Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2024-yil 8-son

  • Bagʻishlov

    Ey yurtdoshim, nihol ekib, gulzor yarat,

    Gullar ifor taratsin shu bo‘ston uchun.

    Ezgu ishga o‘zni chog‘la, belni bog‘la,

    Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston uchun!

     

    Ko‘kda bayroqlaring mudom hilpirar hur,

    Bobolaring jon bergan shul iymon uchun.

    Dilni dilga, qo‘lni qo‘lga mahkam bog‘la,

    Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston

    ...
  • Umidli yoshlar parvozi

    Yozgi ta’til kunlari ham oxirlab qoldi.

    Aziz muxlislar, bilaman, siz bu kunlarni bekor o‘tkazganingiz yo‘q. Lekin baribir ta’til yaxshi-da! Shunday bo‘lsa-da, uch oylik ta’tilni qanday o‘tkazganingiz haqida bir o‘ylab ko‘ring. O‘z-o‘zingizga savol berishni o‘rganing. Javobingizdan ko‘nglingiz to‘lsa, demak yozni bekor o‘tkazmabsiz. Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz, u holda qoniqarli

    ...
  • Muallim millatni tarbiyalaydi

    Sahifamiz mehmoni — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi, jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, professorSherzodxon Qudratxoja. Ha, bugun yurtimizda ustoz jurnalistni tanimaydigan, bir bora

    ...
  • Bola qalbining meʼmori

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, II-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni nishondori, taniqli adiba Yayra Sa’dullayeva bu yil 90 yoshni qarshilayaptilar. Yayra opa ish faoliyati davomida butun iste’dod va imkoniyatlarini, kuch-g‘ayratlarini bolalarga bag‘ishladilar, ularga atab qalam tebratdilar.

    Yayra Sa’dullayeva avval yoshlar gazetasida ish boshlaganlar. So‘ng

    ...
  • Oʻzni uygʻotish

    – Turgin, – onam uyg‘otdi,

    – Buncha bo‘lma dangasa.

    Doim uxlab qolasan

    Biz seni uyg‘otmasak.

     

    Badantarbiya mashqin

    Bajargin zavqqa to‘lib,

    Quv g‘aflat aravasin

    Kuchli, g‘ayratli bo‘lib.

     

    Irodali bo‘l, o‘g‘lim,

    O‘z yo‘ling top gurillab.

    O‘zim ko‘maklashaman

    Soat qulog‘in

    ...
  • Onam qoʻshigʻi

    Umidni asrash kerak,

    Umid yotar beshikda.

    Aziz bo‘lsin mehmoning,

    Rizqi kirsin teshikdan.

     

    Tomorqada ishlayman,

    Goho o‘qiyman kitob.

    “Hovli supur, kir yuvgin”

    O‘zimcha qildim xitob.

     

    Umidni asrash kerak,

    Loqaydlikdan kechish shart.

    Insonning hayotini

    Belgilaydi

    ...
  • Cheksizlik

    Bir taqsim nol – cheksizlik,

    Matematik ifoda.

    Sakkiz soni yastanib

    Yotgani tushar yodga.

     

    Cheksiz olam,

    Cheksiz yurt

    Ko‘zlarimda ko‘kargan.

    Yurakdan suya-suya,

    Bor mehrimni to‘karman.

     

    Hammayoq obod, hilol,

    Lol boqadi bosh qashib.

    Iqbol uchun kurashar

    Odamlar jon

    ...
  • Najmiddin Kubro yohud ibratli taqdir

    (Boshi oʻtgan sonda)

    Chingizxon Xorazmning kulini ko‘kka sovirish uchun o‘z o‘g‘illari O‘qtoy va Chig‘atoyni harbiy qo‘shinga bosh qilib jo‘natdi. Ishongan arzandalar Tuyamo‘yin darasida katta qarshilik bilan Jayhunni kechib o‘tishdi. Hazorasp (Xorazmning bosh qal’alaridan biri) ostonasidagi ayovsiz jang ancha davom etdi. Yosh-qari, ayol-u erkak qo‘liga

    ...
  • Qirq bolaga qirq savol

    Assalomu alaykum, “Gulxan” jurnalining sevimli mushtariylari, muhtaram yosh kitobxonlar! “Bir she’r tahlili” mavzusidagi sirtqi darsimizning navbatdagi mashg‘ulotida sizlar bilan hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatining taniqli namoyandasiMiraziz A’zamning “Qirq bolaga qirq savol” she’ri haqidagi ba’zi fikrlarimizni o‘rtoqlashamiz. Shoirning 2000-yilda

    ...
  • Salimjonning kitobi

    Kattagina javonda

    Turar bitta kitobcha.

