Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil sonlari

2021-yil 7-son

  • Yoshlar madhiyasi

    Yoshmiz, dilimizda ezgu ahd boʻlgay,

    Har yurakda shiddat boʻlgay, shahd boʻlgay!

    Yurtboshimiz koʻrsatgan yorugʻ yoʻlda,

    Manzilgacha yoʻldoshimiz baxt boʻlgay!

     

    Vatan bizdan kutmoqda buyuk ishlar,

    Bu ishonchdan joʻshar ishtiyoqimiz!

    Bunda jamdir Barchinoy, Alpomishlar,

    Koʻksi baland “Yoshlar

    ...
  • Yaqin kelajakni oʻylab

    Assalomu alaykum, jurnalimizning aziz muxlislari. “Gulxan”ning yangi soni qoʻlingizga yetib bordimi? Demak, biz ijodkorlarning istagi amalga oshibdi. Ishonasizmi-yoʻqmi, jurnal jamoasining yagona orzusi – qiziqarli va mazmunli jurnal tayyorlab, sizga bekam-u koʻst qilib yetkazish. Jurnal atrofiga oʻqiydigan, fikrlaydigan, yangilikka intiluvchan, izlanuvchan oʻquvchilarni yana-da koʻproq

    ...
  • “Musavvir” bagʻrida

    Urganch shahridagi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati qoshida faoliyat yuritayotgan “Musavvir” oromgohi voha yoshlarining sevimli goʻshasiga aylangan.

    Ushbu hududga qadam bosar ekansiz, oromgohdagi saranjom-sarishtalik va ozodalikdan kayfiyatingiz koʻtariladi. Soya-salqin bogʻ ichida miriqib, oʻynayotgan bolalarning quvonchi

    ...
  • Yillar qanotidagi sinovlar

    Eh, bolalikning qiyqiriqlarga toʻla quvnoq va chang koʻchalarini kim ham sogʻinmaydi, deysiz?! Ming afsuski, yoshingizga yosh, yillaringizga yillar ulanib ketaverar ekan. Va qarabsiz-ki, koʻz ochib yumguncha ulgʻayib ham qolarkansiz. Endi koʻcha changitib toʻp surishlar qayda... Zuvillab chopishlar yoʻq. Kattalarga hech kim ertak aytmaydi. Ular bolalarcha arazlasholmaydilar ham. Kattalar

    ...
  • Ixtirochi bolalar

    Mamlakatimizda ilm-fan, yoshlarning ilmiy izlanishlari, yaratuvchanligi, tashabbus va tadbirkorligiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ular yaratgan yangilik va izlanishlar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shunga javoban yoshlar orasida tinmay izlanayotgan, Vatanimiz yuksalishi yoʻlida bor kuchi, bilimi bilan harakat qilayotgan ixtirochi bolalar, katta yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan oʻquvchi, talabalar

    ...
  • “Poklik bilan unib-oʻsdim”

    Goʻzal diyor

    Oʻzbekiston goʻzal diyor,

    Saodatga mehnati yor.

    Oʻzgacha bir hikmati bor.

    Shoirlari, hofizlari –

    Halollikka aytar alyor!

     

    Shosh oʻziga berib oro,

    Gulday boʻlib bora-bora,

    Shuhrat yoydi jahon aro!

    Samarqand-u ul Buxoro,

    Ham Fargʻona dili moro!

     

    Doim

    ...
  • Duduq momo

    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,Shuhrat medali sohibi Olloyor Begaliyev qutlugʻ 60 yoshini nishonlash arafasida. Uning ijodi va ish faoliyati bolalar nashrlari va adabiyoti bilan chambarchas bogʻliq. “Gulxan” jurnali va “Choʻlpon” nashriyotida (1988–1992) muharrir boʻlib ishlagan. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan soʻng Oʻzbekiston

