Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil sonlari

2017-yil 11-son

  • Bolakay chizgan quyoshlar

    Yo‘lakda

    bolakay yuripti

    o‘zicha kashf etib ko‘chani.

    Qo‘lida oppoq bo‘r –

    quyoshchalarga

    to‘ldirdi hovlining ichini.

    U quyoshni chizdi

    qorong‘i muyulishda

    unutilib yotgan bir toshga.

    Uyning ham eshig-u derazasini

    to‘ldirib yubordi quyoshga.

    Suykadi bo‘rini yungli g‘altakka –

    Momosini bir zum

    ...
  • Biz sog‘ingan kunlar

    Aziz muxlislar! Yangi o‘quv yilining ikkinchi choragidagi darslarni yaxshi o‘zlashtiryapsizmi? Mana ko‘z ochib yumguncha maktablarda kelgusi – 2018-yil uchun obuna ishlari boshlanib ketdi. Siz-chi, siz qaysi bolalar nashriga obuna bo‘layapsiz?

    Biz – tahririyat xodimlari ham odatdagidek obuna mavsumida o‘quvchilarimizdan bir xabar olaylik, yangi yildagi rejalarimiz bilan

    ...
  • Yaxshidan qolgan bog‘lar

    Bolalar, siz teleekran orqali yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan ko‘plab bino va inshootlar, jumladan, poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi, Milliy axborot agentligi va qator matbuot nashrlari tahririyatlari joylashgan hashamatli bino, uning yonidagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, o‘z bag‘riga to‘rt mingdan ziyod tomoshabinni sig‘diradigan “Istiqlol” san’at saroyi, 375 metrli

    ...
  • Yangi ixtirolar

    Mitti qurilma orqali antiqa robot yoki jajji avtomobilni boshqarayotgan, ko‘pqavatli uylar tomida bog‘ barpo etayotgan tengdoshlaringizni ko‘rganda ularga havasingiz kelishi tayin. Ayniqsa, bu texnikalarni bolalarning o‘zi yasagan bo‘lsa, qiziqishingiz yanayam ortadi.

    Yaqinda yosh ixtirochilar o‘rtasida “Bolalarning texnik ijodkorligi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilayotganini

    ...
  • Siyohga tushgan qumursqalar

    Jamshid odobli, tirishqoq, izlanuvchan bola. Uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Har kuni “5” baho olib ularni xursand qilishni xohlaydi. Ishdan horib kelgan ota-onasiga a’lo baholarini faxr bilan ko‘rsatadi. Ular “Baholaringni ko‘rib charchog‘imizni ham esdan chiqardik, barakalla...” deganlarida ko‘ngli biram yayraydiki. Jamshid sinfida a’lochilar safida bo‘lishni xohlaydi, ammo negadir buning

    ...
  • Keng osmonda uchdik biz

    Chaqmoq

     

    Hamma yoqqa jar solib

    Chaqmog‘ingni chaqasan.

    Buzib odam tinchligin,

    Ayt-chi, kimga yoqasan?

    Larzaga kelar havo

    Gumburlasa oloving.

    Qishda qor ham yonarmish

    Bilsang agar qalovin.

    Dabdabasiz, shovqinsiz

    Yomg‘ir, jala bo‘lib yog‘.

    Yashnasa bog‘, dala,

    ...
  • Bo‘ladi eng yaxshi do‘st kitob

    Kitob

     

    Odamlar qalbiga nur sochar,

    Ma’noli yozilgan zo‘r kitob.

    O‘qisang gar sevib sen uni,

    Bo‘ladi eng yaxshi do‘st kitob.

     

    Sizga deydi bobongiz Jabbor,

    Oltin davring o‘tkazma bekor.

    Kitob o‘qib, chaq uning mag‘zin,

    Bilimli bo‘l, och aql

    ...
  • Yurting nonday aziz tut

    Beshik

     

    Qunduzga daryo beshik,

    Arslonga-chi o‘rmoni.

    Oqqushlarga moviy ko‘l,

    Oy, yulduzga osmoni.

    Burgutlarga balandlik,

    Yuksak tog‘ning qoyasi.

    Fanni quchgan olimga

    Alifbening ziyosi.

    Zamin tog‘-u dengizni

    Ardoqlaydi ko‘ksida.

    Tog‘da ohu ulg‘ayar,

    Beshik bo‘lgani

    ...
  • Navoiyning nabirasi

    – Oyijon, maktabimizda til bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovda bizning “Zukko” jamoamiz g‘olib bo‘ldi, – xonaga quvonib kirib keldi Zamira.

