Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 10-son

  • Tilak Jo‘ra

    Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos olim Tilak Jo‘ra o‘tgan asrning 70-yillarida adabiyotga kirib keldi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi: yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

    Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ildi. 1956-1966-yillarda o‘rta maktabda, 1966-1972-yillarda hozirgi Milliy

    ...
  • Kichik hikoyalar

    Tarix xursand bo‘ladi

    Yangi asfalt qilingan tep-tekis  yo‘lda   velosipedida  g‘izillab   ketayotgan   Akobir birdaniga  egardan uchib tushdi. Yerga qattiqroq tushdi shekilli  voy-voylab yig‘lab yubordi.

    – Yig‘lama, yig‘lama, o‘rtoq, qaytaga xursand bo‘l, sen tarix   yaratding, –

    ...
  • Ijod muhitingizni toping!

    Ba’zan atrof-muhit, ona tabiat sizni o‘zi­ga chorlaydi. Undagi go‘zallikdan bahra olib, ijod qilgingiz, she’rlar, hikoyalar bit­gin­giz keladi. Gohida miyangiz tanlagan mav­zuyingiz haqida ma’lumotlar, voqealar ri­voji, tasvir va illyuziyasini rejalashtiradi. Bi­roq uni qay yo‘sinda asar holatiga kel­ti­rishni o‘ylab qoladi. Shunday paytda siz

    ...
  • Antiqa shart

    Saroyda aqli va odobi go‘zal, ko‘rkam shahzoda voyaga yetibdi. Otasi shahzodaning boshini ikkita qilmoqchi bo‘libdi. O‘g‘liga husnda tengi yo‘q qizlarni ko‘rsatibdi. Biroq, shahzoda uylanish uchun otasiga bir shart qo‘yibdi:

    – Otajon, men sizning orzuingizni amalga oshiraman, – debdi yerdan ko‘zini uzmay. – Lekin men qizlarni saralash uchun sinovdan o‘tkazmoqchiman.

    – Qanday

    ...
  • Mutolaa – zavq

    Konimex tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi  ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni  keng  targ‘ib qilish maqsadida  tumandagi  DMTT  tayyorlov guruhining 

    ...
  • Iqtidorlilar – kelajak yaratuvchilari

    Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” to‘garagiga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb etilgan. O‘quvchilar “Robototexnika” to‘garagida robotlarni loyihalash, ularni boshqarish, sensorli qayta aloqa va axborotni qayta ishlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garakning faol o‘quvchilaridan biri Sunnatilla

    ...
  • Milliy o‘yinda millat g‘oliblari

    Qadrli o‘quvchilar, sport­ning kurash turi bilan necha yoshdan shug‘ullanish mum­kinligini bilasizmi? Mutaxassislarning ta’­kid­la­shicha, bolalar bu sport bilan 12 yoshdan boshlab shug‘ullanishi maq­sadga muvofiq ekan. Ku­rash qadimdan turkiy xalq­larning kundalik hayoti, turmush tarzidan joy olgan. Uning asl o‘tmishi yunonlarga va qadimgi Olimpiya o‘yinlariga

    ...
  • Saboq

    Dilshod bilan Murod qadrdon do‘st. Ular bir sinfda tahsil oladi, birga dars qiladi. Har ishni birgalikda bajarishga intiladi.

     Ikki do‘st maktab yo‘lakchasidan ketayotgan edi Murodning ko‘zi yerda yotgan  pulga tushdi.

    – Do‘stim, anavi yerda yotgan pulmi?

    – Qani? – Dilshod u ko‘rsatgan tomonga qaradi-yu, darhol pulni qo‘liga oldi. – 50 ming so‘m

    ...
  • Qafasdagi “qushlar”

    Javondagi shivir-shivirlar

    – Hoy, nafasim tiqilib qoldi, sal nariroq turing, iltimos.

    – Men ham shu ahvoldaman, nima qilay? Axir, bizni shu yerga – kitob javoniga qamab qo‘yishibdi.

    – Hoy, Robinzon Kruzo, sen aqlliroqsan, bir nima o‘ylab top, bu yerlardan ozod bo‘laylik.