    ...
  • Olis sayyorada

    Yozuvchi Temur Ubaydullo ijodini bolalarga sheʼr, doston, hikoyalar yozishdan boshlagan. UningTelefon”, “Qirlar toʻla qizgʻaldoq,Hayot guli kabi yigirmaga yaqin kitoblari chop etilgan. Adibning aytishicha,Olis sayyorada deb nomlangan qissasi nevaralariga aytib bergan ertaklari asosida yaralgan. Unda Toʻlqin va Yolqin

    ...
  • Ichonch bergan kuch

    Zarnigor Doniyorova maktabimizning 5-sinfini tugatdi. Hammamiz uni nafaqat aʼlochi oʻquvchi, balki sportchi qiz sifatida ham yaxshi taniymiz, unga havas qilamiz. Qarashlari tiyrak, qaddi – qomati kelishgan, nozik tabiatli qiz Zarnigor koʻpdan buyon badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi. Murabbiy Lutsiya Yarulinaning suyukli, qobiliyatli shogirdi. U tuman, viloyat, hatto respublika

    ...
  • “Tinchlik degan qoʻshiqni har yurakka joylayman...”

    Surxondaryolik shoir Xurram Rayimov nomi sizga yaxshi tanish. Chunki Xurram bobo juda bolajon ijodkor. Shu bois aksariyat sheʼrlari bolalarga bagʻishlangan. Yaqinda “Tamaddun” nashriyotida ijodkorning “Meni shoir qilgan muhabbat” nomli yangi sheʼriy toʻplami chop etildi. Unda shoirning Vatanga boʻlgan iftixori, onaga boʻlgan mehri, bolalikka sadoqati oʻz aksini topgan.

    Ushbu kitobning

    ...
  • Rang

    Yam-yashil ikki yuzim,

    Daraxtlarga libosman.

    Hayot ramzidir tusim,

    Hatto quyosh havasmand.

     

    Shabbodada shod boʻlib,

    Quvnab qarsak chalaman.

    Koʻz quvnaydi boqsangiz,

    Goʻyo Quvnoq bolaman.

     

    Dilbar AHMADOVA,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 43-maktabning 7-sinf oʻquvchisi

  • Momaqaymoq

    Zaminni gilamdek burkaydi oʻtlar,

    Momaqaymoq shodon koʻklamni qutlar.

    Bir qattiq shamol esib qolsa agar,

    Uchib ketar shoʻrlik misli oq ukpar.

     

    Durdona KUSHMATOVA,

    Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 7-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

  • Vatan

    Oʻz yurtingni sevmoq iymondan erur,

    Mard oʻgʻlonlar asragan el qoʻrgʻonim.

    Nasibasi butun, rizq-roʻzi toʻkin,

    Jannatdir bogʻlaring, Ota makonim.

     

    Yurtim, erking uchun qancha bahodir

    Oʻgʻlonlaring boʻldi yovlarga qalqon.

    Zarra tuprogʻing-chun har nega qodir

    Tanti farzandlaring bor – mard-u

    ...
  • Kim boʻlmoqchisan?

    Novda ochganda kurtak

    Berar hosildan darak,

    Balki bogʻbon boʻlajak,

    Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

     

    Shodlik baxtga hamnafas,

    Qalbingda oliy havas,

    Yetuk olim, yo zoʻr shaxs,

    Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

     

    Koʻksi uzra faxr-shon

    Toshib uradi javlon.

    Ertangi Oʻzbekiston,

    Ayt-chi, kim

    ...
  • Oʻzbekiston

    Oʻynab-kulib oʻsayapman,

    Oʻzbekiston bagʻrida.

    Koʻzim quvnab toʻymaydi,

    Dalasidan, togʻidan.

     

    Jannatmakon atalmish,

    Har manzil bogʻu-boʻston.

    Sharafingga, shoninga,

    Koʻz tegmasin hech qachon.

     

    Shunday ajib diyorda

    Tinch, osuda yashaymiz.

    Nomingga dogʻ tushirmay,

    Avaylaymiz,

    ...
  • Urush yillarida

    (voqeiy hikoya)

    Murtazo bobom aytib bergan bu voqea bir burda non topib, qorinni toʻydirish qiyin boʻlgan Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan davrda boʻlgan ekan. U paytda bobom oʻn ikki-oʻn uch yoshlardagi bolakay ekan. Bobomning otasi mahallasining obroʻli ziyolilaridan boʻlib, xalq orasida Olovuddin eshon nomi bilan mashhur

    ...
  • Boshqa echki

    Ertak boshlar navbat-la,

    Toʻrt yoshli Akmal.

