Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2018-yil 12-son

  • Bosh qomusimiz

    Huquqlarimiz bisyor,

    Bizda qonun ustuvor.

    Biz erkinmiz, biz hurmiz

    Qomusda g‘ururimiz.

     

    Vatanimiz ko‘zgusi,

    Qat’iydir har bir so‘zi.

    O‘qib yodda saqlaymiz,

    Burchimizni oqlaymiz.

     

    Orzuimiz u bilan,

    Sha’n-shonimiz u bilan.

    Ozod elning qomusi

    Obod elning

    ...
  • Yil mazmuni

    Jurnalning har bir sonini ziyraklik bilan o‘qib borayotgan muxlislar! Mana siz bilan 2018-yilning so‘nggi – 12-sonida uchrashib tu­ribmiz. Nazarimda, “Gulxan”ning barcha ijodkorlari, jamoatchi mualliflari bilan ham­korlikda yil davomida siz jurnalxonlar bilan til topishishga harakat qildik. Sizdan kelgan har bir xat, har bir telefon qo‘ng‘irog‘i, internet orqali yuborilgan ijod

    ...
  • Serka

    Yaylovda yaqin qarindoshlar mehmonga kelsa uloq so‘yish odati bor. Shahardan tog‘am kelgan kuni otam o‘tgan kuzda tug‘ilgan qora uloqchani ag‘darmoqchi bo‘ldi.

    – Jon otajon, uloqchaga tegmang. Bilsangiz edi, uni shunaqayam yaxshi ko‘ramanki...

    Otamning jahli chiqmadi. Qop-qora uloqchaning mo‘ltiragan ko‘ziga qarab turdi-da, keyin og‘ilda boqilayotgan qo‘ylarning birini olib

    ...
  • Orzular ko‘rsatgan yo‘l

    Jasurlarning qishlog‘i tuman markazidan ancha uzoqda joylashgan. Ha deganda shaharga borib-kelaverish osonmas. Ayniqsa, qish oylarida qor tushib, yer yaxlaganda transport qatnovi qiyinlashadi. Shuning uchun Jasur va u kabi qishloq maktabining boshqa bolalari ham ijodiy ishlari, yasagan maketlari, chizgan rasmlarini yig‘ib, hech bo‘lmaganda ikki oyda bir marta markazdagi to‘garaklarga borib,

    ...
  • Buyuklarga munosib

    Bokudan kelgan xushxabarni eshitib, O‘zbekiston iste’dodli, qobiliyatli yoshlar vatani ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik. So‘nggi paytlarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro miqyosda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar xalqimizni quvontirayotgan bir pallada – 10–13-dekabr kunlari Boku shahrida matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tgan

    ...
  • Pirimqul Qodirov saboqlari

    Atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovdan adabiyotimiz uchun katta ma’naviy meros qoldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Meros komissiyasi mas’ul kotibi, taniqli jurnalist To‘lqin Eshbek ustozning quyma fikrlarini batafsilroq o‘rganish maqsadida bir qator

    ...
  • Bir hovli qush

    Qish. Sovuq avjiga chiqqan. Uch kun burun yoqqan qorning usti ham sovuqdan qotib qolgan. Issiq kiyinib, bo‘yniga ham qalin sharf bog‘lab olgan Aziz hovliga chiqdi. Osmonga qaradi. Uzoqdan nur sochayotgan quyoshning rangi avvalgiday qizg‘ish emas, oqish ko‘rinardi. “Quyosh ham sovuq yermikin-a”, o‘yladi Aziz unga qarab turib. Shu choq, shunaqaga o‘xshaydi, deganday, ojizgina “chirq” etgan ovoz

    ...
  • “O‘smoqda-ku bo‘yim ham...”

    Yong‘q bo‘lsa bilardim...

    Masalaga tish botmay

    Yalinaman dadamga.

    “Boshda yong‘oq chaqma”, deb

    Jo‘natadi akamga.

     

    Akam xunob. Manglaydan

    Asta-asta oqar ter.

    Surib chetga daftarim:

    “Boshda yong‘oq chaqma”, der.

