Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 11-son

  • Usmon Nosir

    Men dunyodan ko‘z yummadim, yo‘q,

    Dunyo yumdi mendan ko‘zini.

    So‘zlar – kuragimga botgan o‘q,

    Do‘stlar ayamaslar so‘zini.

     

    Vatanim, men seni sevardim,

    Kel, lablarim bosayin, tuproq.

    Tuproq, sen bilarsan ne dardim,

    O‘zim senga o‘xshayman ko‘proq.

     

    Zamon, senga qo‘llarim kerakmi,

    Oyog‘im kerakmi?

    ...
  • O‘lkam husni gul – daraxt

    Bugun mamlakatimizda tabiatni asrash, daraxtlarni ko‘paytirish, atrof-muhitni chi­qindilardan tozalash kabi masalalar dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqida yurtimiz rahbari deyarli har bir nutqlarida to‘xtalib o‘tadilar. Jonajon O‘zbekistonimiz, uning xalqi, o‘sib kelayotgan avlod haqida qayg‘uradilar.

    Ekologiya va atrof-muhit barqarorligini ta’minlash, yashil

    ...
  • Otamizdek mehribon edi

    “Gulxan” jurnalida mashinistka bo‘lib ish boshlaganimga ikki-uch oy bo‘lgandi. Mas’ul kotibimiz Narimon aka Orifjonov bosh maqolani diktovka qilayotgandi. To‘satdan xonaga bolaligimdan buyon she’rlarini sevib yodlaydigan shoirim Po‘lat Mo‘min bilan (men u kishini avvallari faqat televizorda ko‘rgandim) shoir Yusuf Shomansur kirib kelishdi. Men beixtiyor o‘rnimdan turdim.

    – 

    ...
  • Tish cho‘tka, poroshok va atirsovun ertagi

    Bo‘lib turinglar sergak,

    Yozdim sizga bir ertak.

    Yolg‘on emas – bo‘lgan gap.

    Kimki ololsa payqab,

    O‘shanga soz maslahat:

    Esda tutsin hamma vaqt

    Tozalikning foydasin.

    Ba’zi bir qoidasin

    Shu ertakda batamom,

    Bir-bir ta’rif etaman.

     

    Og‘aynilar, balki siz

    Eshmatvoyni tanirsiz,

    O‘qiydi

    ...
  • Ijodkor tuhfasi

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi oliy toifali matematika fani muallimi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Negmurod Guliyev “Bir qadam”, “Senimi, shoshmay tur!” “Qiziqarli matematika”, “Matematikadan 90 jumboq” kitoblari orqali o‘quvchilarga yaxshi tanish. Uning matematik jumboqlardan iborat qiziqarli topshiriqlari, bolalarga atalgan beg‘ubor

    ...
  • Kitobxonlar saralandi

    O‘quvchilarning kuzgi ta’tili arafasida  Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 152-maktabda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni  munosabati bilan  “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining birinchi  bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tanlovda 9-11-sinflarning adabiyotsevar o‘quvchilari ishtirok etdi.

     Mazkur tanlov o‘quvchilar

    ...
  • Talabchan rahbar

    Men 1980-yili “Gulxan” jurnaliga matn teruvchi bo‘lib ishga kelganimda Oydin opa res­publika xotin-qiz­larining sevimli jur­nali “Saodat”da bo‘lim mudiri edi­lar. “Shoira Oydin Hojiyeva” deyishsa, butun O‘zbekiston tanir edi. Ular Zulfiya opaning chin shogirdlaridan edilar. Tabiatan og‘ir, vazmin, kamgap, ko‘proq atrofdagilarni tinglashni biladigan ijodkor sifatida tanir

    ...
  • Akbarning tushi (“Ona yer sog‘inchi” dostonidan)

    Oltin beshikmish osmon,

    Yulduzlari – qo‘ng‘iroq,

    Uxlar emish Akbarjon,

    Kamalak emish qo‘lbog‘.

     

    “Hulkar” esa ko‘ztumor –

    Emish uning boshida.

    Alla aytarmish bedor,

    Onajoni qoshida:

     

    “Dupur-dupur ot keladi, alla-yo!

    Chiqib qarang, kim keladi, alla-yo!