    Ona echki haqida

    Shoshilib har gal.

    Toʻxtatib deymiz, – Uka,

    Ertaging eski.

    Shunda der ishonch bilan:

    – Bu yangi echki.

     

    Vali AHMADJON

  • Ruscha lugʻat tuzamiz

    Qani, jajji Dilovar

    Tuzgin ruscha slovar.

    “Leto” yozdir, Kuz – “osen”

    “Noch” – kecha, kunduzi – “den”.

    Aʼlo soʻzi – “otlichno”

    Abadiy esa – “vechno”.

    “Sad” – bogʻ, “orex” – oh,

    ...
  • Yolgʻizlikda

    Ashulani vang qilib,

    Hammani hang-mang qilib.

    Toʻzgʻitgancha koʻchani,

    Buzib tinchin kechani,

    Botirvoy shoshib borar.

    Kuchuklarni hurdirib,

    Kimligini bildirib,

    Qoʻshiqmi, baqiriqmi,

    Yordamga chaqiriqmi?

    Ilhomi toshib borar.

    Bilsak, Botir bu palla

    Qoʻshiq aytib baralla,

    Madad berib

    ...
  • Bolalar adashmasin

    Devorlarga chizibsan

    Hayvonlarning rasmini.

    Uylar koʻrkini buzib

    Qilgan ishing yaxshimi?

    – Bir-biriga oʻxsharkan

    Yangi tushgan binolar.

    Oʻz uyini topolmay

    Oʻrtoqlarim qiynalar.

    Oyijon, ular endi

    Yurishmaydi adashib.

    Aniqlashar uylarin

    Suratlarga

    ...
  • Mikrob

    Firdavsning eng yomon koʻrgan ishi – tirnoq oldirish. Aksiga olib tirnogʻi juda tez oʻsadi. Qum, tuproq oʻynamasa ham tirnogʻining ichi kir boʻlib qolaveradi. Kecha plastlindan ayiqcha yasagandi. Plastilin qoldiqlari oʻsgan tirnoqlari orasiga kirib qolibdi shekilli, qop-qora boʻlib ketdi. Ammo Firdavs buni oyisiga bildirmadi, indamay bogʻchasiga ketdi. Boʻtqa tarqatayotgan bogʻcha opasining

    ...
  • Oʻquvchi mehnati aybmi?

    Bizni bolaligimizdan “Mehnatning tagi rohat”, “Mehnat qilgan yetar murodga” kabi maqollar bilan mehnat qilishga, kattalar ish buyurganda, “labbay”, deb javob berishga oʻrgatishgan. Hayotimiz davomida esa halol mehnat – huzur-halovat ekanligiga ishonch hosil qildik. Shu maʼnoda millatning tarbiyasiga hissa qoʻshayotgan biz ustozlar bolalarni avvalo, mehnatga oʻrgatishimiz kerak. Oʻquvchilarni

    ...
  • Qadrlashni oʻrgandim

    Har yili yozgi taʼtil boshlanishi bilan Samarqandga – bobom bilan buvimning yonlariga borardim. Ulkan bogʻ va dala-dashtda mazza qilib oʻynardim. Ammo, bu yil u yerda atigi bir haftagina boʻlib, uyga qaytishga toʻgʻri keldi. Sababi, uyimizda taʼmirlash ishlari boshlandi. Devorlarga gulqogʻozlar yopishtirildi. Men bu jarayonlarning har birini diqqat bilan kuzatdim. Oʻz xonamning

    ...
  • Saralangan sozlar

    Bugun biz “ziyoli” deganda, oliy maʼlumotli, kostyum-shim kiygan, boʻyinbogʻ taqqan, ikki-uch tilda bemalol soʻzlashadigan kishini tasavvur qilamiz. Lekin, Gʻarbda maʼlumoti oliy, oʻzi bashang kiyingan, xorijiy tillarda ona tilidek soʻzlasha olsa-da, biror musiqa asbobini durustroq chala olmasa, unday odamni aslo madaniyatli, ziyoli deb hisoblashmas ekan.

