Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2020-yil 10-son

  • Til bilan inson aziz

    Bugun til bayrami – boʻlaylik xurram,

    Oliy maqomdagi tilimiz uchun!

    Tili bilan inson aziz, mukarram,

    Jonimiz baxshida elimiz uchun!

     

    Azaldan qadimiy oʻzbekmiz, oʻzmiz,

    Ahli dunyo bilar bir soʻzligimiz.

    Dunyoni fath etgan lisonmiz, soʻzmiz,

    Aslo unutmaymiz biz oʻzligimiz!

     

    Qoshgʻariy bobomiz tilida

    ...
  • Tarixiy voqea

    Oʻzbek tilining tarixi bilan siz maktab darsliklari orqali tanishsiz. Mahmud Qoshgʻariyning “Devoni lugʻotit-turk” asari qadimdan turkiy xalqlar tillari orasida koʻplab sinovlardan oʻtib bizgacha yetib kelgan. Bugun esa tilshunos olimlarimiz, shu sohaning yirik mutaxassislari ona tilimizni toza holda meros qilib keyingi avlodlarga yetkaza olamizmi, yoʻqmi degan savol qarshisida

    ...
  • Qiyinchilikda toblangan isteʼdod

    Bolajonlar, sizga yaxshi maʼlumki, badiiy filmlarda yoki qiziqarli multfilmlarda shahzodalar, kuragi yer koʻrmagan alp bahodirlar oʻzining keskir qilichlarini oʻynatib, dushmanlarning dodini beradi, yurtini yomonlardan himoya qiladi. Lekin oʻsha keskir, tigʻi oʻtkir qilich duch kelgan temir-tersakdan yaratilmaydi. Qolaversa, uni bolgʻa bilan shunchaki urib, majaqlab yasashning ham imkoni

    ...
  • Buyuklar ustozlar haqida

    Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini ham oʻrgating.

    M. Behbudiy

    * * *

    Oʻz shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uygʻota bilgan muallim sharaflarga loyiq.

    E. Xabbart

    * * *

    Har qanday taʼlim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur

    ...
  • Kulaylikmi, kuyaylikmi?

    (Siz bunday gapirmaysiz-a?!)

     

    – Bolajonim, mana shu tabletkani ichsang, appeteting ochiladi.

    Mejduprochim, onajon, dorilarni yaxshisini ham, yomonini ham nenaviju.

     

    ***

    Oʻgʻlim, bu ishingdan voobshe

    ...
  • Ilk muallimlarim haqida

    Maqsud Shayxzodaning urush yillari chop etilgan ilk sheʼriy toʻplami men uchun juda ardoqli edi. Uni menga maktabimizning ilmiy mudiri, adabiyot oʻqituvchimiz, sinf rahbarimiz Qudrat aka Ahmedov oʻz dastxati bilan sovgʻa qilgan edi. Dastxatda “Aʼlochi oʻquvchi Ozod Sharafiddinovga esdalik uchun” deb yozilgan soʻzlar bor edi. Albatta, bugungi kunda oʻqituvchining oʻz oʻquvchisiga kitob sovgʻa

    ...
  • Muallimlarga

    Nechogʻ baxtiyorman, taʼzimda shu tob,

    Sizning shaʼningizga bitmoqdaman bayt.

    Ne odam boʻlardim, qoʻlimda kitob

    Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

     

    Siz-ku “Alifbo”dan “Qomus”gacha to

    Bari-barisini tanitgan ustoz.

    Ilk bor Siz koʻrsatgan duraxshon Zuhro,

    Bu kun sheʼrim ichra tashbehdir mumtoz.

     

    Siz

    ...
  • Izhor

    Hayot kitobining avvali, boshi,

    Togʻlardan mustahkam sabr-u bardoshi,

    Sizga salom boʻlsin qalblar quyoshi,

    Soʻzlarning gulidan izhori dilim,

    Ey aziz muallim, aziz muallim.

     

    Sizdan harf oʻrganib oʻy-maqsad hosil,

    Inson inson degan maqomga vosil,

    Hayot saboqlarin olib muttasil,

    Sizdan bahra olib yashaydi

    ...
  • Darsdan soʻng

    Xalqimizning ardoqli shoiri Matnazar Abdulhakimning “Darsdan soʻng” sheʼri uchun Xorazm viloyatida “Muallimga mangu ehtirom” haykali oʻrnatilgan. Bu – olamda sheʼr uchun qoʻyilgan yagona haykaldir. Eʼtiboringizga ana shu sheʼrni havola etamiz.

     

     

    Kimnidir koyidi chekkani uchun,

    Tortib olib qoʻydi gugurtini ham.

    Mashq daftarlarini

    ...
  • Orolda

    (“Bolalikka sadoqat” qissasidan)

     

    Yakshanba kuni ertalab oyim issiq non yopdilar. Nonushtadan soʻng xaltamga oʻsha nondan bitta, bir siqim parvarda, bir siqim mayiz, uch-toʻrtta qurut solib berdilar.