    – Zo‘r-ku, tabriklayman, qizim. O‘zi bayramga puxta tayyorlandingiz-da. Til haqida tanlagan maqol va hikmatlaringizning ko‘pchiligi men uchun ham yangilik bo‘ldi, – dedi oyisi qizini bag‘riga bosib.

    – G‘olib sifatida qanday sovg‘a

    ...
  • “Sehrli qalpoqcha” yaratuvchisi

    Kim o‘ylapti, u katta bo‘lsa, kinorejissor bo‘ladi, o‘sib-ulg‘ayayotgan bolalarning ma’naviy kamolotiga o‘z hissasini qo‘shadi deb?.. Axir ularning oilasida umuman san’atga yaqin, unga oshno bo‘lganlar yo‘q edi-ku. Lekin u iste’dodli kinorejissor sifatida el og‘ziga tushdi. Bolalikdan o‘ta tirishqoq, uddaburon bo‘lgan Sarvar shifokor yoki huquqshunos bo‘lishni niyat qilgan. Ota-onasi ham uni

    ...
  • “Gulxan” – doim men bilan

    “Gulxan” – mening qadrdon do‘stim! Sevimli nashrimga har yili sinfimizda birinchilardan bo‘lib obuna bo‘laman. Jurnal sahifalarida yoritilayotgan tengdoshlarimning muvaffaqiyatlarini o‘qib xursand bo‘laman. Men ham shu bolalar safidan o‘rin olishni, ularga o‘xshab ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishni orzu qilaman. Shuning ushun ham tinmay o‘qib, izlanaman. Ayniqsa, ota-onam yuzini yorug‘

    ...
  • Metroda ko‘rishguncha

    O‘zbekistonliklar, yer osti qasri, deb faxrlanadigan Toshkent metrosi bunyod etilganiga bu yil 40 yil to‘ldi. Metro shahar transportining eng qulay tezyurar va ishonchli vositasi. Yo‘lida to‘xtatuvchi belgilar, svetaforlar yo‘q, hamisha yashil chiroq.

    Uning to‘liq nomi metropoliten bo‘lib yunoncha metropolis – bosh shahar, markaz ma’nosini bildiradi. Dastlabki metro Angliya poytaxti

    ...
  • Bog‘bon va anjir

    Qadim zamonda bir bog‘bon bo‘lgan ekan. Uning bog‘ida, turli xil mevali daraxtlar bo‘lib, har yili mo‘l hosil berar ekan. Shu bois bog‘bonning dong‘i hamma yoqqa ketgan ekan. Bahor kelganda bog‘ yashnab ketar, kuz faslida esa anvoyi mevalarning ifori bog‘ni tutib, ishtahani qitiqlar ekan.

    Bundan bog‘bon boboning bahri dili ochilib, mevalaridan qo‘ni-qo‘shnilariga ulashar

    ...
  • Odam va qushcha

    (avar ertagi)

     

    Kunlardan birida bir odam tuzoq qo‘yib, mittigina qushcha tutib olibdi. Qushcha odamga yolvoripti:

    – Meni qo‘yib yubora qoling. Sizga nimayam yordamim tegardi. Agar qo‘yib yuborsangiz, sizga uchta foydali nasihat aytardim: bittasini hoziroq qo‘lingizda aytaman, qolgan ikkitasini qo‘yib yuborganingizdan keyin

    ...
  • Chumoli

    Mehnatga boy uzun “yo‘l”,

    Oziq yig‘ar qishga mo‘l.

    Sira kelmas maloli –

    Mehnatsevar chumoli.

     

    Janjallashmas, urishmas,

    Bitta joyda turishmas.

    Xuddi askar misoli,

    Mehnatsevar chumoli.

     

    Rayhona AHMEDOVA,

    Samarqand viloyati

    Paxtachi tumani

    21-maktab 5-sinf

  • Yaproq yomg‘iri

    Tepakal daraxtning yaprog‘i

    Shamol bilan raqsga tushadi.

    Quyosh nurin qizg‘anar gohi,

    Oktabr ishdan bo‘shadi.

     

    Tabiatning bag‘rida og‘riq,

    Jondan kechar barglar birma-bir.

    Bulut mahkam quchar samoni,

    Yaproq yomg‘irida – noyabr.

     

    Sarvinoz SULTONOVA,

    Andijon viloyati Xo‘jaobod

    ...
  • Makkajo‘xori

    Sochi to‘lqin, jingalak,

    Go‘yoki oltin malak.

