Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

2019-yil 11-son

  • Vatan bayrogʻi

    Polvonlar bellashib bahs maydonida

    Shohsupada magʻrur qad kergan chogʻi –

    Vatan madhi yangrab gʻolib shaʼniga,

    Bosh uzra yuksalar Vatan bayrogʻi.

     

    El-yurt taqdiriga doxil arboblar

    Bir fikrga kelgach anjuman qurib,

    Qoʻl berib ahd etar mudom har bobda,

    Vatan bayrogʻining yonida turib.

     

    ...Onadan dunyoga

    ...
  • Jurnalxonlar bilan yuzma-yuz

    Bir oy davomida Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Matbuot kunlari” yakuniga yetay deb qoldi. XTV muassisligidagi barcha gazeta va jurnallarning bosh muharrirlari ishtirok etayotgan uchrashuvlar koʻtarinki kayfiyatda, qiziqarli va samimiy oʻtmoqda. Unda hududlardagi taʼlim muassasalarining oʻqituvchi, kutubxonachi va maʼnaviyat ishlari

    ...
  • Sarguzashtlar bergan boylik

    Buyuk yozuvchi boʻlish uchun ijodkorning buyuk bolaligi boʻlishi kerak.

    E. Xeminguey

     

    XX asrning eng mashhur adiblaridan biri, Nobel mukofoti sohibi, “Alvido qurol”, “Quyosh baribir chiqaveradi”, “Chol va dengiz” asarlari bilan oʻzbek kitobxonlarining ham suyukli ijodkoriga aylangan amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning bolalik

    ...
  • Magʻrur hilpiraydi yurtim bayrogʻi

    Oʻqishdan qaytar ekanman, avtobus poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” saroyi oldidagi bekatda biroz toʻxtadi.

    – Oyijon, qarang, Oʻzbekiston bayrogʻi, – onasining yonida oʻtirgan bolakay hayajondan oʻrnidan turib ketdi.

    Bolakay avtobus derazasiga yopishib, viqor bilan hilpirayotgan bayroqqa tikilardi.

    – Yuring, oyijon, oldiga boraylik.

    – Mayli, faqat kechqurun

    ...
  • Kasb ardogʻida

    Odatda, maktabning dovrugʻini atrofga iqtidorli oʻquvchilar-u, fidoyi ustozlar taratadi. Bu borada poytaxtning Sergeli tumanidagi 300-maktabning omadi chopgan. Gap shundaki, bu maktabni nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoda tanishadi. Chunki xalqaro grossmeyster, shaxmat boʻyicha Jahon chempioni Javohir Sindorov, qilichbozlik boʻyicha jahon chempioni, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi,

    ...
  • “Qoldirdingmi ruchkangni yoki uyda unutib?..”

    El suygan shoir Muhammad Rahmon hayot boʻlganida bugun 70 yoshga toʻlardi. Bolalarni jon-dilidan sevgan shoir qisqa umri mobaynida ularga ham juda chiroyli, mazmunli, fikrini oʻstiruvchi sheʼrlar yozishga ulgurdi. Shu bois shoirning asarlari bugun ham maroq bilan oʻqilmoqda. Quyida ana shunday sheʼrlardan ayrimlari bilan tanishasiz.

     

    Hayvonot

    ...
  • Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ijodidan

    “Matbuot kunlari” munosabati bilan Fargʻona viloyati Xalq taʼimi boʻlimida oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining bir guruh iqtidorli oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Maktab rahbari Nigora Mannopova ijodkor bolalardan bir nechtasining sheʼrlarini qoʻlimga berib, “Gulxan”da chop etilsa xursand boʻlar edik, dedi.

