʻladi, hid va taʼm bilish qobiliyati buziladi, sust fikrlaydi. Tez-tez shamollaydi. Bu belgilar tanaga kislorod yetishmasligidan kelib chiqadi. Chunki temir miyaga kislorodni yetkazib beruvchi asosiy tashuvchidir.

    Goʻsht, jigar, grechixa, bugʻdoy, dukkakli mahsulotlar tarkibida temir moddasi koʻp boʻladi. Xoʻsh, nega temir tanqisligi

    ...
  • Moʻjizaviy neʼmat

    Aziz bolajonlar, barcha darmondorilarni oʻzida jam qilgan qovoq yuzlab kasalliklarga davo boʻladi. Tarkibida kaliy, temir, kalsiy, magniy koʻp boʻlgani uchun asablarni tinchlantirishda, boʻy oʻstirishda, raxit kasalida, yurak-qon tomir xastaliklarini bartaraf qilishda yordam beradi. Qovoqning et qismida ishqorli moddalar koʻpligi sababli shifokorlar uni kuchli kislotali gastrit bilan

    ...
  • Mitti tabib

    Hammangiz ham behini sevib isʼtemol qilavermaysiz. Undan koʻra, sersuv nok yoki qip-qizil olmani huzur bilan yeyish siz uchun maroqli. Aslida, behi suvsiz va biroz taxir boʻlsa-da, sogʻligʻingiz uchun koni foyda. Azal-azaldan donishmand bobolarimiz behini shifobaxsh meva sifatida qadrlaganlar.

    Agar sizni shamollash va yoʻtal qiynayotgan boʻlsa,

    ...
  • Limon – tanaga darmon

    Sovuq kunlarda shamollab qolsangiz, birinchi yordamni limon beradi. Ayniqsa, shakar va limon aralashmasidan tayyorlangan choy juda xushxoʻr va mazali tuyuladi. Uni ichganingizda butun tanangiz yayraydi, tetiklashadi. Limonli choy immunitetimizga turli virus hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Qolaversa, dori-darmon sanoatida ham limondan unumli

    ...
  • Qizil lavlagi moʻjizalari

    Koʻpchiligingiz qizil lavlagini unchalik xush koʻrmaysiz. Lekin bahorning ilk kunlarida undan tayyorlangan salatlarni koʻproq isteʼmol qilsangiz, horgʻinlik va ishtahasizlikdan qiynalmaysiz. Chunki bu ildizmevada tanangiz uchun nihoyatda foydali vitaminlar bor.

    Lavlagi tarkibida temir, natriy, magniy, kalsiy, fosfor va A, V va S guruhlariga kiruvchi vitaminlar mavjud.

    Ortiqcha

    ...
  • Ismaloqda shifo behisob

    Qadimdan buvilarimiz bahoriy koʻkatlardan pishiriqlar, turli taomlar tayyorlashgan. Bu bejiz emas, albatta. Ismaloq, jagʻ-jagʻ, yalpiz kabi koʻkatlar qish boʻyi sarxil neʼmatlarga tashna boʻlgan tanangizga kuch-quvvat bagʻishlaydi. Quyida ismaloqning foydali xususiyatlarini sanab oʻtamiz.

    U kamqonlikni davolaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Milklaringiz yalligʻlanganda ogʻzingizni

    ...
  • Covid zanjiri uzilsa

    Bolajonlar, xabaringiz bor, koronavirus dunyo boʻylab tarqalganiga bir yarim yil boʻldi. Bu muddat ichida qanchadan qancha kishilar kasallikdan jabr koʻrdilar, koʻplab oilalar yaqinlaridan ayrildilar.

    Aslida, Covid-19dan oʻzingiz va oila aʼzolaringizni himoya qilish unchalik murakkab ish emas, buning uchun hech qanday mablagʻ talab qilinmaydi. Faqatgina sizda

    ...
  • Aqling ishlatar chunon senga doʻst oʻnta polvon

    Aziz oʻquvchilar, darslarni yaxshi oʻzlashtira olmaslik har doim ham qobiliyatning pastligidan dalolat bermaydi. Bunga sabab, miya uchun kerakli moddalarning yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi notoʻgʻri ovqatlanish boʻlishi ham mumkin. Tanangiz oʻsayotgan davrda miyangiz katta miqdorda ozuqa moddalarini talab qiladi. Shunday ekan, tana yaxshi rivojlanishi uchun toʻgʻri

    ...
  • Jazirama kunlarda

    Bobo-buvilarimiz “Suvsiz yer – jonsiz jasad” deya bot-bot takrorlashadi. Bundan shuni anglash mumkinki, yerdagi butun organizm suv bilan to‘yinib oziqlanadi.

    Ma’lumotlarga qaraganda, inson orga­nizmining taxminan 70 foizi suvdan iborat. Tananing 10 foiz suvsizlanishi jismoniy va ruhiy layoqatsizlikka olib keladi. Ayniqsa, yozning jazirama kunlarida suvning inson organizmi uchun

    ...
  • Yesangiz xurmo – yo‘qdir muammo

    Ota-bobolarimiz arab xurmosini xush ko‘rib yeganlar. Ramazon oyida bu ajoyib meva bilan og‘izni ochish qadimdan odat bo‘lib qolgan.

    Pishgan xurmo mevalari naviga qarab sariq-qizildan to‘q jigarranggacha farq qiladi. Xurmolarning quritilganligini ularning tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Po‘sti qanchalik silliq bo‘lsa, meva shunchalik yangi

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.