    Unda olam yashirin,

    Udir go‘yo oftobcha.

     

    Nogahon ko‘zi tushib,

    Jajji Salim hayratda.

    Onasidan minnatdor,

    Kitob olgan, albatta.

     

    – Onajon, shu kitobni

    Menga o‘qib bersangiz.

    Yashirin bilimlarin

    Mag‘zin chaqib

    ...
  • Bobomning “karomat”i

    Bobom – fikratda yakto,

    Qo‘lidan tushmas kitob.

    Bizga ham u doimo

    “O‘qing!” deb qilar xitob.

     

    Mahalla-ko‘y, aqrabo

    Undan olar zo‘r o‘git.

    So‘zi qalbdan olib joy,

    Yoritar misli xurshid.

     

    Bir kuni semiz kitob

    Bizga tutib, dedi shart:

    “Qaysing bitkazsang o‘qib,

    Ming so‘m bergayman,

    ...
  • Bilindi...

    Bugun ko‘zdan oqdi bir tomchi ko‘z yosh,

    Onamning sochida oqlar ko‘rindi.

    Yuribman o‘zimni yaxshi farzand deb,

    Onam qarigani endi bilindi.

     

    Yonida yuraman sezmadim chog‘i,

    Gullarga to‘lmadi onam quchog‘i.

    Men nodon o‘zimni o‘ylab yuribman,

    Onam qariganin endi bilibman.

     

    O‘chirdim xayoldan dunyo

    ...
  • Taʼtil

    Yil bo‘yi seni  kutdik,

    Nihoyat senga yetdik.

    Oromgohga ham bordik,

    Mazza qilib, dam oldik.

    Tog‘lar bag‘ri juda zo‘r,

    Qo‘shiqlar aytamiz jo‘r.

    Raqsni kanda qilmay,

    Sportda tinim bilmay,

    Vaqtimiz o‘tmas bekor,

    Ijodga ham imkon bor.

    Xullas, aytsam men sizga,

    Ta’til zavqlidir bizga.

    O‘g‘il-qizga

    ...
  • Mitti bir malak

    Qurtning ko‘rinishi chiroyli emas,

    Ammo ko‘rkam bo‘lar kapalak bo‘lsa.

    Istaydi, bir kunlik qisqa umrini

    Gullar ichra uchib, go‘zalroq qilsa.

     

    Hayotin oxiri quvonchli edi,

    Zahmatli onlari bo‘ldi unut ham...

    Endi udir ko‘kda uchib yurguvchi,

    Bu dunyodan mamnun mitti bir sanam!

     

    O‘ylashimcha, birgina

    ...
  • Orzuyimdagi shahar

    Moviy tiniq samosi

    Sofdir uning havosi.

    Dillar yayraydi unda,

    Bulbul sayraydi bunda!

     

    Osmono‘par binolar,

    Jalb etadi o‘ziga.

    Yam-yashil, go‘zal bog‘lar,

    Ilhom berar kishiga!

     

    Zilolaxon KOMILJANOVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 43-maktab 6-sinf

  • Ijodkor soʻzga masʼul

    O‘zbekiston Qah­ramoni, adabiyot­shu­nos olim, mohir tarjimonIbrohim Gafurov an’anaviy Zomin seminarida yosh ijodkorlarga aytgan quyidagi fikrlari “Gulxan” jurnalining yosh qalamkashlari uchun ham o‘ziga xos mahorat maktabi vazifasini o‘taydi, deb o‘ylaymiz.

