Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2024-yil 3-son

  • Elimdan ketmagin to abad, Navro‘z

    Otam har bahorda qutlug‘,

    pok tilak —

    Hovlimizga terak ekib qo‘yardi.

    Kun tig‘ida bolamga deb jonhalak,

    Uy solay deb guvalaklar quyardi.

     

    Bugun ko‘z o‘ngimdan o‘tadi bir-bir,

    Qora suvoq uylar, chala imorat.

    Loy changallab o‘tgan otamning umri,

    Chakka teshgan kulba, chakka ezgan baxt.

     

    Qachon

    ...
  • Yangi tuhfalar bilan

    Mana, yuksalib bora­yot­gan, taraqqiyot yo‘liga chiq­­qan go‘zal O‘zbekistonga biz sog‘ingan bahor keldi. Qishning qahridan qo‘rqmay, qor ostidayoq o‘z barglarini yozib yuborgan binafshalar quyoshning bahoriy tabassumiga jilmaygancha peshvoz chiqdi. Binafshaning dadilligidan kuch olgan atrofdagi bahoriy gullarning barchasi kurtak otib, barg yozib, ko‘klam qo‘shig‘iga jo‘rovoz

    ...
  • Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz

    Bahor kelishi bilan ijodkor qizlarning qalbida hayajon uyg‘onadi. Bu faqat bahor – yangilanish fasli kelganidan emas, balki mart oyi boshida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilinishidandir.

    Bu mukofotga erishishni har bir qiz orzu qiladi, loyiq bo‘lganlar esa ko‘ksida ko‘krak nishoni bilan birga olam-olam g‘urur, faxr, Vatanga muhabbat va e’tirofga

    ...
  • Kitob o‘qigan “Cobalt” minadi

    Har yili an’anaviy tarz­da o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining VII mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Respublika bosqichiga qadar juda ko‘p kitobxonlar badiiy asarlardan olgan bilimini sinovdan o‘tkazdi. Finalga esa eng kuchlilar yetib keldi. Ha, 42 nafar yosh kitobxonlar bu safar Prezident sovg‘asi — “Cobalt” avtomoboliga egalik qilish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga

    ...
  • Qutlov

    8-Mart – Xalqaro xotir-qizlar kuni munosabati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan eng faol, tashabbuskor xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular safida kichik yoshdagi bolalarning adabiy-badiiy bezakli respublika jurnali “G‘uncha”ning bosh muharriri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

    ...
  • Temurzoda malikalar

    Sharq ayollari davlat ishlarini boshqarishda, ilm-fan, san’at,   ma’naviyatni   yuksaltirishga   salmoqli   hissa qo‘shishgan. Ularning dono va zukkoligi, ayollik iffati va salohiyati, mard va jasurligi to‘g‘risida bizgacha ko‘plab tarixiy ma’lumotlar yetib kelgan.

    Tеmuriy amirzodalarni   zamon   sohiblari,  

    ...
  • Alishmasman

    Jonim Vatan, jon tomiring

    Tillolarga alishmasman.

    Shiroq o‘tgan sahrolaring

    Daryolarga alishmasman.

    Ko‘zim Vatan, qaro ko‘zing

    Qiyolarga alishmasman.

    Qahratonda qorlaringni

    Javzolarga alishmasman.

    Navoiyning hasratlarin

    Havolarga alishmasman.

    Shoh Boburning furqatlarin

    Ro‘yolarga

    ...
  • Mirzo Ulug‘bek

    Tun qo‘ynida tutdim quyoshni,

    Osmon oqib kirgach ko‘zimga.

    Yulduzlarni gul kabi terib,

    Berib ketdim, xalqim, o‘zimga.

     

    Xalqim, sen bor, sen birla meni

    Kelajakka eltar yo‘llarim.

    Samarqandning yulduzlariga

    Mangu tegib turar qo‘llarim.

     

    Farog‘at XUDOYQULOVA

  • Navro‘z tilaklari

    Yomg‘irlarning hovuchida nur,

    Dillashadi kecha va kunduz.

