Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 1-son

  • Askar

    Arslonning avlodi arslonga xos,

    Mardlik, sadoqatdan kiyibsan libos,

    Olg‘a bos, olg‘a bos, faqat olg‘a bos,

    Hamisha sergagim – mening askarim,

    Sen-la osudadir uyim, maskanim.

     

    Temurbek maktabin a’lochisi sen,

    Mardlikda hech kimsa kelolmagay teng,

    Sevganing ona yurt, Vatan, bag‘ri keng,

    Kenja botirimsan, mening

    ...
  • Xush kelding, yangi yil

    Ko‘ngillarga quvonch bag‘ishlab, yangi orzu, yangi rejalar, ulug‘vor g‘oyalar bilan 2022-yil kirib keldi.  Muhtaram Prezidentimiz Yangi yil  tabrigida  2022-yilni “Inson qadrini ulug‘lash  va faol mahalla yili” deb e’lon qilishni taklif etdilar. Yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash ustuvor ahamiyat kasb etishini

    ...
  • Har kim oʻz kitobini yozadi

    Sahifamizning bugungi mehmoni kuni kecha tabarruk 70 yoshini nishonlagan taniqli yozuvchi, Oliy Majlis deputati Xurshid Dostmuhammad. U kishini “Yilning eng yaxshi kitobi” tanlovida  g‘oliblikni qo‘lga kiritganlari bilan tabrikladim. Keyin muddaoga ko‘chdim: Ustoz, odatda  odam yoshi ulg‘aygani sari  bolaligini sog‘inadi, o‘sha beg‘uborlik

    ...
  • Nodirbekning nodir gʻalabasi

    Nodirbek Abdusattorov – dunyo shaxmati tarixidagi eng yosh grossmeysterlardan biri.2012-yilda 8 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan. Ikki yildan so‘ng 2014-yilda 9 yoshida G. A’zamov memorialida mashhur grossmeysterlar Andrey Jigalkov va Rustam Husnutdinovlarni mag‘lub qilgan.

    2015-yil 11 yoshida FIDEning jahonning 20 yoshgacha

    ...
  • Bizning toʻgarak

    Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 283-maktabda 2012-yilda Muhiba Rajabova tashkil etgan “She‘riyat gulshani” to‘garagi  hamon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.To‘garak a’zolari shahar va Respublika tanlovlarida ko‘p marotaba g‘olib bo‘lishgan.

    Quyida to‘garak a‘zolari ijodidan namunalar

    ...
  • Shoirlar bolalarga

    Karantinga rioya qiling!

    Salomatlik tuman boylikdir,

    Sog‘lom odam xo‘p chiroylikdir.

    Kerak qat’iy tartib, intizom,

    Sog‘lig‘ingiz himoya qiling,

    Karantinga rioya qiling!

     

    Toza bo‘lsin yuz-u qo‘lingiz,

    Toza bo‘lsin niyat, dilingiz,

    Oydin bo‘lar shunda yo‘lingiz,

    Sog‘lig‘ingiz himoya

    ...
  • Ustoz ijodi

    Non sehri

    – Oyijonim, doim siz

    Mazali non yopasiz!

    Buncha shirin va xushbo‘y

    Unni qaydan topasiz?

     

    – Dehqonlar yetishtirgan,

    Suv bergan daryo, soyi!

    Quyosh toblab pishirgan –

    O‘zbekiston bug‘doyi!

     

    Quvvatin ona zamin

    Beradi bug‘doy donga!

    Dehqon

    ...
  • Qulogʻim bor-ku

    Bobom va enamdan bo‘lak  hamma meni “sen – quloqsiz bola”, – deydi. Uyda oyimning topgan gapi faqat shu: “Sen bola, buncha quloqsiz bo‘lmasang-a, qachon bundoq odamga o‘xshab gapga tushunasan? Senga bir gapni uqtirguncha esim og‘adi!” Maktabda esa o‘qituvchim: “Sen quloqsiz bolaga bir nimani gapirganimdan ko‘ra, devorga aytganim ming marta afzal...” – deya  koyigani koyigan.

    ...
  • Bizning toʻgarak

    Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 296-maktabda tashkil etilgan “Kitobxonlik” to‘garagi a’zolarining mashqlarini ijodiy tar­g‘ibotchi Ochil Tohir tavsiya etdi.

     

    Onajonim yagonam

    Qiyosi yo‘q insonim,

    Haqdan buyuk ehsonim,

    Umrimga soyabonim,

    Onajonim

    ...
  • Biz “Temurbek”larmiz

    Bayrog‘ing boshingda hilpirar,

    Yashnagay Istiqlol mash’ali.

    Xumo qush, Oy, Yulduz yaltirar

    Qalqondir o‘zbekning askari!