    Nogoh yoʻlingiz tushib,

    ...
  • Zakovat sayyorasi

    1. AQSH hukumati uni qirqinchi shtat sifatida o‘z mamlakatiga qo‘shib olmoqchi edi. Ular bu hududga ilg‘or texnologiyalarni joylashtirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo‘lgan edi. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, bunga erisha olmadilar. Bu qaysi joy  edi?

     

    2. O‘rta asr hind

    ...
  • The boy who cried wolf

    Once, there was a boy who became bored when he watched over the village sheep grazing on the hillside. To entertain himself, he sang out, “Wolf! Wolf! The wolf is chasing the sheep!”

    When the villagers heard the cry, they came running up the hill to drive the wolf away. But, when they arrived, they saw no wolf. The boy was amused when seeing their angry faces.

    “Donʼt scream

    ...
  • 300 tilga tarjima qilingan kitob

    Otam Fransuz yozuvchisi va aviatori Antuan de Sen-Ekzuperining “Kichkina Shahzoda” nomli kitobini sovgʻa qilganida bir yosh ekanman. Ota-onamning aytishicha, oʻsha paytda men faqat kitobdagi rasmlardan zavqlanar ekanman. Ilk marotaba “Kichkina shahzoda”ni oʻqiganimda sakkiz yoshli qizaloq edim. Shuni tan olishim kerakki, u paytlar “Kichkina shahzoda” kitobi men uchun biroz jumboqli tuyulgan

    ...
  • Jiddiy rejalar sari

    Bu yil toʻqqizinchi sinfni tamomlab, yozgi taʼtilni jiddiy rejalar bilan boshladim. Sababi, oliy oʻquv yurtiga kirish uchun bor-yoʻgʻi ikki yilgina tayyorgarlik koʻrishim kerak. Shu vaqt mobaynida tanlagan yoʻnalishim boʻyicha 5-sinfdan 11-sinfgacha zarur boʻlgan darslik kitoblarini qaytadan oʻqib, mukammal oʻrganishim kerak. Bular esa anchagina vaqt talab etadi.

    Koʻpchilik yozgi

    ...
  • Yongʻin

    Kuz kunlarining biri. Erta tong. Nonushta qilib boʻlgandan soʻng, dadam ishga, ukam oʻqishga ketdi. Onam uyda qoldilar. Dadam ketar chogʻlarida bogʻga borib, sigirlarni oʻtloqqa bogʻlab kelishimni aytdilar. Bogʻimiz uyimizdan uzoqroqda boʻlgani sababli, velosipedda borardim. Darvozadan chiqayotganimda, kichik xaltachadagi ozgina chiqindiga koʻzim tushdi. Bogʻimizga boradigan yoʻldagi

    ...
  • Ona ayiq naʼrasi

    Qadim zamonda dunyoning togʻlari, oʻrmonlari moʻl boʻlgan, sharqiroq suvlari musaffo, qushlari ovlanmagan, mevalari toʻkilmagan yuksak togʻlaridan birining bagʻrida ona ayiq bolalari bilan yashagan ekan. Uning ikkita bolasi boʻlib, biri-biridan doʻmboq, biri-biridan quvnoq ekan. Ona ayiq har kuni bolalarini inida qoldirib, yemish izlab toqqa chiqib ketarkan. Kun ketidan kun oʻtib ayiqchalar

    ...
  • Shodmon Otabek

    Shodmon Otabek 1946-yil Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻildi. 1969-yili hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetini bitirgach, respublika radiosida ish boshladi.

    Madaniyat institutida jahon adabiyotidan dars berdi. “Xabar” gazetasida bosh muharrir, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida adabiy xodim boʻlib xizmat qildi. Oʻsha yillari “Til – xalq qalbi”, “Kuy

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.