     

    Xo‘p hayronman, ishim yo‘q

    Mening aslo bosh

    ...
  • “Menga baxtdan ber xabar”

    Lavh

    Bir vaqtlari onam to‘kib ko‘z nurin

    Paypoq to‘qib sotib olib bergan lavh.

    Kitobga tutinib do‘st o‘tar umrim,

    Fayzli hayotimga bag‘ishlar farah.

     

    Qo‘lga kitob olsam lavh yoyar kaftin,

    Go‘yo onam kaftin duoga ochar...

    Bunda his etaman mehrning taftin,

    Suratdan termulib ko‘z nurin

    ...
  • Kuldan topilgan o‘ymoqcha

    (o‘zbek xalq ertagi)

    Qadim zamonlarda bir yetim qiz bo‘lgan ekan. U juda kambag‘al ekan. Hatto yeyishga noni ham bo‘lmaganidan shifobaxsh giyohlar, yovvoyi mevalar bilan qornini to‘yg‘azar ekan. Bechora qiz o‘tirib kashta tikish uchun ip, igna va ozgina qiyqim topsam edi, deb orzu qilar ekan.

    Bir kuni qizning tushida kimdir “Kul tepani izlasang, biror narsa

    ...
  • Olimpiada qahramonlari

    G‘alaba totli, zafar quvonchli. Ammo bu shodumonlik tojini yurt nomini himoya qilishdek yuksak sharaf bezab tursa, kuchingga kuch, g‘ayratingga yana g‘ayrat qo‘shiladi. Bilganing mingni, qadaming marrani ko‘zlaydi. Bizni xushnud qilgani, bu xursandchiliklar boshida siz kabi yoshlar, bobolariga munosib avlod vakillari turganidir.

    Xabaringiz bor, shu yilning 24-noyabridan 3-dekabriga

    ...
  • Gulxan uchrashuvlari

    Aziz o‘quvchilar! Sahifadagi fotosuratlarni ko‘rib havasingiz kelyaptimi? Agar “Gulxan”ning doimiy muxlisiga aylansangiz, jurnal ijodkorlari sizning ham maktabingizga albatta, borishadi.

    “Boshlang‘ich ta’lim fan oyligi” hamda “Matbuot kunlari” munosabati bilan Toshkent shahridagi bir nechta maktablarda o‘quvchilar bilan ijodiy uchrashuvlarda bo‘lib qaytdik. Bular Yunusobod tumanidagi

    ...
  • Mashhurlik mayog‘i

    Olmazor tumanidagi 326-maktabni nafaqat Toshkent shahri yoki O‘zbekistonda, balki Turkiya, Rossiya kabi xorijiy davlatlarda ham tanishadi. Qanaqasiga, deysizmi?

    Ta’lim sohasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, fidoyi o‘qituvchilari hamda bilimdon, chaqqon o‘quvchilarining mehnatlari tufayli, albatta.

    O‘quv maskanidagi mavjud 14 ta fan, 4 ta

    ...
  • Aql gimnastikachilari

    Sizdan aqlni charxlab, xotirani mustahkamlaydigan sport turi qaysi, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay shaxmat, deysiz. Sportning bu turida aql va zehn kuchi bilan yo‘lga chiqqanpiyoda o‘yin yakunida “shoh”ga aylanishi mumkin. Orangizda hali yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z iqtidorini namoyon qilib, xalqaro musobaqalarda yuksak shohsupalarga ko‘tarilgan tengdoshlaringiz ham

    ...
  • Hur O‘zbekiston

    Kim baxtiyor bu olamda, kim?

    Men baxtliman, beshak, begumon.

    O‘zbekiston mening Vatanim,

    Mustaqildir hur O‘zbekiston.

     

    Yurtni sevgan elim omondir,

    Tarixga boq – bag‘rida qondir.

    Bugungi kun erkin zamondir,

    Mustaqildir hur O‘zbekiston.

     

    Bu yurtda jam baxtli odamlar,

    Har sohada ildam

    ...
  • Qish

    Ko‘kdan tinmay qor yog‘ar,

    Qormas go‘yo zar yog‘ar.

