Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2016-yil 8-son

  • Chayqalib yotibdi nurli bir chaman,

    Oy bilan oftobning buyuk vatani.

    Tong kabi jilmayib baxti ochilgan

    Maysaga ko‘milgan nurli maskani.

     

    Osmon posbonidir bunda burgutlar,

    Chumchuq chug‘uridan teshiladi tom.

    Bu o‘lka ko‘ksida yonar bulutlar,

    Chinor shoxlariga

    ...
  • Shu kunlarda ona Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlash arafasida turibmiz. Biz Vatan so‘zini hamisha Ona so‘zi bilan birga ifodalaganmiz. Sababi, Vatanimizni doimo onamizdek muqaddas va aziz deb bilamiz. Hamisha onamiz uchun qiyosi yo‘q ta’rifni izlaymiz, uni dunyodagi jamiki chiroyli so‘zlar bilan ulug‘lasak-da, kamlik

    ...
  • Aslida, istiqlolning ilk kunlari bizga, xalqimizga katta parvozlar uchun yo‘l ochib bergandi. Yurtimizdagi har bir inson bunday shukuhli lahzalarni olam-olam quvonch bilan yodga oladi. Biroz fursat o‘tib, mamlakatimiz va xorij davlatlari osmonida mustaqil O‘zbekiston samolyotlari parvoz qila boshlagach, chinakam ma’noda faxrlandik, g‘ururga to‘ldik.

    ...
  • Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini katta yutuq va muvaffaqiyatlar bilan kutib olayapmiz. Bayram arafasida qurib bitkazilgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ishga tushirilishi mamlakatimiz hayotida ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

    Bundan uch yil avval Yurtboshimiz ushbu yo‘l qurilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan

    ...
  • Qadrli o‘quvchilar! Yozuvchi va publitsist Ashurali Jo‘rayev nomi sizga yaxshi tanish. Uning “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida, “Tong yulduzi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalarini o‘qigansiz. Adib o‘z ijodini bolalarga atalganToshbaqalar poygasi kitobi bilan boshlagan. O‘qish

    ...
  • Bahorgi o‘quv ta’tilida Anvar bilan Akbarlarnikiga olis Jaloyir qishlog‘idan Ozodbek mehmon bo‘lib keldi. U o‘zi o‘qiyotgan maktabda shaxmat to‘garagi borligini, to‘garakda faol qatnashib, allaqachon sinfdoshlari orasida chempion bo‘lganligini zavq bilan gapirib berdi. Hatto maktab direktori uni “Faxriy yorliq” bilan

    ...
  • Abdurahim bobo nevaralari Jasur, Shodiya va Shabnamni har yili yozgi ta’tilda sayohatga olib chiqadi. O‘tgan yili ular Samarqand va Buxoro shaharlaridagi obidalarni ziyorat qilishgan edi. Bu ikki azim shahar taassurotlari butun o‘quv yili davomida bolalarni tark etmadi. Odatda adabiyot fanidan ko‘pincha “to‘rt” baho oladigan Jasur,

    ...
  • Sog‘lom bola – boy bola,

    O‘g‘il bola – toy bola.

    Ota-onasi sevgan

    Go‘yo toshqin soy bola.

     

    Sog‘lom bola – boy bola,

    Sportda g‘olib bola.

    Yutuqlari birtalay,

    Chin ilmi tolib bola.

     

    Sog‘lom bola – boy

    ...
  • Buloq

    Yerdan qaynab chiqar buloq,

    Qaynar buloq, qaynar buloq.

    Olib qochib xayolimni,

    Mening bilan o‘ynar buloq.

     

    Kaftlarimga qo‘nar tinib,

    Kiprigimga olar minib.

    Yerdan chiqib yana yerga,

    Nega qayta ketar

    ...
  • (Mustaqilligimizning 25 yilligiga)

     

    Dunyo kezdim, ko‘p zamon,

    Sendek chaman topmadim.

    Jannatga qiyos ko‘rking,

    Biror maskan topmadim.

    Tuprog‘ing oltinga teng,

    Obu hayot bulog‘ing.