    – Zomin seminari adabiy,

    ...
  • Qoʻrqma chumchuqcha, yolgʻiz emassan

    Mahallamiz  bolalari yoz  bo‘yi  mazza  qilib  cho‘miladigan Gdr (ariqning nomi) ariqning suvi to‘satdan kamayib ketdi. Avji saraton emasmi, kun qizigandan qiziydi. Qilt etgan shabada yo‘q. Hatto, ariq chetidagi sershox tut daraxtlarining barglari ham issiqdan so‘lib, shalvirab qolgan. Sigirlarimizni soyaga olgach, cho‘milgani qishlog‘imiz  etagidan  oqib

    ...
  • Mumu va Gerasim – ilk manzilga qaytish

    Sizning biror uy hayvoningiz bo‘lganmi? Mushuk yoki it kabi sadoqatli jonivorlarni juda yoqtirsangiz kerak-a? Unda keling, bugun birgalikda sodiq it va uning egasi haqida qiziqarli va qayg‘uli hikoya bilan tanishamiz.  Hech e’tibor berganmisiz, itlarga egasining martabasi, jinsi, yoshining ahamiyati yo‘q. Har qanday it o‘z xo‘jayiniga sodiq va itoatkor bo‘ladi. Mumu ham shunday itlar

    ...
  • Har kim oʻz yoʻlida

    ***

    Hus­ni­yabonu Tursunova, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktab o‘quvchisi:

    – Bu yil 9-sinfni bitirib, uzoq ikki­lanishlardan so‘ng maktabimizda o‘qish­ni davom ettiradigan bo‘ldim. Yozgi ta’tilda vaqtimni kitob o‘qishga sarfladim.  Artur Konan Doylning  “Yo‘qolgan dunyo”, Tur Xe­yerdalning

    ...
  • Oʻzbek qizi nemis tilida eng yaxshisi

    15-22-iyul kunlari Germaniyaning Gyot­tingen shahrida nemis tili Butunjahon olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 62 davlatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar o‘quvchi bellashdi. E’tiborlisi, oltin medalni olganlar orasida o‘zbekistonlik qiz ham bor.

    Olimpiada “oltin”iga bir yo‘la uch qatnashchi loyiq topildi: Rayyona Ibrohimova (O‘zbekiston), Mahyek Xon (Bangladesh) va Ana

    ...
  • Gʻalaba qonimizda

    Iltimos, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi uchun  o‘rningizdan turing!..

     

    Fransuz va ingliz tillaridagi ushbu chaqiriqdan keyin dunyoning yuzlab mamlakatlaridan kelgan minglab sportchilar, murabbiylar, sport muxlislari – barchasi oyoqqa turdi. Afsonaviy shahar – Parij bo‘ylab Vatanimiz madhiyasi yangradi. Butun dunyo O‘zbekiston sportchilariga qoyil

    ...
  • Muzaffar matematiklar

    O‘zbekiston – shak-shubhasiz, kuchli, iste’dodli, ilm-ma’rifatli insonlar yurti. Deyarli har kuni yoshlarning yangidan-yangi yutuqlari, g‘alabalari haqida xushxabarlarni eshitib turganimiz buning so‘zsiz isboti. O‘zbekistonliklar  sportda,  san’atda, ilm-fanda dunyo bolalarini yengib, Vatanimiz dovrug‘ini yetti iqlimga taratmoqda.

    Ana shunday muzaffar yigit-qizlar qatorida

    ...
  • “Svetofor” chaynvordi

    svetofor_chaynvordi.jpg

    1. Transport to‘xtash joyi.  2. Transport turi. 3.  Piyodalar harakati joyi.  4. Qadimiy transport vositasi haydovchisi. 5. Temir yo‘ldagi ko‘tarma g‘ov.  6. Ilk nusxasi 1956- yilda ishlab

    ...
  • Aziz Said

    Aziz Said 1961-yili Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1984-yilda ToshDUning (hozirgi O‘zMU)jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1992-yilda filologiya fakulteti aspiranturasini tugatgan.

    Navoiy viloyati O‘rta Osiyo temir yo‘l qurilishi ko‘chma stansiyasida yo‘l montyori, Qiziltepa parrandachilik fabrikasida ishchi, “Qizil tong” gazetasida musahhih, bo‘lim boshlig‘i, G‘afur G‘ulom

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.