    Qamashtirib ko‘zlarni,

    Misoli gavhar yog‘ar.

     

    Chana uchar bolalar,

    Qorni quchar bolalar.

    Chanalarga oshufta

    Oppoq qorli dalalar.

     

    Muzdek izg‘irin shamol,

    Ayozdan berar sado.

    Biz esa qizlar bilan

    Yasayapmiz

    ...
  • Yangi yilim yaxshi yilim

    Onam bezab dasturxon,

    Bizni chorlar astoydil.

    Tashrifingga qalb intiq,

    Kelaqol, ey, Yangi yil!

     

    Rango-rang chiroqlari

    Nur taratar xonamda.

    Mendan baxtli odam yo‘q

    Go‘yo yorug‘ olamda.

     

    Fayz olib kel yurtimga,

    Yoshimga qo‘sh yana yosh.

    Hamrohimiz baxt bo‘lsin,

    Yeganimiz bo‘lsin

    ...
  • Maslahat

    Yo‘q bo‘lib ketyapti shu bitta sabab,

    Tabiat o‘lmoqda, yana bahona.

    Aslida biz kimdan qilyapmiz talab,

    Tabiat ko‘p emas, zamin yagona.

     

    Kiriting va yozing, qilingiz e’lon,

    Nusxa oling qolsa agarda noyob.

    Bundayin so‘zlarga loyiqmi inson,

    Axir kim buzmoqda, kim etar xarob?

     

    Bunday ketsa menda, bor bitta

    ...
  • Pishiriq

    Zavqqa to‘lib ketaman,

    Ukam yig‘lasa “hiq-hiq”.

    Chunki oyim majburan

    Pishiradi pishiriq.

     

    Totli shirinliklarni

    Pishiradi “qotirib”.

    Biz yegaymiz ularni

    Shakarchoyga botirib.

     

    Yana ko‘ngil tusasa,

    Ukamni bir turtaman.

    Yig‘lagan ukam bilan

    Pishiriqni

    ...
  • Navoiyning chamanzorida

    Bu foniy dunyoda yo‘lovchi – inson,

    Ko‘zda ziyo, qo‘lda fursat borida.

    Neki tole kulib, qo‘nim toparkan,

    Navoiyning chamanzorida.

     

    Bu gulshan aslida, nurdan yaralgan,

    Gullardan jannatning bo‘yi taralgan.

    O‘n sakkiz ming olam baxtga o‘ralgan,

    Navoiyning chamanzorida.

     

    Laylini sayr etib, bog‘ aro

    ...
  • Yomg‘ir

    Shamol esar guvillab,

    Yomg‘ir yog‘ar shirillab.

    Yaproqlar qanot yozib,

    Pastga uchar pirillab.

     

    Bulut ohista suzib,

    Osmonda yurar kezib.

    Qaldiroq gumburlaydi

    Yerning tinchini buzib.

     

    Ruxshona SHA’BONZODA,

    Toshkent shahar Chilonzor tumani 183-maktab 5-sinf

  • Yo‘llarimda bo‘l chiroq

    O‘lma, she’rim o‘lmagin,

    Mangulikka da’vo qil.

    Yo‘llarimda bo‘l chiroq,

    Yuragimni hamroh bil.

     

    Oqayin bo‘lib daryo,

    To‘lqin bo‘lib qanot ber.

    Har satringdan kuch olay,

    Tuyg‘ulardan marjon ter.

     

    Kulgularga cho‘z qo‘ling,

    Chapak chalib tursinlar.

    Tog‘ cho‘qqisin uchida

    Bir kun

    ...
  • Ustoz

    Qo‘limga ilk qalam tutqazgan ustoz,

    Ma’rifat yo‘lida chiroq bo‘ldingiz.

    Siz bizga alifbo o‘rgatgan ondan

    Yalqovlik, g‘aflatdan yiroq bo‘ldik biz.

     

    Savodimiz chiqardik harfma-harf,

    Mehnatingiz mevasi – oshdi zehnimiz.