    Boqsam hu Tangri tog‘dan,

    Kulib turar

    ...
  • Aziz bolajonlar! Sevimli nashringizning iyul oyi sonida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” oromgohida hordiq chiqarayotgan tengdoshlaringiz va u yerda yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritgandik. Albatta, oromgoh tarbiyalanuvchilariga chinakamiga havas qilish mumkin. So‘lim bog‘ quchog‘ida o‘tkazilayotgan davra

    ...
  • O‘zbekiston xalq rassomi Akmal NUR(Nuriddinov) 1959-yil Namanganda tug‘ilgan. 1984-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. 1990-yildan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ijodkor uyushmasi a’zosi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

    Rassomning

    ...
  • – Shahrimizdagi 13-maktabda o‘nlab sport chempionlari o‘qiydi. Maktabdagi salkam 2000 ta o‘quvchining barchasi sportning bir necha turi bilan shug‘ullanadi, – dedi Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimi Ochiloy opa Xudoynazarova g‘urur bilan.

    – Sportga ixtisoslashgan maktabmi? – so‘raymiz qiziqish

    ...
  • Tashvishlaringni tuyib,

    Quvonchlaringni suyib,

    Doim izingdan yurib,

    Yashagim kelar, Vatan!

     

    Seni onamdek bilib,

    Doim so‘zingga kirib,

    “Mehr ko‘zda bo‘lar”, deb,

    Yashagim kelar, Vatan!

     

    Sen mening iftixorim,

    Jo‘shar dilda

    ...
  • Tog‘da o‘sar tog‘ archa,

    Tanasi parcha-parcha,

    Aqlim lol, tikilgancha

    Yashagan ekan qancha?

     

    Archalarning sarasi

    Cho‘qqilarning erkasi,

    Viqor-la turar go‘yo,

    Tog‘ning tanho bekasi.

     

    Feruza

    ...
  • Qo‘ng‘ir ayiq juda quvnoq,

    O‘zi momiq, semiz biroq.

    Baliqlarni tutay, deydi,

    Bir yamlamay yutay, deydi.

     

    Asalni g‘amlab olib,

    Qish bo‘yi dong qotadi.

    Beparvo uyquchini

    Ayting, kim uyg‘otadi?

     

    Lobar

    ...
  • Inson ko‘ngli istaydi

    Shirin so‘z, shirin kalom.

    Ayniqsa dil yayraydi

    Eshitsangiz “Assalom”.

     

    Oyim doim uqtirar:

    “Dilni og‘ritmoq yomon,

    Mehr ustun tursa gar

    Dunyo bo‘ladi omon”.

     

    Nozima

    ...
  • Har tong sahar uyg‘otib

    Qichqiradi xo‘rozim.

    Unga “Bas qil” degani

    Chiqmay qolar ovozim.

     

    Yaxshiyamki aqli bor,

    Tinch uxlaydi tunlari.

    Quyosh chiqmay askardek

    Rost turadi bo‘ylari.

     

    Parizoda

    ...
  • Qishlog‘im – qalb ardog‘im,

    Sho‘x boladay quvnadim.

    Ko‘rkingga oshiq ko‘klam,

    Farzandlaring mard, o‘ktam.

     

    Poyingni o‘par daryo,

    Senga mehrim bir dunyo.

    Saxovatli Hotamsan,

    Menga mo‘jaz Vatansan.

     

    Manzura

    ...
  • Vatan! Temurning izi bor tuproqlaringda,

    Jannatning isi bor gul-bog‘laringda.

    Chechakman har qadam so‘qmoqlaringda,

    Mehr bor so‘ragan so‘roqlaringda.

     

    Vatan! Sen o‘zing ko‘k dala, ko‘m-ko‘k poyamsan,

    Har ishda suyangan ulkan qoyamsan.

    Yo‘limda

    ...
  • Jajji ukam Isroil,

    Hali juda kichkina.

    Bir yoshdan sal oshdi-yu,

    Qitmirgina, sho‘xgina.