     

    Bu  biz – yosh temurbeklarning saf qo‘shig‘i! Har gal jo‘rovozlikda marsh bilan uni kuylaganimizda, qalbimiz jo‘shib ketadi! O‘zimizni ulg‘aygandek his qilamiz! Harbiycha libosimizga

    ...
  • Nodon va koʻzoynak

    Bir qishloqda na yozishni, na o‘qishni bilmaydigan savodsiz odam bo‘lgan ekan.  U odamlarning kitob yoki gazeta o‘qimoqchi bo‘lsalar ko‘zoynak taqib olishlarini ko‘ribdi-yu, “Agar menda ko‘zoynak bo‘lsa, men ham shu odamlarga o‘xshab o‘qiy olaman. Shaharga tushib o‘zimga ko‘zoynak sotib olishim kerak,” deb o‘ylabdi. Shunday qilib, bir kuni shaharga otlanibdi. Ko‘zoynaklar do‘koniga

    ...
  • Besh imkon

    Besh tashabbus bizlarga –

    O‘g‘illarga, qizlarga

    O‘qish uchun imkondir,

    Ishlash uchun makondir.

     

    Beshta muhim tashabbus –

    Yo‘limizga shamchiroq.

    Adashmaymiz bu yo‘ldan,

    Xatolar bizdan yiroq.

     

    O‘qish, yozish, chizishdan

    Bergaydir bizga saboq.

    Ilm olish yo‘lida

    Bo‘lgaydir bizga

    ...
  • Shabboda

    Pichirlaydi labini bosib,

    Qulog‘imga mayin shabboda.

    Go‘yo sarmast baxtning kuyidan,

    Orzularin etar ifoda.

    Bu shabboda xayollarimni,

    Goh to‘zg‘itib, goho yig‘adi.

    Bolishimga bog‘lab boshimni,

    Xotiramni zimdan titadi.

    Bir kuldirib, bir yig‘latadi,

    Eh, shabboda shumlikni bilar.

    Kutmagan payt

    ...
  • Mushuk sabogʻi

    Mushugim bor sariqvoy,

    Ham chiroyli, yoqimtoy.

    Yunglarini tarayman,

    Goh erkalab silayman.

     

    Sut berardim har kuni,

    Bilmay qoldim bir kuni –

    Jo‘jalarga chang solgan,

    Qolsa, bir jo‘ja qolgan.

     

    Ko‘p koyidim jahlda,

    Xafa bo‘ldi u mendan.

    Ichmayapti u sutni,

    Qo‘msayaptiyov

    ...
  • Kitob

    Eng yaqin do‘stim – kitob

    Ezgulikka chorlaydi.

    Go‘yo misoli oftob

    Yuragimda porlaydi.

     

    E’zozlayman hamisha,

    Suyanchimdir har ishda.

    Hech ajralmas do‘stimdir,

    Yonimda, o‘ng-u tushda.

     

    Dilnura BURHONJONOVA,

    Namangan shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o‘quvchisi

  • Har fasl oʻzgacha

    Fasllar almashar birinma ketin,

    Har fasl o‘z ko‘rkin etar namoyon.

    Biri ko‘ngillarga berar orom-tin,

    Biri qalbning torin chertar nogohon.

     

    Har fasl o‘zgacha ajib bir hisli,

    Har fasl jilosi kamalakka teng.

    Tabiat bizlarni siylagay asli,

    Olamning shundayin ochiq, ko‘ngli keng.

     

    Almashar har fasl navbati

    ...
  • Sodiq doʻst

    Oftob bo‘lib yo‘limni

    Yoritadi kitobjon.

    Uning kabi sodiq do‘st

    Topolmadim hech qachon.

     

    Har satrida orzular

    Qo‘shiq aytib kezadi.

    Hikmat to‘la satrlar

    Shuurimni bezadi.

     

    Yaxshi hamda yomonni

    Undan o‘rganib oldim.

    Kitobjon, ming-ming rahmat,

    Sendan ko‘p saboq

    ...
  • Savol

    Osmonda bo‘ldi paydo

    Qovog‘i soliq bulut.

    Oftob berkindi qayga,

    Issiq yoz bo‘ldi unut.

     

    Balki bulut ortidan

    Bechora ma’yus boqar.

    Sovuq kunda dam olish

    Balki, oftobga yoqar?

     

    Mushtariy CHORIYEVA,

    Toshkent shahar

    Yashnobod tumanidagi

    341-maktabning 6-sinf

    ...
  • Otajonimga

    Biz  uchun dunyoda benazir inson,

    Sochingiz oq rangga bo‘yagan bizmiz.

    Hayot bog‘idagi sohibkor bog‘bon,

    Halollik, mardlikning timsoli sizsiz.

     

    Otajon, qoyasiz, suyanganim siz,

    Hamisha mehringiz qo‘msab turaman.