    Yurakdan to samovot qadar

    Jaranglaydi ilohiy bir so‘z:

     

    “Umringiz baxt nuriga to‘lsin,

    Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!”

    G‘unchalarning labida bahor

    Izlarini izlasang o‘zdan.

     

    Tirilmoqlik baxtini so‘ra

    Kurtaklarda ko‘z ochgan

    ...
  • Sog‘inch

    Toshkentning tosh ko‘chalarida,

    Sog‘inchmi u, qaddim bukadi.

    Buxoroning bir qishlog‘ida,

    Bodom gullarini to‘kadi.

     

    Darvozada o‘ltirar dadam,

    Ma’yus maysalarday to‘shalib.

    To‘kiladi sog‘ingan ko‘ngli,

    Bodom gullariga qo‘shilib.

     

    Kunlar o‘tar, shamolday besas,

    Dunyosiga nazar

    ...
  • So‘ngi manzil

    Har kungidek esib shamol,

    Har kungidek tong otar.

    Oyog‘iga kelmay mador –

    Hali cho‘pon chol yotar.

    Sergak otlar

    Hayron o‘tlar –

    Qirni qirov bosgan, nam.

    Butkul esdan chiqib ketar

    Derazada yongan sham.

    Bugun behol sezar o‘zin –

    U o‘ziga yengilar.

    Yoshlanadi ikki ko‘zi,

    Qolmadi u

    ...
  • Onam surati

    Sen bolam, deb qarib boryapsan,

    Ranglaring sarg‘ayib boryapsan,

    Qishloqning tosh chag‘ir yo‘lida,

    Bir muztar, bir g‘arib boryapsan.

     

    Balki men cho‘ktirdim yelkangni,

    Yuraging osmondan ulkanmi?

    G‘amlarning shamoli to‘zg‘itdi,

    Senday tik, senday oq yelkanni.

     

    Ey mening ordan ham

    ...
  • Ijodga bag‘shida umr

    Taniqli jurnalistQosimjon Sopiyevning ijodiga nazar tashlasak, ko‘p yillik sermahsul va samarali mehnat qilganining guvohi bo‘lamiz. U  televideniyeda bolalarga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuv va videofilmlar tayyorladi. “Oqshom ertaklari”, “Salom kichkintoylar”, “Multipanorama”, “Mahallamiz bolalari”, “Bir bolaga

    ...
  • Eng faol kitobxon edim

    Firuz Allayev— siyosiy tahlilchi, tadbirkor, Asaxiy.uzga tegishli “Asaxiy books” loyihasi asoschisi hamda bugungi kundagi rahbari. U 1989-yilning 7-iyul kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Jahon tillari universitetining tarjimonlik fakultetida va Fransiyadagi Xalqaro siyosiy tadqiqotlar institutida ta’lim olgan. Firuz Allayev

    ...
  • Qalbimga huzur onam

    Qadrli obunachilar!

    Telegram kanalimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga maktub” nomli tanlov o‘tkazilganidan xabaringiz bor-a?

    Ha, buni bizga kelgan xatlarning sonidan bilib olish mumkin. Qisqa muddatda o‘kazilgan tanlovimizga 50 dan ortiq onlayn maktublar qabul qildik. Ularning ichidan 30 dan ortig‘i “Sara

    ...
  • Tinch okeaniga...

    Butun bir dunyoni istadi yurak,

    Borib ko‘rmoq lozim, Tinch ummoniga!

    Niyatim chinmidi yo oddiy havas?

    Hamma yetolmagan sirlar qa’riga!

     

    “Boraman!” – buyruq bu go‘yo o‘zimga,

    Suvin totaman men, bo‘lsa hamki sho‘r!

    Do‘stim, hayron bo‘lma aytgan so‘zimga,

    Bir bora men kabi orzu qilib

    ...
  • Zulfiyaga

    Zulfiyaning she’rlari

    Vafo, sadoqatdan so‘zlaydi.

    Nazm gulshanidan ilhomlanib,

    Ko‘k yuzidagi yulduz bo‘zlaydi.

        

    Zulfiyaning she’rlarin o‘qib,

    Zavqlanib ilhomlar olaman.

