Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 3-son

  • Bahor

    Barqut kiyib bezandi bog‘lar,

    Sahrolar ko‘ksiga taqdi qizg‘aldoq.

    Quyosh etagiga oq bulut bog‘lab,

    O‘rik shoxlarida qovurdi bodroq.

     

    Yellar olib qochdi qishning xobini,

    Barglar chapak chalib uyg‘ondi shodon.

    Butoqlarga qo‘nib, gul kitobini

    Varaqlashga tushdi bulbul – g‘azalxon...

     

    Bugun koinotda ezgu

    ...
  • Assalom, Navroʻz

    Bolalar, atrofga   sinchkovlik bilan qarang, diqqat bilan quloq soling. Nimani  eshitdingiz? Judayam mayin, juda shirali ovozni, to‘g‘rimi. Judayam tanish ovoz, lekin kimligini eslolmayapman, deysizmi?  Tanishligi rost, bu  sizga  olam-olam zavq beruvchi bahor elchisi – mitti boychechak.

    Bu jajji chechakka  qarang, qanchalik nozik, lekin juda

    ...
  • Sadoqat, saodat, eʼtiqod bilan

    Xalqimizning sevimli shoirasi, muhabbat va hayot kuychisi Zulfiyaxonim haqida  uning xizmatdoshlari, shogirdlari, u bilan bir safda yonma-yon yurgan, shoiraga zamondosh bo‘lgan taniqli shoir va yozuvchilarimiz ko‘plab xotiralar, maqola va she’rlar  yozishgan. Ayniqsa, shoiraning suyukli shogirdi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama ULUG‘OVAning “Bahor

    ...
  • Yoshlikda yozgani – toshga yozgani

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xalqimizning suyukli shoirasi Muhtarama Ulugova nomini  eshitgan borki, beixtiyor jilmayib, shoira Zulfiyaning suyukli shogirdi, deydi.

    Chindan ham shunday, Muhtarama opangiz  ustozi mehrini qozongan, ishonchini oqlagan chin ma’nodagi shogird. Siz shoiramizning nafaqat

    ...
  • Sen ona…

    Alisherga alla aytib uxlatgan

    Sen – ona.

    Og‘ushida Bobur kamolga yetgan

    Sen – ona.

    Torobiyni og‘ir jangga jo‘natgan

    Sen – ona.

    Olamni nuri-la munavvar etgan

    Sen – ona.

    Yig‘lasa, dunyoni rosa titratgan

    Sen – ona.

    Kulgusi saodat parvarish etgan

    Sen – ona.

    Daholar beshigin bedor tebratgan

    Sen

    ...
  • Ona

    Ona

    Farzandlarga bo‘lib parvona

    Tunlar alla aytar:

    – O‘sgin oppog‘im.

    Onalik zavqiga qona va qona

    Yupatar,

    Erkalar umr chirog‘in.

    Yig‘lasa g‘am chekar,

    Shodlanar kulsa,

    Diliga payvanddir har bir nafasi.

    Bola tez ulg‘aysa,

    Chin odam bo‘lsa –

    Shudir onaizor orzu-havasi!

    Shu niyat yo‘lida

    ...
  • Ayajonimiz

    Titrab yangrar edi ufqlar tongda,

    Go‘zal kuylar edi ayajonimiz.

    Bulutlar to‘lg‘anar edi osmonda,

    Jajji yuraklarda – hayajonimiz.

     

    Kuyni qari-qartang mukka tinglagan,

    Bunda ojiz edi har qanaqa so‘z.

    Urush mo‘ralardi qo‘lsiz yenglardan,

    Yupun xirmonlardan bebaraka kuz.

     

    Ayam ko‘kka qushday intilar

    ...
  • Ona degan soʻz

    Yulduzlardan sirqilib shabnam,

    Ufq bilan ko‘rishganda yer,

    Oftobga kiprigim bilan

    Ona so‘zin yozdim go‘yo she’r.

     

    Amu oqar misoli bulut,

    Ufq bo‘lib oqadi Amu,

    Qirg‘og‘ini etsa ham unut,

    Maysalarni unutmaydi u!

     

    Har ko‘kat, har bargning nomiga

    U eltadi tog‘lardan ta’zim,

    Ona degan

    ...
  • Hikmat

    Kimdir savol berdi: – Aytgil Muhammad,

    Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.

    Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,

    Ota-onamgami yoxud bolamga?

     

    Rasul javob qildi: – Tingla birodar,

    Gapimni uch bora quloqqa ilgil.