    Vitamin darmon-dori,

    Nomi – makkajo‘xori.

     

    Yam-yashildir choponi,

    Dala uning makoni.

    Ekinlarning ilg‘ori

    Serdon makkajo‘xori.

     

    Sadoqat NORMAHMATOVA,

    Qashqadaryo viloyati

    Yakkabog‘ tumani 41-maktab 9-sinf

  • Ona tilim

    Jaranglashi nomingga xossan,

    Bobolardan bizga merossan.

    She’rlar bitib, doston yaratsam,

    Sen to‘g‘ringda hikoya yozsam.

     

    Tillar ichra yagona tilim,

    Berding bizga tafakkur, bilim.

    Sen qalbimda chaqnagan olov,

    Shu tufayli nurafshon dilim.

     

    Ma’murjon NAFASOV,

    Qashqadaryo

    ...
  • Maktab

    Hali ham yodimda qadrli damlar...

    Maktabga ilk bora qo‘yganim qadam.

    Menga mehr berib munis odamlar

    Jajji qo‘lginamga ushlatdi qalam.

    Stol, stul, parta hamda bo‘r,

    Kechagidek hamon esimda.

    Xotiramda aziz o‘rni bor,

    Qolganlari... boshqa qismda.

     

    Gulshanoy RAHMATOVA,

    Buxoro viloyati G‘ijduvon

    ...
  • O‘lkam shamoli

    Goh quvib bulutlarni,

    To‘zon bo‘lib kelasan.

    Bepoyon kengliklarda

    Qaydan qayga yelasan?

     

    Dala-yu qir, bog‘larning,

    Sen ochasan jamolin.

    Tinim bilma, esaver,

    Hur o‘lkamning shamoli!

     

    Manzura MIRZAHOSHIMOVA,

    Toshkent viloyati Bekobod tumani 28-maktab 8-sinf

  • Qo‘g‘irchog‘im

    Ertak aytib beraman,

    Qo‘g‘irchog‘im tinglaydi.

    Goh ko‘tarib yuraman,

    Gapirishni bilmaydi.

     

    O‘zi kulib tursa ham,

    Tili yo‘qmi deyman-da.

    Yemadi olma bersam,

    Qorni to‘qmi deyman-da.

     

    Mohiniso BOBOQULOVA,

    Samarqand viloyati

    Pastdarg‘om tumani tibbiyot kolleji 1-bosqich

    ...
  • Sabzavotlar bahsi

    Sabzavotlar yig‘ilib,

    Turar zo‘r suhbat qilib.

    Piyoz der: men eng kerak,

    Taomga asos demak.

    Sabzi, oshga boshman, der,

    Karsillama, yoshman, der.

    Bodring aytar so‘zini,

    U ham maqtar o‘zini.

    Sholg‘om sho‘rvaga maza,

    Karam yuvilgan toza.

    Hammasin o‘z o‘rni bor,

    Taomlar totli,

    ...
  • Hissa

    Yurtim go‘zal va obod,

    Tinch zaminda ko‘ngil shod.

    O‘qib bilim olamiz,

    Komil inson bo‘lamiz.

     

    Ertamiz oydin, yorug‘,

    Olamga solib dovrug‘

    Dovonlardan oshamiz,

    Daryo kabi jo‘shamiz.

     

    Anabika SOBIROVA,

    Xorazm viloyati Xonqa tumani

    20-maktab 9-sinf

  • Ona

    Dunyoda hech kim yo‘q onadan ziyod,

    Ona mehri ila har narsa bunyod.

    Onajonim, sizga ta’zim umrbod,

    Duoingiz ila yashayapman shod.

    Bardoshning bog‘isiz, sabrning tog‘i,

    Zulmat kechalarning yorqin chirog‘i,

    Eng katta omadim, baxtim o‘zingiz,

    Men uchun qadrli har bir so‘zingiz.

     

    Odina

    ...
  • Kitob va yomg‘ir

    Yomg‘ir yog‘moqdadir zamin bag‘rida,

    U yerning ostiga singib ketmoqda.

    Ammo asl ma’no uning sahnida,

    Yashil o‘tloqlarni bunyod etmoqda.

     

    Yomg‘irga maslakdosh kitoblar erur,

    Ular vazifasi doim mushtarak.

    Yomg‘ir ona yerga hayot baxsh qilur,

    Kitob-chi, insonni komil etajak.