    Momomga munosib bir voris,

    She’r bog‘ida ungan lolaman.

     

    Husniyabonu JUMANAZAROVA,

    Xorazm

    ...
  • Daraxt

    Bog‘imizda biz bugun

    Ekdik mevali ko‘chat.

    Olma, o‘rik navlari

    O‘sib bo‘lar zo‘r daraxt.

     

    Shaftoli, olma, uzum –

    O‘tqazdik har turini.

    Ko‘p unumli o‘tkazdik,

    Shu yakshanba kunini.

     

    Meva berguncha daraxt,

    Balki o‘tar ko‘p yillar.

    Lekin hosilin ko‘rib,

    Yayraydi barcha

    ...
  • Yulduzlar

    Osmondagi yulduzlar

    Juda katta aslida.

    Ko‘rinur faqat bizga,

    Mitti, kichik tasvirda.

     

    Ular million, mingtadir,

    Turli-tuman do‘stlari.

    Ko‘kda birga suzishar,

    Porlab turar yuzlari.

     

    Qani edi shu sirli

    Koinotga yetsaydim.

    Yupiterda yo Marsda,

    Oyda sayr

    ...
  • Qo‘l kuydirmas chiroq

    Bir kuni ukam menga

    G‘alati savol berdi.

    Shiftga tikilib turib,

    O‘zicha xayol surdi.

     

    – Opa bu quyoshmidi,

    Yoki oyga u singil?

    Faqat uyi osmonmas,

    Shiftimizdagi qandil.

     

    Qo‘lim tekkazsam agar,

    Nima qilarkin, qiziq?

    Goh yonadi, goh o‘char,

    Xuddi nok kabi

    ...
  • O‘zbekiston yoshlari

    Biz kelajak umidi – 

    O‘zbekiston yoshlari.

    Bir-biriga mehrli

    Do‘sti-yu jondoshlari.

     

    Ishongan bizga Vatan,

    Ko‘raylik quvonchini.

    Oqlaylik a’lo o‘qib,

    Yurtboshim ishonchini.

     

    Odina RUSTAMJONOVA,

    Is’hoqxon Ibrat nomidagi

    ijod maktabi, 9-sinf

  • Onajonim

    Qalbi daryo munisam,

    Mehringizdan bol ichaman.

    So‘zlaringiz joylab dilga, 

    Otlanaman porloq yo‘lga. 

    Siz quvonchim, hayajonim,

    Mehribonim, Onajonim.

     

    Basida JO‘RAYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Koson tumani 19-maktab 7-sinf

  • Qushlar uchdi

    Dengiz tomon chorlar huv uzun yo‘llar,

    Qorong‘u, ko‘rinmas na o‘ng-u so‘llar.

    Manzilga eltuvchi Yaratgan qo‘llar,

    To‘lqinlar mavjlanib yuragim quchdi,

    Qushlar uchdi...

    Keldingmi, bahorim, ko‘klamim, kutdim,

    Seni sog‘indim-u qishni unutdim.

    Onam qo‘llariga dasta gul tutdim,

    Umrimdan oppoq qor, ayozlar

    ...
  • Navro‘zjonim

    Dildan g‘amni aritib,

    Navro‘zjonim, xush kelding.

    Ko‘ngillarni yayratib,

    O‘lkamiz bo‘ylab yelding.

     

    Men senga bo‘lay dastyor,

    Senda sumalak bisyor.

    Qo‘shiq aytib raqs tushsin

    Bayramda barcha do‘st-yor.