    Imkon topa olsang dunyoda agar,

    Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

     

    Bu hikmat 

    ...
  • Vaʼda

    Anvarning matematika faniga xushi yo‘qroq. Yozma ish o‘tkaziladigan  bo‘lsa, bir parcha qog‘ozga “Men sening do‘stingman” deb yozib bilimdonlarga jo‘natadi. O‘tgan safar daftari uyda qolib ketgani uchun dars oxirigacha tik oyoqda turdi. Dars so‘nggida “Ustoz, uy vazifasini keyingi safar, albatta, bajarib kelaman, “o‘g‘il bola gap”, deb so‘z berdi.

    Mana bugun sinfga kirdi-yu,

    ...
  • Tugatilmagan maktub

    Gulnora opa ishdan kelgach, uylarni bir qator ko‘zdan kechirib, atrofga razm soldi. Hovli yuziga suvlar sepilgan, o‘rik daraxti tagidagi so‘riga ko‘rpachalar solingan. Xontaxta ustiga chiroyli guldasta qo‘yilib, bir chekkasiga xat ham yozib qo‘yilgan edi. Xatda “Oyijon men sizni yaxshi ko‘raman. Siz uchun o‘zim ovqat qilaman...” Gulnora opa hayratlanib xatni qayta-qayta o‘qib chiqar ekan, bu

    ...
  • Namunali boʻlish masʼuliyati

    Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-maktab Respublikadagi  eng yirik, eng namunali maktablardan sanaladi.Undagi 5343 ta o‘quvchiga 245 ta oliy ma’lumotli o‘qituvchi bilim beradi. Pedagoglarning 62 foizi oliy va birinchi  toifa egasi. 2020/21-o‘quv yilida  maktabni bitirgan yoshlarning 82 foizi  oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi. 10 dan

    ...
  • Ne baxtki...

    Bahor ayyomlari munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim maskanlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shulardan biri Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-maktabda O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan bayram bo‘ldi. Unda nafaqat ustozlar, o‘quvchilar, balki mahalla faollari, hokimiyat vakillari ham  ishtirok etishdi. Tadbir mehmoni yosh

    ...
  • Yoshlikdagi iqtidor – qaynar buloq

    5-sinf oquvchisi Humoyun Bekmurodov shaxmat boyicha 7 karra Ozbekiston, 9 karra Osiyo va 4 karra jahon chempioni.

    2020-yilda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, “Spark” avtomobili bilan

    ...
  • Ikki nazm sarboni

    Ushbu sahifada Toshkent shahar Ma’naviyat va marifat markazi tashabbusi bilan yosh qalamkashlar orasida o‘tkazilganIkki nazm sarboni tanlovi ishtirokchilarining she’riy mashqlaridan e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

    Koʻklam

    Gullar, chechaklar yuzi

    Porlar quvonchdan, nurdan.

    Borliq bahordan yashnab,

    Libos

    ...
  • Ekin ekkan echki

    Qoravoy laqabli echki doim podadan qochib  ketar, o‘tlab yurganida bironta poliz yoki tomorqaning yonidan o‘tib qolsa, g‘ov-to‘siqlardan ham osongina sakrab o‘tardi-da,  ichkariga kirib, sabzi, karam, lavlagilarni yeb, yeyishga ulgurmaganlarini toptab tashlardi.  Qoravoyning bunaqangi qilig‘idan so‘ng dehqondan rosa gap eshitgan cho‘pon bola uzun kaltagi bilan shumtaka echkini

    ...
  • Naima ANVAROVA sheʼrlaridan

    Qoʻrquv

    Ko‘p o‘ynadik ko‘chada,

    Suv sepib, quvib.

    Endi uyga kirolmay,

    Turibmiz ivib.

     

    Toʻngʻiz va fil

    – Buncha burning uzun fil,

    Ixcham emas mendayin?

    – Buni xartum deydilar,

    Gapirma-da, bilmayin.

     

    Ishimiz koʻp

    – Bo‘ldi, uxlang

    ...
  • Dunyo mamlakatlarida universitetga qabullar!

    Telegram tarmoqlarida xorij universitetlariga imtihonsiz o‘qishga kirish va’da qilingan e’lonlar shu qadar ko‘pki, o‘qib hayron qolasan kishi.  O‘qishga tayyorlanmagan dangasalar “O‘x-xo‘-o‘, juda menbop joy ekan, – deb quvonsa, ko‘pchilikning, ayniqsa, ota-onalarning xayolini “Imtihonsiz?! Qanday qilib?! Qonuniy bo‘lmasa kerag-o-o-v!” – degan o‘ylar egallab oladi. Aslida,

    ...
  • Zamira Ro‘ziyeva sheʼrlari

    Anjir

    Ostim ko‘l-u ustim cho‘l

    Bo‘lmay qolsa ranjirman.

    Bir gullamay ikki bor

    Hosil berar anjirman.