     

    Gullasa, gullari hikmatli

    ...
  • Oqila qiz yondaftariga

    Qadrli singiljonim! Endi siz kechagi arqon sakrab, qo‘g‘irchoq, “o‘rtaga tushar” o‘ynab yurgan, jajji qizaloq emassiz. Ilgari uyda barcha mas’uliyatni oyingiz o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, endi maktabdan qaytganingizda sizni bir talay yumushlar kutib turadi. Sezyapsizmi, bo‘yingiz cho‘zilib, ulg‘ayganingiz sari kayfiyatingiz tez-tez o‘zgaradigan, salga xafa bo‘ladigan odat chiqardingiz. Xavotir

    ...
  • Tog‘dagi hodisa

    Davomi. Boshi bu yerda:

    Tog‘dagi hodisa, Tog‘dagi hodisa, Tog‘dagi hodisa

     

    Boshliq minora tepasidagi aloqa vositasidan soqchilar boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qildi: – G‘arbiy sektorda kim postda turgan? Zudlik

    ...
  • “Nishona” to‘garagi a’zolari ijodidan

    Shahrixon tumanidagi 51-maktabimizda to‘rt yildan buyon she’riyat klubi faoliyat ko‘rsatmoqda. Uni zukko bolalarning she’rlari chop etiladigan sevimli sahifangizga havas qilib “Nishona” deb nomlaganmiz. “Nishona”ga jonkuyar ustozimiz, Xalq ta’limi a’lochisi Po‘latjon Boynazarov rahbarlik qiladi. Eng qizig‘i, Po‘latjon domla tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi. Biroq chinakam adabiyot

    ...
  • Tarbiyaning kuchi

    Bolalar, siz yozuvchi To‘lqin Muhiddinning jurnalimizda e’lon qilingan qiziqarli ertak va hikoyalarini o‘qigansiz. Yaqinda Cho‘lpon nashriyotida yozuvchining “O‘g‘il bola gap” nomli to‘plami chop etildi. Quyida ana shu kitobdan joy olgan hikoyalardan biri bilan tanishasiz.

    Karima 5-sinfda o‘qiydi. U sinfdoshlari orasida semizligi bilan ajralib turadi. Biroq bundan sirayam xijolat

    ...
  • Kuz

    Kengayib atrofni to‘sgancha chinor

    Soya solib turar mitti o‘rikka.

    Shamol silkiyotgan kichkina anor

    Qaltirar, borgandek tibbiy ko‘rikka.

     

    Ariqdan o‘ylanib oqayotgan suv

    Hayron qay manzilga borishni bilmay.

    Unga ergashgancha qushlar ham “guv-guv” –

    Ketmoqda, bu yerda qolgisi kelmay.

     

    Tog‘lar ortidagi

    ...
  • Topishmoqlar

    Kim osibdi yerga tushmas,

    Kim yoqibdi sira o‘chmas?

     

    Besh do‘stim bor teng emas,

    Ish buyursam yo‘q demas.

     

    To‘n olibdi do‘kondan,

    Gazlamasi tikondan.

    So‘ng yecholmay bechora,

    Rosa bo‘ldi ovora.

     

    Qo‘ng‘iroq soat chiqdi,

    Sifati a’lo chiqdi.

    Meni savodsiz

    ...
  • Otasining uyalishini istamagan bola

    Tanaffusga qo‘ng‘iroq chalindi. Barcha o‘quvchilar guv etib maktab oshxonasiga, ayrimlar esa hovliga qarab yugurishdi. Bir gala o‘g‘il bolalar esa maktab darvozasi ro‘parasida to‘planib olishdi.

    – Sen mendan kichkinasan, demak men nima desam shuni qilishing kerak, – gerdaydi 10-sinf o‘quvchisi Mohir.

    – Katta bo‘lsang nima qilay? Nega seni aytganingni qilishim kerak? – hayron

    ...
  • Murabbiy daldasi

    Har bir muvaffaqiyat ortida mashaqqatli mehnat yotadi. Ulkan marralarni zabt etishni istagan kishi harakat va mehnat pillapoyalaridan asta-sekinlik bilan chiqmog‘i zarur. Hafsalasizlik bilan amalga oshirilgan ishning samarasi esa kutilgan natijani bermaydi. Ushbu so‘zlar bugungi qahramonimizning kundalik shioriga aylanib ulgurgan. Shahzod Boysunov 308-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, sportning

    ...
  • O‘rgimchak

    Makon etib burchakni,

    Ajoyib to‘r to‘qiyman.

    Pashshani tutmoq uchun

    Ov darsini o‘qiyman.

    Toki dasturxoningga

    Qo‘nmasin surbet chivin.