     

    Abrorbek SHOMURODOV,

    Xorazm viloyati Yangibozor tumani 17-maktab 5-sinf

  • Sokin oqshomlar

    Adabiyot  muallimamiz  Raisa  Ivanovna betob  bo‘lib  qoldi. Uning  o‘rniga  Yelizaveta  Nikolayevna dars  o‘tadigan  bo‘ldi. Aslida  Yelizaveta  Nikolayevna  bizga  geografiya  va  tabiatshunoslikdan  saboq  beradi. Bu gal  direktorimiz  istisno  tariqasida  undan 

    ...
  • Sherzodning sayohatlari

    Bu  voqea  uzoq  kelajakda  sodir  bo‘lgan.  Taxminan  4980-yilda.  U  davrda  texnika  juda  rivojlangan  edi.  O‘sha yili  bir oilada  chaqaloq  dunyoga  keldi.  Uning  ismini  Sherzod  deb  qo‘yishdi.   Sherzod  tez  o‘sa  boshladi.  U 

    ...
  • Aqilli bo‘lishni istagan Charli yoxud 32 yoshli bolakay

    Kitobxon do‘stlar, mana “12 oy – 12 kitob” loyihasining navbatdagi soniga ham yetib keldik. Shu kungacha birgalikda sarguzashtni sevadigan, qiyin bolalikni boshidan kechirgan va g‘ayrioddiy qobiliyatga ega qahramonlar bilan tanishdik. Keling, endi biroz jiddiyroq, chuqur mulohaza va fikrlashga undaydigan asarlar bilan ham tanishamiz. Ishonavering, navbatdagi kitob ham, albatta, sizga

    ...
  • Nodon tovuq

    Bir kuni tovuq qo‘shni hovlidagi omborda juda mo‘l don-dun borligidan xabar topibdi  va darhol shu donlar payiga tushibdi. Hovli darvozasi yonida parvona bo‘lib qulay fursatni poylay boshlabdi. Uning bu ahvolini ko‘rgan kabutar yerga qo‘nib: Ey, nodon tovuq, bu donlardan umidingni uzib uyinga ketaqol. Yo‘qsa, bu yemakni totguningcha o‘zing hovlidagi ayiqdek ko‘ppakka yemak bo‘lib

    ...
  • “El yurt umidi” – sening umiding

    (Boshi otgan sonda)

    Bobur TURAYEV,

    Buyuk Britaniyaning London kolleji universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi, Toshkent Pedi­atriya tibbiyot instituti klinikasi bolalar

    ...
  • Buyuk ixtirolar zamini

    Aziz o‘quvchim! Ayting-chi, kattalar ko‘nglini xira qiladigan odatlaringiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

    Quyida bu kabi holatlardan misollar keltiramiz:

    –   Ingliz tilidan lug‘at yodlash ke­rak. – Ertaga yodlasam ham bo‘ladi.

    –   Hovlidagi shag‘alni dadam kelguncha tashib qo‘yishim kerak. – Dadam kelishlariga hali 3 soat

    ...
  • Logistika – zamonaviy kasb

    Qadrli o‘quvchilar, sizning yoshingizda kasb tanlash, o‘z kelajagini rejalashtirish eng ko‘p o‘ylantiradigan masala, to’g’rimi?

    Bugun ko’p narsaning yangi, yaxshi turlari paydo bo’layotgani kabi, zamon talabiga ko‘ra yangicha kasb turlari ham yuzaga kelmoqda.

    Logistika sohasi O’zbekiston uchun ana shunday yangi tarmoqlarning biridir.

    Bir so’z bilan aytganda, logistika

    ...
  • Sharqni birlashtirgan Navro‘z

    Bir necha ming yillik tarixga ega “Navro‘z”  bayrami har yili yurtimizda o‘zgacha shukuh bilan kutib olinadi. Milliy urf-odatlar asosida o‘tkaziladigan “Navro‘z” bayrami faqat bizda emas, qardosh xalqlarda ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Uni har bir xalq o‘z turmush tarzidan kelib chiqib bayram qiladi.

     

    Qozog‘istonda

    ...
  • Zulfiya Mo‘minova

    Zulfiya Mo‘minova 1959-yili Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. “Qishlog‘imiz Qoratov  tog‘ining yon bag‘rida joylashgan bag‘oyat so‘lim va go‘zal  tabiatli, – deb yozadi u o‘z tarjimayi  holida. – Bu yerda xalq og‘zaki ijodini, xususan, ertak, afsona va dostonlarni suv qilib ichib yuborgan, ularni soatlab ijro etadigan odamlar yashaydi. Shular qatori rahmatli

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.