    Endi-chi ulg‘ayib, aqlimiz tanib,

    Ilmga yurakda oshdi mehrimiz.

     

    Endi osmonlarda

    ...
  • Oshkor bo‘lgan xatolar

    Salom, aziz tengdoshlar!

    Men 9-”A” sinf o‘quvchisi To‘laganova Komilaman. Maktabda “4”, “5” baholarga o‘qiyman. To‘g‘rirog‘i, “yaxshi o‘qib” yomon baholarimni o‘zgartiryapman. Ha, hayron bo‘lmang, o‘zimni a’lochi qizman deb, maqtab maktub yozayotganim yo‘q. Bunday holatni ayni paytda sinfimizning ko‘pgina o‘quvchisida ko‘rishingiz mumkin. Gapni boshidan boshlasam.

    Menimcha,

    ...
  • Halollik

    Zilola opa shogirdi Maftuna opa bilan Tarix muzeyidan tayyorlanayotgan ko‘rsatuvda qatnashishdi. Muzeydan chiqqanlarida soat oltidan oshgandi. Maftuna opa bolalarini bog‘chadan olishga shoshardi. Shu sababdan taksida ketmoqchi bo‘lishdi. Aksiga olib mashinalar kam. Nihoyat oq Neksiya chetroqda to‘xtadi... Yo‘l-yo‘lakay haydovchi o‘g‘lini maktabdan oldi, Maftuna opani esa bolalarining

    ...
  • Muz bola

    Tahririyatimizga kunora o‘z ijod namunalari bilan o‘quvchilar kelib turishadi. Uzoq viloyat, tuman, shaharlardan farzandi yoki nabirasini yetaklab kelgan ota-ona yoki keksalarimizni ko‘rib quvonib ketamiz. Chunki ertangi kun uchun tashlanayotgan bu kabi har qadam kelajagimizning mustahkam poydevori bo‘lmoqda.

    Yoshlarning ijodi bilan tanishar ekanmiz, ayrimlariga yo‘l qo‘ygan

    ...
  • Ketmon chopti

    Uzoqdan eski qo‘rg‘onning mustahkam devorlarini eslatuvchi Ketmonchopti tog‘ining cho‘qqilari Surxon vohasidagi eng baland cho‘qqilardan sanaladi. Qo‘rg‘on bo‘lganda ham salobatli va buyuk qo‘rg‘on. Janubiy-g‘arbda Darbanddaryo, shimoliy-sharqda Xo‘ja Gurgurota tog‘i orasida 23 kilometrga cho‘zilgan bu devorsimon, har joyida soqchilar minorasidek turtib chiqqan alohida cho‘qqilar, mohir usta

    ...
  • Qorboboning sovg‘asi

    Qishloqdagi hamma odam bu momoni “maqolchi momo,” deb ataydi. Negaki, momo har gapiga maqol qo‘shardi. Momoning qizi Umida o‘g‘li Sardorni onasiga qoldirib, shaharga ishlagani ketdi. Oyda bir kelib ulardan xabar olib ketadi. Momoning ismi jismiga monand. Rivoyat-u masallar koni. Bir kuni o‘qishdan kelsam, onam:

    – Bolam, Toshbuvi momongnikiga chiqib o‘tin yorib bergin, boya iltimos

    ...
  • Yuz bilan yuzlashgan nashr

    “Xalq ta’limi” o‘z so‘zi, o‘z muxlisiga ega bo‘lgan bobo jurnal. “Gulxan”ning qadrdon akasi, maslahatgo‘y ustozi. Xalqimizda hovli olma, qo‘shni ol, degan dono maqol bor. Bu maqolning naqadar serhikmatligini “Gulxan” jurnali yaxshi biladi. Nega desangiz, biz mashhur Turon ko‘chasidagi 41-uyda naq 34 yil “Xalq ta’limi” jurnali bilan yonma-yon qo‘shni bo‘lganmiz. Ko‘pchilik bizni aka-uka

    ...
  • Что полезно, а что вредно?

    Рано вставать.

    Поздно вставать.

    Подушкой вытираться.

    У телевизора сесть.

    Лёжа одеваться.