    Tulpori kishnab keladi,

    ...
  • Qayerdasan, jodi

    Mana,  ikki haftadir-ki, qishloqdamiz.  Tushungandirsiz. Mehmonlik hurmatimiz tugagan. Shuncha kun  bolam-bo‘tam qilib  silab-siypalagan, qo‘limizni sovuq suvga urdirmagan bobo-buvim ham bizga endi bemalol ish buyurishyapti.  Dadam eshitmasin-ku, qishloqda ish tugamaydi. Saharlab turib olma, nashvatining tagiga to‘kilganlarini teramiz. Zaxa yemaganlarini  karton

    ...
  • Qodiriyning o‘g‘li

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aktyor va rejissyor Isamat Ergashev. U bugunga qadar “Yettinchi jin”, “Sevgi afsonasi”,Mergan militsiya”, “Osiy banda” kabi 40dan ortiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, rejissyor sifatida “Temir xotin”, “Sharif-Marif”, “Buyuk Amir Temur” kabi 20ga yaqin filmlarni suratga olgan.

    ...
  • O‘zbeiston bayrog‘i

    Osmon uzra hilpirar,

    O‘zbekiston bayrog‘i.

    Ko‘k va oq, qizil, yashil.

    Mustaqillik mayog‘i.

     

    Porlab turar bayroqda,

    Yarim oy va yulduzlar.

    Shu bayroqning ostida

    O‘tar kecha-kunduzlar.

     

    Bayrog‘imiz rangida

    Tinchlik, soflik ramzi bor.

    Shu muqaddas hayotda

    Barchamizga tole

    ...
  • Ona

    Sizni qiyoslamoq, men uchun mushkul,

    Ta’rifga so‘zlarim yetmas hech qachon.

    Poyondozlar bo‘lsin poyingizga gul,

    Mehribon chehrangiz munis, qadrdon.

    Umringiz baxshida menga tun-u kun,

    Men uchun kifoya sizning boringiz.

    Ulg‘ayib ishonchni oqlayin butkul,

    Ezgu tilaklarim sizga onajon.

     

    Nozimaxon

    ...
  • Orzu

    Amir Fayzulloga nabira bo‘lib,

    Hind, pushtu tilini puxta o‘rganib,

    Ilm dunyosida o‘qib, izlanib,

    Bo‘layin bilimdon, mohir tarjimon.

    O‘zbekcha she’rlarni hindchaga chunon

    Chiroyli o‘giray, lol qolsin jahon.

    Orzu etagidan tutayin mahkam,

    Bolalik, tark etma, bo‘l menga hamdam.

     

    Saidaxon

    ...
  • Kuz

    Oltin rangli barglari,

    Ko‘zni maftun etadi.

    Bulutning ko‘z yoshlari

    Yog‘ib, afsun aytadi.

    Dalalarda paxtalar,

    Lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan.

    Go‘yo xalqning orzusi,

    Kengliklarga sochilgan.

    Yurtimiz to‘kinligin

    Bizga ko‘z-ko‘z etadi.

    Kuzni ko‘rib dilginam

    Shodon yayrab ketadi.

     

    Munisa

    ...
  • Bizning to‘garak

    Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 6-IDUM­da adabiyotga havasmand o‘quv­chi­lar ko‘p. Ular taniqli bolalar shoiri So­bir Jabbor rahbarlik qilayotgan adabiy to‘­garakda ijod sirlarini o‘rganib, rang-barang mavzularda she’r, hikoyalar yozishmoqda.

    Ijodkor o‘quvchilarimizning mashqlaridan yo‘l­lar ekanmiz, ular jurnalxonlarni befarq qoldirmaydi,

    ...
  • Kutubxona kitob saqlanadigan ombormi?

    Adabiyot darsida  “Farhod va Shirin” dostonini o‘tdik. Ustoz  “Xam­­sa” asari haqida  to‘liq ma’lumot bergach, bu kitob kutubxonamizda borligini aytdilar.  Darsdan so‘ng  mak­tab kutubxonasiga kirib (u yerga obunaman), “Xamsa”ni bir haftaga o‘qish uchun oldim.  Xursand keta­yot­sam, dugonam  Muslimani uchra­tib qoldim.