     

    Sho‘rlik kitob-daftarim,

    Berkitib ovvoraman.

    Uyma-uy qochib yurib,

    Darsim arang qilaman.

     

    Sochim qattiq tortsa ham

    Sabr qilib turaman.

    Ne qilsa-da

    ...
  • Har kuningda senga safardosh

    Do‘st umring chirog‘idir u.

    Mudom hamdam bo‘lolsang agar,

    Yoningga hech yo‘lamas qayg‘u.

     

    Quyosh yerga intilar har choq,

    Nuri do‘stlik mehriday toza.

    Umringning har lahzasin bezat,

    Do‘stligingni qilgin

    ...
  • Bir niholman, sen quyoshim,

    Har giyohing chin sirdoshim.

    Qalbimdagi gul-chamanim.

    O‘zbekiston – hur Vatanim.

     

    Dilga xush bugun to‘ylaring,

    Noming-la yangrar kuylaring.

    Bo‘ylari buncha ko‘rkamim,

    O‘zbekiston – hur

    ...
  • Men mudom havasdaman

    Ko‘kda uchgan qushlarga.

    Qushdek parvoz etganim

    Kirib chiqar tushlarga.

     

    Mahkam quchsam bulutni

    Yog‘a boshlar yomg‘irjon.

    Samodan “duv-duv” etib,

    To‘kilar oppoq marjon.

     

    Shamshodbek

    ...
  • Tokchada turar gullar,

    Ranglari turfadir, boq.

    Xonaga berib jilo,

    Qizil, pushti, sariq, oq.

     

    Kuzatadi atrofni

    Derazadan jilmayib.

    Chiroy ochib, barq urib

    Ochiladi iymanib.

     

    Sarvinoz OMONOVA,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi

    ...
  • Malakka Malayziya mamlakatining qadimiy poytaxti. XIV-XV asrlarda hukmronlik qilgan shahzoda Mansurshoh arab savdogari bilan yaqindan do‘stlashib qoladi. Zukko savdogar shahzodaga “Nega bolalar to yurib ketgunlarigacha qo‘ldan tushmaydi?” degan savol bilan murojaat qiladi. Shunda savdogar unga quyidagi rivoyatni aytib bergan ekan.

     

    ...
  • Isfandiyor ikkinchi sinfga o‘tganida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga qabul qilindi.

    Bu yerda u gitara sinfining tayyorlov guruhida mashg‘ulot o‘tay boshladi. Undagi iqtidorni sezgan muallim Igor Budnokov bolakayga notalar joylashuvi, kuy chalish sirlarini o‘rgatishga kirishdi. Isfandiyor u yerdagi

    ...
  • “Bugun har bir yosh yigit-qizning ko‘zlarida kelajakka ishonch, dilida quvonch, shuurida esa butun bir olamga sig‘maydigan sevinch bor. Mustaqil Vatan quchog‘ida yayrab, unib o‘sayotgan kelajak avlod yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodining rang-barang qirralarini bor bo‘yi bilan namoyish qilayapti”,

    ...
  • Bu safargi suhbatimiz “Kim bo‘lsam ekan” mavzusida bo‘ldi. Sinfimiz qizlari shifokor bo‘lishdan boshlab, dizaynerlik kasbini maqtagancha gaplarini tugatishdi. Ularning balandparvoz gaplaridan o‘ylanib qoldim. Hammasi shifokor bo‘lib ketsa, qishlog‘imizda yangi ochilayotgan konserva zavodi, sut mahsulotlarini qayta ishlash sexida kim

    ...
  • Sanobar bugun maktabdan kech qaytdi. Ustini apil-tapil almashtirib, oshxonaga chopdi. Uning oyisi oshxonada shoshib ovqat tayyorlayotgan edi.

    – Oyijon, tezroq ovqat bering, qornim juda ochib ketdi, – dedi Sanobar.