    На диване валяться.

    В доме прибрать.

    Кота обижать.

    Книги читать.

    С друзьями играть.

    Кота накормить.

    Цветы полить.

    В магазин сходить.

    Идти рисовать.

    Ворон считать.

    Сытно

    ...
  • Поиграем в сравнение

    САМОЛЁТ летает, как...

    БАЛЕРИНА порхает на сцене, как...

    СПОРТСМЕН плавает, как...

    МАЛЫШ скачет, как...

  • Бывает – не бывает

    Слон пьёт воду.

     

    Собака грызёт кость.

     

    Тигр жуёт траву.

     

    Лошадь ловит муху.

     

    Стрекоза ест мясо.

     

    Пингвин поймал  рыбу.

  • Противоположные слова

    Нож ТУПОЙ, а топор...

     

    Трамвай МЕДЛЕННЫЙ, а самолёт...

     

    Стул ЖЁСТКИЙ, а диван...

     

    Камень на дороге СУХОЙ, а в луже...

     

    Пальто ЗИМНЕЕ, а шорты...

     

    Чашка ПОЛНАЯ, а стакан...

     

    Подготовила И. Маликова

  • Story of the year

    “A son and his father were walking on the mountains.

    Suddenly, his son falls, hurts himself and screams: “AAAhhhhhhhhhhh!!!”

    To his surprise, he hears the voice repeating, somewhere in the mountain: AAAhhhhhhhhhhh!!!”

    Curious, he yells: “Who are you?”

    He receives the answer: “Who are you?”

    And then he screams to the mountain: “I admire you!”

    The

    ...
  • New year wishes

    My dear friends!!! Our life looks like echo. We hear what we say. We see what we do. So Let’s do only goodness! Let’s be only in good mood! 365 days complete, 365 new days to go, I am writing a New Years resolution, how about you? May you have a wonderful New Year! New love, new do, new purse, new adventures, new you. May the coming year be a great success for you! Happy new

    ...
  • Yangi yil mo‘jizasi

    Yelena Ambrosova

     

    Mana bir haftadan beri hammomga qo‘lqop kiyib kiryapman. Sababi jo‘mrakdan suv o‘rniga qor parchalari yog‘yapti.

    Bu mo‘jiza men Qorboboga ishonmay qolgan kunimdan boshlandi.

    Yangi yil ta’tiliga chiqish arafasida a’lochi dugonam Dasha menga:

    – Tonya, Qorbobo aslida yo‘q. Archa tagidagi

    ...
  • Xushxabar

    “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 10–14 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan respublika bosqichida Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 8-”B” sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova zukkoligi, hozirjavobligi va topqirligi bilan hay’at a’zolarini hayratda qoldirdi. Hamda ko‘rik-tanlov g‘olibi sifatida Prezident sovg‘asiga musharraf bo‘ldi.

    Har kuni 6-7 soat vaqtini

    ...
  • Yangi yil dasturxoni

    Qo‘lqopchali salat

    Kerakli mahsulotlar: 3 dona tuxum, 250 gramm tovuq go‘shti, 150 gramm qisqichbaqa tayoqchasi, 1 dona piyoz, 400 gramm mayonez.

    Tayyorlanishi: Tovuq go‘shti qaynatib pishirilgach, mayda qilib to‘g‘raladi. Likopchaga qo‘lqop shakli berib yoyiladi. Ustidan mayonez surtib, mayda qilib to‘g‘ralgan piyoz sepiladi.

    ...
  • Zamin saxovati

    Krossvord: 1. Botqoq don o‘simligi. 2. Piyoz navi. 3. Nordon mevali daraxt. 4. Yashnagan bog‘. 5. O‘simlik qismi. 6. Diyorimiz iqlimiga moslashtirilgan subtropik meva. 7. Tirik organizmning asosiy qismlaridan biri. 8. Sabzavot turi.

    ...
  • Maqsud Shayxzoda

    O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908-yil 25-oktyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan o‘qidi va 1925-yildan boshlab Derkend shahrida muallimlik bilan shug‘ullandi.

    Shayxzoda

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.