    ...
  • Yurak amri bilan

    Bugun oʻzining tabarruk 60 yoshini nishonlayotgan isteʼdodli jurnalist Qosimjon Soʻpiyevni “Gulxan” muxlislari juda yaxshi taniydi. Bu mehnatkash, fidoyi jurnalist bir necha yillardan buyon tabiat, dunyo moʻjizalari, hayvonot olami haqidagi qiziqarli maqolalari bilan jurnalimizda qatnashib keladi. U chorak asrdan koʻproq Oʻzbekiston televideniyesining turli kanallarida faoliyat yuritdi. Uning

    ...
  • Qalblarni zabt etgan millioner

    Bolalar, xabaringiz bor, respublika oʻquvchilarining sevimli nashri – “Tong yulduzi” gazetasi bu yil toʻqson yosh bilan toʻqnashib, zavqi oshib, kuchi toshib, yanayam gʻayrat va shijoat bilan faoliyat koʻrsatyapti. Sirayam-sirayam 90 yoshga oʻxshamaydi. Har bir sahifasi zamon bilan hamnafas, har sonida xushxabar, yurtimiz oʻquvchilarining dunyo miqyosida erishayotgan yutuqlaridan hikoya

    ...
  • Asʼhad va Garun

    (“Qish edi” romanidan parcha)

     

    Taniqli bolqor shoiri Qaysin Quliyev (1917–1985) xalqimiz madaniy merosi, ayniqsa, Hazrat Navoiy asarlarini yuksak qadrlagan. Shu bois yurtimizga har gal katta mamnuniyat bilan kelardi. Ustoz adiblarimiz bilan doʻst tutingandi. Asarlarimizni asliyatdan

    ...
  • Zakovat savollari

    1. Hammamiz ovqatga yodlangan osh tuzi ishlatamiz. Chunki yod elementi organizmda boʻqoq kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Nega yodni aynan tuzga solamiz, degan savolga, albatta, tuzni har kuni isteʼmol qilamiz, deb javob beramiz.

    Savol: Nega yodni suv yoki nonga qoʻshmaymiz, axir ularni ham har kuni isteʼmol qilamiz-ku? Yordam: Yodning

    ...
  • Bekatdagi bahslashuv

    Bekatda avtobus kutayotgan bolalarning shovqin-suronlari, oʻzaro suhbatlari beixtiyor qulogʻimga chalindi. Katta yoʻldab oʻtib kelayotgan ikkita koʻzoynakli oʻquvchini koʻrishi bilan boyadan beri tinmay gapirayotgan bola oʻrindiqdan sakrab tushdi-da, sal narida turgan oʻrtogʻiga baqirdi, – Aziz, ana, boyagi maqtanchoq toʻrtkoʻz kelyapti oʻziga oʻxshagan koʻzoynak bilan.

    – Oʻchir

    ...
  • Tanlov ishtirokchilari sheʼrlaridan

    OʻzbekistonMilliy tiklanish demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi tomonidan maktab oʻquvchilari oʻrtasida tashkil qilingan “Mustaqillik – mening tasavvurimda” nomli koʻrik-tanlov chogʻida: “Boʻlar bola boshidan”, – degan maqolning nechogʻlik toʻgʻriligiga yana bir bor amin boʻldim. Chunki sheʼriyat yoʻnalishida ishtirok etayotgan Sergeli tumanidagi

    ...
  • Erta tong

    Erta tongning shamoli

    Qitiqlaydi dimogʻim.

    Gulzorlarning jamoli

    Zavq berar koʻrgan chogʻim.

     

    Erta tongda quyosh ham

    Salom, deya jilmayar.

    Kapalaklar yonimga

    Kelmoqlikdan uyalar.

     

    Tong! Bunchalar goʻzalsan,

    Koʻnglingda yoʻq gard, gʻubor.

    Taʼrifi yoʻq gʻazalsan,

    Yuragimday

    ...
  • Kuz

    Osmon yigʻlab qoladi,

    Yomgʻir quyar bir zumda.

    Bulutlar raqs tushadi

    Kuzak boshlangan kezda.

     

    Kuzning daydi shamoli

    Yuzlarim silab oʻtar.