    Sog‘lom bo‘lay desang,

    Bolakay, tezroq yuvin!

     

    Shuhrat HAKIMOV,

    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 14-maktab o‘qituvchisi

  • Akbarshohning maqsadi

    Olti yoshidan san’atga qiziqa boshlagan Akbarshoh nafaqat qo‘shiq kuylashni, raqs tushishni ham sevadi. Avvaliga DVD disklar orqali turli raqslarni sekinlashtirgan holda kuzatib, o‘zicha shug‘ullana boshlagan. Bundan qanoat hosil qilmagach, tumandagi “Barkamol avlod” markazida Doniyor Mavlonov rahbarlik qilayotgan raqs to‘garagiga a’zo bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, bir qancha raqslarni o‘rganib oladi.

    ...
  • “Zarb”da zarbdor javohir

    Orangizda doira chalishga qiziqmaydigan, biror-bir cholg‘u asbobini havasga bo‘lsa ham chertib ko‘rmagan bola bo‘lmasa kerak-a?! Buxorolik tengdoshingiz Javohir ham 5-6 yoshidayoq qo‘liga taqsimchami, tog‘orachami, nima tushsa “baka-bum-bak” qilib, o‘zicha qandaydir sadolarni taratmoqchi bo‘lgan ekan. Uning havasi-yu qiziqishidan tashqari, qobiliyati ham borligi tufayli dadasi Buxoro

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    O‘g‘il otasidan iltimos qildi:

    – Dadajon, menga maymun olib bering.

    – Olib bersam, uni banan bilan boqasanmi?

    – Siz Hayvonot bog‘idagi maymundan olib bering. U yerda “Hayvonlarni boqish mumkin emas” deb yozib qo‘yilgan.

     

    ***

    – Ikki voqeaning tasodifan bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishiga misol keltiringlar-chi?! – dedi

    ...
  • Malinali pirog

    Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 200 gramm margarin, 1 piyola shakar, 3 piyola un, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi.

    Tayyorlanishi: Margarinni qirg‘ichdan chiqarib un bilan uqalanadi. Boshqa idishda tuxum bilan shakar ara- lashtiriladi. Keyin ichimlik sodasi qo‘shib, margarinli un bilan yumshoq xamir qoriladi. Xamirni ikkiga bo‘lib 30 daqiqaga

    ...
  • Antiqa tort

    Kerakli mahsulotlar: 4 dona tuxum, 1,5 piyola shakar, 1 piyola sut, 1 piyola pista yog‘i, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, 3 choy qoshiq kakao, 2 piyola un.

    Kremga: 200 gramm saryog‘ va 200 gramm quyiltirilgan sut.

    Tayyorlanishi: Tuxumni shakar bilan 5 daqiqa ko‘pirtiriladi, keyin sut quyiladi, bir piyola pista yog‘i solib yana

    ...
  • Sosiskali kotlet

    Kerakli mahsulotlar:6 dona kartoshka, tuz, murch, un, 1 dona tuxum, 4 dona sosiska.

    Tayyorlanishi: Qaynatilgan kartoshkadan bo‘tqa qilib, ta’bga ko‘ra tuz, murch solinadi. 1 dona tuxum va 4 osh qoshiq unni yaxshilab aralashtiriladi. Yelim qog‘oz to‘shab ustiga 2 qoshiqdan bo‘tqa solib tekislanadi. Keyin orasiga 1 donadan sosiskani qo‘yib, yelim

    ...
  • Baqlajonli salat

    Kerakli mahsulotlar: 2 dona baqlajon, 2 dona pomidor, 2 dona bodring, 2 dona tuxum, 200 gramm yog‘.

    Tayyorlanishi: Baqlajonning po‘stini artib somoncha shaklida to‘g‘raladi. 2 dona tuxumga tuz sepib aralashtiriladi. To‘g‘ralgan baqlajonni tuxum bilan aralashtirib, qizigan yog‘da qizartirib pishiriladi. Pomidor bilan bodring ham somoncha shaklida

    ...
  • Saodatim nurday tovlanur

    Vatan ishqi

     

    Erta tongda ufqdan boqar,

    Sochin tarab nurafshon quyosh.

    Unga suq-la termular bashar,

    Chunki quyosh biz bilan tengdosh.

     

    Bizga jilva qilganday yulduz,

    Nozlanadir baxtim tongida.

    Posbonimiz kecha-yu kunduz,

    Ishqi yangrar qalb ohangida.

     

    Saodatim nurday

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.