    – Tushlikka kelmasang ham boʻladi, – dedilar, – termosga choy ham quyib qoʻydim. Ja, kun botguncha yurmasdan qaytaveringlar. Tagʻin oʻyinga berilib molni soyaga

    ...
  • Sheʼr qanday yoziladi?

    Sheʼr yozish ham, ilhom deb atalgan neʼmat ham aslida qiyosi yoʻq sirli-sehrli jarayon. Masalan, oʻnta shoirdan: “Sheʼr qanday yoziladi?” deb soʻrasangiz, oʻn xil javob eshitasiz, yoki oʻnta shoirning, deylik, ona mavzusidagi oʻnta sheʼrini topib oʻqisangiz, ular oʻn xil yozilganini koʻrasiz. Bu holat sheʼrning oʻziga xos hodisa, oʻziga xos yangilik sifatida dunyoga kelishidan darak beradi.

    ...
  • Jaholatga qarshi maʼrifat

    Jaholat urugʻini

    Sochishmoqchi biz tomon.

    Kimlar yoʻldan adashgan,

    Kimlar qalbida gumon.

     

    Jaholatga qarshi yoʻl,

    Soʻzsiz maʼrifat boʻlur.

    Ongingdagi boʻshliqni,

    Bilimlar bilan toʻldir.

     

    Sen buyuk yurt ertasi,

    Intil maʼrifat sari.

    Seni qoʻllaydi Vatan,

    Sen-chun ezgulik

    ...
  • Bogʻ

    Hovlimizda men uchun

    Yaratilgan kichik bogʻ.

    Zerikmayman u yerda,

    Oʻtar har kun vaqtim chogʻ.

     

    Gullar ekdim turli xil,

    Atirgul, rayhon, jambil.

    Bu bogʻimga qarasam,

    Ochiladi bahri dil.

     

    Har tong asalarilar

    Gul shirasin teradi.

    Ishonaman bu bogʻim,

    Oʻz hosilin

    ...
  • Tabiat

    Erta sahar doim uyqudan turib,

    Sening nafasingni his etdim har vaqt.

    Goʻzal ruxsoringni oydayin koʻrib,

    Seni jonim dedim, jonim tabiat.

     

    Koʻrkingga koʻrk qoʻshar, daraxtlar, gullar,

    Nomingni kuylashga ojiz bulbullar.

    Husningni koʻrganda yayrar koʻngillar

    Seni jonim dedim, jonim tabiat.

     

    Bagʻringda

    ...
  • Yulduzlar

    Osmon toʻla yulduz charogʻon,

    Zamin uzra turar termulib.

    Koʻkda joyin almashib shu on,

    Yulduz uchdi tilaklar olib.

     

    Havo sokin, osmon musaffo,

    Yulduzchalar turar moʻltirab.

    Shunda men ham ruhimga shifo

    Topdim nogoh, yulduzga qarab.

     

    Olmosbek SAIDQULOV,

    Toshkent

    ...
  • Millatga ilm kerak

    “Jaholatga qarshi kurashmoqning eng

    kuchli vositasi kitobxonlikdir”.

     

    Kim edik biz, kim boʻldik, bugun biladi dunyo,

    Maʼrifatning quyoshi el uzra sochdi ziyo,

    Jaholatning botqogʻi butkul koʻmildi, lekin,

    Sen doim ilm ista, millatga ilm kerak!

     

    Jaholat bu – razillik, oʻzligin unutmoqlik,

    Oʻz

    ...
  • Ona tili

    Tandirdan shirmoyi nonlarin tortib,

    “Bolam” deb tutqizgan onamsan tilim.

    Dalada yelkada ketmonin ortib,

    “Xalqim” deb hayqirgan otamsan tilim.

     

    Seni taniganman tugʻilmay turib,

    Sen asli mehrga yugʻrilgan oftob.

    Necha ming asrlar qaʼrida yurib,

    Buyuk tariximdan qilursan xitob.

     

    Dunyoga yoyildi Navoiy

    ...
  • Tabiat va biz

    Yomgʻirlar

    Suvsiz hayot yoʻq. Tabiatda suv turli shaklda – yomgʻir, qor, tuman, qirov, shudring kabi koʻrinishlarida uchraydi. Bularning barchasi tabiat uchun zarur. Ammo mening eng yoqtirganim – yomgʻir. Xoh maydalab yogʻayotgan boʻlsin, xoh shovullab; yoʻllar, ariqlarni suvga toʻldirsin yoki u sababli guldiragan momaqaldiroqdan choʻchigan qushlar oʻzini panaga olsin

    ...
  • Tarsaki

    Sanjar tong saharda, hali oʻrnidan turmasidan ayvonda onasining zarda bilan aytgan gaplari qulogʻiga chalindi:

    – Bu yashshamagur, kecha Abduqosim bilan Matqosim buvaning poliziga kirib, bodring oʻgʻirlashibdi. Buvaning oʻzi siz bilan alohida gaplashmoqchi boʻlib ikki marta kelib ketdi. Hayronman, bolamizning bunaqa odati yoʻq edi. Endi nima qilamiz? Bu gap mahallaga chiqsa sharmanda

    ...
  • Shifobaxsh sharbatlar

    Bolajonlar, meva va sabzavotlar foydali elementlarga qanchalik boy boʻlsa, ularning sharbatlari ham vitaminlarning koni hisoblanadi. Ayniqsa, ularni nahorda ichsangiz, darmondorilar ichaklarda oson soʻriladi.