    Jajji yuragimga  orzular solgan –

    Sizsiz. Umrim bo‘yi asrab

    ...
  • Ayoz

    Ayoz keldi qor bilan,

    Misli oq tulpor bilan,

    Adirlarga yog‘di qor,

    Go‘yo yerda qasdi bor.

    Qor to‘xtashni o‘ylamas,

    Bolalar tashvish qilmas.

    Vodiy libosi kumush,

    Go‘yo yoqimli bir tush.

     

    To‘lqinjon SOBIROV,

    Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi

    283-maktabning 6-sinf o‘quvchisi

  • Umbaloq

    Firdavslarning  hovlisidan ariq oqib o‘tadi. Shundanmi, dadasi hovlida o‘rdak boqadi. O‘rdaklar tuxumini shundoq qirg‘oqqa qo‘yadi.

    O‘rdakning tuxumi tovuq tuxumidan  kattaroq, po‘chog‘i ham qalin bo‘ladi.   Jo‘jalar tovuq bolasi kabi tuxumdan o‘n to‘qqiz kunda emas, yigirma yetti kunda yorib chiqadi.

     Bu yil ham  bahor etaklayotgan paytda ona

    ...
  • Oppoq orzular sari qadamlarni toʻgʻri tashlayapsizmi?

    Shu kunlarda maktab bitiruv­chilarining vaqti juda tig‘iz. Go‘yo 24 soat ham ulargakamlik qilayotgandek.Bi­tirish imtihonlarigatayyorgarlik, oliygohgakirish uchun test sinovlarini yechish, o‘quv markazidagi  mashg‘ulotlar, qo‘shimcha kurslar, repetitor talablarinibajarish... eh-he. Lekinbitiruvchi bunga ulguradi,

    ...
  • Tiniq tasavvur chizgilari

    Bolalik – beg‘uborlik demakdir. U hamisha samimiylikka talpinib yashaydi. Shuning uchun ham aksariyat bolalar o‘z ko‘nglida kurtak yozgan eng nafis, musaffo tuyg‘ulari, orzu-umidlari, shu bilan birga ulug‘vor maqsadlarini ham bitiklari orqali aks ettirishga harakat qiladilar. Anora Norqulovaning she’riy mashqlarini mana shunday kayfiyat ifodasi, deyish mumkin.

    ...
  • Buvim adashdimi?

    Maktabimizda tashkil qilingan “Yosh qalamkash” to‘garagining yarmidan ko‘pi mening sinfdoshlarimdan iborat. Chunki adabiyot ustozimiz Zumrad opa Qurbonova hammamizni badiiy asarlar o‘qishga, ijod qilishga qiziqtirib qo‘yganlar. Sinfdoshim Zuhra ko‘p kitob o‘qigani uchunmi allaqachon  she’r, hikoyalar yozishni boshlab yuborgan, to‘garak rahbarimizning o‘ng qo‘li. Ikkita she'ri 

    ...
  • Xabarchi chumoli

    Zamira IBROHIMOVA  bolalarni  juda yaxshi ko‘radi. AdibaningKo‘chaning fayzi nomli yangi hikoya va ertaklar to‘plami o‘ziga xos qiziqarli voqealarga boyligi, bolalar olami, ularning orzu-istaklari, jonzotlar hayoti, tabiat ajoyibotlari haqida hikoya qiladi. Quyida taqdim etilayotgan chumolilar haqidagi hikoyani o‘qib chiqqach,

    ...
  • Itning egasi kim?

    Kolya bilan Vanya ko‘chada egasiz yurgan katta, qop-qora itni ko‘rib qolishdi. Itning o‘ng oyog‘i yaralangan, ko‘zlaridan joni qattiq og‘riyotgani sezilib turardi. Bolalar uning yoniga borib, boshini silashdi, oyog‘iga qarab achinishdi va unga bir joy topib g‘amxo‘rlik qilishga kelishib olishdi. Ikki o‘rtoq kundan-kunga tetiklashib, tuzalayotgan itga Juk deb nom qo‘yishdi.

     Juk

    ...
  • Robot oʻt oʻchiruvchi, ham bemorga koʻmakchi

    Bolalar, o‘tgan sonda xabar berganimizdek, noyabr oyida Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Turk dunyosi bola­larining 5 – Bilim va madaniyati” festivali bo‘lib o‘tgan edi. Unda buxorolik tengdoshingiz Jahongir Ramazonov oliy o‘rinni egallab, Turkiya davlatining Anqara shahridagi Ostin universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilinganlik imtiyozini qo‘lga

    ...
  • Zamira Ibrohimova

    Z.Ibrohimova adabiyotshunos olima, bolalar adibasi.  U 1953-yil 20-dekabrda  Namangan shahrida  xizmatchi oilasida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi  O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning filologiya fakulteti sirtqi bo‘limida o‘qib, Toshkentdagi 113-maktabda yetakchi bo‘lib ishladi. 1973-2008-yillarda   O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy nomidagi Til va adabiyot

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.