    Dov-daraxtlar bargini

    Hazillashib “duv” toʻkar.

     

    Shahina ABDULLAYEVA,

    Sirdaryo viloyati Guliston shahri

    12-maktab 7-sinf

  • Yomgʻir

    Osmon toʻla qora bulutlar

    Xafa boʻlib toʻkadi koʻz yosh.

    Maysalar-chi, roʻmolcha tutib,

    Yupatmoq-chun koʻtaradi bosh.

     

    Yigʻlamagin, bulutjon doʻstim,

    Desa biroz yorishar falak.

    Osmonning shod tabassumidan

    Jilva qilar shu dam kamalak.

     

    Mohinur QULMURODOVA,

    Samarqand viloyati

    ...
  • Onajonimga

    Dunyoda hammadan keragim sizsiz,

    Taʼriflar yetmagay sizga soʻz aytsam,

    Mehribonim mening, kamtarin munis,

    Qalbida limmo-lim mehr mujassam.

     

    Bosgan izlaringiz koʻzga toʻtiyo,

    Bagʻringizda yashar mehrli dunyo.

    Duolari madad onajonginam,

    Jonidan jon bergan jonajonginam.

     

    Bekajon

    ...
  • Tandir

    Shiddat bilan rivoj topmoqda –

    Zamonamiz, bu hali kamdir.

    Nonni inson pechda yopmoqda,

    Unutilib ketmoqda tandir.

     

    Tandirnondan boʻldikmi zada?

    Qoʻyyapmiz-ku, uni unutib.

    Tarix bordir har bir narsada,

    Pech nonini biz oldik kutib.

     

    Bilmam, uni kimlar yaratdi,

    Chorlar meni nega

    ...
  • Dutor bilan dillashib

    Rivoyat qilishlaricha, dutorni birinchi boʻlib Qambar bobo ismli mashhur ovchi va musiqachi tut daraxti boʻlagidan yasagan ekan. Dastlab uchta dutor yasab, ularni chalib koʻrgan. Har biri turfa ovoz chiqarganidan hayratlangan. Ulardan biri barglarning shivirlashiga oʻxshash yengil ohang taratgan boʻlsa, boshqasi togʻ aks-sadosi singari yangragan, uchinchisi esa suvning jildirashi kabi ovoz

    ...
  • Navbahorlik chempion

    – Esimdan chiqmaydi. Bir kuni maktabdan kelsam, xonamda karatechilar kiyimi turibdi. Sevinib ketdim. Otamdan minnatdor boʻldim. Ularni karate bilan shugʻullanishga qanday koʻndiraman, deb oʻylab yurardim. Bu esa roziliklarining belgisi edi. Ertasigayoq maktabda ochilgan karate toʻgaragiga bordim,-deydi Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 9-maktabning 10-sinf oʻquvchisi, Osiyo chempioni

    ...
  • Hindistonda

    Hindiston dunyoga boy tarixi, rang-barang madaniyati bilan mashhur.

    Bugun dunyoning koʻplab yetakchi kompaniyalarida Hindiston taʼlim tizimidan yetishib chiqqan mutaxassislar ishlayotgani ayni haqiqat. Yildan-yilga Hindiston oliy bilim yurtlariga oʻqishga kelayotgan xorijlik talabalar soni ham oshib boryapti. Bu esa mamlakat taʼlim tizimi mustahkam mavqe va sifat

    ...
  • Odam boʻlish orzusi

    (Bir koʻrinishli ertak-pyesa)

     

    Qatnashuvchilar:

    Sichqon xola

    Quyoncha

    Ayiqjon

    Tulkivoy

    Boʻrivoy

    Ola qargʻa

    Yovvoyi mushuk

    Qirol sher.

     

    Qadim zamonda, qalin bir oʻrmonda hayvonlar “Qaysi hayvon odamga oʻxshaydi?” deb bahslashib qolishibdi. Bahsga

    ...
  • В зоопарке

    Гульшоду и Акбаршоха, которые только пришли из зоопарка, бабушка встретила во дворе. Рот у них был до ушей.