    Uzum sharbati – kamqonlik, oʻpka kasalliklari, kam quvvatlikni davolashda va oʻt qopidagi toshlarni tushirishda yordam

    ...
  • Tanaga temir kerak

    Temir moddasi yetishmaydigan bolalar rangpar boʻladi, hid va taʼm bilish qobiliyati buziladi, sust fikrlaydi. Tez-tez shamollaydi. Bu belgilar tanaga kislorod yetishmasligidan kelib chiqadi. Chunki temir miyaga kislorodni yetkazib beruvchi asosiy tashuvchidir.

    Goʻsht, jigar, grechixa, bugʻdoy, dukkakli mahsulotlar tarkibida temir moddasi koʻp boʻladi. Xoʻsh, nega temir tanqisligi

    ...
  • Darddan baland orzular

    Ijtimoiy tarmoqlarda Onkogematologiya ilmiy tekshirish instituti markazida davolanayotgan bolalarga oʻz qoʻllari bilan yasagan turli oʻyinchoqlarini ulashayotgan Kamronjonning suratini koʻrib qoldim. Uning rangli qogʻozlardan yasagan kichik sanʼat asarlarini koʻrib, bunday goʻzallikni yaratish har kimning ham qoʻlidan kelavermasligiga amin boʻldim. Sababi, bor-yoʻgʻi oddiygina qogʻoz va

    ...
  • Letʼs talk about songs and music

    Hi, my dear friends!!! Today letʼs talk about songs and music. Dears, what kind of songs are you listening to? Share us about your lovely songs. Today, I am going to share one of my favourite songs.

     

    “Am I Wrong” is a positive and uplifting pop song with African rhythms from Norwegian hip-hop duo Nico & Vinz about thinking outside the box

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1-savol: Sizga “Bahor kechasi” nomli sheʼrning tugʻilish tarixi haqida savol bermoqchimiz. “Oʻshanda, – deb yozadi savolimiz qahramoni, – men uyimizga yurib emas, uchib keldim. Keliboq yoʻl boʻyi tugʻilgan tuygʻularimni qogʻozga tushirdim. Men bu sheʼrni shunday yengil, toʻlib-toshib yozdimki, yuragimga allaqanday afsonaviy bir qudrat kirib olib, fikrlarim, qoʻllarimga kuch

    ...
  • Maqsad – haqiqiy xazina

    Shaxmatni qadimiy va donishmandlarga xos oʻyin deb bejiz aytishmaydi. Bu sport turi bilan shugʻullangan bola teran fikrlaydi, har qanday qiyin vaziyatdan chiqishning toʻgʻri yechimini topa oladi.

    Tengdoshingiz Samandar Shermuhamedov – 16 yoshda. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 25-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi.

    Samandar bolaligidan shaxmat bilan doʻst

    ...
  • Keyvord

    Bugun eʼtiboringizga havola qilayotganimiz – yangi boshqotirma turi Keyvord deb ataladi.

    Keyvord – raqamli topqirlik mashqi boʻlib, unda jumboq soʻzlar taʼriflari bayon etilmagan harf va raqamlardan iborat. Bunda har bir harf oʻz raqamiga ega boʻladi.

    Bir xildagi raqamli kataklarga bir xil harflarni yozish hamda qolganlarini topish bilan keyvordni hal eting. Bunda sizga

    ...
  • Onlayn darslarda

    Onlayn dars tartibi

    Dangasaga xush keldi.

    Darsin qilsa-qilmasa,

    Puch bahosi – “uch” boʻldi.

     

    Mana sakkiz oydirki

    Taʼtili etar davom.

    Bu yurishda dangasa

    Qanday oshadi dovon?!

     

    Sinfdan sinfga koʻchsa-da

    Bilimsiz, yalqov boʻlar.

    Garchi boʻyi oʻssa-da

    Aqli past, anqov

    ...
  • Mahmud Toir

    Mahmud Toir 1952-yil 31-avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Parkent qishlogʻida tavallud topdi. Nizomiy nomidagi oʻrta maktabni bitirgach (1959–1969), Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetining kechki boʻlimiga oʻqishga kirdi.

    Harbiy xizmatdan soʻng oʻqishni davom ettirdi. Respublika radiosining bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.