    – Do‘stlar, bilasizlarmi, men 28 yil-u 2 oy 12 kun noma’lum orolda qolib,

    ...
  • Oddiy ehtiyoj

    O‘tgan yili – yangi o‘quv yilining boshlanish kuni, ya’ni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiriga meni Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-maktabga taklif etishdi. Tadbir da­vo­mida so‘zga chiqqan mehmonlardan biri­ning gaplari diqqatimni tortdi. U Toshkentdagi INHA universiteti rektori Mu­zaffar Jalolov edi. Rektor o‘z nutqida shu mak­tabning sobiq o‘quvchisi ekanini aytib,

    ...
  • Ochko‘zlik qilmang

    “QAMAR MEDIA” MCHJ nashriyotida chop etilgan “365 kunga 365 ibratli hikoya” nomli kitobida siz bolajonlarning kelajakda yaxshi inson bo‘lib kamolga yetishingizga, chiroyli tarbiya topishingizga ko‘mak beradigan  ajoyib rivoyatlar, tarixiy voqealar o‘rin olgan.  Afsuski, bu kitob hali ko‘pchilik  xonadonlarga  yetib bormagan. Ana shuni hisobga olib, biz jurnalimizning

    ...
  • Turob Yusuf she’rlari

    Xatarli o‘tloq

    Asalari ko‘ngliga

    Ishdan bo‘lak ne sig‘ar?!

    Chigirtkalar sakrashgan

    O‘tloqda u bol yig‘ar.

     

    Dum chumoli hol so‘rar

    Vaziyat borasida:

    –  Nima qilib yuribsan

    Tentaklar orasida?

     

    ***

    Ko‘tarma

    ...
  • Yo‘lchiroq o‘giti

    Yo‘l ustida tursa piyoda,

    Qilar uni doim himoya.

    Qizil, sariq, yashil navbatchi

    Der: “Ranglarga qilgin rioya”.

     

    Gar ko‘rinsa qizil alvon rang,

    Taqqa to‘xta, shoshilma, o‘rtoq.

    Sariq rangni ko‘rsang doimo

    Hushyor bo‘lgin, tayyor tur shu choq.

     

    Ko‘ringanda senga yashil rang,

    Mudom intil manziling

    ...
  • Shoir

    Maktabi, Vatani, Ona diyori

    Ilhomga aylanib, dilida jo‘shar.

    So‘lim tabiat-u ko‘m-ko‘k osmonlar

    Shoirga hamisha ilhom bag‘ishlar.

     

    Ipak matosidek nafis satrlar,

    Yaralar ko‘nglining tug‘yoni ichra.

    Agar izlab yurgan so‘zin topolsa,

    Undan baxtiyori topilmas sira.

     

    Yorqinoy

    ...
  • Zabt etamiz

    Tinchlik degan ulug‘ ne’matni,

    Borligiga ming-ming shukurlar.

    Shunday yorug‘ zamonimizni,

    Iftixori biz – o‘g‘il-qizlar.

     

    Ilm sari intilmoqdamiz,

    Oldimizda cho‘qqilar yuksak.

    Kashf etamiz fanlar sirini,

    Zabt etamiz marrani beshak.

     

    Marhabo OCHILOVA,

    Sirdaryo viloyati Guliston

    ...
  • Erkatoyning degani

    Onam meni erkalab,

    “Qo‘zichog‘im”, deydilar.

    Qo‘zichoqlar sut emib,

    Barra o‘t ham yeydilar.

     

    Savol bersam shu haqda,

    Onam kulib boqadi.

    Baribir ham shunaqa

    Erkalashi yoqadi.

     

    Zuhra ESHMURODOVA,

    Jizzax viloyati Paxtakor tumani

    17-maktab 7-sinf

  • Imkon beruvchi maydon

    Xabaringiz bor, shu yilning 10-18-iyul kunlari Armanistonda o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida respublikamizning bir guruh iqtidorli o‘quvchilari  ishtirok etdi. Chi­nakam  bilimdonlar  bellashuviga aylangan ush­bu   musobaqada  Toshkent Pediatriya insti­tuti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga

    ...
  • Nega shunday deymiz?  

    Quloch – qo‘l ochmi?

    Sog‘inib kutganimiz sentyabrda sevimli maktabjonlarimiz bizni quloch ochib kutib oldi. Lekin shu – quloch ochmoq, degan birikma qanday kelib chiqqanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Eshqobil Shukur “Boboso‘z izidan” kitobida bu haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tibdilar:

    Mahmud Qoshg‘ariy “quloch” so‘zini “qo‘l och” dan kelib

    ...
  • Ziyo ulashib

    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lish uchun bilim va iqtidordan tashqari ulkan qalb va bolalarga o‘zgacha mehr-muhabbat zarurdir.