    – Быстро переоденьтесь, умойтесь и садитесь кушать.

    Дети не успели сесть за хонтахту, как застрекотали:

    – Ой, бабушка, как здорово было, кого только мы не видели!

    – Мои солнышки, я очень рада. Ну-ка расскажите мне всё, что увидели.

    Гульшода

    ...
  • A book and a reader

    The synopsis looked good,

    The cover looked nice,

    You opened the book,

    And began a new life.

    You found a new home,

    You meet some new friends,

    You kept on reading,

    Hoping it would never end.

    You danced through the pages,

    You sang out the words

    You felt all their joy,

    And all their pain and hurt.

    The

    ...
  • Kuchukmi yoki itcha?

    Jahongir shaharda yashaydi. Yozda u bobosi bilan Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Mirokon qishlogʻiga mehmonga bordi.

    Voy-boʻ... ammasining uyi hayvonot bogʻining naq oʻzi ekan. Qoʻrada qoʻy, echkilar, ogʻilda sigir, buzoq, ot, eshak, katakda ona-bola tovuqlar, hovli etagidagi ariqchada oʻrdak, gʻozlar... Jahongirning hayratdan ogʻzi ochilib qoldi.

    U tovuqxonaga

    ...
  • Mehrning kuchi

    (voqeiy hikoya)

    Baxmal tumanidagi koʻplab chuqur dara, qingʻir-qiyshiq soʻqmoq, adogʻsiz yaylov va baland choʻqqilar osmonoʻpar Oyqor togʻlariga tutashib ketgan. Past-baland yoʻllardan yurish oson emas. Togʻ oy shaklini eslatuvchi oppoq qor bilan qoplanganligi uchun Oyqor deb nomlangan. Oyqor choʻqqilarida koʻp yillik qor qoplamlari

    ...
  • Doʻstimga aylangan asar

    Oʻtgan yili 5-sinfda oʻqiyotganimda adabiyot fani ustozimiz Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidan parcha yodlab kelishni topshirdilar.

    Men dostonni takror-takror oʻqidim. Bir vaqt qarasam, shunday katta ertak-dostonni hammasini yodlab olibman. Ertak juda ravon, sodda tilda yozilgani uchunmi, maʼnosini ham osongina angladim. Otasi qullar sardori keksa Darhon ozodlik

    ...
  • Samoviy poyga

    Qadim-qadim zamonda Koinot atalmish bepoyon saroyda 9 ta aka-uka sayyora boʻlgan ekan. Quvnoq Merkuriyjon, yoqimtoy Veneraxon, hazilkash Yer, kulsa ham, yigʻlasa ham, uyalsa ham, darrov qip-qizarib ketadigan Mars, shirinlikxoʻr Yupiter, ozgʻin boʻlay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvvoshgina Uran, Neptun bilan Plutonlar ahil-inoq yashagan ekanlar. Ular orasida Plutonni Pluton

    ...
  • “Bayrogʻimiz – faxrimiz” boshqotirmasi

    KRIPTOGRAMMA Kalit soʻzlar: 1.Bayrogʻimizdagi musaffo osmon va obihayot, yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqatni bildiruvchi rang – 4,6, 19,1, 14.

    2. Respublikamiz ramzlaridan biri – 4,2, 11,20,1, 14,2.

    3. Porloq kelajak – 1,7, 10,1, 17,13,6,

    ...
  • Muhammad Rahmon

    Oʻzining betakror ijodi bilan ham kattalar, ham bolalar mehrini birday qozona olgan taniqli shoir, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muhammad Rahmon 1949-yil 18-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Ovlat qishlogʻida tugʻilgan. Ota-onasidan 10 yoshida yetim qolgan Muhammadni qarindoshlari Kitob tumanidagi “Mehribonlik uyi”ga topshirishadi.

    Keyinchalik bu

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.