    Dildora opa esa:

    – Qizim, ovqatim hali tayyor bo‘lmagandi. Non bilan tokchada turgan murabbodan yeya qol, –

    ...
  • Erta tongda eshikdan kirib kelgan nabiralari Salima buvini mahkam quchoqlab oldi. Supachadagi xontaxta atrofida gurunglashib nonushta qilishdi. So‘ngra hovli etagidagi mo‘jaz boqqa chiqishdi. Xola bog‘ni juda yaxshi ko‘radi. Kichkinagina bo‘lsa ham sara mevali daraxtlar bor. Ularni rahmatli choli ekkan. Bog‘ni aylanib yurib, ko‘zi o‘rik

    ...
  • Go‘zal tabiat quchog‘ida joylashgan oromgohlarda dam olayotgan bolalarning zavqli ta’til damlari haqida hikoya qilish maqsadida ijodiy guruhimiz bilan yana Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oldik. Bu galgi safarimiz Xondayliq qishlog‘idagi “Barkamol avlod” oromgohidan boshlandi. Ikki yarim gektardan ortiq hududni egallagan oromgohda hozirda 150 nafar

    ...
  • It adashib qolgan edi. Bundan ikki hafta oldin u bir notanish yigitning ortidan ancha masofagacha ergashib bordi. Bu odam unga juda yoqib qolgandi. U do‘st bo‘lishni, u bilan birga yashashni, unga vafodor bo‘lishni juda istardi. It bu odamga xushomad qilgandek dumini likillatib qo‘ydi. Lekin yigit uni tepib yubordi.

    U itlarni suymasdi. Lekin it baribir

    ...
  • Teacher: – What do we get from sheep?

    Pupil: – Wool.

    Teacher: – And what do we make from wool?

    Pupil: – I don’t know.

    Teacher: – Well, what is your coat made of?

    Pupil: – My coat was made from father’s old coat.

    ***

    A teacher asked her class to write

    ...
  • World has got animals

    They are lion, tortoise,

    Frog, birds and bear,

    Wolf, snake and deer.

     

    They live in the mountains,

    Desert, water and forests

    Monkey eats bananas,

    Deer eats grasses.

     

    Farzona BEKMATOVA,

    the pupil of school №

    ...
  • Sahroyi Kabirda bir qaroqchi yashar ekan. U o‘tgan umri davomida kishilarga faqat yomonlik qilgan ekan. Kunlarning birida qaroqchi tushida qora libosli kishini ko‘ribdi. U qaroqchiga:

    – Bu odatingni tashlamasang, albatta, do‘zaxda yonasan, – debdi.

    – Qanday qilib bu gunohlarimni yuvsam bo‘ladi? – deb so‘rabdi

    ...
  • Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarayotgan tengdoshlarimizdan biri Boyovut tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ominabonu Ibodullayeva joriy yilda bo‘lib o‘tgan “Bilimlar

    ...
  • Singlim Qodirqulova Madina 6-sinfda o‘qiydi. U 2014-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2015-yil diplom olib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

    Madina yaqinda “Bolalar qo‘shiqlari, she’rlar va hisob she’rlari”ni yaratish bo‘yicha Respublika ijodiy

    ...
    1. Yulduz va quyoshdan taralayotgan nurlar yer sathiga sekundiga necha kilometr tezlikda yetib keladi?
      1. 400 000 km B) 300 000 km S) 500 000 km
    2. Mashhur bobokalonimiz tomonidan yulduzlarni o‘rganish uchun yurtimizning qaysi shahrida maxsus rasadxona bunyod etilgan?
    ...
  • Bolalikning dunyosida

     

    “To‘y-to‘y” o‘ynab tugunchalar,

    Shirin bo‘lar non-kulchalar.

    Chamandagi gul-g‘unchalar,

    Bolalikning dunyosida.

     

    Yog‘och otlar tolmaydilar,

    Tunda uxlab qolmaydilar,

    Qovoqlarin

    ...
  • Quyida ta’rifi keltirilgan sanalarni shakl bo‘ylab raqamlarni yozish orqali toping.

    KROSSVORD yoy bo‘yicha o‘ngga: O‘.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingan yil. Z. “Vatan himoyachilari kuni” bayrami

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.