     

    Barglarim katta-katta,

    Yalpoq qushdek bo‘ladi.

    Tog‘orada mevamga

    Yashil to‘shak bo‘ladi.

     

    Tanam qishning sovug‘in

    Suymaydi, sovqotaman.

    Qish kelsa, yer

    ...
  • Birinchi vazifa

    Bugun kitob o‘qib, ota-onasiga “Spark” avtomobili sovg‘a qilishni orzu qilayotgan o‘quvchilar talaygina. Shuningdek, yaxshi bilimi, namunali xulqi bilan ota-onasiga rahmat keltirayotgan, maktabning faxriga aylangan bolalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 44-maktab o‘quvchilari – aka-uka Jahongir va Javohir Ahmadovlar shunday o‘quvchilardan. Jahongir

    ...
  • Qalbga ziyo nurin sochgan moʻjiza

    1932-yil  17-dekabrda  Farg‘ona viloyatidagi  Katta Tagob qishlog‘i osmonida yorqin  yulduz  porladi. U keyinchalik dunyoga iste’dodli bolalar ijodkori bo‘lib tanilgan Xudoyberdi To‘xtaboyevning omad yulduzi edi.            

     Nur... Nur shunday bir  mo‘jizaki, inson qalbida

    ...
  • Yoʻlbarsvoylar, yoʻl boshlang

    Shu kunlarda 12 yoshga qadam qo‘ygan bolalarning  uylarida bobo-buvilari, ota-onalari bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishyapti.

    Navro‘z bayramigami, deysizmi? Shunaqa desa ham bo‘ladi-yu, aslida, ular   nabiralarining muchal to‘ylarini chiroyli o‘tkazish harakatida. Chunki yilboshi hisoblangan navro‘zda  yangi muchal boshlanadi. Iye, muchal nima deysizmi? Qoyil,

    ...
  • Izlagan imkon topar

    Yaqinda tahririyatimizga Xorazm vi­loyatining chekka tumanidan bir maktub keldi. Uni maktab o‘quvchisi yozibdi. Maktub quyidagi mazmunda edi:

    “Men o‘qiyotgan maktabda rus tili o‘qituvchisi yo‘q. Dars jadvalida ko‘rsatilgan rus tili soatida qaysi o‘qituvchining bo‘sh vaqti bo‘lsa, o‘sha kirib bilganicha saboq beradi. Lekin men rus tilini puxta o‘rganishni istayman. Chunki hozir

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Joriy yilning 4-mart kuni Toshkent viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi o‘quv zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagishlangan “Hayotimiz bog‘bonisiz, aziz ayollar” nomli musiqali kecha bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi, “Gulxan” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari, yozuvchi Muhabbat Hamidova va Toshkent shahar 77-sonli ko‘zi ojizlar

    ...
  • Yolgʻonning misi chiqdi

    Mening ikkita ukam bor. Shermuhammad ikkinchi, Nurmuhammad beshinchi sinfda o‘qiydi. Shermuhammad chapaqay, lekin juda chiroyli yozadi. Nurmuhammad esa o‘ta qiziquvchan.  Har kuni bir talay savollar beradi, ba’zan ularga javob topa olmaymiz. Shermuhammad ko‘pincha matematikadan misol ishlashga va adabiyotdan she’r yodlashga qiziqadi. Hammamiz ertalabki smenada o‘qiymiz, tushdan so‘ng

    ...
  • Samimiyat va mehr bayrami

    Poytaxtning Yunusobod tumanidagi 272-maktabda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayol bilan olam munavvar” nomli bayram tadbiri har yilgidan ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Dastlab maktab rahbari Yorqinjon Sagdiyev barcha ustoz muallimalarni  go‘zallik va nafosat bayrami bilan qutladi. Iqtidorli o‘quvchilar ustozlariga bag‘ishlangan she’r,  qo‘shiqlar aytishdi. Eng

    ...
  • Oʻlkamda bahor

    Bahor kelgach o‘lkamga, qochdi sovuq zirillab,

    Endi iliq shamollar kezar yurtda gurillab.

     

    Gullab yana butoqlar, shonà ochib boychechak,

    O‘tloqlarda yayrashar chigirtkalar chirillab.

     

    Olis-olis yurtlardan qaytar qushlar galasi,

    Oldin keldi marraga qaldirg‘ochlar pirillab.

     

    Kezib dala-qishloqni, kuylab

    ...
  • Qutlibeka Rahimboyeva

    Qutlibeka Rahimboyeva 1952-yil 9-fevralda Toshovuzda tug‘ildi. Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi. O‘rta maktabda, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida ishladi. Ayni chog‘da “Saodat” jurnalida xizmat qiladi.

    O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim Qutlibekaning

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.