    Maktabga ilk qadam qo‘ygan murg‘ak qalb egasining savodini chiqarish u o‘zini o‘quvchi ekanini his qilgungacha bo‘lgan jarayon ham oson kechmaydi.

    Bog‘cha yoki uydagi holatdan maktabdagi jarayon keskin farq qiladi. Bunday paytda biz o‘qituvchilar

    ...
  • Ko‘lmakdagi oy

    Hovlimizga chiqsam men,

    Zo‘rg‘a qo‘rqib-qaltirab.

    Ko‘lmakning o‘rtasida,

    Oy turibdi yaltirab.

     

    Oldiga borib sekin,

    Qo‘lim soldim shoshilib.

    Ushlab olmoqchi edim,

    Sinib ketdi sochilib.

     

    ***

    Mallavoy

    Mushukkinam Mallavoy,

    Yon atrofga qaramay

    Toshmi yoki

    ...
  • Bayroqni baland tut

    Dunyoda baxtliman, bordir Vatanim,

    Baxtlarga cho‘milib, ulg‘aygan tanim,

    Bilim, hayot bergan muqaddas makon,

    Bu mening Turonim, qadim Turkiston,

    Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i.

     

    Inson qadri, erki  yurtimda baland,

    Keksani e’zozlar navqiron avlod.

    Muhtojga saxiylar qilar saxovat.

    Do‘stlarni qadrlar aylab

    ...
  • Kashfiyotchining kashf qilinishi

    Stiv Jobs Makintosh kompyuterlari, Ayfon va Aypad qurilmalarining kashshofi sifatida mashhur. Bundan tashqari, uning innovatsion g‘oyalari musiqa, kino va raqamli nashriyot sohalarini ham o‘zgartirib yubordi. Stiv bolaligidanoq hamma narsani o‘zi mustaqil  bajarishni xohlardi.

     

    U boshqacha edi

    Stiv juda chaqqon va

    ...
  • Erpo‘lat Baxt she’rlari

    Vatanimga

    O‘zbekiston, buncha ham

    Chiroyga boy go‘shasan?

    Kundan-kunga husningga

    Yana husn qo‘shasan.

     

    Seni desam, qush kabi

    Ko‘kka uchgim keladi.

    Buvijonim quchgandek

    Mahkam quchgim keladi.

     

    ***

    Asalariga nasixat

    Asalari,

    ...
  • Oddiy muallim  

    O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf juda ko‘plab taniqli shoir va adiblarni o‘ziga ustoz deb bilgan. Ular O‘zbekiston Qahramonlari – adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov, shoirlar Erkin Vohidov, Abdulla Oripov edilar. “O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar, degan edi sevimli shoirimiz Erkin Vohidov. Muhammad Yusuf ham qator shoirlarga ustozlik qildi, yoshlarning boshini

    ...
  • Chin ilmi tolib bo‘lar

    Bolajonlar qo‘lida o‘z gazeta va jurnallarini ko‘rsangiz, yayrab ketasiz. Yunusobod tumanidagi 274-maktab o‘quvchilarining shiori shunday: 

     Chin ilmi tolib bo‘lar, 

    “Gulxan” o‘qigan bola.

    Yaqinda ushbu maktabda 2-“A” sinf rahbari Iroda G‘ulomova tashabbusi bilan “Gulxan”  jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, yozuvchi Muhabbat

    ...
  • G‘oliblar taqdirlandi

    Jurnalimizning 9-sonida ma’lum qilganimizdek, maktab o‘quvchilari uchun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari hamkorligida “Yozgi ta’tilni Milliy tiklanish bilan” loyihasi doirasida o‘tkazilgan insholar tanlovining g‘oliblarini aniqlash bosqichi yakuniga yetdi. Tanlov boshida e’lon qilinganidek, g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi

    ...
  • Mehringni taftiga havasda quyosh

    Dunyoda ellar ko‘p, elatlar bisyor. Dunyoda tillar ko‘p, millatlar bisyor. Dunyoni zabt etgan jahongir tillar, qobig‘idan chiqmay tosh qotgan tillar, o‘z ona tilini topolmay nochor begona tillarda so‘zlashgan ham bor.

    Bir-biridan biyron, purma’no tillar jahon sahnasida xo‘p javlon urar.

    Men uchun bir til bor, mag‘rur, ulug‘vor, uning har jarangi qonimda oqar, har bitta shevasi

    ...
  • Tildan taralgan tafakkurlar

    Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

     

    O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili haqida”gi

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.