    – Voy,

    ...
  • Tabiiy fanlar toshdek og‘ir…mi? (Yoxud mashaqqatni nazarga ilmagan kichkina buyuklar)

    Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz hamisha elimiz e’tiborida. Ular ilm-fanni chuqur o‘rganib, bilimini oshirmoqda. Olmazor tumanidagi Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ana shunday yoshlar safida.Bugun biz ulardan ayrimlarini suhbatga

    ...
  • O‘zbekistonga sayohat uchun 10 sabab

    Keling, tanishamiz! Men Mubinabonu Xo‘jayevaman. Markaziy Osiyo hududidagi O‘z­bekiston deb atalmish jannatmakon yurt­da yashayman. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shah­ridagi 40-IDUMning 9-“Tibbiyot” sinfida o‘qiy­man.

    Kelajakda bolalar shifokori bo‘lmoqchiman. Buning uchun hozirdan kimyo, biologiya, ingliz tili fanlari bilan jiddiy shug‘ullanyapman. Bu yil al-Xorazmiy

    ...
  • Raqqosa qiz Kamola

    Raqs san’atining sehrli olamiga maftun bo‘lgan Kamola Davirboyeva 3-sinfda o‘qiyotgan paytidan boshlab raqsga tushadi. Ayni kunda u Toshkent shahar Uchtepa tumaniidagi 44-maktabining 7-“J” sinfida yaxshi baholarga tahsil olish bilan birga musiqa maktabida ham raqs sirlarini o‘rganishga harakat qilyapti. Biz bilan suhbatda Kamola yuragidagi fikrlarni dadil gapirdi.

    – Raqsga tasodifan

    ...
  • Iqdidorli o‘quvchilar – faxrimiz

    Maktabimizda iste’dodli yoshlar uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Rahbarimiz Mavjuda Ergasheva boshchiligidagi ahamjihat va fidoiy ustozlar jamoasining betinim izlanishlari, intilishlari, samarali mehnatlari bois, bilim maskanimizda o‘quv-tarbiya ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilar  fan va  sport to‘garaklaridan tashqari o‘z salohiyatlariga qarab “Yosh rassom”, “Mohir

    ...
  • Hayotimning bir qismi

    Tabiatan sarguzasht va sayohatlarni, yangi davralarga qo‘shilish, do‘stlar orttirishni yaxshi ko‘raman. Atrofimdagilarning “Sardorlik senga hech narsa bermaydi” yoki “O‘qishing qolib ketadi, chalg‘iysan, vaqtingni bekor o‘tkazma”, deyishlariga quloq solmadim. Bir kun ular baribir xato o‘ylayotganlarini tushunib yetadilar.

    Men sardorlik faoliyatimni maktabdan boshlaganman. Ayni paytda

    ...
  • Ulug‘ ishlarga qodirlik

    Biz bilan tengdosh bola bir o‘zi ayiqni yengadi, desam ishonasizmi? Ishonmaysiz! Ammo, men ishonaman. Buning uchun xuddi  Kishdek aqlli va tadbirli bo‘lish kerak. Bu Kish deganlari kim ekan deb o‘ylayapsizmi?

    Eshitgandirsiz, taniqli amerikalik yozuvchi Jek London uncha-buncha  yozuvchi qo‘l ura olmaydigan mavzularda qalam tebratgan. Uning asarlarida tabiat va inson

    ...
  • Shum bola o‘zga sayyorada

    2 parda 4 korinishli ertak-pyesa

     

              ISHTIROKCHILAR:

    Qoravoy. Shum bola

    Omon. Shum bolaning do‘sti

    Rahbar. O‘zga

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    Firdavs buvisi olib kelgan sharni puf­layotgan edi, Malika ogohlantirdi.

    –  Oyi, qarang! Akam shamollashini sharga yuqtiryapti, endi u ham yo‘taladi.

     

    ***

        –      Buvijon, oymomo bugun osmonga chiq­mabdi, qayoqqa ketgan ekan-a? – samoga qarab hayron bo‘ldi Firdavs.

    –  Boshqa osmondagi

    ...
  • Muhtarama Ulug‘ova

    Muhtarama Ulug‘ova 1952-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ildi. Shahardagi 2-maktabni oltin medal bilan bitirgach, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi (1968-1972).

    1972-1977-yillarda Marg‘ilon shahar pedagogika bilim yurtida o‘qituvchilik qildi. Jurnalistik faoliyatini “Saodat” jurnalida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.